2 sinf ona tili yillik ish reja

2 sinf ona tili yillik ish reja

Tekshirish metodlarining turlari.
  1. nazariy metod;
  2. empirik metod.

Dunyoni bilish nazariyasi ona tili o’qitish metodikasi fanining metodologik asosi hisoblanadi. Metodikaning amaliy ahamiyati o’quvchilarning til boyligini har tomonlama to’liq bilib olishlarini ta’minlashdir. Buning uchun biz quyidagilarni yodda tutishimiz lozim: til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir, tilsiz jamiyatning yashashi mumkin emas; tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi; maktabning vazifasi tilni aloqa – kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Til oqilona, mantiqiy bilish vositasidir; til birliklari va formalari yordamida bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshiriladi; til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi; biz fikrni nutqda shakllantiramiz; tilni egallash va nutqni o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sadi.

Metodik fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi maktabda o’qitishning o’quvchilar nutqining yaxshi rivojlanishiga kafolat beradigan, tilni har tomonlama bilishning ijtimoiy rolini tushuntiradigan yo’llari bilan ta’minlashi kerak. Demak, nutq o’stirish maktabning muhim vazifasidir.

Amaliyot kishi bilimining manbai va harakatlantiruvchi kuchi, haqiqat mezoni va bilim tojidir. Analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va koidaga, shular asosida og’zaki va yozma turdagi jonli nutqiy aloqaga, to’g’ri talaffuzga o’tadilar. Ular kuzatish jarayonida bilib olgan, o’zlashtirgan qoidalarini amaliyotga tatbiq etadilar.

Metodika bilish nazariyasidan tashqari, yaqin fanlar xususan, psixologiya, pedagogika ma’lumotlariga tayanadi. Pedagogik-psixologiya bilimlarning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishini, ko’nikma va malakalarning shakllanish jarayonini tekshiradi. Metodika psixolingvistika bilan ham bog’liq. Metodikaga psixolingvistika nutq haqida, uni talab qiluvchi sabablar, nutq turlari, nutqni qabul qiluvchi signallar va boshqalar haqida ma’lumot beradi. SHuningdek, metodika, didaktika, umumiy pedagogika bilan ham o’zaro bog’liq. Ona tili o’qitish metodikasi ona tilining ma’lum qismini amaliy, ma’lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi. Shuning uchun ona tili – lingvistika metodikasining muhim asosi hisoblanadi.

Savod o’rgatish metodikasini ishlashda fonetika, fonologiya, grafika asos bo’ladi. Lug’at ishini tashkil etishda leksikologiya, so’z tarkibi, so’z yasalishini o’rganishda so’z yasalishi, etimologiya, grammatika asos bo’lsa, morfologiya va sintaksis til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishda, to’g’ri yozuvga o’rgatishda orfografiya nazariyasiga asoslanadi.

O’qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi. Chunki o’quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar. Boshlang’ich sinflarda adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini va uning o’quvchilarga ta’sirini ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy mazmuni, uning mavzusi va mazmunini, qurilishi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olish zarur.

O’quvchilarga ona tilini o’rgatish, ularni tarbiyalash, har tomonlama o’stirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariyasiga asoslanib, barcha yaqin, o’zaro bog’liq fanlar tavsiyalariga asoslanib ona tili o’qtitish metodikasi o’z tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan tashqari tamoyillar bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi o’quv mehnatining yo’nalishlarini belgilab beradi.

  1. Til materiyasiga, nutq organlarining o’sishiga, nutq malakalarining to’g’ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo’lsa-da, e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, fonetik ko’nikmalarga etarli e’tibor berilmasa, imloviy savodxonlikka putur etadi. Bu ta’lim tamoyili tildan olib boriladigan mashg’ulotlarda eshituv va ko’ruv ko’rsatmaliligini ta’minlashni va nutq organlarini mashqlantirishni (gapirib berish, ifodali o’qishni ichida, gapirishni) talab etadi.
  2. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish tamoyili. So’zni, morfemani, so’z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash demakdir. Til ma’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, stilistika) ni o’zaro bog’langan holda o’rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o’rganish, o’zlashtirish mumkin. Sintaksisni o’rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografiya, fonetika, grammatika, so’z yasalishiga suYanadi va h.k. So’zni morfemik tomondan tahlil qilish uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, o’qitishda buni albatta hisobga olish kerak.
  3. Tilga sezgirlikni o’stirish tamoyili. Til – juda murakkab hodisa, uning tuzulishini, sistemasini fahmlab olmay turib, sal bo’lsa-da, uning qonuniyatlarini, o’xshashliklarini o’zlashtirmay turib uni yodda saqlab bo’lmaydi. Bola gaplashish, o’qish, eshitish bilan til materiallarini yig’adi, uning qonunlarini o’zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi; tilni egallash mumkin emas.
  4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarining tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish funksiyasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodalilik (uslubga oid) funksiyasini tushunishni, mazmuninigina emas, balki so’z va nutq oborotlarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy ottenkalarini ham tushunishni ko’zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, tilning funksional-stilistik xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi.
  5. Og’zaki nutqni yozma nutqdan oldin o’zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta’sir etadi va til o’qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi.

Ona tili o’qitish metodikasi fanining tekshirish metodlari

Metodlar (an’anaviy va noan’anaviy) haqida

Amaliy fanlar uchun amaliyot muhim rol o’ynaydi. Ona tili o’qitish metodikasi ham amaliy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday amaliy xulosalar ishonarli bo’lishi, yuqori ilmiy darajada aniq va puxta, asosli bo’lishi lozim. Metodika tavsiyalarini ham yuqori saviyada, ilmiy darajasi, nazariy tasdiqlanishi tekshirish metodlarining puxta o’tkazilishiga bog’liq.

Tekshirish metodlari 2 xil:

I. Nazariy tekshirish metodlari.

U quyidagilarga tatbiq etiladi:

1.Biror hodisaning metodik asosini boshqa bog’liq fanlarni o’rganish qo’yilgan gipotezani aniqlash, izlanishning asosiy yo’nalishini belgilash uchun.

2.Masala tarixini o’rganish, chet el maktab tajribalarini o’rganish, mavzuga doir adabiyotlarni o’rganish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlangan va hal qilinmagan o’rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholash uchun.

3.Bir-biriga yaqin fanlarning tekshirish metodlarini, olimlarning tekshirish ishlari tajribasini o’rganish, qulay metodlarni tanlash, o’zining Yangi eksperimental metodikasini yaratish, materiallarni tayyorlash maqsadida.

4.Empirik yo’l bilan olingan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish, o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, eksperiment natijasini tahlil qilish, amaliy tavsiyanomalarni shakllantirish uchun.

II. Empirik metod:

1.Bu metod o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, Yangiliklarini tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi;

2. O’qituvchilarni o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini, o’quvchilarning javobi, hikoyasi, yozma ishini tekshirish), o’qituvchi va o’quvchilarini anketa orqali tekshirish kabilar qayd etiladi.

3.Eksperiment metodi hozirgi kunda keng tarqalgan. Unda deduktiv yo’ldan boriladi. Eksperimentda 2 sinf tanlanadi. Biri – eksperiment sinf, ikkinchisi – kontrol sinf. Eksperiment sinfda Yangi metod, Yangi darslik, Yangi ishlanmadan foydalanilsa, kontrol sinfda amaliy metod, darslik, ishlanmadan foydalaniladi. Ikkinchi marta sinflar almashtiriladi. Har ikki holda ham natija yuqori bo’lsa, demak, ish usuli foydali sanaladi.

Eksperiment vazifasiga ko’ra:

  1. Yangi metod, Yangi darslikning muvofiqligini tekshirish;
  2. Metod yoki qo’llanmaning qay darajada foydaliligini;
  3. Metod yoki qo’llanmaning muvofiqligini va samaradorligini aniqlash uchun o’tkaziladi.
  1. Ona tili o’qtitish metodikasining metodologik asosini izohlang.
  2. Ona tili o’qtitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligini tushuntiring.
  3. Ona tili o’qitish metodikasi fanining o’ziga xos tamoyillari qaysilar? Ularni izohlang.
  4. Tamoyil o’qituvchi va o’quvchining mehnatida nimalarni belgilaydi.
  5. Nazariy metod qay holda tatbiq etiladi?
  6. Empirik metod nima?
  7. Eksperiment o’z vazifasiga ko’ra necha turli bo’ladi?
  8. Ilmiy tekshirish bosqichlari va uning vazifalarini ayting.
  9. Boshlang’ich ta’limda qo’llaniladigan metodlar haqida so’zlang.

Tayanch atamalar: dunyoni bilish, psixolingvistika, pedagogika tarixi, til, nutq, tafakkur, didaktika, lingvistika, leksikologiya, pedagogik psixologiya, umumiy pedagogika, fonetika, morfema, morfologiya, orfoepiya, sintaksis, gap, so’z birikmasi, adabiyotshunoslik, til materiyasi, nutq madaniyati, nutq organlari, til ma’nolari, tilga sezgirlik, nutqning ifodaliligi, og’zaki va yozma nutq, tamoyil, bog’lanish;

nazariy tekshirish metodlari, gipoteza, eksperimental metodika, empirik metodlar, deduktiv yo’l, eksperiment sinf, tekshiruv sinf, baho me’yori, o’quvchilarning bilish faolligini o’stirish, darslik, qo’llanma, nazorat, tajriba, an’anaviy, noan’anaviy metodlar.

2 sinf ona tili yillik ish reja

Oxirgi paytda inklyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos.

“Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam ta’minlangan oilaning farzandi kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta’mirlanmagan maktabga borishi kerak emas”, – deydi O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov.

O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat umumta’lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:

  • alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta’lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan farzandlarini umumta’lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli ma’lumotga ega emas;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti;
  • pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
  • pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq, sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming nafar o‘quvchi uyda ta’lim oladi. 2020 yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.

Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta’limni bosqichma-bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan.

Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta’lim muhiti, kerakli sharoit, o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta’limga o‘tilishi reja qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor.

Shunday o‘qituvchilardan bir guruhi 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab internatidan Kun’ga o‘z mulohazalarini yuborishdi.

Oqmurod Otamurodov, informatika fani o‘qituvchisi:

«Bizda ham xuddi chet eldagi kabi imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumta’lim maktablarida sharoit yaratilsa, juda zo‘r bo‘ladi. Lekin bizda ba’zi muammolar bor. Masalan, kadrlar masalasi. Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor bolalar toifasi bilan tiflopedagog alohida ishlashi kerak. Bizda hali hatto oliy ta’limda tiflopedagogikani o‘qitadigan kadrlarning o‘zi yo‘q.

Bundan tashqari, o‘qituvchilarni ham ruhan tayyorlab olish kerak. Maktablarda o‘qituvchilar qo‘pincha lider o‘quvchilar bilan ishlashga o‘rgangan. Ular o‘qituvchini tez ilg‘aydi, tushunadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Sog‘lom bolalar bilan bir maktabga boradigan imkoniyati cheklangan bolaning esa lider bo‘la olish ehtimoli kam, sababi ular eshitishga, ko‘rishga va tushunishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq kuch sarflashi kerak bo‘ladi. Shu narsalarni o‘qituvchilar to‘g‘ri qabul qila olishi va ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘ya olishi zarur. Buning uchun esa avvalo ularning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Agar umuman imkoniyati cheklangan bolaga dars o‘tmagan o‘qituvchining sinfiga shunday bolalar borsa, u dastlab bola tilini tushunmasligi, uning qiyin o‘zlashtirishini qabul qila olmasligi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchilarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga o‘rgatish lozim».

Baxtiyor Hojiboyev, maktab psixologi:

«Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o‘zini kam his qilmasligi, jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko‘ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa, boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo‘lsa, bola battar qobig‘iga o‘ralib oladi.

Masalan, qizimning ko‘rish qobiliyatida muammolari bor edi, umumta’lim maktabida 2-sinfgacha o‘qidi. Lekin uning dars qilishga qiziqishi so‘nayotganini ko‘rdim. Maktabdan ham hech o‘rtoqlari bilan qaytmasdi, faqat o‘zimiz borib olib kelardik. U ruhan boshqa tengdoshlari bilan yaqin bo‘la olmadi. Shundan so‘ng qizimni mana shu ixtisoslashtirilgan maktabga olib keldim. Hozir yaxshi o‘qiyapti.

Umumta’lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga o‘qituvchi alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi bor bolalar haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ularning ustidan kulmaslik kerakligini, ular ham boshqalar qatori oddiy odam ekanini, faqat sal kuchsizroq ekanini tushunishmaydi.

Aslida, kattalar ham shunday. Yaqinda ko‘chada ishdan bir necha ko‘zi ojizlar qaytayotgan edik. Orqamizdan kelayotgan ayollar bir-birimizni yetaklab kelayotganimizni ko‘rib, «Mast bo‘lishsa kerak», deyishdi ovoz chiqarib. Jamiyat hali nogironligi bor odamlar haqida to‘la ma’lumotga ega emas».

Inklyuziv ta’lim uchun to‘siqlar

Dilmurod Yusupov, Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti, Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti:

«Birinchi navbatda O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish kerak. Yangi tahrirdan o‘tgan «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonunda tarixda birinchi marta inklyuziv ta’lim tushunchasi kiritilgan edi. Qonunning 20-moddasida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, deb yozilgan, lekin hanuzgacha bunday tartib ishlab chiqilmagan va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning xulosasi ko‘pincha majburiy tavsiya sifatida ko‘riladi. Misol uchun, ota-ona nogironligi bo‘lgan bolasini umumta’lim maktabida o‘qitmoqchi yoki maxsus maktab-internatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsa, tibbiy mutaxassislarning xulosasi bunga yo‘l qo‘ymasligi mumkin. Ammo bunday tartib Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga zid, chunki barcha bolalar ta’lim turini tanlash huquqiga ega.

Shuningdek, biz jamiyatimizning ongini tubdan o‘zgartirishimiz kerak, chunki sog‘lom bolalarning ota-onalari va umumiy maktab o‘qituvchilari aksar hollarda nogironligi bo‘lgan bolalar barcha bolalar bilan birga o‘qishga rozi bo‘lmayapti.

Yana bir muhim masala bu o‘qituvchilar tayyorgarligi, mutaxassislar yetishmasligi hamda umumta’lim maktablari binolarida kerakli sharoitlar yaratilmagani bilan bog‘liq. Bu muammolar hal etilmasdan turib, nogironligi bo‘lgan bolalar sharoitsiz va salbiy munosabatli maktablarga o‘tkazilishi ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi».

Velosiped ixtiro qilish shartmas, tajriba o‘rganish kerak

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tatbiq etishda yangi velosipedni ixtiro qilish shart emas, chunki possovet hududida bizdan ko‘proq tajriba va bu sohada muvaffaqiyatlarga erishgan davlatlar bor. Misol uchun, Rossiyaning «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida o‘quvchilarga ta’lim muassasasi va ta’lim turini tanlashning akademik huquqi berilishi zarurligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, qonunga asosan, ta’lim muassasasi bolaning psixofizik rivojlanishi va sog‘ligidan kelib chiqib, bepul ijtimoiy-pedagogik va psixologik yordam olishi, psixologik-tibbiy-pedagogik maslahatlar olishi uchun sharoit yaratib berishi belgilangan.

Rossiyada alohida ehtiyojga ega (diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi yoki DeGS, autizm, disleksiya va boshqa holatli) o‘quvchilarni individual qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilgan. Bu tizimda asosiy rol yuqori malakali pedagog kadrlar, ya’ni tyutorlarda. Tyutorlar zaxiradagi pedagoglar bo‘lib o‘qishda imkoniyati cheklangan bolalarni psixologik-pedagogik hamroh sifatida qo‘llab-quvvatlaydi va umumiy sinfda doimo nogironligi bo‘lgan bola bilan doimiy ishlaydi.

O‘tgan yili qabul qilingan O‘zbekiston prezidenti qarorida ham maxsus pedagoglar va tyutorlar OTMlarda tayyorlanishi nazarda tutilgan.

Dilmurod Yusupov takliflari:

«Eng muhimi, inklyuziv ta’lim joriy qilish tartiblarini nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari, maxsus maktab-internatlari pedagoglari, nogironlar tashkilotlari vakillari bilan birgalikda ishlab chiqish kerak. Ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muhokamalar olib borib, fikr va takliflari inobatga olinsa, me’yoriy hujjatlar amalda samaraliroq ishlaydi. «Tabib tabib emas, boshidan o‘tgan tabib» deganlaridek, aynan nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘zlari va ularning ota-onalari o‘z vaziyatlarini yaxshi bilishadi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ularning fikrlari, takliflari qabul qilinishi kerak. Afsuski, mening kuzatishlarim shuni ko‘rsatyaptiki, ko‘pincha ular XTV tomonidan normativ hujjatlarni ishlab chiqishda jalb qilinmaydi.

Hanuzgacha O‘zbekiston BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgani yo‘q. Bu xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilmasdan turib biz inklyuziv ta’limni samarali tatbiq eta olmaymiz, chunki milliy normativ bazamiz konvensiya tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun konvensiya ratifikatsiya qilinishi lozim».

Vazirlik nimalar qilyapti?

Suhrob Xoliqov, Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari:

«Hozir Qurilish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar bilan hamkorlikda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlarni yaratish maqsadida ular o‘qiyotgan ta’lim muassasalarining binolari va jihozlariga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, inklyuziv ta’lim sinov tariqasida joriy etilishi belgilangan umumta’lim maktablari inklyuziv ta’limga jalb etiladigan bolalar ehtiyojiga ko‘ra jihozlanadi.

Zamonaviy maktablarga qo‘yiladigan talablar hamda ular asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini baholash metodikasi va tartibida ham alohida ta’lim ehtiyojiga muhtoj o‘quvchilar sifatli ta’lim olishi uchun yetarli sharoitlar yaratish o‘z aksini topgan.

2021-2022 o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning 24 foizini inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish rejalashtirilgan. 2025 yilga borib bu ko‘rsatkich 40 foizga yetishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflari ochilishi belgilangan. Bunday sinflarga diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (DeGS), disleksiya va autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar qabul qilinadi.

Ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etish bo‘yicha pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining o‘quv rejalariga ta’lim-tarbiyaga oid maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan. Bundan tashqari, umumta’lim maktablari psixologlari tomonidan o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida har qanday zo‘ravonlik, tazyiq va kamsitishlarga qarshi treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.

Xulosa

Rejalarga qaralsa, hammasi chiroyli: 2025 yilgacha bo‘lgan maqsadlar ham xuddi konsepsiyadagidek amalga oshirilsa, imkoniyati cheklangan bolalar boshqalar singari bir xil sharoitda ta’lim olishi kerak, ularga darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yetmay qolishi kerak emas. Bunday bolalar ham sog‘lom bolalar kabi qiynalmasdan maktabga borishi, kelajakda o‘z yo‘lini osonroq topishi mumkin. Jamiyat ham imkoniyati cheklangan shaxslarga begonadek ajablanib qaramaydi.

Faqat konsepsiya to‘liq amalga oshishi qat’iy nazoratga olinishi, hech narsa qog‘ozda qolib ketmasligi kerak va Xalq ta’limi vazirligi ixtisoslashgan maktab o‘qituvchilarining xavotirlariga e’tibor berib ularni eshitishi, jamoatchilikning fikrlarini ham o‘rganib borishi maqsadga muvofiq.

Zilola G‘aybullayeva, Kun muxbiri.

Qiziqarli malumotlar
2 sinf ona tili yillik ish reja