15-iyul Butunjahon Bolalar kuni to’liq malumot oling
BMT Umumiy Assambleyasi tomonidan 1954-yilda shaharlarga Butunjahon bollar kunini nishonlashni taklif etdi. Ushbu kunni nishonlashdan maqsad dunyodagi barcha bolalarni birlashtirish, o’zaro bir-birini tushunishni ta’minlash. 1959-yil 20-noyabrda BMT umumiy Assambleyasi bolalar huquqi haqidagi deklaratsiyani qabul qildi. 1989-yil xuddi shu kuni »Bolalar huquqi to’g’risida»gi Konvensiya qabul qilindi. Dunyo statistikasi bo’yicha dunyoda bolalar aholisi taxminan 20-25 %ni har bir shaharning aholisidan tashkil etadi. Ammo hozirgi kunga qadar rivojlangan davlatlarda ham bolalar ochlik, kasalliklar, zo’rlanishlar, ta’limni yaxshi olmaslik kabi bir qancha jiddiy, muammolarga to’qnash kelmoqdalar. Har yili deyarli 11 million bolalar 5 kun umr ko’rib nobud bo’lmoqda. 10 millionlab bolalar esa, jismoniy va aqliy qoloq bo’lib qolmoqdalar. Bunday achinarli holatlar hozirda paydo bo’lib borayotgan har xil kasalliklardan bo’lmoqda. Boshqa sabab esa kambag’allik, ochlik, qo’pol munosabatlar oqibatida ro’y bermoqda. Bolalar har bir davlat, jamiyatning nozik, himoyaga muhtoj tomoni hisoblanadi. BMTning bolalar fondi bolalar sog’ligini himoyalash va asrash bilan shug`ullanadi. Ushbu fondning asosiy maqsadi bolalarni avaylash, homilador ayollarga tug’ruqdan oldin va keyin g’amxo’rlik qilishdir, bolaning ta’lim olishini, rivojlanishini ta’minlash hamda eng asosiy vazifa Vich va Spid infeksiyalaridan kasallanib vafot etgan ota-onalar bolalariga ga’mxo’rlik qilishdir.
Mundarija
скрыть
Muhim sanalar
15-iyul Butunjahon Bolalar kuni