15-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

15-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

Bugun 15-iyul 2023-yil, shanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Jahon yoshlari mahorati kuni.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda xayriya kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇨🇴 Litva, 🇵🇱 Polsha — Grunvald jangi kuni.

🇺🇦 Ukraina ‐ Tinchlikparvar kuchlar kuni.

🇹🇷 Turkiya — Demokratiya va milliy birdamlik kuni.

🇧🇳 Bruney — Sulton kuni.

👉 VOQEALAR:

— 70 — Tit va uning qo’shini Quddus devorlarini buzib kirishdi.

— 1099 — Quddusning salibchilar tomonidan bosib olinishi.

— 1205 — Papa Innokentin III, yahudiylar Iso Masihning xochga mixlanishi tufayli abadiy qullikka va bo’ysunishga mahkum etilganligini e’lon qildi.

— 1240 — Neva jangi.

— 1410 — Grunvald jangi.

— 1783 — Fransiyada, Lion yaqinidagi Sone daryosida, muhandis Klod de Jefroy d’Abban birinchi bo’lib bug ‘ mashinasini sinovdan o’tkazdi.

— 1795 — «Marselza» rasmiy ravishda Fransiyaning madhiyasiga aylandi.

— 1799 — Napoleonning Misrdagi yurishi paytida frantsuz kapitani Per-Fransua Bushard Rosett bitiktoshini topdi.

— 1815 — Napoleon I  «Bellerophon» kemasi kapitaniga taslim bo’ldi.

— 1841 — Londonda Yevropa davlatlarining kemalari Turkiyaning roziligisiz Bosfor va Dardanel orqali o’tishni taqiqlovchi kovensiya imzolandi.

— 1865 — Amir Muzaffar Qo‘qonga yurish qildi

— 1870  Jorjiya AQSH tarkibiga qaytdi.

— 1916 — Boing kompaniyasiga asos solindi.

— 1923 — SSSRda «Aeroflot» davlat aviakompaniyasi tuzildi.

— 1923 — Italiya parlamenti yangi konstitutsiya qabul qildi.

— 1925 — Xiva shahrida xotin-qizlar bilim yurti ochildi.

— 1926 — Toshkentning eski shahar qismida “Spartak stadion ochildi.

— 1933 — Italiya, Germaniya, Angliya va Fransiya umumiy xalqaro masalalarga oid To’rtlar paktni imzoladilar.

— 1991 — Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etildi.

— 1996 — O‘zbekistonda Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun.

—  2006 — Twitter mikrobloginglar xizmati yaratildi.

— 2016 — Turkiya harbiy-havo kuchlarining bir guruh askar va ofitserlari davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishdi.

👉 TAVALLUDLAR:

— 1606 — Rembrandt Xarmens Van Reyn (1669) — taniqli golland rassomi.

— 1638  — Jovanni Viviani (1692) — italiyalik bastakor.

— 1817 — Jon Fouller (1898) — ingliz temir yo’l muhandisi, bir nechta ko’prik va lokomotivlar muallifi.

— 1848 — Vilfredo Pareto (1923) -iItaliyalik iqtisodchi, sotsiolog, siyosiy iqtisodda matematik maktab asoschi.

— 1853 — Mariya Yermolova (1928) — rus aktrisasi, Rossiya xalq artisti (1920), Mehnat Qahramoni (1924).

— 1901 — Nikola Abbagnano (1990) — italiyalik idealist faylasuf, ekzistensializm vakili.

— 1903 — Lutfulla Nazrullayev (1962) — teatr aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1945).

— 1912 — Maguba Sirtlanova (1971) — Gvardiya katta leytenanti, 46-Taman gvardiyachi ayollar aviatsiyasi polki eskadrilya komandiri o’rinbosari, Sovet Ittifoqi Qahramoni.

— 1918 — Bertram Brokxaus (2003) — kanadalik fizik, Nobel mukofoti sohibii (1994).

— 1919 — Iris Murdok (1999) — ingliz yozuvchisi, Bukker mukofotining ko’p karra sohibasi.

— 1921 — Mahmud Mirzayev (2000) — bogʻdorchilik va uzumchilik sohasidagi olim, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tashkilotchisi.

— 1921 — Robert Bryus Merrifild (2006) — merikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1984).

— 1922 — Leon Maks Lederman (2018) — amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1988).

— 1939 — Oyatulloh Ali Humayniy — Eron siyosatchisi va diniy rahbari, Eron prezidenti (1981-1989), davlat rahbari.

— 1944 — Radjab Adashev — oʻzbek teatr va kino aktyori, Oʻzbekiston Xalq artisti (2010).

— 1946 — Bolkiax Muizzaddin Vaddaulax Muda Hassanal — Bruney sultoni (1967-yildan).

— 1949 — Rustam Hamidov — rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1992).

— 1959 — Zulfiya Mo’minova — shoira.

— 1961 — Ravshan Haydarov — Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi.

— 1961 — Forest Uitker — amerikalik aktyor, rejissyor, prodyuser, «Oskar», «Oltin globus» mukofoti sohibi.

— 1962 — Bahriyev Karim — jurnalist, yozuvchi, tarjimon.

— 1976 — Diane Kruger — nemis aktrisasi va fotomodeli.

— 2004 — Asrorbek Kenjayev — oʻzbek futbolchisi, “Neftchi” klubi va Oʻzbekiston U20 futbol terma jamoasi darvozaboni.

Muhim sanalar
15-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: