14-Yanvar Askarlar uchun she’rlar
Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari, Bu zamin ichinda bitta Vatan bor, Ko‘taring boricha bu el shonini, Erkakdan omadni ayama falak, Erkakdan omadni ayama hayot, Mayliga har zamon ichib “sher” bo‘lsin, Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘, Nomardga zor qilma, dushmaniga xor, Hiyonat etmasin yori berib pand, ..Erkakning boshini egma, ey falak?! Xonadon obro‘yi, taxti-erkaqdir, Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar, Dasturxon qutligi — ular mehnati, Erkaklar mardligi berur iftixor, Shunday yigitlarni sevar xaloyiq, Bayram muborakbod, aziz erkaklar, Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q, Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz, Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga, Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan, Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan, Biringiz ugilsiz, biringiz yorsiz,14-Yanvar Askarlar uchun she’rlar
DO`STLARGA ULASHING:
Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga,
Tegadi g‘ururning baland tomiga,
Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t,
Tortadi alamli o‘ylar domiga…
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuprog‘ini sevgan bobojonlari.
Bir bog‘ bor , bir gulshan , bitta chamanzor!
Oh , mening yuragim — jon, O’bekiston,
Mening muhabbatim aks etgan diyor.
Ko‘rsating dunyoga bor imkonini,
G’ayurlarning dami ichida qolsin,
E’zozlab olishsin tilga nomini.
Jonini asragil, etmagil xalak.
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.
Muhabbat qasrin ham etmagin barbod.
Ishiga unum ber, hamyoniga pul,
Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil!
Maysaga ag‘anab usti kir bo‘lsin.
Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda,
Yer bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin!
Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib chog‘.
Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma,
Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma!
Sha’nini bukmasin, hech qaysi dildor.
Sen unga qudrat ber, ko‘ngliga g‘urur,
Tokim yiqilmasin yuragida or.
Oyog‘idan chalmasin hech qaysi nomard.
Ayoldan qolmasin dildagi dog‘i-
Allohim, asragin bo‘lib panohi.
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.
Ustimiz butligi — ular himmati.
Farzandlar chirog‘i — ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at.
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan
Nomus-ori, e’tiqodi but kapitan.
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz kapitan.
Vatan sizga yarashgaymi yo kapitan?
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.
Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan-
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q kapitan!.
Biringiz inimiz, ishda xamkorsiz.
Ogirimiz yengil kilib doimo,
Yaxshi xamki baxtimizga siz borsiz.
Muxtojlik sezamiz ximoyangizga,
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.
Yer va kukka sizni ishonmay,
Doim aylanurmiz xamsoyangizga
14-Yanvar Askarlar uchun she’rlar