14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi
14 yanvar vatan himoyachilari kuniga bagishlangan tadbir ssenariysi 65cab5a778474

20160101 192852

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi

Mundarija скрыть
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi
1-boshlovchi:  Assalom, ey olam, musaffo osmon,
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.
2-boshlovchi:   Assalom azizlar, dost-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush kordik
Bugungi tadbirda, sizni xush kordik.
2-boshlovchi: Yana bir bor assalom-u alaykum, aziz mehmonlar va aziz ustozlar.Sizlarga bugungi “Ona Vatan posbonlari” nomli tadbiriga xush kelibsiz deymiz.1992-yilning 14-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘grisda”gi qarori asosida O‘zbekistonning o‘z Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29- dekabrdagi “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risi”dagi qonuniga binoan, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”,- deb e’lon qilindi.
1-boshlovchi:Mustaqillik yillari O’zbekiston Resoublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbuslari bilan amalga oshirlgan harbiy islohotlar jarayonida, qisqa muddat ichida, O‘zbekistonda mamlakatimiz xafsizligi va tinchligimiz barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir bo‘lgan, zamonaviy, eng yangi qurol-yarog‘lar va harbiy texnika bilan ta’minlangan, mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi.
2-boshlovchi:Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida  shaklangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning Vatanga bo‘lgan muhabbati va yurtga sadoqati mujassamdir.Biz milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.   
1-boshlovchi:Keling endi bir guruh qizlarimizdan Vatan posbonlariga bag’ishlangan chiroyli she’r tinglasak: O‘zbegimning nomus, ori
Oriyatli askarlari.
Momolarim iftixori
Burgutmisol shunqorlari.
Toza vijdon, iymonlari,
Ona Vatan posbonlari.
-O‘tkir ko‘zli lochinlari,
Ko‘zday asrar sarhadlarin.
Uyda kutar Barchinlari,
Alpomishu Farhodlarin.
Qaddi baland osmonlari,
Ona Vatan posbonlari.
— O‘zbekiston chaman diyor,
Yashnar bog‘u bo‘stonlari.
“Oq oltin” mo‘l-ko‘l, bisyor,
Unda tinch-totuv xalqni
Qo‘riqlaydi o‘g‘lonlari,
Ona Vatan posbonlari
Armiyasi kuchlidir
Ular zarbin ko’rsaydir,
Dushman joni qaqshaydir,
Shunday o’g’lon bo’lgaydir
Mustaqil yurt farzandlari
Ona Vatan posbonlari
Onalarning suyanchi,
Otalarning ishonchi.
Butun xalqning tayanchi,
G’urur,iftixor burchi.
Asragaydir yurtini,
Ona Vatan posbonlari.
Siz borsiz-ki,xalqim tinchdir.
Siz borsiz-ki,Vatan go’zaldir.
Siz borsiz-ki,olam charog’on,
Bor bo’lgaysiz har doim,
Yurtning mard,jasurlari,
Ona Vatan posbonlari.
 
2-boshlovchi:Aziz mehmonlar,hozir biz ota-onaning farzandini tantanali qasamyodiga   tashrifi haqida kichik bir sahna ko’rinishni guvohi bo’lamiz.
Sahnada musiqa yangaraydi.Ota-ona gul bilan o’g’lini tabriklashga tashrif buyuradi.Musiqa ostida harbiy yigit qasamyod qilishga chiqadi:
Qasamyod
-Men(familiyasi,ismi,otasining ismi)O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman,xalqimga,Prezidentimga sodiq bo’lishga tntanali ravishda qasamyod qilaman.
Men O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasini muqaddas bilib,ularg rioya etishga,harbiy nizomlarni,komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so’zsiz bajarishga,harbiy intizomga qat’iy rioya qilishga,halol,jasur va sergak jangchi bo’lishga qasamyod qilaman.So’ngi nafasim qolguncha ona Vatanimning sadoqatli farzandi bo’lib qolishga,harbiy xizmatning butun mashaqqat va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga,davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlshga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.
Jonajon O’zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo’lishga qsamyod qilaman.Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam qonunlarda belgilangan jazoga xalqning nafratiga mubtalo bo’lay.
Sahnada yana musiqa yangraydi va ota-ona o’g’lini tabriklaydi:
Ona:   -O’g’il bo’lsa,shunday bo’lsin, so’zi keskir,
Qadamida o’t chaqnagan, zarbi o’tkir,
Yurt koriga yaraydigan, o’zi abjir,
Sen-la qancha faxrlansam arziydi
O’g’lim,seni xalqim sevsa qaniydi.
Ota:    -O’z vaqtida bo’ldim juda qattiq qo’l,
Istagim shul,yurt koriga madad bo’l.
Gar yurting tinch,o’zing tinch,men ham tinch
Bunda esa sen o’g’lim xushyor bo’l!
Xonadonim o’g’loni,Vatanimiz posboni.
Yana musiqa ostida ona o’g’liga gul beradi va sahnadan chiqib ketishadi.
1 -boshlovchi: Endi, hademay Vatan himoychisi degan nomga sazovor bo’ladigan va buni intiqlik bilan kutayotgan bir guruh yigitlardan chiroyli she’rlar tinglasak.Marhamat:
Biz uchun eng aziz dunyo  o‘zingsan,
Oy-u quyoshimiz, Zuhro  o‘zingsan,
Muqaddas Ka’ba-yu Rumo  o‘zingsan,
Muhrimda porlagan humo  o‘zingsan.
Qalbimiz qa’rida shu o‘tli nido;
Vatanga jonni biz eturmiz fido!
Vatan sajdagohsan, bizga muqaddas,
Vatan martabasi baland, zabardast,
Ko‘zday asragaymiz seni har nafas,
Insoniy ilmdan oldik senda dars.
Jon gavhari bildik seni jon ichra,
Abadiiy ravnaq top, shu jahon iсhra!
Tinchligimiz buzolmas g’anim                   Erkakman deb ko’ksiga urgan
Dildan quving shubha gumonni                  El baxtini baxt deb yurgan
Vatan uchun tikib jon tanim                        Qadamidan o’t chaqnagan
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekisonni.              Mardlar qo’riqlaydi O’zbekisonni
Xalqi ozod harko’ngil obod                        Bir bor ichar er o’g’lonlar qasam
Gullab borar kundan-kun hayot                  Qaytmas ortga kelsa  bori g’am
Ajdodlarga munosib avlod                          Mard Vatanni asrab o’zi ham
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni             Mardlar qo’riqlaydi O’bekistonni
Munavvar tong chiroin asrab              Yigit yo’li xatarsiz bo’lmaydi
Yurting tuni-oqshomin asrab              Mardi bor elning boshi egilmaydi
Dilbar qizlar oromin asrab                 Nomard qoni 40 yilda ham qo’shilmaydi
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni     Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni
Yigit boshi har dam bo’lsin sog’ omon
U bor ekan bizda osuda jahon
Tinchligimiz mangu bo’lsin batamom
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni
Sizda orom qayda,sizda dam qayda          Sizni uchratadi tog’da,dalada
Siz to’yib uxlagan bitta tun qayda             Xizmatda hamisha qorda,jalada
El-yurt oromin asragan zotlar                  Sizga sabot bersin,sizga kuch bersin
El mehri asrasin sizni har joyda                Buyuk zotlar ruhi shunday pallada
Har kunoftob bilan sog’ko’rishgaysiz
Uydan omon chiqib,omon qaytgaysiz
Rizqingiz baland bo’lsin,ko’ksingiz ulug’
Xalq sevgan buyuk inson bo’lgaysiz
Bobolar kalomi tilimda doim                    Qancha bahorlar o’tdi,yozlar o’tdi
Sen uchun yuragim qo’limda doim           Osmonlarni to’ldirib g’ozlar o’tdi
Sog’inaman yurgan yo’limda doim           Dildagi behuda g’uborlar o’chdi
Vatan yagonasan dilimda doim                 Vatan yagonasan dilimda doim
Bu yorug’ olamning jannatlari bor           To dunyo bor ekan hamisha bor bo’l
Mard va jasur farzandalari br                   Temurning yurtisan doim tojdor bo’l
Joningga jonimni payvandlari bor            Poyingga bahshida jonimga yor bo’l
Vatan yagonasan dilimda doim                Vatan yagonasan dilimda doim
2-boshlovchi:  Muzaffar,eslaysizmi,endigina 1-sinfga qadam qo’yganimizda siz o’g’il bolalar sinfxona eshigidan “ur-yiqit” qilib,biz qizlarni turtib, qo’pollik qilardingiz.Bu sir emas,hammaga tanish manzara.
1-boshlovchi:  Bunday hollarda, oddiygina tanbehni o’zi bilan bizlarning qalbimizda yigitlik g’ururini,or-nomusini uyg’otish,tartibga chaqirish mushkul edi,
2-boshlovchi:  Lekin,yaxshi tarbiya olgan bola ta’lim jarayonida ham namunali bo’ladi.Qolaversa,usozlarimiz uchun insoniy fazilatlarga ega bo’lmagan,ona-yurti tinchligi uchun qayg’urmagan,o’zligini anglamagan,g’urur,or-nomus tuyg’ularidan yiroq bo’lgan o’smirlarni voyaga yetkazish dehqonning bir umr quduq qazib,suv chiqara olmasligi bilan barobar.
1-boshlovchi:  Ana shunday paytda,bizga kuchlarimizni “ur-yiqitga”emas, balki o’z uyimizni,oilamizni,ota-onamizni,opa-singillarimizni himoya qilishga sarflashimiz kerakligini uqtira olgan,erkalig-u injiqliklarimizni ko’tarib,bizni to’g’ri yo’lga boshlagan ustozlarimizdan bir umr minnatdor bo’lishimiz kerak.
2-boshlovchi:Endi esa sinfimiz qizlaridan chiroyli raqs tomosha qilsak:
Sahnada raqs
Boshlovchilar bir necha yigitlarni sahnaga taklif qilib,savollar beradilar:
1.O’zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari qachon tashkil topgan?
(1992 yil 14-yanvar)
2.Harbiy jang san’atini puxta egallagan buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?  (Jaloliddin Mangu berdi,Amir Temur,Bobur)
3.A,Temur Lashkar tuzishda va navkar tanlashda nimalarga e’tibor qaratgan?
(Chapdastligiga va aql-zakovatiga)
4.Vatan ozodligi yo’lida jonini fido qilgan buyuk bobolarimizdan kimlarni bilasiz?
5.Chingizxonni hayratda qoldirgan buyuk xorazmlik sarkarda kim?(J.M)
6.Sizga biroz hazilona savol beramiz.Mabodo,sehrli qalpoqchani topib olsangiz nima qigan bo’lrdingiz?Javob:Bu savolni kichkinaligimda bersangiz boshqacha javob bergan bo’lardim,Hozir esa ochilmagan jnoiy ishlarni ochishga yordam berib,Vatanim tinchligi yo’lida o’z hissamni qo’shgan bo’lar edim.
7.Yigit kishi qanday bo’lishi kerak?(Bir so’zli,oilasining suyanchig’i)
1-boshlovchi:Endi esa sahnada sinfimiz yigitlari   harbiy musiqa ostida jangavor mashqlarni namoyish etadilar.
Tadbir so’ngida so’z maktab direktori F.P.Rahmanovga beriladi.
“Buyuk allomalar siymosi” tadbir ssenariysi
Hamma birgalikda:
Buyuk siymolar haqqi hurmatin etmoq bajo
Bashar avlodi uchun qiyomatli qarz erur
Allomalar siymosin aylamak dillarga jo
Ajdodlardan minnatdor avlodlarga farz erur
1-B: Assalom,ey davramizning eng aziz mehmonlari
Assalom,ey ilmu fanning sohibu-davronlari
Assalom,ustozlar,ham fikrdosh o’rtoqlar
Kechamizga xush kelibsiz,barcha tengdosh o’rtoqlar
2-B: Assalomu alaykum aziz mehmonlar,mo’tabar ustozlar,qadrli tengdoshlar.
1-B: Mana bugun biz,buyuk bobolarimiz ruhlarini shod aylash maqsadida,ya’ni g’azal mulkining sultoni A.Navoiy tavalludining 575 yilligi,Z.M.Bobor tavalludining 533 yilligi va vatandoshimiz,beqiyos o’zbek olimi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy tavalludining 1233 yilligiga bag’ishlab”Buyuk allomalar siymosi” deb atalmish kamtarona tadbir tayyorladik.
Asrlar ortidan kelar asrlar
Unitalar o’tmish ko’p sirlar
Ammo,yaratilgan fan asoslarin
Asrda asrga eltar nasllar.
Go’zal Xorazmdan,ma’mun elidan
Xorazmiy,Beruniy avlodlaridan
Xivadagu asriyt gumbazlardan ham
Men keltirdim,otashin salom
Qo’li ko’ksimdadir,salom assalom
2-B: Navbat Guli va Navoiy obrazidagi kichik sahna ko’rinishiga:
Sahnada kichik lavha ko’rsatiladi.
1-B: Endi Z.M.Bobur ruboiylaridan tinglaymiz.
2-B: Hammamizga ma’lumki,fevral oyi matematika,informatika vachiz- machilik oylaridir.Shu munosabat bilan,biz bu tadbirimizni nafaqat allo- malar siymosiga ,balki riyoziyot,ya’ni matematika ham bag’ishladik.
Bir kun ilmu donishga bermishlar shunday savol:
-Bayon aylang,ey ustoz,agar kelmasa malol
Nechun ilmu fozillar qizdirar hisob bahsin,
Hatto “fanlar shohi” deb unga o’qishar tahsin,
Nahot umum basharga zarurdir riyoziyot?
Javob izlab ul donish bir daqiqa o’y surmish,
Riyoziy bilimlarning tadbiqin o’ylab ko’rmish.
Va debdiki:-Tinglangiz,sizga etay hikoyat.
Ne sabab hisob ardoqlanar bag’oyat,
Ne sababdin basharga zarurdir riyoziyot!
Irsiyat qonunlarin ilmiy o’rgatmoq uchun,
Ko’payish qonunlarin ilmiy o’rnatmoq uchun,
Zamonaviy talabga mos kelsinchun tibbiyot,
Dorishunoslik ilmi,xullas jonli tabiat-
Ko’p foyda bersin uchun zarurdir riyoziyot.
Atmosfera sofligi,toza suv muammosin,
Suv osti jonivorlar,dengiz ko’llar havosin.
O’simliklar dunyosin zamin uzra tartibin,
Yer osti-ustidagi boyliklarning taqdirin-
Ongli hal etmoq uchun zarurdir riyoziyot.
Bir-biridan go’zal “Tiko”,”Damaz”,”Nexiya”ni
Zamonaviy va ko’rkam elektron soatni,
Ming bir rangda tovlanib ishlar oynai jahon
Uy ro’zg’or ashyolardan bisyor olam jahonni
Paydar-pay kashf etmoqqa zarurdir riyoziyot.
2-B: Endi navbat geometrik atamalarga bag’ishlangan she’riy tarzdagi topishmoqlarga:
1.Tekislikda turamiz,yursak birga yuramiz
Ammo bilgin ikkovlon,kesishmaymiz hech qachon.
Biz kesishgan on go’yo,o’zgaradi keng dunyo
Ayting qanday chiziqmiz,qarang juda qiziqmiz?
2.To’g’ri burchak hosil qilib,tekislikda turamiz.
Qani ayting do’stlarim,biz qanday chiziqlarmiz?
  1. Tekislikda kesishib biz,bo’ldik uni 4 bo’lakka
Bundan har ikkitasin,o’ylab nomin topingiz.
  1. Oramizda bitta devor,juda yaqin qo’shnilarmiz.
Yig’indimiz 180 gradus,biz qanday burchaklarmiz?
  1. Ikki nuqta tekislikda,gerdayib-la turamiz.
Qani ayting bizlardan, necha chiziq o’tkazasiz?
  1. Men bir yolg’iz tekislikda,hech kimi yo’q nuqtaman.
Najot izlab keldim sizdan,ayting necha to’g’ri chiziq o’tar mendan?
1 o’quvchi: Jahonning buyuk matematiklaridan bo’lgan Al-Xorazmiy, 783-yilda Xorazmda tug’ilganlar.Ular 0 dan 9 gacha bo’lgan raqam- lardan barcha sonlarni hosil qilish mumkiligini va ular ustida amallar bajarish qulayligini ko’rsatib berganlar.Keling ular ijodidan lavha tomosha qilsak:
Al-Xorazmiy:-Assalomu alaykum,azizlarim.Men sizlarga manabu ikkita asarimni tanishtirmoqchiman.Bu birinchi kitobim bo’lib,u uch bo’limdan iborat.Birinchi bo’limi algebraga,ikkinchi bo’limi geometri- yaga,uchinchi bo’limi esa meros bo’lish masalalariga bag’ishlangan.
Ikkinchi kitobim “Hisob al Hind” deb nomlangan bo’lib,unda 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar ustida amallar bajarish qay darajada qulayligini ko’satganman.Raqamlarni o’zlaringiz eshitib ko’ringlar:
0- Necha asrdan buyon ,biz do’stimiz insonni
1-Qutlamoq uchun keldik,bugun barcha mehmonni
2-Biz o’nta pahlavonmiz,sir asrorga makonmiz
3-Necha-necha jumboqni hal etgan qahramonmiz
4-Biz bilan hisob-kitob qilgan diyor Hindiston
5-beshinchi asrdayoq ishlar edik,tez,oson
6-Ustoz Xorazmiy bizga atab asar yaratdi
7-shu asar dong’imizni keng olamga taratdi
8-Bu merosni o’rganing,ustoz ruhin shod eting
9 — Ma’rifat bo’stonini yashnating,obod eting!
(Oxirgi satrni hamma birgalikda aytadi)
1 o’quvchi: Jiddiy o’y,fikrdan charchagan onda
Bir fursat musiqaerurdir joiz
Musiqaga moyillik bo’lsa insonda
Asablarga davo bo’lar 100%
Sahnada raqamlar raqsi.
Sahnaga 8 ta o’quvchi chiqib she’r aytishadi:
Bundoq boqsam zamonga,tarix o’tmish tomonga
Moziydagi bobomlarni mashhurligini bildim.
Mo’g’ullarga bas kelgan,Chingizxonni pas qilgan
Tengsiz bobom Jaloladdin,Mag’rurligini bildim.
Ilm fanda tengi yo’q,maqtay desam cheki yo’q
She’riyatning sultoni,Navoiyligini bildim
Olloh b ergan bizga bir fan,buni dunyo olgan tan,
Fanlar ichra matematika,ilohiyligini bildim.
Butun dunyoni qaratgan,algoritmni yaratgan
Al-Xorzmiy raqamlari o’chmasligini bildim.
Barcha ishlar ayon xudoga,ilm ahli ustoz der kubroga
Buyuk Xorazm beshigingda,valilaringni bildim.
Puryorvali pahlavon,Jorulloh Zamaxshariy
Xalqimyo’lida porloq,yulduzlaringni bildim.
O’tdi qancha allomalr,yana tug’iar buyuklar
Bunda bizdek tirishqoq,farzandlaringni bildim.
1 o’quvchi;  Riyoziy hazildan eslab baimkon,
Birlashib o’qiylik uch-to’rt sahifa.
Sizlarga aytaylik boricha imkon,
Bilmasvoy hayotidan uch-to’rt latifa.
Bilmasvoyning izohi:
2-o’quvchi: O’qituvchi sinfda, uy ishlarin tekshirdi
Kimningdir ishin maqtar,kimgadir tanbeh berar.
3-o’quvchi:              Bilmasvoyning ishini ko’rarkan, o’yga toldi
Xatolar ko’pligidan,rosa taajubda qoldi
Dediki:”Shuncha xato qilolmaydi bir odam!”
Bilmas dedi:”Bir menmas, ishni bajargan onam.
Qiynalgan joylarida qarashvorganlar otam”.
Geografiya darsida:
4-o’quvchi: Bilmas darsda doim gung,kallada yo’q hech vaqo.
Shu bois yo’q jurnalda,birorta tuzuk baho.
Domla:        Domla osonroq, deya,shunday savol so’radi:
-Yer sharsimon ekanin,isbotlab berchi,-dedi.
Qo’rqib ketgan bilmasvoy,shundoq javob qaytardi:
-Domla,yerning sharsimon,ekanini bilmasman.
Tadbir yakunida hamma o’quvchilar birgalikda quyidagi she’rni aytadilar:
Dunyoning tilagi,samari ham biz
Aql ko’zin qarosi ,gavhari ham biz
Agar jahonni uzuk deb bilsak
Shaksiz uning o’zi,gavhari ham biz.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi