17-Dars 2-Qism, Ko’plik Ongli Va Ongsiz Otlar Bilan Mashqlar, Arab Tili Grammatikasi 1-Madina KitobMinimalist Muslima HD 24: 29

17-Dars 2-Qism, Ko’plik Ongli Va Ongsiz Otlar Bilan Mashqlar, Arab Tili Grammatikasi 1-Madina KitobMinimalist Muslima HD 24: 29

“Darsim maktab miqyosida ommalashtirilishga tavsiya etildi. “

Krepeduz qahramonlari

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

Popular posts

Oxirgi xabar

2023-01-18 07:36:15 #Krepeduz_Qahramoni

” Darsim maktab miqyosida ommalashtirilishga tavsiya etildi..”

Ismoilova Dilfuza Ilhomovna Buxoro viloyati Jondor tumani 22-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi.

Bizning navbatdagi qahramonimiz o’z darslariga kreativlik va quvnoqlikni yangi metodlar orqali olib kirgan, rivojlanish yo’lida tinmay mehnat qiluvchi ustozlarimizdan biridir.

Keling, ustozimizning fikrlari bilan batafsil tanishamiz:

Men matematika fanidan dars jarayonlarida ko’pgina o’quvchilarni darsga qiziqtirish yo’llarini aynan ” Kreativ pedagog” kursida o’rgandim. Buning uchun kurs tashkilotchilariga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Darslarimda “Autofokus”, “A va B”, “Donolik shohsupasi” metodlaridan foydalanib ishlarim maktab miqyosida ommalashtirildi. Darsga qiziqmaydigan o’quvchilarga ham shu kursda o’rganganlarimni qo’llab yaxshi natijalarga erishdim.

Hamkasblarimga hech ikkilanmay “Kreativ pedagog” onlayn kursida o’qishni maslahat beraman. Chunki men ketgan vaqtim va pulimga hech ham achinmadim va aksincha kurs oxirida kitob va darsda ishlatiladigan metodlar jamlanmasini qo’lga kiritdim.

@Krepeduz_Qahramoni

251 views04:36

2022-11-30 06:10:32 #Krepeduz_Qahramoni

“Darsim maktab miqyosida ommalashtirilishga tavsiya etildi. “

Mamajonova Masturaxon Valijonovna, Farg’ona viloyati Bag’dod tumani 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Bizning bugungi qahramonimiz o’z darslariga yangicha metodlar va kreativlik olib kirgan, yuksak ma’naviyatli va izlanuvchan, fidoiy ustozlarimizdan biridir.

Keling, ustozimizning fikrlari bilan batafsil tanishmiz:

“Men kreativ pedagog kursiga sentabr oyida qatnashdim. Barcha berilgan darslarni maroq bilan tingladim.
Darslarim davomida har bir metodni qo’llashga harakat qilib boryapman.

Ochiq dars davomida “Suqrot”, “Zapusk texnologiyasi”, ” Autofokus”, “Sayohat”, “Donolik shohsupasi”, “Paretto qonuni”, “Oltita shlyapa” kabi metodlarni qo’lladim. Darsim maktab miqyosida ommalashtirilishga tavsiya etildi.

Buning uchun kursni tashkillashtirgan tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Kasbdoshlarimga ham ushbu kurslarda qatnashib, kreativ pedagogga aylanib, o’z kasbining mohir ustasi bo’lishlarini tilab qolaman“.

2.2K views03:10

2022-11-19 15:19:02 #Krepeduz_Qahramoni

“Kreativ metodlar orqali tuman seminarida muvaffaqiyatga erishdim. ”

Zuhridinova Gulshanoy Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 36-maktabda ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.

Krepeduzning bugungi mehmoni o’zining mehnatsevarligi, kreativligi va yangiliklarga o’chligi bilan boshqa ustozlardan farq qiladigan fidoyi pedagoglarimizdandir. Ularning erishgan yutuqlari taqsinga loyiqdir.

Keling, ustozimizning fikrlari va erishgan yutuqlari bilan qisqacha tanishamiz

“Men 17 – noyabr sanasida adabiyot fanidan tuman miqiyosida o‘tkazilgan o‘quv seminarida dars o‘tdim va muvaffaqiyatga erishdim. Buning uchun Kreativ Pedagog kursidan minnatdorman

Bu seminarda menga Kreativ Pedagog kursidan o‘rgangan ajoyib metodlar: “Zakovat”, “A va B”, “Blits so‘rov”, “Avtofokus”, “Mantiq vaqti” kabi o‘yin va metodlar juda katta yordam berdi. Seminarda mening darsim namunali deb topildi.

Men Kreativ Pedagog kursida o‘qiganimdan va sizlarni topganimdan juda hursandman!”
@Krepeduz_Qahramoni

2.4K views12:19

2022-11-18 09:19:21 Krepeduz qahramonlari pinned «Assalomu alaykum, qadrli Kreativ ustozlar! Kreativ Pedagog kursida o’qib, yaxshi natija qayd etayotgan o’qituvchilarimiz soni kundan kunga oshib bormoqda. E’tiboringizga navbatdagi 10 nafar Kreativ ustozlarimizni keltirib o’tamiz (2-qism) “O’quvchilar…»

2022-11-12 19:29:13 #Krepeduz_Qahramoni

Beshikdan to qabrgacha ilm izlang. ”

Turdiyeva Gulshoda Qurbonovna Prezident agentligi tasarrufidagi Yakkabogʻ tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ona tili va Adabiyot fani oʻqituvchisi.

Bizning bugungi ustozimiz ilm olishdan va o’zini rivojlantirishdan hech qachon charchamaydigan qahramonimizdan biridir.

Buni ustozimizning quyidagi fikrlari orqali ham bilib olishimiz mumkin:

“Shiorim: Beshikdan to qabrgacha ilm izlang!

Mana 18 yildirki, yosh avlodga imkoniyatim darajasida, sidqidildan ona tili va adabiyot fanlaridan dars berib kelmoqdaman. Men ” Kreativ pedagog” jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan kanalning bir oylik onlayn kursda oʻqib oʻz pedagogik salohiyatimni oshirishga harakat qildim va bu kanal tashkilotchilariga oʻzimning cheksiz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Oʻzlashtirgan darslarim va maslahatlar orqali oʻquvchilarga yanada yaqinroq boʻlishga, ular bilan miriqib dars tashkil etishga erishdim ,desam mubolagʻa boʻlmaydi. Darslarimda ” Sayohat”, ” Suqrot”, ” Aloqa”, “Sohil koptogi” ,”Avtofokus”, “Qarmoq” kabi koʻplab metodlardan samarali foydalanib kelmoqdaman. Bu, albatta, oʻz samarasini berishi aniq.

Men hamkasblarimga ishonch bilan shuni aytmoqchimanki , ” Kreativ pedagog” kursida oʻqib bilimingizni oshiring. Ishonamanki, ketgan vaqtingiz va pulingizga hech qachon achinmaysiz. Zero, beshikdan to qabrgacha ilm izlash, har birimiz uchun ham qarz ham farzdir.”

2.3K views16:29

2022-11-07 16:16:06 Assalomu alaykum, qadrli Kreativ ustozlar!

Kreativ Pedagog kursida o’qib, yaxshi natija qayd etayotgan o’qituvchilarimiz soni kundan kunga oshib bormoqda.

E’tiboringizga navbatdagi 10 nafar Kreativ ustozlarimizni keltirib o’tamiz (2-qism)

O’quvchilar qalbida fanga nisbatan qiziqishlari uyg’onganidan xursandman!” – Muxtarova Nigora Xayitbayevna – Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumani 64-maktab

“O’quvchilar xotiralarini “Xotira mashq”lari orqali mustahkamlashga erishdim” – Rahmonova Nazokat Abdurazzoqovna – Xorazm viloyati

“O’quvchilarim “shpargalkasiz” gapirishni o’rganishdi. “ – Mutalxodjayeva Marxabo Xayrullayevna – Toshkent viloyati Toshkent tumani 10 maktab

“Kurs kreativ fikrlash va keng dunyoqarashga o’rgatadi!”. Dars jarayonida “Uzilmas zanjir”, “Sayohat” metodlarini qo’lladim” – Husanova Munojat Alimovna – Toshkent viloyati, Toshkent tumani 10-maktab

“Kurs menga darsga noan’anaviy yondashishni, o’quvchilarmi darsga jalb qilish yo’llarini o’rgatdi” – Dadaxanova Aziza Arslanovna – Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani 11-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi

“Tashabbuskor rahbar” – Mashkurova Feruza Abdujalilovna – Toshkent viloyati Ohangaron tumani 9-maktab direktori

“Sinfimdagi barcha fanlardan 5 bahoga o’qigan o’quvchilarimga “Sinf rahbari stipendiyasi”ni joriy qildim” – Yusupova Kamola Anvarovna – Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumani 69-maktab

“O’quvchilarimning yuksak ma’naviyatli bo’lishlari, chuqur bilim egallashlari – mening maqsadimdir!” – Feruza Zairova – Toshkent tumani 11-maktab

“O’zimda va faoliyatimda o’sishni his qildim. “, “Hamkorlik”, “10 sekund”, “6 ta shlyapa” va boshqa metodlarni samarali qo’llab kelyapman” – Rasulova Muhida Abdimannapova – Ohangaron shahar 1-maktab

“Yangicha bilim va metodlar o’rgandim. “ – Raxmatullayeva Nigora – Toshkent shahar Olmazor tumani 133-maktab

Dastlabki 10 talik bilan ushbu link orqali tanishib chiqsangiz bo’ladi

@Krepeduz_qahramoni – Siz eng yaxshisiga munosibsiz!

2.3K viewsedited 13:16

2022-11-06 05:34:49 #Krepeduz_Qahramoni

“Kreativ metodlar bilan darslar yanada qiziqarli o’tmoqda. “

Boboyeva Shahnoza Muminovna, Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 28- umumta’lim maktabining oliy toifali Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi.

Krepeduzning bugungi mehmoni Shahnoza ustozimiz o’ziga ishongan, yangiliklarga o’ch va izlanishdan charchamaydigan, kreativ pedagoglarimizdan biridir.

Keling, ustozimning kurs haqida va natijalari haqida fikrlari bilan qisqacha tanishamiz:

“Assalomu alaykum, ustoz! Ta’tilni “Kreativ pedagog” kanali bilan birgalikda maroqli o’tkazdim. Guruhda o’qib turli dars o’tish metodlari va texnikalari bilan tanishib chiqdim. Natijalar a’lo darajada!

Doimo tuman va viloyat seminarlarida darslarni turli xil metodlar yordamida qiziqarli qilib o’tkazishga harakat qilar edim. Endilikda esa kursingizda ta’lim olib yanada qiziqarli va kreativ metodlarni o’zlashtirdim. Buning uchun sizlarga tashakkur!

Faoliyatlaringizga omad tilayman . Charchamang , aziz ustozlar! Bergan bilimingiz uchun Olloh sizlardan rozi bo’lsin. Doimo el ardog’ida bo’ling!

2.1K views02:34

2022-11-05 07:06:37 #Krepeduz_Qahramoni

Dars davomida 70 xil metodlardan foydalanib o‘quvchilarim qiziqishlarini shakllantirishga erishdim. “

Urozbayeva Nilufar Xabibullayevna,
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani 56-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Bizning bugungi qahramonimiz o’zining ancha yillik tajribasiga qaramasdan o’z ustida ishlashdan va o’zini rivojlantirishdan to’xtamaydigan, fidoyi ustozlarimizdan biridir.

Buni ustozimizning quyidagi fikrlari orqali ham bilib olishimiz mumkin:

“Men 26 yildan buyon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelmoqdaman. O‘z ustimda izlanib bolalarga sifatli bilim berib o‘quvchilarni yaxshi natijaga erishishiga harakatdan to‘xtamaslikka harakat qilaman.

Kreativ Pedagog guruhini orqali yangi metodlarga va kreativlikka qiziqishim ortdi. Bu guruhga obuna bo‘lib juda ham ko‘p narsa o‘rgandim.

Ayniqsa, “Sinf qutisi”, “Hamkorlik”, “Aloqa” va ko’plab boshqa metodlar menga judayam yoqdi. Dars davomida 70 xil metodlardan foydalanib o‘quvchilarni qiziqishlarini shakllantirishga erishdim. Kreativ Pedagog guruhiga katta rahmat!”

2.2K views04:06

2022-10-21 08:53:29 #Krepeduz_Qahramoni

Biz uchun har bir dars xuddi bayramdek bo’lmoqda. “

Quryozova Sanobar Karimovna, Xorazm viloyati, Yangiariq tumani
19-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Bizning bugungi mehmonimiz o’qituvchilik borasida katta va uzoq yillik malakaga ega bo’lishiga qaramasdan, o’zini rivojlantirgan va Kreativ Pedagoglar qatoridan o’rin egallagan fidoyi ustozlarimizdandir.

Keling yaxshisi, ustozimizning shaxsiy fikrlari bilan batafsil tanishamiz:

“Men 32 yillik tajribaga egaman, ijodkor o’qituvchiman. Shunday bo’lsada bu onlayn kursda o’qib zamonaviy metod va usullar bilan yanada mahoratimni oshirishga qaror qildim. Natija juda a’lo. Men Kreativ Pedagog kanalidan juda minnatdorman.

Chunki men bu kursdan juda ko’p metod va motivatsiya jarayonlarini mukammal o’rgandim. Jumladan “Suxandon”, “Eng yaxshi fikr”, “Muxbir”, “Aloqa”, “Do’stingni top”, “Zakovat” kabi ko’plab metodlardan darslarimda foydalanayapman.

Men har darsimda 3 tadan ota-onani taklif qilayapman va har darsni ochiq dars shaklida olib borayapman. Ota-onalar ham farzandlarining bunchalar qiziqish bilan o’qiyotganidan judayam xursand.

Biz uchun har bir dars xuddi bayramdek bo’lmoqda! Buning uchun Kreativ Pedagog kursidan judayam minnatdorman. Katta rahmat!

2.6K views05:53

2022-10-17 08:13:09 #Krepeduz_Qahramoni

Hech qachon pedagog izlanishdan, yangilik yaratishdan charchamasligi kerak...”

Usmonova Nargiza Mutalibovna, Olmaliq shahar 80- sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatining 2-“A”sinf rahbari.

Bugun biz yana bir ustozimizning nomini faxr bilan tilga olmoqchimiz! Usmonova Nargiza, bu ustozimiz o’zini rivojlantirishdan charchamaydigan, o’z kasbining jonkuyar va fidoyisi bo’lgan, kreativ pegagoglarimizdan biridir.

Buni ustozimizning quyidagi fikrlari orqali ham bilib olishimiz mumkin:

” Men Kreativ pedagog kursida ta’lim olib o’z mahoratimni oshirdim. Menga bu kursdagi barcha metodlar yoqdi. O’zimni o’quvchilarimga moslab darslarimni o’tyapman o’quvchilarni qiziqishi juda baland.

Men ochiq darsimda “6 ta shlyapa” va “Sayohat” metodlaridan foydalandim.
“6 ta shlyapa” metodini baholash mezonida qo’lladim va bolajonlarga juda ma’qul keldi.

Yoshlikda olgan bilimni hech kim o’g’irlab ololmaydi. Boshlang’ichdan bilimni mustahkam qilish kerak. Hech qachon pedagog izlanishdan, yangilik yaratishdan charchamasligi kerak.

Kursda men pedagoglarning xatolarini ham tushunib yetdim sizlarga katta rahmat. Izlanishdan charchamang. Allohim madadkor bŏlsin. Rahmat!”

17-Dars 2-Qism, Ko’plik Ongli Va Ongsiz Otlar Bilan Mashqlar, Arab Tili Grammatikasi 1-Madina Kitob

Madina arab tili turkumidagi 17-dars 2-qism darsimizda 1-Madina Arab tili kitobidan 17-darsni tamomlaymiz. Bu darsda جَمْعُ غَيْرِ العَاقِلِ ko’plik ongsiz otlarni MUANNAS MUFROD otlar kabi qo’llashimiz kerakligi haqidagi qoidani yahshiroq mustamtaklashimiz uchun turli foydali mashqlar bajaramiz.
Avval 2-mashqni bajaramiz. Birlik korinishda berilgan jumlalardagi مُبْتَدَأٌ larni ko’plikka o’tkazib, ko’plik ko’rinishdagi gaplar tuzamiz. Misol jumlalar:
النَّجْمُ جَمِيلٌ – النُّجُومُ جَمِيلَةٌ
ذلك البَيْتُ جَمِيلٌ – تِلْكَ البُيُوتُ جَمِيلَةٌ
هذا الدَّرْسُ سَهْلٌ – هذه الدُّرُوسُ سَهْلَةٌ
هَذِهِ ساعَةٌ رَخِيصَةٌ – هذه ساعَاتٌ رَخِيصَةٌ
Navbatdagi 98-betda berilgan 3-mashqda har bir مُبْتَدَأٌ ga mos خَبَرٌ ni topishimiz kerak.
البُيُوتُ كَبِيْرَةٌ الأَبْوَابُ مَفْتُوحَةٌ
السَّيَّارَاتُ سَرِعَةٌ المِنْدِيلُ وَسِخٌ
الفَنَادِقُ قَرِيْبَةٌ الطُّلَّابُ مُجْتَهِدُونَ
98-betdagi 4-mashqda berilgan so’zlarning ko’pligini topishimiz kerak. Bu 16- va 17-darslarda o’rgangan ko’plik غَيْرِ العَاقِلِ otlarni takrorlab olish uchun juda yaxshi mashqdir.
قَمِيصٌ- قُمْصَانٌ
دَرَّاجَةٌ – دَرَّاجَاتٌ
حَقْلٌ حُقُولٌ
جَبَلٌ – جِبَالٌ
Darsimizni 99-betda berilgan الكَلِمَاتُ الجَدِيدَةُ – yangi so’zlar ro’yhatini takrorlash bilan yakunlaymiz.
MINIMALIST MUSLIMA kanaliga a’zo bo’lishini istaganlar uchun:
://www.youtube/channel/UCrgJzYgA1l3IH8CV0-D0Iag/join
TELEGRAM KANALIMIZ:
1-Madina Arab Tili Kitobining elektron versiyasini ham telegram kanalimizdan yuklab olsangiz bo’ladi.
DARSLARNI TARTIBLI RO’YHATI:
://www.youtube/watch?v=gltqT4Y_Uxg&list=PL1CmFDys0ApkGXVH_uYqYmtglUvM4c3OB
ANDROID DASTURIMIZ:
“Arab tili Darslari” android dasturni shu yerdan yuklab olib, o’rgangan bilimlaringizni tekshirib oling:
ARAB TILI DARSLARIMIZ KIMLAR UCHUN:
Qisqa va soddalashtirilgan arab tili darslarini tayyorlashdan maqsadimiz o’zimiz kabi oddiy musulmonlarga Qur’on tilini oson shaklda o’rgatishdir. Darslarni arab tili olimi Shayh Abdur Raheem tomonidan yozilgan “Madina Arabic” yoki “Arabic Course” kitoblari asosida tayyorlaganmiz.
Adabiy arab tilini qunt bilan o’rgangan talabalar Quron, hadis, va duolarlarni arab tilida o’qiganda ularni yanada yahshiroq tushunishadi va ko’proq foyda olishadi deb ishonamiz.
Darslarni kuzatib borish uchun kanalimizga obuna bo’lishni unutmang.
#ArabTiliDarslari #arabtili #MinimalistMuslima #арабтили #arabtiligrammatikasi #MadinaArabtili

Most recent Minimalist Muslima channel videos

  • 18-Dars 2-Qism, كَمْ عَمًّا لَكَ؟ – Seni Nechta Amaking Bor?, Arab Tilida كم -Nechta So’roq So’zi
  • 18-Dars 1-Qism, Arab Tilida مُثَنَّى Ikkilik, 1-Madina Kitobi Asosida Arab Tili Grammatikasi
  • Birlik Va Ko’plik Gaplarga Misollar O’qiymiz, 1-Kitob, 16-17 Darslar Asosida, Arab Tili Darslari

Useful links from this video
Подписывайтесь на наш Telegram канал! @thewikihow открыть Мониторим видео тренды 24/7

Explore more videos from Minimalist Muslima

Video Views Date
1 919 04.12.2022
17-Dars 1-Qism, Ko’plik Ongli Va Ongsiz Otlar Bilan Mashq Qilamiz, Arab Tili Grammatikasi – Madina arab tili turkumidagi 17-dars 1-qism darsimizda 1-Madina Arab tili kitobidan 17-darsni boshlaymiz. Bu darsda جَمْعُ غَيْرِ العَاقِلِ ko’plik.
2 441 19.11.2022
Ko’plik Ongsiz Otlar, Arabcha-O’zbekcha Rasmli Lug’at, 1-Madina Kitobi 16-17 Darslar Asosida – Bu darsda 1-Madina Kitobini 16-17 darslarida kelgan ko’plik ongsiz otlarni takrorlaymiz. Video dars davomida avval arabcha so’zlarni rasmlar orqali.

Поделиться с друзьями:

Скопировать ссылку Добавить временную метку Включение данной опции позволит добавить к ссылке время начала воспроизведения видео, где H:M:S – часы:минуты:секунды

Qiziqarli malumotlar
17-Dars 2-Qism, Arab Tili Grammatikasi 1-Madina KitobMinimalist Muslima HD 24: 29, Ko’plik Ongli Va Ongsiz Otlar Bilan Mashqlar