15 oktyabr – Butunjahon qishloq ayollari bayrami. to’liq malumot oling
15 oktyabr – Butunjahon qishloq ayollari bayrami.
Mundarija
скрыть
Bayram 1995 yil Xitoyda BMTning to’rtinchi ayollar konferinsiyasida tasdiqlangan. Qishloqda yashovchi ayollar dunyodagi aholining to’rtinchi qismini tashkil etadi va qishloq tumanlarini rivojlanishida faol ishtirok etadi. Lekin ular sifatli tibbiy ko’rik, bank xizmati, informatsion texnologiyalardan unumli foydalana olmaydilar. Ushbu bayram tashkil topishidan maqsad, qishloq ayollari muammolarini hal etish, ular mehnatini qadrlash, ularni qo’llab-quvvatlashdan iborat.
Qishloqdagi ayollar oziq-ovqatni ishlab chiqarish, hosillarni rivojlantirishda muhim rol o’ynaydilar. Nafaqat rivojlangan balki rivojlanmagan mamlakatlarda ham qishloq ayollari bundan tashqari, bola tarbiyasi bilan shug’ullanish , qariyalar va bemorlarga qarash ham ularning zimmasidadir. Ko’pgina yurtlarda ularning jamiyatga qo’shgan hissalari qadrlanmaydi. Yuqoridagilarni hisobga olib 15-oktyabr «Butunjahon Qishloq ayollari kuni» deb e’lon qilingan. Har yili ushbu bayram keng nishonlanib, qishloq ayollarini dolzarb muammolari hal qilinadi.
Muhim sanalar
15 oktyabr – Butunjahon qishloq ayollari bayrami.