18-sentyabr Chili Respublikasida mustaqillik kuni to’liq malumot oling
18-sentyabr Chili Respublikasida mustaqillik kuni
Mundarija
скрыть
Rasmiy nomi – Chili Respublikasi. Poytaxti – Sant’yago. Hududi – 756900 kv.km. Aholisi – 17584000 kishi (2013). Davlat tili-ispan. Aholining asosiy qismi xristian dinining katolik mazhabiga e’tiqod qiladi. Pul birligi – chili pesosi. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning janubi-g’arbiy sohilida joylashgan davlat. Sharqda – Argentina (chegara uzunligi – 5308 km) va Boliviya (860 km), shimolda – Peru (171km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 6339 km. G’arbda va janubda mamlakat Tinch okeani bilan tutashgan. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 6435 km. Mamlakat shimoldan janubga Tinch okean bo’ylab 4300 km cho’zilgan. Chili hududini 3 ta fizik-geografik hudud tashkil etadi: sharqda – And tog’lari, markazda – Uzun vodiy va pasttog’lar, shimolda – Atakama cho’li joylashgan. Mamlakat markazida joylashgan vodiyning uzunligi – 1000 km, eni – 40-80 km bo’lib, aholi zich joylashgan hudud hisoblanadi. Eng baland nuqtasi – Oxos-del’-Salado (6880 m) tog’i. Vulqonlar ko’p, zilzilalar tez-tez bo’lib turadi. Asosiy daryolari: Loa, Elki, Maypo, Akonkagua. Chilining janubida ko’llar bor. Asosiy boyliklari: mis, temir rudasi, qimmatbaho metallar, molibden, yog’och. Haydaladigan yerlar hududining 7%, o’rmon va to’qaylar – 21%, yaylov va o’tloqlar – 18% ini tashkil etadi. Iqlimi: shimolda – tropik cho’l, markazda – subtropik va o’rta dengiz, janubda – mo’tadil okean iqlimiga xos. Tamarugo, notofagus, kanelo, alerse daraxtlari mavjud. Hayvonot dunyosi puma (kaguar), tulki, kiyik, kolokolo mushugi, amerika sassiqko’zani (skuns), Magellan iti, kaltekesaklar, to’tiqush, o’rdak, kondorlardan iborat. Mamlakat tarkibiga 12 ta mintaqa va alohida poytaxt okrugi kiradi. Mustaqillikka 1810-yilning 18-sentyabrida erishgan (avval Ispaniya mustamlakasi). Ushbu kun milliy bayram – Mustaqillik kuni deb qabul qilingan.
1995-yil 18-20-sentyabr – Nukus shahrida BMT rahnamoligida orol dengizi havzasidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferinsiya bo’lib o’tdi. Unda Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish muammolari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlarining Nukus deklaratsiyasi imzolandi.
Muhim sanalar
18-sentyabr Chili Respublikasida mustaqillik kuni