1975-yildan 1-oktyabr – Xalqaro musiqa kuni

1975-yildan 1-oktyabr – Xalqaro musiqa kuni

1975-yildan 1-oktyabr – Xalqaro musiqa kuni

DO`STLARGA ULASHING:

1975-yildan 1-oktyabr – Xalqaro musiqa kuni
Musiqa kunini alohida sana sifatida belgilash to’g’risidagi qaror Yunesko qoshidagi Xalqaro musiqiy kengash tashshabusiga ko’ra, uyushmaning Lozannada bo’lib o’tgan 15-Bosh assambleyasida (1973-yil) qabul qilinib, 1975-yildan buyon amaliyotda tadbiq etib kelinmoqda.
 Mazkur sana (International Music Day)o’ttiz etti yildan buyon butun dunyoda keng nishonlanib kelinmoqda. Shu kuni er yuzining turli chekkalarida taniqli san’atkorlar va badiiy jamoalar ishtirokida yirik durdonalardan bahramand bo’ladilar. Shuningdek, bastakorlar, ijrochilar, musiqashunoslar bilan ijodiy kechalar o’tkaziladi, cholg’u asboblari hamda musiqa bilan san’at namunalari ko’rgazmalari tashkil etiladi.Bunday tadbirlar zamirida dunyo xalqlarining barcha qatlamlari orasida musiqiy san’atni keng targ’ib etish, xalqlar o’rtasidagi o’zaro hurmatni yanada kamol toptirish, ma’naviy boylikni qadrlash, fikr va tajriba almashish orqali jahonda tinchlik va do’stlik barqarorligiga erishishdek ezgu niyatlar yotadi.

1975-yildan 1-oktyabr – Xalqaro musiqa kuni