17-noyabr — COVID-19 virusi ilk bor qayd etilgan kun
Bugun 17-noyabr — COVID-19 virusi ilk bor qayd etilgan kun COVID-19 virusi 2019-yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida avj oldi. Ammo, u ilk marta noyabr oyining 17-sanasida qayd etilgan edi. Xubey hududida yashovchi 55 yoshli fuqaro koronavirusga chalingan birinchi odam hisoblanadi. U 17-noyabr kuni shifokorga murojaat qilgan, shundan keyin har kuni bemorlar soni koʻpayib boravergan. Dekabr oyining oʻrtalarida ularning soni 30 taga yaqinlashib qolgan, 20-dekabr kuni esa koronavirusga chalingan bemorlar soni 60 dan oshgan edi. 2020-yilning 30-yanvar kuni JSST koronavirus epidemiyasi tufayli sogʻliqni saqlash sohasida favqulodda holat eʼlon qiladi. 2020-yilning 11-mart sanasida esa pandemiya rasman tan olinadi.17-noyabr — COVID-19 virusi ilk bor qayd etilgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
17-noyabr — COVID-19 virusi ilk bor qayd etilgan kun