15-sentyabr Kosta-Rika Respublikasining Mustaqillik kuni
15-sentyabr Kosta-Rika Respublikasining Mustaqillik kuni
DO`STLARGA ULASHING:
15-sentyabr Kosta-Rika Respublikasining Mustaqillik kuni
Rasmiy nomi — Kosta-Rika Respublikasi. Poytaxti – San-Xose. Hududi – 51100 km2. Aholisi – 4301700 kishi (2011). Davlat tili-ispan. Davlat dini xristian dinining katolik mazhabi. Pul birligi-kolon. 15 sentyabr – Milliy bayram – Mustaqillik kuni. Qonunchilik ispan fuqarolik huquqiga asoslangan.
Georafik joylashuvi va tabiati. Markaziy Amerikadagi davlat. Janubi-sharqda-Panama (chegara uzunligi – 330 km), shimolda – Nikaragua (309 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 639 km. G’arb va janubi-g’arbda – Tinch okeani, sharqda – Karib dengizi bilan tutash. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 1290 km. Hududining katta qismi tog’li. Shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon Kosta-Rikani uchta tog’ tizmasi kesib o’tgan: Guanakaste, Markaziy va Galamanka. Eng baland tog’i – Chirippo-Grande (3820m). Kosta-Rikada vulqonlar ko’p. Ishlov beriladigan yerlar – 6%, o’rmon va changalzorlar – 34%, o’tloq va maysazorlar – 45% hududini egallaydi. Iqlimi – Karib dengizi sohillarida issiq, yomg’irli havo.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Qishloq xo’jaligi iqtisodining asosiy sektori hisoblanadi. Eksport qilinadigan mahsulotlarning 70% i qishloq xo’jaligi mahsulaotlariga to’g’ri keladi. Eksporti qahva, shakarqamish, oziq-ovqat, to’qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari bilan cheklangan. 2012-yilda YAIM miqdori 44884 mln (aholi jon boshiga – 9973) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Germaniya, Gvatemala, Yaponiya.
15-sentyabr Kosta-Rika Respublikasining Mustaqillik kuni