14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan ssenariylar to’plami

14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan ssenariylar to’plami
14 yanvar vatan himoyachilari kuniga bagishlangan ssenariylar toplami 65cb101ce7bb8

14-yanvar-tabriklari

14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan ssenariylar to’plami

DO`STLARGA ULASHING:

Aziz hamkasblar. Mana yana bir necha kundan so’ng 14-yanvar «Vatan himoyachilari» bayrami yurtimizda keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan sizlarga shu bayram taqdimotiga bag’ishlangan tadbir ssenariylarini taqdim qilmoqchiman.

O‘zbek o‘g‘loni

Kirolmaydi buzuq niyat kimsalar,

Mustahkamdir qalbi kabi qo‘rg‘oni.

Yoshu qari uxlaydi tinch kechalar,

Doim sergak harbiy o‘zbek o‘g‘loni.

 

Yurtda bayram bayramlarga ulanar,

Orzu bisyor, o‘rin yo‘qdir armonga.

Sho‘x yallayu-allalari kuylanar,

Tahsin aytib sizday harbiy o‘g‘longa.

 

Sog‘lom bola ozod yurtda ulg‘ayar,

Ertamizni aylantirar chamanga.

G‘ururlanib albat diliga tuyar,

Men ham sizday xizmat qilgum Vatanga.

 

Ozod elning murodi chin, hosil bo‘lar,

G‘animlarga tutqazmagay iymonini.

Yovlar aslo o‘tolmagay qo‘rg‘on oshib,

Chekinadi ko‘rsa o‘zbek o‘g‘lonini.

 

Necha necha ajdodimiz zahmat chekib,

Bizga taqdim etdi ozod hur Vatanni.

G‘animlarni kirmasin deb qonin to‘kib,

Vatan uchun fido qildi ko‘plar jonni.

 

Shu kunlarni doim do‘stim asrash kerak,

Avlodlarga meros qolsin gulu chaman.

Harbiylarday hushyor sergak bo‘lish kerak,

Bizdan so‘ng ham qolsin ozod, go‘zal Vatan.

 

 

Pirnazarov Elmurodjon. Quvasoy shahar 22-maktab MMIBDO‘

14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan ssenariylar to’plami