2.6. III sinfda o rganiladigan murakkab masalalar tizimi

2.6. III sinfda o rganiladigan murakkab masalalar tizimi

O’quvchi murakkab masalaning yechimini o’rganish uchun oldin sodda masalaning yechimini o’rganishi zarur. Shuning uchun ham harakatga doir masalalar ustida ishlashni masofani aniqlashga, vaqt oralig’ini aniqlashga oid bir qator masalalarni yechish kerak. Quyidagi shartlarga doir sodda va murakkab masalalar. Bu masalalarda – tezlik, vaqt yoki masofa qolgan ikkitasiga bog’liq holda qatnashadi.

2 sinf uchun masalalar

Nomlanishi

Qog‘ozning oqligi, %

Bichimi*

(eni va balandligi)

Qog‘ozning zichligi g/m 2

Varaqlardagi hajmi

Noshaffoflik, %

Muqova qog‘ozi va biriktirish usuli

muqova uchun 80 g/m 2 qog‘oz; ikkita sim halqa bilan biriktiriladi

2-sinf va undan yuqori sinflar hamda O‘MPTlar uchun

muqova qog‘ozi va 70,0 g/m 2 dan kam bo‘lmagan qog‘o� ikkita sim halqa bilan biriktiriladi

Maktab reyting kundaliklari

190 g/m 2 dan kam bo‘lmagan yumshoq muqova uchun ikkita sim halqa bilan, qattiq muqova uchun ip (yoki sim) bilan tikilib yelimlanadi.

Rasm daftarlar va albomlar

100±5,0 dan 160±7,0 gacha, grafitli qalam bilan chizish uchun kamida 60,0±3,0

8, 12, 16, 24, 36, 40 va yuqori

120 — 190 g/m 2 dan kam bo‘lmagan ikkita sim halqa bilan, varaqlar soni 36 va undan yuqori nashrlar uchun tikmasdan yelimlab mahkamlanadi

Bo‘yash uchun albomlar

80±3,0 dan 160±7,0 gacha, grafitli qalam bilan chizish uchun kamida 60,0±3,0****

80 ±3,0 g/m 2 dan kam bo‘lmagan ikkita sim halqa bilan, varaqlar soni 36 va undan yuqori nashrlar uchun tikmasdan yelimlab mahkamlanadi

24, 36, 48, 60, 72, 80, 96 va yuqori

190 g/m 2 dan kam bo‘lmagan ikkita sim halqa bilan, varaqlar soni 96 va undan yuqori nashrlar uchun tikmasdan yelimlab mahkamlanadi

Chizma �chun albom va papka-chizma qog‘ozlari

160±7,0 dan 200±8,0 gacha

10 va undan ko‘p

120 — 190 g/m 2 dan kam bo‘lmagan mahkamlashsiz, papkaga jamlash

Rangli qog‘ozlar to‘plami

(8 rangdan kam bo‘lmasligi kerak)

papkaga jamlash; ikkita sim halqa bilan biriktiriladi

Ko‘rsatkichlar nomi

Turlar uchun me’yor

Chegaraviy farqlanish

1

2

3

4

Sahifadagi stan (chiziq)lar yoki qatorlar soni

Stan (chiziq)lar balandligi, mm

Stan (chiziq)lar yoki qatorlar orasidagi masofa, mm

(umumiy holda sahifada ko‘pi bilan 2,0 mm)

Qiya chiziqning qiyalik burchagi, gradus

Qiya chiziqlar orasidagi masofa (chiziq bo‘yicha), mm

Tepa hoshiya, mm

Pastki hoshiya, mm

Nomlanishi

Qog‘ozning oqligi, %

Bichimi*

Qog‘ozning zichligi g/m 2

Noshaffoflik, %

Muqova bilan biriktirish **

84 dan kam bo‘lmagan

70,0 ± 3,0 �an kam bo‘lmagan

1. Muqova plyonka bilan qo‘shib biriktiriladi 1 . Bloklarni muqova bilan biriktirish uchun daftarlar kapron (yoki armirlangan) ipda kamida 5 ta chok 2 bilan tikiladi.

2. Blokni jamlashda koreshok va uning ikki tomonidagi bigovka uchun ajratilgan qattiq muqova uchun 10 mm, yumshoq muqova uchun 5-6 mm gacha qismlari to‘liq muqovaga yelimlanadi.

Muqova orqa va old tomonidan bigovka qilinadi.

3. Kitob uch tomonidan to‘g‘ri va tekis qirqiladi.

4. Ikkita sim halqa bilan mustahkamlanadi.

§ 2.6. III sinfda o’rganiladigan murakkab masalalar tizimi

Ushbu malakaviy bitiruv ishini yorituvchi amaliy mazmundagi masalalarning turlarini aniqlash uchun hozirgi paytda о’zbek maktablarida qo’llanib kelinayotgan 1-2-3-4 sinflarning matematika darsliklaridagi barcha masalalar o’rganib chiqildi. Boshlang’ich sinf darsliklarida, amaliy mazmundagi masalalar ko’proq 4-sinf va 3-sinfda uchraydi chunki bu sinflar bevosita 1- va 2-sinfda olingan bilimlarni davom ettirib sekinlik bilan murakkablashib boradi.

Boshlang’ich sinflarda amaliy mazmundagi masalalarni tuzish katta ahamiyatga ega. Chunki bu turdagi masalalar o’quvchilarning fikrlash doirasini, idrokini, hozirjavobligini oshiradi.

Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan amaliy mavzudagi masalalardan quyidagilar ko’proq xarakterlidir: harakatga doir, proporsional miqdorli masalalar, iqtisodiy masalalar, statistik ma’lumotlarga asoslangan masalalar o’qitishda yuqori ko’rsatkichlar beradi.

Harakatga doir masalalar

Matematika o’qitishda harakatga doir masalalar jumlasiga harakatni xarakterlovchi uchta miqdor – tezlik, vaqt va masofa orasidagi bog’lanishlarni topishga doir masalalar kiritiladi.

O’quvchi murakkab masalaning yechimini o’rganish uchun oldin sodda masalalarning yechimini o’rganishi zarur. Shuning uchun ham harakatga doir masalalar kiritiladi.

O’quvchi murakkab masalaning yechimini o’rganish uchun oldin sodda masalaning yechimini o’rganishi zarur. Shuning uchun ham harakatga doir masalalar ustida ishlashni masofani aniqlashga, vaqt oralig’ini aniqlashga oid bir qator masalalarni yechish kerak. Quyidagi shartlarga doir sodda va murakkab masalalar. Bu masalalarda – tezlik, vaqt yoki masofa qolgan ikkitasiga bog’liq holda qatnashadi.

a) Uchrashma harakatga doir masalalar.

b) Ikki jismning qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatlarga doir masalalar.

v) Ikki jismning bir yo’nalishdagi harakatga doir masala.

Bunday masalalarga namunalar keltiramiz. Bu turdagi masalalarni yechishda ko’rgazmalilikdan keng foydalanilsa ancha maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quvchilarning tezda idrok qilishiga va ko’z o’ngida aniq tasavvur qilishda ko’rgazmalilik muhim rol o’ynaydi. Masalan: .Ikkita mashina ikki shahardan yo’lga chiqqan bo’lsa, ularning orasidagi masofa va vaqtlarni topish berilgan bo’lsin. Bunda o ’ qituvchi avtomobilning karton modelini yasab harakatga keltiradi. Ma’lumki, avtomobil qanecha masofa o’tdi.

1. O’quvchi soat 8.30 da uydan chiqib, soat 8.50 da maktabga yetib keldi. O ’ quvchi yo ’ lda necha minut yurgan?

O’quvchilar bunday masalalarni yechganlaridan keyin ularning harakat haqidagi tasavvurlarini umumlashtirish va tegishli chiziqlarni bajarishga o’rgatish kerak. Masalan, bitta jism (tramvay, mashina, odam) tez va sekin harakat qilishi to’xtashi mumkin. Ikkita jismning bir-biriga harakati yaqinlashish qarama-qarshi yo’nalishda harakat qilishi mumkin. Bularning barini sinf sharoitida kuzatib tegishli chizmalar qanday chizilishini ko’rsatish kerak. Yo’lni kesma bilan, jo’nash joyini, yetib borish joyini kesmadagi nuqta va tegishli harf bilan belgilash qabul qilingan.

Ma’lumki, harakat va masofa vaqti bo’yicha tezlikni topishga doir masalalar «Piyoda har 3 soatda 15 km yo’l bosgan bo’lsa, u qanday tezlik bilan yurgan?». O’quvchilar o’qituvchi ishtirokida jadvalga yozishni o’rganadilar.

Masalada nima ma’lum (piyoda yo’lda 3 soat yurgani).

3 soat – bu piyodaning yurgan vaqti, tushuntiradi o ’ qituvchi.

Masalada yana nima ma’lum? (pivoda 3 soatda 15 km yurgani).

15 km tushuntiradi o’qituvchi.

Masalada nimani bilish talab qilinadi?

2. tezlik va vaqtga ko’ra masofani topishga doir masalalar. Masalan, Alixon piyoda soatiga 3 km tezlik bilan 2 soat yo’lda bo’ldi. Alixon qancha yo’l yurgan?

Tezlik Vaqt Masofa
Soatiga 3 km 2 soat ?

Masalani yechish vaqtida 1 soat 2 soatdan qancha kam bo’lsa, shuncha masofa ko’p bosadi, degan muhokama bilan o’quvchilar bunday xulosaga keltiriladi: masofani topish uchun tezlikni vaqtga ko’paytirish kerak.

3 km x 2 soat = 6 kmsoat

3. Ma’lum masofa va tezlikka ko’ra harakat vaqtini topishga doir masalalar. Masala quyidagicha bo’ladi: 6 km masofani piyoda kishi soatiga 3 km tezlik bilan o’tdi. Piyoda bunday masofani necha soatda o’tgan.

Tezlik Vaqt Masofa
Soatiga 3 km ? 6 km

Harakatga doir masalalar bir xil yondashishni talab qilgani uchun metodikada 3 xil masala qaraladi:

1.Berilgan harakat tezliklari va vaqtga ko’ra masofa topiladigan masalalar;

2. Berilgan tezliklar va masofaga ko’ra harakat vaqti topilgan masalalar.

3. Berilgan masofa va harakat vaqtiga ko’ra jismlardan birining tezligi topiladigan masalalar.

Yuqoridagi 3 xil masalalar o’zaro teskari masalalardir, ularni bir darsning o’ziga kiritish kerak.

Proporsional miqdorli masalalar

Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasida harakatga doir masalalardan tashqari proporsional miqdorli masalalar ham qaraladi. Ular quyidagilar:

– munosabatlar usuli bilan yechiladigan oddiy masalalar.

– proporsional bo’lishga doir masalalar.

– ikki ayirmaga ko’ra noma’lumni topishga doir masalalar.
I. Munosabatlar usuli bilan yechiladigan oddiy uchlik qoidaga doir masalalar

Oddiy uchlik qoidaga doir masalalarning mohiyati shundan iboratki, oldin bir son ikkinchisidan necha marta borligini bilish kerak, so’ngra bu sonni miqdorning ma’lum qiymati qancha bo’lsa, shuncha marta kattalashtirish yoki kichiklashtirish kerak. Masalan, quyidagi mashqlarni bajarish kerak.

«12 m da 12 litrdan necha marta bor? 36 soni 6 sonidan necha marta katta?>>.

Shuni ham aytib o’tish kerakki, oddiy uchlik qoidaga doir masalalarni munosabatlar usuli bilan yechishda, ularning shartlarini faqat rasmlar bilan tasvirlamasdan, jadvallar tarzida ham yozilishi mumkin.

II. Proporsional bo’lishga doir masalalar

Proporsionalli bo’lishga doir masalalarni kiritishdan va yechishdan oldin ikki amalli masalalarni yechib o’rganishi kerak bo’ladi. Proporsional bog’lanishli masalalar o’quvchilarning masalalarni qiziqish bilan yechishlariga va masala shartli shaxsi tushunishiga olib keladi. Ikki amalli masalalarni proporsional bog’lanishga oid qilib o’zgartirishi ham mumkin. «Birinchi marta 5 ta bir xil, ikkinchi marta esa 2 ta shunday piyola sotib olindi. Hamma piyola uchun 42 so’m to’landi. Birinchi marta va ikkinchi marta qancha pul to’langan?». Bunda ko’rgazma, ya’ni chizilgan rasm o’quvchilarning oldingi va yangi masala orasidagi о’xshashlik va farqni tushunishlarini osonlashtiradi, yangi masalaning yechilishini yengillashtiradi.

Proporsional bo’lishga doir ikkinchi xil masalalarni kiritishdan oldin ikki amalli masalalar yechish kerak.

lkki qiz bir xil lentadan olishdi. Birinchi qiz o’zi olgan lenta uchun 90 so’m , ikkinchisi 60 so’m to’ladi. Agar bir metr lentaning bahosi 30 so’m bo’lsa, har qaysi qiz necha metr lenta olgan?

Masalaning shartini jadval tarzida yozamiz.

Har qaysi sodda masalani yechishda o’quvchilar qatnashishmaydi.

1) 90 : 30 = 3 m 2) 60 : 30 = 2 m

javob: birinchi qiz 3 m lenta, ikkinchi qiz 2 m lenta olgan. Bu masalani o’quvchilar yechganlaridan keyin ularga ikkala qiz birgalikda necha metr lenta olganini topishni buyuradi. O’quvchilar qo’shish amalini bajarishadi.

Proporsional bog’lanishli masalalar o’quvchilarni o’ylanishga majbur qiladi.

Jizzaxdan Samarqandga qarab avtobus soatiga 60 km tezlik bilan to’xtamay bordi. Samarqanddan unga qarab ikkinchi avtobus yurdi va soatiga 45 km tezlik bilan to’xtamay yurdi. Avtobuslar uchrashishdan bir soat oldin qanday masofada bo’lishgan?

Yechilishi: 60 + 45 = 105 km

Soat 3 da devor soati 12 sekund ichida 3 marta zang uradi. Shu soat kech soat 7 da 7 marta zangni necha sekundda uradi?

4) 6 x 6 = 36 sek

X u l o s a

O’quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o’rgatish 4-sinf matematikasining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda amallar soniga nisbatan cheklanmaydi, ya’ni o’quvchi nafaqat ikkita, balki uchta va to’rtta ko’paytmalarning yig’indisini topish talab etilgan, hayotiy masalalarni yecha olishi kerak.

Tarkibli masalalarda sodda masalalarning barcha turdagi ko’rinishlari uchrashi mumkin. Tadqiqotimizda berilganlar bilan izlanayotganlar orasida bog’lanish o’rnata olish ko’nikmasiga nisbatan talabni ko’proq qo’yuvchi bir qator yangi masalalar berish nazarda tutilgan. Bu masalalarni o’rganish uchun alohida dars qo’shimcha dars soatlari shart emas. Bunda o’qituvchi dastlab masala haqida tushuntirishlar olib boradi, so’ngra o’quvchilar o’zlari mustaqil ishlashlari uchun metodik tavsiyalar taklif qilishi mumkin.

Murakkab masala yechishda asosiy bosqichlarni quyidagicha belgilash mumkin:

1. masalani o’qish;

2. ma’lum va noma’lumlarni aniqlash;

3. qisqa yozuv yoziladi;

4. yechish rejasi tuziladi;

5. yechish bajariladi;

6. javob aniqlanadi:

7. javob tekshiriladi.

Masala yechishda materiallar asosan tevarak-atrofdan olinishi maqsadga muvofiq. Bizning tadqiqotimiz obyekti hisoblangan vaqtga doir, geometrik va idrok qiluvchi masalalar o’quvchilarni masala yechish bilan birga matematikani yaxshi o’zlashtirishiga ham xizmat qiladi.

  1. boshlang’ich matematika kursida matnli masalalar, xususan, murakkab masalalar yechish alohida o’rin egallaydi
  2. o’quvchilarni baho, miqdor va qiymat, vaqt, tezlik, masofa orasidagi va boshqa miqdorlar orasidagi mavjud bog’lanishlar bilan tanishtirishda murakkab masalalarning ahamiyati katta;
  3. o’quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o’rgatishning ahmaiyati ular ustida ish olib borish usullariga bog’liq;
  4. masalalar ustida ishlash jarayonida uni turli usulda yechish malakasini shakllantirib borish g’oyat muhim;
  5. murakkab masalalar yechishda mulohaza yuritishning analitik va sintetik usulidan foydalanish o’quvchilarni ancha jiddiy fikrlashga o’rgatadi;
  6. fikrlashning sintetik usulida o’quvchi masaladagi son ma’lumotlaridan boshlab, izlanayotgan ma’lumotga qarab tahlil etishni o’rganadi;
  7. masalada izlanayotgan miqdordan ma’lum miqdorlarga qarab tahlil etish orqali analitik usulda yechish malakasi shakllanadi;
  8. masalalar yechishda muammoli vaziyatni hosil qilish o’quvchining idrokini, fikrlashini o’stiradi;
  9. geometrik mazmundagi masalalar ustida ish olib borishda o’quvchilarning geometrik tasavvurlarini o’stirishga, geometrik figuralar ustida ko’proq amaliy ishlar olib borish lozim;
  10. o’qituvchi masala yechishning u yoki bu usulini qo’llaganda didaktika tamoyillarini hisobga olishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I. A. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent, “Sharq”, 1997 yil

2. I.A.Karimov Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. Xalq so’zi. 2012 yil 8-dekabr

3. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Toshkent, “O’zbekiston”, 2010 yil

4. Karimov I.A. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to’g’risidagi Qarori. Toshkent, 2010 yil 29 yanvar

5. Bikbayeva N. U. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996 yil

6. Jumayev M. E., Tadjieva Z. G’. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” Toshkent, 2005 yil

7. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G’. “Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi” Toshkent, “TDPU” 2005 yil

8. Jumayev M.E. Boshlang’ich matematika nazariyasi va metodikasi (KHK uchun) Toshkent, “Arnoprint” 2005 yil

9. Toshmurodov B. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomillashtirish ” Toshkent “O’qituvchi”, 2000 yil

10. Jumayev M. E. “Matematika o’qitish metodikasidan praktikum” Toshkent “O’qituvchi” 2004 yil

11. Mavlonova R. A. Raxmonqulova N.X. “Boshlang’ich ta’lining integratsiyalashgan pedagogikasi” Toshkent “Ilm ziyo”, 2009 yil

12. Yo’ldoshev J. G’. Usmonov S. A. “Pedagogik texnologiya asoslari” Toshkent “O’qituvchi”, 2004 yil

13. Suvonqulov A. K. Hamzayev H. X. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan amaliy mashg’ulotlar” Jizzax, 2006 yil

14. Suvonqulov A. K. Hamzayev H. X. “Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida didaktik o’yinlar” Jizzax, 2007 yil

15. Bikbayeva N.U. Yangabayeva E. Matematika. Darslik 3-sinf Toshkent, “O’qituvchi” 2008 yil

16. Boshlang’ich ta’lim jurnali 2009 yil 10-son

17. Azizxo’jayeva “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” Toshkent 2003 yil

18. Tolipov O’.Q. Usmonboyeva M. “Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari” Toshkent “Fan”, 2006 yil

19. Yo’ldoshev J. Yo’ldosheva F. Yo’ldosheva G. “Interfaol ta’lim sifat kafolati” Toshkent, 2008 yil

20. Bikbayeva N.U…,,Matematika 3 – darslik” ,,O’qituvchi” Toshkent- 2001yil

21. Bikbayeva N.U… ,,Metematika 4-darslik” ,,O’qituvchi” Toshkent- 2002yil

22. Boboyeva S.O. ,,Iqtidorli sinflarda masalalar yechish” Boshlang’ich ta’lim №3 1997 yil 11-15 bet

23. Ahmedov M., Mirzamuhamedova D. ,,Masalalar yechish metodikasi”

,,Boshlang’ich ta’lim” №6 2004 yil 42-44 bet.

1 I.A.Karimov Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. Xalq so’zi. 2012 yil 8-dekabr

10-sinf o’quvchilari uchun masalalar

1. Leonit mineralini sifat tahlil qilish natijasida unda kaliy, magniy va sulfat ionlarining mavjudligini ko’rsatdi. Massasi 7,32 g bo’lgan mineral namunasini suvsizlantirilganda uning massasi 1,44 g ga kamayadi. Mineralning xuddi shu namunasi suvda eritilganda va keyinchalik bariy xlorid eritmasining ortiqcha qo’shilishi natijasida 9,32 g cho’kma hosil qiladi.

Leonit formulasini aniqlang.

Yechimi:

2. Oddiy A moddasi B va V elementlaridan tashkil topgan suyuqlik bilan o’zaro ta’sir qiladi, shu bilan birga B2 gazi ajralib chiqadi va tarkibida AV3 tarkibidagi oson sublimatsiya qilingan, tarkibida 33,33% B element bo’lgan AV3, B2 gaz bilan reaksiyaga kirishib, A moddasini va B va V elementlarining yana bir birikmasini hosil qiladi.

Qaysi moddalar haqida gap ketayotganini aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.

Yechimi:

3. Uchta A, B va C izomer moddalarida 49,0% uglerod, 2,7% vodorod va X element bor. Ushbu moddalarning kisloroddagi yonish mahsulotlarida uchuvchan bo’lmagan qoldiq bo’lmaydi va ular ishqor eritmasiga to’liq yutiladi. Ushbu moddalarning bug’ zichligi normal sharoitda 6,56 g/l ni tashkil qiladi. A birikmasining molekulasi nol dipol momentiga ega, B molekulasining dipol momenti B molekulasidan kattaroqdir. Ushbu uchta izomerning tuzilish formulalarini tuzing.

Yechimi:

4. 11,2 litr hajmdagi eten va propen aralashmasi vodorodga nisbatan zichligi 16,8 ga teng. Aralashga teng miqdordagi vodorod qo’shildi va platina katalizatoridan o’tkazildi. Reaktordan chiqadigan joyda aralashmaning hajmi 17,92 litrni tashkil etdi. Dastlabki va oxirgi gaz aralashmasining tarkibini (hajmi bo’yicha % bilan) aniqlang va konversiya darajasini (% bilan) ikkala alken uchun ham bir xil deb hisoblang. Barcha hajmlar standart sharoitlarda o’lchanadi.

Yechimi:

5. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirishga va ushbu moddalarning barchasini alohida shaklda ajratishga imkon beradigan kimyoviy reaktsiyalarni taklif qiling. Har bir o’zgarish bir yoki bir necha bosqichga to’g’ri kelishi mumkin.

NH3–> NO –> HNO3 –> (NH4)2SO4 –> NH4Cl –> N2

Javobni shu telegramm guruhga rasm faylda yuboring.

Javoblarni chemieker77@gmail pochtasiga ham jo’natishingiz mumkin!

Milliy oʻquv dasturi loyihasi taqdim etildi

Jumladan, maktablar xususida toʻxtalib, ularda bugun aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi murakkab tuzilgani, nazariy bilimlar amaliyot bilan bogʻlanmagani, oʻquv dasturlarida uzviylik yoʻqligi, darsliklarning mazmuni va sifati qoniqarsiz ekani haqli eʼtirozlarga sabab boʻlayotgani, amaldagi davlat taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlarida oʻquvchilarni taʼlimning navbatdagi bosqichiga tayyorlash, erkin fikrlash va mustaqil hayotga yoʻnaltirish masalasi eʼtibordan chetda qolayotganini tanqid qildi. Bunday holatlarga barham berish uchun xorijiy ekspertlar va tajribali oʻqituvchilarni keng jalb qilgan holda, umumiy taʼlimning Milliy oʻquv dasturi loyihasini ishlab chiqish va joriy oʻquv yili davomida uni ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida sinovdan oʻtkazish lozimligi taʼkidlandi.

Nazariy va amaliy bilimlar uygʻunligiga eʼtibor qaratiladi

Butun dunyo ogʻir sinovni boshidan kechirayotgan bir paytda farzandlarimiz bilimida boʻshliq paydo boʻlmasligi, mavzularni oʻz vaqtida samarali oʻzlashtirishi uchun “Onlayn maktab” loyihasi tashkil etildi. Unga Respublikamizning tajribali va mohir pedagoglari jalb qilingan. Oʻquvchilar oʻtgan oʻquv yilining bir choragini onlayn tarzda oʻzlashtirdi, ayni paytda ham ayrim bolalar taʼlimni masofadan turib davom ettirmoqda. Maktablarimizda oʻquv yili karantin qoidalariga amal qilgan holda boshlandi. Barcha oʻquvchilar darsliklar va mashq daftarlari bilan taʼminlandi. Baʼzi oʻquvchilar aka-opalari foydalangan kitoblarni ishlatayotgan boʻlsa, ayrim sinf oʻquvchilari qayta nashrdan chiqqan yoki yangi chop etilgan darsliklardan foydalanmoqda.

Yangi oʻquv yili oʻquvchilarni qanday darsliklar bilan qarshi oldi? Yangi darsliklarning avvalgilaridan farqi nimada? Prezidentimiz nutqida keltirilgan masalalar boʻyicha qanday vazifalar belgilanyapti? Ana shunday savollarga javob olish uchun Respublika taʼlim markazi mutaxassislariga murojaat qildik.

– Prezidentimiz maʼruzasida taʼlim, jumladan, darsliklar xususida shu kunning dolzarb masalalari koʻtarildi. Bu esa, ayniqsa, taʼlim markazi zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi, – deydi Respublika taʼlim markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Aziz Ortiqov. – Yangi oʻquv yilida rejaga asosan 1-, 4-, 5-sinflarda jami 558 nomdagi darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar chop etildi, Ularning 346 nomdagisi umumtaʼlim maktablari,
160 nomdagisi imkoniyati cheklangan bolalar uchun boʻlsa, 52 nomdagi multimedia ilovalari esa oʻquvchilar bilimini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Umumtaʼlim maktablari darsliklarining 118 nomdagisi asl nusxasi,
228 nomdagisi esa tarjima nusxalaridir.

Yangi oʻquv yilida oʻquvchilar foydalanishi uchun 1–9-sinflarda “Tarbiya”,
5-, 8-, 9-sinflarda “Informatika”, 4-, 5-sinlarda “Texnologiya”, 8-sinflarda “Ingliz tili”, “Nemis tili”, “Fransuz tili” darsliklari (majmua shaklida), 10-, 11-sinflarda esa “Ona tili”va “Oʻzbek tili” fanlaridan oʻquv-metodik qoʻllanmalar yangidan yaratildi. 4-, 5 –sinflar toʻliq toʻplamda, 1-sinflarda “Alifbe”, 2-, 3-sinflarda Chet tili mashq daftarlari qayta nashr etildi.

5-sinf uchun yaratilgan “Biologiya” darsligi avval “Botanika” nomi bilan chop etilgan. Eski darslikda faqat oʻsimliklar dunyosi oʻrganilgan, yangi darslikda esa biologiyaning barcha boʻlimlariga oid boshlangʻich tushunchalar berilgan. Avvalgi darslik 6 bob, 31 mavzudan iborat boʻlib, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar uchun alohida soat ajratilmagan edi, qayta nashrda esa oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilgan. Endilikda mazkur fanning 18 soati nazariy, 16 soati amaliy mashgʻulot tarzida oʻtiladi. Darslikda Oʻzbekistonda uchraydigan dorivor va zaharli oʻsimliklar, Oʻzbekiston qizil kitobi haqida ham maʼlumotlar keltirilgan.

Taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan maktablar uchun 5-sinf adabiyot darsliklariga oʻzbek va jahon adiblari ijodidan namunalar kiritildi.

Prezidentimiz oʻz maʼruzasida darsliklar yaratishga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi. Undan kelib chiqqan holda oʻzimizga kelajakda amalga oshirishimiz lozim boʻlgan bir qator vazifalarni belgilab oldik. Darhaqiqat, fanlarni oʻqitish metodikasi, nazariy va amaliy bilimlar muvofiqligi, dasturlar uzviyligi, darsliklar mazmuni va sifatida talay kamchilik va muammolarimiz bor. Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda ularni mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga qay darajada javob bera olishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratishimiz, amaliyotchi oʻqituvchilar, fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan chuqur ekspertizadan oʻtkazishimiz lozim. Darsliklar ekspertiza xulosalari asosida uning mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida qayta ishlansa, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsa yana-da mazmunli va sifatli boʻladi. Darsliklarni yana-da takomillashtirish uchun jahon tajribasini kengroq oʻrganish, loyihalarimizga Respublikamizdagi eng tajribali mutaxassislarni, xorijiy ekspertlarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.

Darsliklarni tayyorlashda oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari alohida inobatga olinadi. Darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf etiladi, xalqaro tajribaga tayangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga oʻzgartirish kiritiladi. Yana bir eʼtiborli holat shuki, fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik hamda sinflararo uzviylik taʼminlanishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratiladi. Darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda ular mazmuniga xalqaro baholash dasturi —TIMSS, PIRLS talablari oʻquvchilar yoshiga mos tarzda yana-da chuqurroq singdiriladi. Shuningdek, mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida barcha darsliklarga QR kodlar oʻrnatiladi.

“Tarbiya” – yangi fan

– Davlatimiz rahbari nutqida umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fani birinchi marta joriy etilayotgani alohida taʼkidlandi. Darhaqiqat, yangi oʻquv yilidan “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlari oʻrniga “Tarbiya” fani oʻtiladi, – deydi A.Ortiqov. – Mazkur fan darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq taʼlimi”, Singapurning “Feʼl-atvor va fuqarolik taʼlimi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq taʼlimi” kabi fanlari va darsliklari yaqindan oʻrganildi. Darslikda ilk marotaba XXI asr koʻnikmalari deb nom olgan “yumshoq koʻnikmalar” joriy qilindi. U orqali oʻquvchida bilim berishdan tashqari muayyan koʻnikma ham shakllanadi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar va mavzular oʻquvchida muvaffaqiyat motivlarini uygʻotadi, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi. Shuningdek, oʻquv fani mohiyati 50 foiz nazariy, 50 foiz amaliy asosga qurilgan. “Tarbiya” darsliklarida “role-model”, yaʼni zamonaviy pedagogik metoddan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi. 1–9- sinflar darsliklari ustida sinov tariqasidai jodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi oʻrtasidagi tafovut va takrorlanishning oldini olish va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishini taʼminlashga xizmat qiladi. Darslik yorqin, rangli illyustratsiyalarga boy va har bir boʻlimi oʻziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan berilgan.

Ayni paytda boshlangʻich sinf oʻquvchilari mazkur darsliklardan foydalanishyapti. Insonning kelajakda muvaffaqiyat qozonishi, eng avvalo, toʻgʻri qoʻyilgan maqsadga bogʻliq. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bolada bosqichma-bosqich maqsad qoʻyish va unga intilish koʻnikmasini shakllantirib boradi. Tarbiya dasturiga eʼtibor qaratsak, oʻquvchi 1-sinfda dastlab orzularini aniqlay olishga oʻrgatiladi. 2-sinfda oʻz oldiga maqsad qoʻya olish koʻnikmasi shakllantiriladi. 3-sinfda oʻquvchida dasturni oʻzlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarni amalga oshirishga harakat qilish koʻnikmasi paydo boʻladi. 4-sinfda esa atrofda boʻlayotgan voqea-hodisalarga sogʻlom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida oʻzini anglaydi va oʻz xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Yuqori sinflarda bu koʻnikmalar shakllanib, oʻquvchi oʻz oldiga maqsad qoʻya olish, mustaqil fikrlash, oʻz faoliyatini tahlil qilish, toʻgʻri qaror qabul qilish kabi koʻnikmalarga ega boʻladi.

Milliy oʻquv dasturi yaratiladi

Fan va texnologiyalar taraqqiyotining jadallik bilan amalga oshishi, raqamli iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq jarayonlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, globallashuv va integrallashuv sharoitida barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, pirovardida taʼlim sohasiga nisbatan yangi talablarni qoʻymoqda.

Prezidentimiz nutqida keltirilganidek, dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan Milliy taʼlim tizimini yaratish zarurati paydo boʻldi. Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish maqsadida ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi va taʼlim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilab berildi.

– Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi 6 komponent – umumiy oʻrta taʼlimning malaka talablari, umumtaʼlim fanlarining konsepsiyalari, oʻquv reja, fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholash tizimidan iborat boʻladi, – deydi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Mehriniso Pardayeva. – Mazkur dasturni ishlab chiqish, ekspertiza va tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini taʼminlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, UCAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli ishlash tashkil etildi.

Ekspertiza xulosalariga koʻra ishchi guruh tomonidan Milliy oʻquv dasturining barcha komponentlari takomillashtiriladi va uning asosida 2021-yilning 1-choragidan boshlab 1-, 2-sinflar uchun toʻliq toʻplamda, yangidan joriy etiladigan fanlar boʻyicha 1–6-sinflar darsliklarining yangi avlodi yaratiladi. Milliy oʻquv dasturi 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan oʻtkazilib, 2026-2027 oʻquv yiliga qadar toʻliq amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.

Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqshga mengzaladi. Naqsh mahorat bilan ishlanishi yoki, aksincha, boʻlishi mumkin. Shu bois oilada farzand dunyoga kelishi hamonoq uning taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Dastlab ota-ona, mahalla-koʻy, maktabga chiqqach esa oʻqituvchilar zimmasiga jiddiy masʼuliyat yuklanadi. Mamlakat kelajagining bunyodkori sanalmish yoshlarning taʼlim olishida darsliklarning xizmati beqiyos. Oʻquvchilarning risoladagidek bilim olishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, bilim samaradorligini oshirishda maktab darsliklari asosiy vositalardan biridir. Oʻquvchi darslikdan bilim oladi, tajriba toʻplaydi va uni oʻz hayotida qoʻllashni oʻrganadi. Shunday ekan, darsliklarning mukammalligi har makon va zamonda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eʼtiborsizlik tufayli unda yoʻl qoʻyilgan birgina xato ulgʻayib kelayotgan oʻquvchi hayotini tamomila teskakri tomonga burib yuborishi hech gap emas. Yurtimizda taʼlim tizimi, xususan, darsliklarga Prezident darajasida diqqat-eʼtibor qaratilayotgani zamirida katta maqsad va maʼno mujassam.

Bashorat OTAJONOVA,

jurnalist.

Qiziqarli malumotlar
2.6. III sinfda o rganiladigan murakkab masalalar tizimi