2-oktyabr Moskva osmonida havo shari paydo bo’lgan kun
2-oktyabr Moskva osmonida havo shari paydo bo’lgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
2-oktyabr Moskva osmonida havo shari paydo bo’lgan kun
Uni sobiq Fransiya inqilobiy armiyasi zobiti Andre Jak Garneren boshqardi. U 1797-yilning 22-oktyabrida yer yuzida birinchi bo’lib parashyuddan sakragandi. Mongol’f’er (1783-yilda birinchi bo’lib aka-uka Mongol’f’elar tomonidan samoga uchirilgan havo shari sharafiga shunday nomlandi) 17-25 da havoga ko’tarildi va taxminan 30 km masofani bosib o’tib bir soatdan keyin Ostaf’evo qo’rg’oniga kelib qo’ndi. Havo sharining savatida, ya’ni o’sha paytlarda «qayiq” deyishardi, fransuz bilan birga knyaz qizi Moskvaning birinchi go’zali Praskov’ya Kologrivova bor edi. Havo shari kelib qo’ngan joyda jasur uchuvchilarni ko’plab moskvaliklar zavq shavq bilan qutlashdi. Samoga parvoz qilish sururi o’sha paytlarda bora-bora sport turiga aylandi. 1930-1940-yillarda havo sharida uchish Rossiyada sportning yangi turi sifatida ommalashdi. Moskva yaqinida Dirijablestroy (hozirda Dolgoprutn’y) posyolkasi barpo etildi, u erda yuzlab gazli aerostatlar va dirijabllar start olardi. Rus uchuvchilari o’shanda havo sharida 11-12 km balandlikda, katta uzoqliklarga qo’nib o’tish bilan Sibir va Qozog’istongacha parvozlarni amalga oshirishardi. Garchi ular xalqaro musobaqalarda ishtirok etishmagan bo’lishsa-da, ular jahon rekordi o’rnatishga erishishgan. Hozirgi kunda havo sharlarida parvoz qilish romantik taassurot va go’zallikni o’zida mujassam etgan sport turiga o’xshaydi, unda turli yoshdagi sarguzashtga o’ch kishilar o’z omadlarini sinab ko’radilar.
2-oktyabr Gvineya Respublikasi Mustaqillik kuni
2-oktyabr Moskva osmonida havo shari paydo bo’lgan kun