2-dars — MySQL ma’lumotlar omborini boshqarish tizimini o’rnatish(MySQL Community Server)

2-dars — MySQL ma’lumotlar omborini boshqarish tizimini o’rnatish(MySQL Community Server)

2-dars - MySQL ma’lumotlar omborini boshqarish tizimini o’rnatish(MySQL Community Server)

Bu maqolada MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini o’rnatish va sozlashni ko’rsatib o’taman.
Sun firmasini Oracle sotib olgandan so’ng, MySQL ham butunlay o’zgarib ketti va 5 versiya o’zgacha qiyofaga keldi, ya’ni mukammallashtirildi. Maqolada Windows 7 operatsion tizimi uchun mo’ljallangan MySQL 5.6.20 versiyasini o’rnatishni ko’rsatib o’taman.

Dastlab,
MySQL 5.6.20 versiyasini uy sharoitida ishlash uchun mo’ljallangan MySQL Community Server dasturini internetdan ko’chirib olamiz(nimaga aynan Community Server). Bu dasturning hajmi 248.2 megabaytni tashkil qiladi(32, 64 bitlik tizmilar uchun). Ko’chirib olgandan so’ng, «mysql-installer-community-5.6.20.0» faylini ishga tushiramiz va quyidagi oynani ko’ramiz.

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e61732e559e

Install MYSQL Products yozuvini bosib, o’rnatishni davom ettiramiz.

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e61733a6033

Litsenziyaga oid matnni o’qib chiqamiz(:)) va barsha shartlarga rozi bo’lamiz —
I accept the license terms.

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e617346bb81

Dasturni yangilash yo’llari so’ralmoqda, bizga yangilashning umuman keragi yo’q(hozirgi holatda), shuning uchun «
Skip the check for updates» ni belgilaymiz.

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e617352836f

O’rnatilish tiplari so’ralmoqda, ular quyidagilar:

— Developer Defaults. Dasturchilar uchun mo’ljallangan turi. Bunda MySQL serveri, dasturlash muhitlari, har xil kutubxonalar o’rnatiladi.

— Server only. Faqat server qismi o’rnatiladi, hech qanday qo’shimcha narsalar o’rnatilmaydi. Biz shu tipini o’rnatamiz.

— Client only. Faqat kliyent qismini o’rnatadi. Tarmoq orqali boshqa kompyuterdagi serverga ulanib ishlanadi.

— FULL. Nomidan ma’lumki barcha komponentlarni o’rnatadi.

— Custom. Bu tipi professionallar uchun, ya’ni o’rnatiladigan barcha komponentlarni o’zingiz belgilab chiqasiz.

O’ng tomonda qaysi adresga dasturni o’rnatish kerakligi ko’rsatiladi.
NEXT

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e61735e1ec9

Tanlangan komponentalar ishlashi uchun kerak bo’ladigan va o’rnatilishi zarur bo’ladigan dasturlar ro’yxati uchun oyna. Bizning holda hech nima kerak emas, o’rnatishni davom ettirishimiz mumkin.
NEXT

O’rnatilayotgan mahsulotlar ro’yxati va EXECUTE

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e617369448e

O’rnatilish hatosiz amalga oshirildi. NEXT

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e61737530f8O’rnatilgan MBBTni sozlash jarayonini amalga oshirishni boshlash, NEXT

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e61738049c9Config typeServer Machine(server o’rnatilmoqda), Enable TCP/IP Networking — tarmoq orqali ishlash mumkin bo’lishi uchun belgilaymiz va port raqamini ko’rsatamiz. NEXT

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e61739056d0

Asosiy baza foydalanuvchisi «root» uchun parol beramiz, agar yana biror foydalanuvchi kerak bo’lsa, «MySQL User Accounts» bo’limidan yaratamiz. NEXT

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e61739bceeeWindows Service Name orqali xizmatga nom beramiz, agar kerak bo’lsa, operatsion tizim yuklanganda baza xizmatini avtomat ishga tushirish(Start the MySQL Server at System Startup)ni tanlaymiz. Biror foydalanuvchi orqali xizmatni ishga tushirish lozim, buni «Standart System Account«ga topshiramiz.

2 dars mysql malumotlar omborini boshqarish tizimini ornatishmysql community server 65e6173a80d74

Sozlashdagi o’zgarishlar qabul qilinadi va sozlash xatosiz amalga oshirilgani haqida xabar beradi va Finish. Manba:

Ma‘lumotlar Ombori
2-dars — MySQL ma’lumotlar omborini boshqarish tizimini o’rnatish(MySQL Community Server)