2-iyun Avstraliyaga asos solingan kun

2-iyun Avstraliyaga asos solingan kun

2-iyun Avstraliyaga asos solingan kun

Mundarija скрыть

DO`STLARGA ULASHING:

2-iyun Avstraliyaga  asos solingan  kun
 2-iyun (sana 2014-yil uchun) Avstraliya hududining uchdan bir qismida- g’arbiy Avstraliya shtatida  har yili o’tkaziladigan rasmiy bayram — Avstraliyaga  asos solingan  kun (Foundation Day). Shtat yozgi va qishki vaqtlarga o’tmasligi bilan mashhur. Rasmiy ravishda asos kuni shu yerda 1-iyunda nishonlanadi, lekin, urf-odatga ko’ra, bayram chora-tadbirlari iyunning birinchiga dushanbasiga to’gri keladi. Garbiy Avstraliya aholisi o’zining tarixiga juda ham jiddiy qarashadi va  o’z ildizlarini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchunki, ularda asos kuni bor. 1829-yili 1-iyunda  g’arbiy sohildagi  birinchi kuchib kelganlar o’zlarining Britaniyadan Yashil kontinentga,  Svan  daryosidagi koloniyaga,  sayohatlarini  tugatishdi. Ular kapitan Jeyms Stirling boshkaruvidagi «Parmeliya» (Barque Parmelia) kemasida yetib kelishdi. Kuchli shamol bir qancha kun sayohatchilarni qirg’oqqa oyoq qo’yishga bermadi va ular o’zining yangi yerini  suvdan turib o’rganishgan. Garchi ular qirg’oqqa rasmiy ravishda keyinroq tushgan bo’lsalarda, 1 iyun mamlakat  g’arbiy qismi aholisi uchun asos solingan kun bo’ldi. G’arbiy Avstraliya bugun — bu 200 xil millat, 170 tilda gapiradigan  va deyarli 100 xil dinga e’tiqod qiladigan 2 million kishi. Eslatamiz, 26 yanvar Yashil kontinentda yana bir muhim bayram —  Avstraliya kuni nishonlanadi.

2-iyun Avstraliyaga asos solingan kun