18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni
18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni Arab tili kuni 2010-yildan beri nishonlanib kelinmoqda. Xalqaro ona tili kuni arafasida BMTning Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi tashkilotning har oltita rasmiy tillari uchun o’z bayramini belgilashni taklif qildi. Ushbu tashabbus madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash va ko’p tilli dunyoni rivojlantirishga xizmat qilishi maqsad qilinmoqda. Xalqaro taqvimda arab tili kuni uchun 18-dekabr sanasi tanlangan. 1973-yilning shu kuni BMT Bosh assambleyasi arab tilini Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy va ishchi tillari qatoriga kiritdi. Arab tili balog‘at va fasohat jihatidan dunyo tillari ichida eng yetuk til hisoblanadi. Bundan tashqari, arab tili eng keng tarqalgan tillardan biri bo’lib, unda 422 million kishi gaplashadi.18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni
DO`STLARGA ULASHING:
18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni