18 YOSHGACHA NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARGA QAROVCHILARGA XAM 500 000 SO‘MDAN NAFAQA BЕRILADI.
18 YOSHGACHA NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARGA QAROVCHILARGA XAM 500 000 SO‘MDAN NAFAQA BЕRILADI. ✅ Kecha ya’ni, 17.02.2022 yil kuni PF–74-son. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. ✅ Farmonga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi. ❗️Yuqoridagi 500 ming so‘mlik nafaqa, nogironligi bo‘lgan bolalarga qarovchilar ro‘yxati shakllantirib bo‘linganidan keyin tayinlanishi boshlanadi. ❗️Bu nafaqaning yangi turi. Oldin bunday nafaqa yo‘q edi. Nogironligi bo‘lgan bolaning o‘ziga nafaqa berilar edi lekin unga qarab turgan shaxslarga nafaqa berilmagan. ✅ Bundan tashqari, yuqoridagi farmonga asosan, bolalikdan emas hayoti davomida nogiron bo‘lib qolgan shaxslar xam endilikda bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan teng miqdorda nafaqa oladi. Oldingi tartibga ko‘ra, bolalikdan nogironligi bo‘lmagan shaxslar 440 ming so‘m, bolalikdan nogironligi bo‘lganlar esa 622 ming so‘m nafaqa olar edi. Endilikdan xar ikki toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar xam bir xil ya’ni, 622 ming so‘mdan nafaqa oladi.18 YOSHGACHA NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARGA QAROVCHILARGA XAM 500 000 SO‘MDAN NAFAQA BЕRILADI.
DO`STLARGA ULASHING:
18 YOSHGACHA NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARGA QAROVCHILARGA XAM 500 000 SO‘MDAN NAFAQA BЕRILADI.