19-iyun Amerikalik sayohatchi Stiv Fosset dunyoda birinchi havo sharida to’liq malumot oling

19-iyun Amerikalik sayohatchi Stiv Fosset dunyoda birinchi havo sharida to’liq malumot oling

19-iyun Amerikalik sayohatchi Stiv Fosset dunyoda birinchi havo sharida bir o’zi hech qayerda qo’nmaydigan yer sharini aylanib chiqish sayohatini boshlagan kun
Mundarija скрыть

  Amerikalik millioner-ekstremal Stiv Fosset (1944-2007) La-Manshni suzib kesib o’tgach mashhur bo’ldi. Undan keyin ko’p kunlik bir o’zi changida yurishlar, AQShda aylana avtopoygalar, hamda Afrikada ralli bo’lgan edi. 2002 yil yozda u dunyoda birinchi bo’lib havo sharida bir uzi hech qaerda kunmasdan er sharini aylanib chiqish sayohatini amalga oshirdi. Sayohat 19-iyunda boshlandi va 2002-yili 4-iyulda tugallandi. Shunga o’xshash urinishlarga Fosset olti marta kirishdi, biroq ular muvaffaqiyatsiz bo’ldi. 2005 yili 3 martda Fosset 36 ming 898 kilometr masofani 67 soatda uchib o’tdi va tarixda birinchi bo’lib qo’shimcha yoqilg’i quymasdan dunyo bo’ylab samolyotda uchishni muvoffaqiyat bilan yakunladi. Sayohatchi 1962-yilda amerikaning bombardimon B-52 ekipaji o’rnatgan kunmasdan uzoq masofaga uchish bo’yicha eng yuqori natija (rekord)ni yangiladi. Muxbir bilan suhbatlarning birida Fosset doimo sayohatga o’zi bilan kitoblar olishini aytgan: taniqli sayohatchilarning tarjimai hollari va xotiralari. Biroq 2007-yili 3-sentyabrda u bitta motorlik samolyotda halok bo’ldi. Bir yildan oshiq vaqt davomida uning halokat joyi topilmadi. Faqat 2008-yili oktyabrda turistlar o’tish qiyin bo’lgan Minarets (shtat Kaliforniya, AQSh) tog’larida tasodifan halokat joyiga duch kelishdi.

Muhim sanalar
19-iyun Amerikalik sayohatchi Stiv Fosset dunyoda birinchi havo sharida