1918 – 1939 yillarda Osiyo va afrika davlatlari Xitoy va Hindiston to’liq malumot oling

1918 – 1939 yillarda Osiyo va afrika davlatlari Xitoy va Hindiston to’liq malumot oling

1918 – 1939  yillarda Osiyo va afrika davlatlari Xitoy va Hindiston
Mundarija скрыть

REJA :

Osiyo va Afrika davlatlari rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlar.

Xitoyning urushdan keyingi ahvoli.

Buyuk milliy inqilob.

Chan Kayshi hukmronligining kuchayishi.

1927-1937-yillardagi fuqarolar urushi.

Yaponiya agressiyasi.

Birinchi jahon urushidan keyin Hindistondagi ahvol.

 

Birinchi jahon urushigacha Osiyo va Afrika asosan mustamlaka davlatlardan iborat edi. Birinchi jahon urushi yillarida Osiyo va Afrika davlatlarida chuqur o’zgarishlar ro’y berdi. Antanta qurolli kuchlari saflarida mustamlaka davlatlar aholisi ham ishtirok etdi. Mustamlaka xalqlarning ilg’or qatlami urushdan keyin mustaqillikberilishiga umid bilan qaramoqda edi. Biroq Parij tinchlik konferensiyasi bu umidni oqlamadi.

Shunday bo’lsa-da, Osiyo va Afrika davlatlarida vaziyat asr boshidagiga nisbatan o’zgardi. Bu o’zgarish jahon siyosiy xaritasida Sovet Rossiyasi (keyinchalik SSSRning) vujudga kelishi bilan ham bog’liq еdi.

Rossiyada yuz bergan chuqur ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar milliy-ozodlik harakatlariga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.Mustamlakalarda milliy-ozodlik kuchlari o’sdi. Stixiyali milliy-ozodlik kurashi ongli kurashga aylana bordi.

Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, Xitoy va Hindistonda milliy-ozodlik kurashi shiddat bilan davom etdi. Chunonchi, 1918—1923yillarda Turkiyada ozodlik kurashi g’alaba bilan yakunlandi. Dunyoviy Turkiya Respublikasi tashkil topdi.

Afg’on xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachilariga qarshi olib at em kurashi 1919-yilda g’alaba bilan yakunlandi. Afg’oniston mustaqil davlatga aylandi. 1921-yilda sovet-afg’on do’stlik shartnomasi imzolandi.

Ayni paytda Sovet davlati qo’shni davlatlar bilan aloqani yaxshilash masalasiga «bo’lajak jahon inqilobi»ning tarkibiy qismi, deb ham qarar edi.

Birinchi jahon urushidan so’ng ham Xitoy qoloq, yarim mustamlaka davlat edi va unda 450 mln. Dan ortiq xalq yashardi. Uni buyuk davlatlar ta’sir doirasiga bo’lib olgan edilar. Mamlakat sanoati, transporti, banklari va tashqi savdosining asosiy qismi chet el kompaniyalari qo’lida edi.

Bu omillar Xitoyni rivojlangan davlatlar ekspansiyasiga qarshi kurashda ojiz qilib qo’ygan edi. 1911—1913-yillarda bo’lib o’tgan inqilob asosiy masalalardan biri — Xitoyni yagona davlatga birlashtirish masalasini hal eta olmadi.

1918-yilda Xitoyda inqilobiy kurashning ikki yirik kuchi mavjud edi.

Ularning biri milliy-ozodlik kurashining yirik vakili, tan olingan yo’l-boshchi Sun Yatsen (1867—1925) boshchiligidagi Gomindan (Xitoy milliy partiyasi) bo’lsa, ikkinchisi Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) edi.

1921 –yilda Sun Yatsen mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Biroq buyuk davlatlar bu saylovni va Sun Yatsen hukumatini tan olmadilar. Sun Yatsen «Xitoyni qutqarish» dasturini ilgari surdi. Bu dasturni chet davlatlarning yordamisiz at emi oshirib bo’lmas edi. Buyuk davlatlar esa yordam berishdan voz kechdilar. Vashington konferensiyasida qabul qilingan «9 davlat kelishuvi» bo’yicha, Xitoyda o’z hukmronliklarini o’rnatdilar.

1923-yilda Sun Yatsen Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlik yo’liga o’tdi. Shunday qilinganda Sovet Rossiyasidan yordam olish oson kechishini u yaxshi bilardi. 1924-yil yanvarda Gomindan va XKP umummilliy birlashgan inqilobiy front tuzdilar.

1925-yil bahorida Shanxay shahrida talabalar namoyishga chiqdilar. Biroq ingliz politsiyasi bu namoyishni o’qqa tutdi. Bu hodisa Xitoyda xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi kuchli harakat boshlanishiga turtki boidi. Bu harakat Xitoy tarixiga «30-may harakati» nomi bilan kirgan.

1925-уi1dа Sun Yatsen vafot etgach, bu partiya rahbarligi Chan Kayshi qo’liga o’tdi. Inqilobda Xitoy jamiyatining barcha tabaqalari ishtirok etdi. 1925-yilning oktabr-dekabr oylarida Chan Kayshi hukumati mamlakat shimoliy qismining Guandun provinsiyasida joylashgan militaristlar hukumatiga qarshi harbiy yurish boshladi. Shu tariqa Xitoyda fuqarolar urushi boshlandi. 1926-yilda 7 ta provinsiya egallab olindi. 1927-yil martda Angliya va AQSH Chan Kayshiga yordam berish uchun Xitoyga qurolli kuch yubordi. 18-aprelda Nankinda Chan Kayshi hukumati to’la qaror topdi.

Markaziy hokimiyat qo’lga kiritilgach, inqilobning asosiy yetakchi kuchlari — Gomindan va XKP o’rtasida bo’linish yuz berdi. Bunga Xitoy inqilobiy vazifalariga Gomindan va XKP ning turlicha qarashlari sabab bo’ldi.

XKP esa inqilobni davom ettirish, hah Xitoyda kam sonli bo’lgan proletariat gegemonligini o’rnatish, agrar inqilobni avj oldirish, mulkdor-larning mulkini musodara qilish, barcha banklarni, konlarni, temir yo’llarni, yirik korxonalarni milliylashtirishni talab etdi.

Bu ikki siyosiy kuch o’rtasidagi nizo 20 yil davom etgan fuqarolar urushini (1949-yilgacha) keltirib chiqardi va shu tariqa birlashgan umummilliy inqilobiy front barham topdi.

Gomindan markaziy hokimiyatni kuchaytirishga urindi, iqtisodiyotga davlat aralashuvini joriy etdi. Iqtisodiyotda davlat sektorini vujudga keltirdi. Bundan tashqari, ichki siyosiy barqarorlikka erishish maqsadida qator ijtimoiy islohotlar o’tkazildi. Mehnat to’g’risida qabul qilingan ijobiy ruhdagi qonun kam sonli ishchilar sinfming ahvoli yaxshilanishiga xizmat qildi. Biroq agrar masala hal etilmadi. Qishloqda yirik yer egalari hukmronligi saqlanib qola berdi.

1928-yilda chet el tovarlari uchun boj to’lovi tartibi tiklandi. Bu bilan ichki bozor ham himoya qilindi.

Gomindan «XKP ga qarshi urushga tayyorlana boshladi» va ko’p o’tmay uning qurolli kuchlariga qarshi hujum boshlandi. 1930— 1934-yillarda 5 marta yurish qilindi. AQSH 90 mln. Dollar yordam berdi. 300 ta samolyotdan foydalandi.  Bu davrda XKP qurolli kuchlarining soni 300 mingni tashkil etardi (XKP qurolli kuchlari Qizil Armiya debatalgan). XKP 1927-yildan 1936-yilgacha Xitoyda sovetlar shaklidagi proletariat va dehqonlar inqilobiy diktaturasini o’rnatish uchun kurash olib bordi va o’zi egallagan provinsiyalarda hokimiyatning shunday shaklini o’rnatdi.

1931-yilning sentabrida Yaponiya armiyasi Xi-toyga hujum qildi. Bu hujum Chan Kayshining Xitoyni birlashtirish yo’lidagi harakatini to’xtatib

qo’ydi. Uch oy ichida Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqida I mln. Kv. Km. maydonni egalladi va u yerda 1932-yil 1-martda Man’chjou-Go deb atalgan davlat tuzdi. Uni manjurlar sulolasining so’nggi imperatori Pu I boshchiligidagi qo’g’irchoq hukumat boshqarardi (manjuriar sulolasi hukmronligi 1912-yil Sun Yatsen boshchiligidagi inqilob natijasida ag’darilgan edi). 30 mln. Aholi, 37 foiz temir ruda zaxirasi, 95 foiz neft, 4 foiz savdo at emir yo’l yaponlar qo’liga o’tdi.

Chan Kayshi 1935-yilda Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashda yor-dam so’rab Sovet davlatiga murojaat qildi.

Sovet davlati yordam berishga tayyorligini bildirdi, biroq buning uchun fuqarolar urushini to’xtatish va Xitoy kommunistlariga qarshi jazo operatsiyalari o’tkazmaslik shartini qo’ydi. 1937-yilning iyun oyida Gomindan va XKP o’rtasida harbiy harakatlarni to’xtatish haqida shartnoma imzolandi. Shu tariqa Xitoyda yagona antiyapon milliy fronti vujudga keldi.

1937-yilning yozidan 1945-yil kuzigacha davom etgan yapon-xitoy urushi boshlandi.

Yaponiya 1941-yil 9-dekabrda Xitoyga qarshi urushni rasmiy e’lon qildi  bu yerda urush oxirigacha o’z hukmronligini saqlab qoldi.

Urush yillarida Buyuk Britaniya hukumati Hindis-tonga urushdan keyin o’zini o’zi boshqarish huquqini berishni va’da qilgan edi. Aslida Buyuk Britaniya imperiyaning eng boy qismi bo’lgan Hindistondan ajralishni xohlamas edi.

1919-yilning 13-aprelida Panjobshtati poytaxti Amritsar shahrida ingliz qo’shinlari aholining norozilik yig’ilishini o’qqa tutdi.

 Buyuk Britaniya 1919-yili Hindistonni boshqarish to’g’risida qaror qabul qildi. Bunga binoan 2 palatali boshqarish tizimi tashkil qilindi. Deput,at-larning 50 foizini vitse-qirol tayinlardi. 1,5 foiz hind saylov huquqi oldi.

Hind xalqi milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi qudratli siyosiy tashkilot — Hindiston Milliy Kongressi (HMK).partiyasi kurashning kuch ishlatish usuliga qarshi chiqdi. HMK ga 1915-yildan boshlab hind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandi (1869—1948) boshchilik qiladi. Uning rahbarligi davrida HMK da kurashning kuch ishlatmaslik, faqat tinch, zo’rliksiz shakliga tayanadigan yo’li g’alaba qozondi.

Hindiston jamiyatining asosini dehqonlar tashkil etgan bir sharoitda M.  Gandi tanlagan yo’l birdan-bir to’g’ri yo’l edi. M. Gandining zo’ravonliksiz hamkorlik qilmaslik, fuqaroviy bo’ysunmaslik harakatining birinchi bosqi-chini 1919—1922-yillar tashkil etadi.

L919-yilning kuzida HMK syezdi ingliz ma’murlari joriy etgan qonun bo’yicha saylovni boykot qilish haqida qaror qabul qildi. Natijada saylov amalda barbod bo’ldi.

Boykot, shuningdek, ingliz tovarlarini sotib olmaslikni, inglizlar joriy etgan faxriy unvonlar va mansablardan voz kechishni, rasmiy qabullarga bormaslikni, ingliz maktablarida o’qimaslikni, ingliz sudlarini rad etishni, davlat soliqlarini to’lamaslikni ham nazarda tutar edi.

1919—1922-yillardagi ozodlik harakatlariga Kalkutta jut korxonalari ishchilari, Bombey to’qimachilari, Madras ishchilari, Jamshedpur temir yo’lchilari qo’shildilar. Bu harakatlarning bir qismi oz bo’lsa-da g’alabaga olib keldi. Bombey to’qimachilarining ish kuni 12 soatdan 10 soatga tushi-rildi. Metallurglarning mukofot haqi 15—20 foizga oshirildi.

Ozodlik harakatini vaqtincha bostirgan inglizlar 1923—1928-yilda o’zlarining zaiflashayotgan ahvolini biroz yaxshilab oldilar. Bu davrda Hindiston iqtisodiyoti urush yillaridagidan ham tez o’sdi. Fabrikalar soni 1,5 baravar ko’payib, 7515 taga yetdi. Buyuk Britaniyaning Hindistondagi kapitali 1 mlrd. Funt sterlingga yetdi. 1928-yida u Hindistondagi faqat irrigatsiya inshootlaridan 74 mln. Rupiy foyda oldi.

Ozodlik harakati kuchaydi. Saymon komissiyasi bilan birgalikda M. Neru, J. Neru guruhlari Hindiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqdilar. Unga to’la mustaqillik so’zlari kiritildi. Inglizlar oldiga bir qancha radikal talablar qo’yildi, lekin ular buni bajarishmadi. Natijada mustaqillik uchun kurash kuchayib, qonli to’qnashuvlar avj ola boshlagan bir sharoitda M. Gandi barcha chiqishlar oqimini fuqaroviy bo’ysunmaslik o’zaniga burishga hara-kat qildi.

Inglizlar tuzga davlat monopoliyasi joriy etgan edi. Natijada tuz narxi hindiarning uni sotib olishga qurbi yetmas darajada oshib ketdi. Hindlar tuzsiz ovqat yeyishga mahkum edilar. Bu esa aholini jismonan tanazzulga uchratish bilan barobar edi. Gandi ham dengizdan, odamlar bilan tuz ola boshladi. Inglizlar bu harakatni to’xtatmoqchi bo’lishdi. Ungaqarshi 1930-yilda Hindistonda bo’ysunmaslik harakatining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bunga javoban mustamlakachi ma’muriyat 60 mingdan ortiq kishini (M. Gandi va uning yaqin safdoshlarini ham) qamoqqa tashladi. HMK ni esa qonundan tashqari, deb e’lon qildi. Lekin bular natija bermagach, 1931-yilning 5-martida ingliz mustamlakachi ma’muriyati HMK bilan bitim imzolashga majbur bo’ldi. Unga ko’ra, ingliz ma’murlari repressiyani to’xtatish va siyosiy mahbuslarni ozod etish majburiyatini oldi.

Gandi rasmiy London bilan «dumaloq stol» atrofida muzokara boshlashga rozilik berdi. Londonda hind muammosiga bag’ishlab o’tkazilgan konferensiyaga HMK «Hindiston fuqarolarining asosiy huquq va burchlari haqida» deb nomlangan hujjatni taqdim etdi. Amalda bu hujjat bo’lajak mustaqil Hindiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosi edi.

Hujjatda Hindistonda demokratik erkinliklarni joriy etish; kastalar va dinlarning tengligini tan olish; diniy omilni hisobga olgan holda Hindistonni ma’muriy qismlarga qayta bo’lish; ish haqining eng kam miqdorini joriy etish; yer uchun to’lanadigan ijara haqini cheklash; soliqlarni kamaytirish va shu kabi boshqa talablar ilgari surilgan edi. Tabiiyki, ingliz mustam-lakachilari bu talablarni qabul qilmadilar. Natijada konferensiya ishi barbod bo’ldi

Biroq Buyuk Britaniya Hindistonda yangi saylov qonunini joriy etishga majbur bo’ldi. 1937-yilda o’tkazilgan saylovda HMK jami 11 shtatdan 8 tasida g’alaba qozondi va ularda o’z hukumatini tuzdi.

Uriish yillarida hind xalqining ahvoli yanada yomonlashdi. Guruch 5 baravar qimmatlashdi. Ish kuni 12 soatga uzaytirildi. 2 mln. Hind armiya va flotda xizmat qildi. Hindiston 0,5 mln. Ingliz-amerika askarlarini boqdi.

Nazorat savollari.

Urushdan so’ng Xitoy qaysi davlatlar ta`sirida edi?

Xitoy inqilobiy kurashining ikki yirik qaysi partiyalar edi?

Yaponiya qachon Xitoyga bostirib kirdi?

Qaysi yillarda fuqarolar urushi bo’ldi?

HMK ni 1915 yildan kim boshqardin?

Tuz solig’iga qarshi qachon bo’ysunmaslik harakati ro’y berdi?

 

Tayanch iboralar.

XKP – Xitoy Kommunistik Partiyasi Chan Kayshi – 1925 – yildan Gomindan partiyasi rahbari.

Sun Yatsen – 1911 – 1913 yilgi Xitoy inqilobidan so’ng birinchi president.

Gomindan – Xitoy Milliy Partiyasi.

Maxandas Karamchand Gandi – (1869 – 1948) savdogar kastasiga mansub.

Britaniyada oily yuridik ma`lumot olgan.

Test savollari.

1925 – yil Sun Yatsen vafotidan so’ng Gomindanni kim boshqardi?

A) Mao Szedun. B) Fon Sekt. S) Chan Kayshi.

Xitoyda fuqarolar urushi qachon boshlandi?

A) 1925 yil. B) 1926 yil. S) 1927 yil.

1932 yil 1 – martda Yaponiya Xitoyda qanaqa davlat tuzdi?

A) Yapon – Xitoydavlatini.

B) Manchjou – Go

S) Xitoy imperiyasini.

Hindistonda inglizlar tuz solig’ini qachon joriy etdi?

A) 1865 yil. B) 1915 yil.   S) 1930 yil

Bu nomlarni yodda tuting:

Maxandas Karamchand Gandi, Javohlal Neru.

 

                 Foydalanilgan adabiyotlar.

Jahon mamlakatlari. Izohli lug’at. Toshkent – 2006 y.

G. Hidoyatov. Jahon tarixi. Toshkent – 2005 y.

M. Lafasov. Usmonov. Jahon tarixi. Toshkent – 2006 –y.

Tarix
1918 – 1939 yillarda Osiyo va afrika davlatlari Xitoy va Hindiston