1918 – 1939 – yillarda Buyuk Britaniya. to’liq malumot oling

1918 – 1939 – yillarda Buyuk Britaniya. to’liq malumot oling

1918 – 1939 – yillarda  Buyuk  Britaniya.
Mundarija скрыть

R E J A.

Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari.

Mamlakat iqtisodiy va siyosiy hayotidagi o’zgarishlar.

Leyboristlarning ikkinchi hukumati.

1924 – 1939 yillarda tashqi siyosat.

         Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari, avvalo, uning bu urushda g’olib chiqqan davlatlardan biri bo’lganligi bilan belgilanadi.

         Buyuk Britaniyaning harbiy qudrati va xalqaro maydondagi ta`siri yanada o’sdi hamda u Millatlar Ligasida hukmron mavqega ega bo’lgan davlatga aylandi.

         Buyuk Britaniya Yaqin Sharqda falastin, Transiordaniya va Iroqni boshqarish huquqini qo’lga kiritdi. Afrikada Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismida ham Buyuk Britaniyaning shunday huquqi qaror topdi.

         Urush uning dunyodagi mavqeiga katta putur yetkazib, jahon bozorida hukmronlik mavqeini pasaytirdi. Moliyaviy yetakchiligi ham barham topdi. Natijada u qarz beruvchi davlatdan qarz oluvchi davlatga aylanib qoldi. Chunonchi, Buyuk Britaniyanbing ichki davlat qarzi 1914 – yildagi 650 mln. funt sterlingdan 8 mlrd. funt sterlingga yetgan. AQSHdan esa 5 mlrd. dollardan ortiq miqdorda qarz bo’lib qoldi.

         1920 – yilning kuzidayoq mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini qamrab olgan iqtisodiy tanglik boshlandi. 1921 – yilda sanoat ishlab chiqarishi uchdan birga qisqardi va u urushdan oldingi darajaning 68 foizni tashkil etdi. Ko’mir qaib chiqarish 30 foiz, tashqi savdio hajmi esa urushdan oldingi darajadan 2 baravarga kamaydi.

         1924 – 1929 – yillar davlatlar iqtisodiyotida qisman barqarorlashuvning qaror topishi davri bo’ldi. Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiyoti amalda bir joyda depsinib turdi.

         Bu davrda mamlakat hayotini uchta partiya – Liberallar, Konservativ va Leyboristlar partiyalati o’rtasidagi kurash belgilar edi.

         1918 – yil Lioyd – Jorj yana bosh vazir lavozimini egalladi va 1922 – yilgacha hukumatni boshqardi. Bu davr ichida koaliston hukumat ham ichki, ham tashqi siyosatda muvvaffaqiyatsizliklarga uchradi.

         1921 – yilda Buyuk Britaniya – Irlandiya shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra Irlandiya ikkiga bo’lindi. Poytaxti Dublin shahri bo’lgan janubiy Irlandiyaga dominion huquqi berildi. Shimoliy Irlandiya esa Buyuk Britaniya tarkibida qoldi. Shu vaqtdan boshlab mamlakat rasman “Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo’shma qirolligi” deb ataladiga bo’ldi.

         Buyuk Britaniyaning Gretsiya bilan birgalikda Turkiyaga qarshi urushtirgan agressiyasi mag’lubiyatga uchradi. Vatanparvar kuchlar Kamol Ota Turk boshchiligida Turkiya mustaqilligini saqlab qoldilar.

         Buyuk Britaniya tarixda birinchi marta Leyboristlar partiyasiga hukumat tuzish topshirildi. 1924 – yil yanvarda bu partiya rahbari R. Makdonald (1886 – 1937) boshchiligida yangi hukumat tuzildi. R. Makdonald hukumati uzoq yashamadi.

Bolduin bosh vazirligi davrida ham (1924 – 1929) Buyuk Britaniya iqtisodiyotida jiddiy o’zgarishlar bo’lmadi.

         Kon egalari 1926 – yilning 1 – may kuni ish haqi kamaytirilishinI e`lon qildilar. Bunga javoban 4 – may kuni Buyuk Britaniyada ishchilarning umumiy ish tashlashi boshlandi. Unda jami 6 mln. ishchi qatnashdi. Tred – yunionlar umumiy ish tashlash sof iqtisodiy talablar ostida o’tishini istar edi. Biroq ish tashlashlar iqtisodiy doiradan chiqib, siyosiy nizoga aylanishi xavfi tug’ildi.

         1926 – yilgi umumiy ish tashlash mag’lubiyatga uchradi.

         1929 – yilning may oyida Buyuk Britaniyada navbatdagi parlament saylovi bo’lib o’tdi. Unda Leyboristlar, kichik farq bilan bo’lsada, g’alaba qozondi.

         1930 – yil boshlarida Buyuk Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932 – yilda o’z choqqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929 – yilga nisbatan 20 foizga qisqardi. Ishsizlar soni 3 – 3,5 mln. kishini tashkil etdi.

         1931 – yil oktabr oyida parlamentga navbatdan tashqari saylov o’tkazildi. Unda konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi (740 o’rin). Yana milliy hukumat (1931 – 1935) tuzildi. Uni yana R. Makdonald boshqardi. Hukumat ish haqini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga inqirozdan chiqish dasturini amalga oshira boshladi. Ayni paytda AQSH va Fransiya banklari Buyuk Britaniyaga 80 mln. funt sterling miqdorida qarz berdi.

         Hukumat ko’rgan chora tadbirlar o’z samarasini berdi. 1932 – yil oxiridan boshlab iqtisodiyotda biroz bo’lsada sog’lomlashtirish boshlandi. 1934 – yilga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi 1929 – yil darajasiga yetdi.

         30 – yillarning oxiriga kelib Buyuk Britaniyaning jahondagi iqtisodiy mavqei sezirarli darajada pasaydi. Endilikda nafaqat AQSH, balki Germaniya, Italiya va yaponiya uning raqiblariga aylangan edi.

         Buyuk Britaniya 1925 – yilda o’tkazilgan Lokarno konferensiyasi tashabbuskorligidan biri edi. Bu konferensiya Germaniyani G’arb davlatlari Germaniyaning Yevropa Sharqidagi erkin harakatiga to’siq bo’luvchi kafolatlar tizimini yaratmadi.

         1937 – yilda hokimiyat tepasiga kelgan Konservatorlar partiyasi rahbari N. Chemberlen (1869 – 1940) o’zining 3 yillik bosh vazirlik faoliyati davomida Gitlerni “tinchlantirish”siyosatining tashabbuskori bo’lib maydonga chiqdi.

         Germaniaya birinchi navbatda Sovet davlatiga emas, G’arb davlatlariga qarshi urush boshlashi to’g’risidagi rejasi haqidagi ma`lumotlar tez orada Buyuk Britaniyaga ma`lum bo’lib qoldi. Endi Buyuk Britaniya zo’r berib urushga tayyorlana boshladi. Harbiy xarajatlar ikki baravar oshirildi.

         1939 – yil 15 – aprelda Buyuk Britaniya tarixda birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy etildi.

Nazorat uchun savollar.

Birinchi jahon urushi Buyuk Britaniya uchun qanday oqibatlar keltirdi?

Britaniya uchun jahon iqtisodiy inqirozi qanday oqibatlarga olib keldi?

Chemberlenning Germaniyani tinchlantirish siyosatining mohiyati nima?

Buyuk Britaniya SSSRni qachon tan oldi?

Tayanch iboralar.

         — Liberallar, leyboristlar va konservatorlar partiyalari.

         — 1926 yilgi ish tashlashlar.

         — Germaniyani tinchlantirish siyosati.

Tarix
1918 – 1939 – yillarda Buyuk Britaniya.