15-avgust ilk marotaba telefonda («Allo») so’zi qo’llana boshlangan kun to’liq malumot oling
15-avgust ilk marotaba telefonda («Allo») so’zi qo’llana boshlangan kun
Mundarija
скрыть
135 yil ilgari telefon muloqotida «Hello» («Allo») so’zi qollana boshlandi. 1876-yili Filadelfiya xalqaro ko‘rgazmasida qatnashgan amerikalik olim Alsksandr Bell ilk marotaba yangi kashfiyotini keng omma e’tiboriga xavola etdi. Avvaliga «jonli nuti” deb atalgan bu apparat keyinchalik «telefon” (yunoncha «tele»- «uzoq» va «fono»-«tovush) nomini oldi. Tabiiyki, u paytlarda mazkur «texnika mo’jizasi” nuqsonlardan xoli emasdi. Uning yordamida uzog’i 250 metr masofadangina bog’lansa bo’lar, shundayam ovoz bo‘linib, elas-elas eshitilardi. Biroq bu hol yangilikning yashin tezligida ommalashib ketishiga to‘sqinlik qilolmadi. Tez orada telefon orkali muloqotda suhbatdoshga qanday murojaat qilish mumkinligi masalasi ko‘tarildi. Telefonning «otasi” A. Bell «Hoy» («Hoy!”) so‘zini kiritishni taklif qildi. Biroq boshqa taniqli kashfiyotchi Tomas Edison (darvoqe, ilk telefon apparatini mukammallashtirishda uning hissasi katta bo‘lgan) boshqa mulohazani o‘rtaga tashlaydi. 1877-yil 15-avgustda Petterburg telegraf kompaniyasi prezidenti bilan muzokaralar chog‘ida «Hello» (inglizcha «salom”) so‘zi telefon aloqasi uchun eng qulay murojaat ekanligini ta’kidlaydi. Vaqt Edisonning haq bo‘lgannni isbotladi. Dunyonini turli burchaklarida telefon go‘shagini ko‘targan yoshu qari, erkagu ayol, oqu qora tanli abonentlar «Hello” – «allo” deya ovoz beradi. Hatto birinchi kalomdanoq «Assalomu alaykum”, deya suhbatdoshga sog‘lik tilash imkoniyati bor, juda bo‘lmaganda lug‘atlarida»labbay?” degan quloqqa xush yoquvchi so‘zi bo‘lgan… o‘zimiz ham beixtiyor janob Edison ko‘rsatmasiga amal qilamiz…
Muhim sanalar
15-avgust ilk marotaba telefonda («Allo») so’zi qo’llana boshlangan kun