17-may Xalqaro elektraloqa kuni (1969-yil)
17-may Xalqaro elektraloqa kuni (1969-yil)
DO`STLARGA ULASHING:
17-may Xalqaro elektraloqa kuni (1969-yil)
Elektraloqa – bu ma’lumotlarni elektr signallar yordamida uzatish, qaysiki tarqatiladilar simdan yoki radiosignallar yordamida, optik aloqa tizimlari yordamida, telegraf orqali, telefon orqali, faks aloqa orqali, ninternet orqali. Shuning uchun ushbu kunda o‘zining kasb bayramini hamma energetika sohasi ishchilari nishonlashadi. Yildan- yilga elektraloqa joriy qilinishi kengayib bormoqda. Dunyo bo‘yicha odamlar bilan aloqada bo‘lish imkoniyatini bizga elektraloqa ishchilari sovg‘a qilishyapti. Biz yer sharining barcha qismidan ma’lumotni qabul qilib olyapmiz, butun jahonda sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatayapmiz. Bu hammasi boshqa ko‘p narsalar elektraloqa tufayli mumkin bo‘lyapti. Xalqaro elektraloqa kuni Xalqaro elektraloqa uyushmasi (MES) Ma’muriy Kengashi sessiyasining qaroriga binoan 1969-yildan nishonlana boshlandi. Bu bayram 1865-yilda Parijda Butunjahon telnkommunikatsiya uyushmasining tashkil topgani sharafiga ta’sis etilgan. 1844-yili 24-mayda Semyuel Mors Vashingtondan Baltimorga telegraf tarmoqdan o‘zining birinchi xabarini yubordi va bu oddiy ish telegraf aloqalar asri boshlanganini e’lon qildi. Lekin faqat telegraf aloqa xizmatlaridan keng omma foydalana oladigan bo‘ldi. O‘sha davrda telegraf tarmoq milliy chegaralarni kesib o‘tmasdi. Chunki har bir mamlakat o‘z tizimidan foydalanardi, chegara orqali qo‘shni mamlakatdan o‘tgan xabarlarni yashirin yozuvdan ochib o‘qish shart bo‘lgan edi va yana telegraf tarmoq orqali yangi tizimda qaytadan jo‘natilardi. Mana shu sistemalar sekinligi va boshqarib bo‘lmas fe’l-atvorini hisobga olib, ko‘p mamlakatlar oxirida milliy tarmoqlar o‘zaro aloqalarini yengillashtirish chorasini ko‘rish haqida qaror qildi. Biroq shunday choralarni mamlakatlar o‘z milliy chegarasida qabul qilardi, telegraf aloqalar tarmog‘ini o‘rnatish uchun tez-tez g‘oyat katta miqdorda qo‘shimcha alohida kelishuvlar talab qilinardi. Prussiya misolida, poytaxti va boshqa nemis davlatlari bilan chegaradosh viloyatlari orasida aloqalar uchun o‘n beshdan ortiq kelishuvlar talab qilindi. Ushbu savollar yechimni soddalashtirmoq uchun mamlakatlar ikki tomonlama yoki regional kelishuvlarni rivojlantira boshladilar. 1864-yilda bir qancha umumiy regional kelishuvlar bo‘lgan edi. Telegraf tarmoqlarining ko‘plab mamlakatlarda tezkor kengayib borishi, nihoyat, 20 yevropa davlatlarini xalqaro aloqa tuzilmalari rivojlanishi haqida bitim tuzmoq uchun uchrashishga undadi. O‘sha vaqtda, ushbu guruh xalqaro aloqalarni soddalashtirish uchun uskunalarni standartlashtirish bo‘yicha umumiy qoidalar belgiladi, barcha uchun umumiy ishlatish yo‘riqnomalarini qabul qildi, umumiy xalqaro tarif va hisoblash qoidalarini o‘rnatdi. Ikki yarim oylik qiyin muzokaralardan keyin, 1865-yil 17-mayda Parijda 20 ta a’zo birinchi Xalqaro Telegraf Kelishuvini imzoladi va Xalqaro Telegrafga oid Ittifoq (Telekommunikatsiya Xalqaro Ittifoqi)ga asos solindi. Bugun, taxminan 150 yil o‘tgach, Telekommunikatsiya Xalqaro Ittifoqi tashkil bo‘lishiga olib kelgan sabablar, hali ham muhim va tashkilotning asosiy maqsadlari o‘zgarmasdan qoladi. Urf-odatga ko‘ra bu kuni har bir mamlakat aloqa sohasida oxirgi yillarda jami qilingan ishlar natijasini ko‘rib chiqadi. Bugun shu xalqaro tashkilotga dunyoning 180 dan ortiqroq mamlakatlari kirishadi.
17-may Xalqaro elektraloqa kuni (1969-yil)