14-Fevral Z.M.Bobur «Shoh va shoir» nomli ssenariy

Bobur Hindistonda besh yil hukm surgandan so‘ng 1530 yilda Agrada o‘zi obod qilgan “Zarafshon” chorbog‘ida vafot etadi. Keyinroq boburiylardan Shohjahon (Boburning chevarasi) hukmronligi davrida uning xoki Qobulda yasalgan maqbaraga ko‘chirildi. Saxnaga ikki boshlovchi chiqib keladi. Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi, Dunyoning tilagi, samari ham biz, 1– Boshlovchi: Mumtoz adabiyotimiz, tarixiy asarlarimizni mutolaa qilishdan maqsadimiz undagi zarra-zarra ganjinlarni bugungi yoshlarimiz ongiga yetkazib, hayotda to‘g‘ri, jamiyat uchun manfaatli yo‘lga kirishlariga ko‘maklashishdir.
14-Fevral Z.M.Bobur «Shoh va shoir» nomli ssenariy
DO`STLARGA ULASHING:
Zahiriddin Muhammad Bobur ( 1483-1530) tavalludining 530 yilligiga bag‘ishlanadi.)
Zahiriddin Muxammad Boburning xayoti va ijodi.
Jismimga isitma kuda mahkam bo‘ladur.
Ko‘zdin o‘chadur uyqu chu axshom bo‘ladur.
Har ikkalasmig‘anmi bila satrimdek,
Borg‘on sayin bu ortadur,ulkum bo‘ladur.
Bobur Mirzo o‘zi podsho bo‘lgani uchun hech kimga tobe emas edi, ijod jarayonida o‘zini butunlay mustaqil his qilar va erkin qalam tebratardi. O‘sha davrning ko‘pgina saroy shoirlarida bo‘lmagan ijod erkinligi Bobur Mirzoda bor edi.
Ingliz sharqshunosi Denison Rose Turkiston, Afg‘onistonda yozilgan she’rlarini Parij milliy kutubxonasidan, Hindistonda yozilgan she’rlarini esa Rampur kutubxonasidan topib, 1910 yilda bosma va fotonusxa holida nashr ettirgan.
Bobur she’rlari hijron azobida kuygan dil ko‘zlaridan oqqan yosh bilan yozilgan.
Ularda ona yurt sog‘inchida ado bo‘lgan farzandning, yor firoqida azob chekkan oshiqning, o‘z xatolarini anglab yetgan komil insonning, bobolari toj-davlatini saqlab qololmagan hoqonning alamlari ifodalangan.
Bobur o‘z asarlari bilan o‘zbek adabiyotini va tilini rivojiga, yuksalishiga, soddalashtirishga va jonli so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirishga munosib hissa qo‘shdi.
O‘zbek tili tarixini o‘rganishda “Boburnoma” bebaho xazinadir. “Boburnoma” 15-16 asrning muhim voqealarini badiiy aks ettirgan prozaning qimmatli namunasidir.
“Boburnoma” qomusiy xarakterdagi asarlardan bo‘lib, unda ilm-fan, urf-odat, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy etnografik bilimlar mohirlik bilan ifodalangan.
“Boburnoma” jaxon adabiyotining nodir, durdona asarlaridan hisoblanadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530 yilligiga bag‘ishlab maktablarda, ARMlarda ochiq dars, adabiy kecha, davra suhbatlari, kitob ko‘rgazmasi tashkil qilish mumkin.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530 yilligiga bag‘ishlab tashkil qilinadigan kitob ko‘rgazmasi uchun taxminiy mavzular.
1. Zahiriddin Muhammad Bobur merosi.
2. Ulug‘ adib va alloma.
3. Uyg‘onish davrining ulug‘ siymosi.
“Shoh va shoir” mavzusidagi adabiy kecha ssenariysi.
Kecha o‘tkaziladigan zal bayramona ruhda bezatilgan. To‘rda Zaxiriddin Muxammad Bobur portreti , shuningdek, uning she’rlaridan, rivoyatlaridan parchalar yozilgan plakatlar osilgan.
1- Boshlovchi:
Jonimdin o‘zga yori vofodor topmadim ,
Kunglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdek o‘zga jonni dilofgor kurmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.
2- Boshlovchi:
Ko‘ngli tilagan murodiga yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,
Bu ikki ish muyassar bulmasa olamda,
Boshini olib bir sariga ketsa kishi.
1- Boshlovchi:
Assalomu alaykum, xurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar. Bugun biz shox va shoir, davlat arbobi xamda buyuk sarkarda Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludiga 530 yil to‘lganligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu bayram kechasiga to‘plandik.2- Boshlovchi
Zaxiriddin Muxammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shaxzodalarga xos munosib ta’lim – tarbiya olgan Bobur otasi vafotidan so‘ng 12 yoshida taxtga o‘tirdi.
1- Boshlovchi
Bobur toj – taxt uchun bo‘lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Xindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi. Xindistonda qudratli saltanat o‘rnatgan, davlatning gullab- yashnashida katta xissa qo‘shgan sevimli shoirimiz 1530 yil Agra shaxrida olamdan o‘tdi.
2- Boshlovchi
U o‘z umri davomida “Boburnoma”, “Mubayyin-al –zakot”(Zakot bayoni),”Xatti Boburi”, “Xarb ishi” kabi ko‘plab nasriy va she’riy asarlar yaratdi.
1- Boshlovchi
Hozir o‘quvchilarimiz tomonidan yod olingan Bobur ruboiylaridan tinglaymiz. (Sahnaga 5ta o‘quvchi zarcho‘pon, do‘ppilarda chiqadilar.)1- o‘quvchi
Davron meni o‘tkardi saru samondin,
Ayirdi meni bir yo‘la xoni mondin.
Gax boshima toj, gax baloyi ta’na,
Nelarki boshimga kelmadi davrondin.2- o‘quvchi
Xar ishda shitob qilmagaysan,
Bu demak murodga yetmagaysan.3- o‘quvchi
Birovnikim birovdin ko‘ngil qolur,
Kishi yuz so‘z birla ko‘nglin olur.4-o‘quvchi
Yod etmas emish kishi
mehnatda kishi,
Shod etmas emish kishini
g‘urbatda kishi.
Ko‘nglim bu g‘ariblig‘ta shod
o‘tmadi xech,
G‘urbatda sevinmas emish albatta
kishi.5- o‘quvchi
Necha nafing‘a bo‘lursan tobe,
Necha umringni qilursan zoye.
Boshlovchi:
Endi tadbirimizga tashrif buyurgan tarixchi olimimizga so‘z beramiz.
Boshlovchi: Rahmat.
Hozir, Uspenskiy nomli maxsus musiqa Akademik litsey maktab internati o‘quvchilari tomonidan tayyorlab kelingan qo‘shiq ijro etiladi.
1- Boshlovchi:
Bobur Hindistonda shox bo‘lsada, bir umr Vatanim, uning tuprog‘ini bag‘rikeng odamlarini sog‘inib yashadi.
2- Boshlovchi:
U o‘zga yurt toji taxtidan Vataning bir siqim tuprog‘ini afzal deb bildi. Shoir g‘azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog‘inchini xis etamiz.
(Maktab o‘quvchilari tomonidan kichik saxna ko‘rinishi namoyish etiladi.)
Mayin musiqa yangraydi.
Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suxbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning xuzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.
Bobur:-Ruxsat, xuzurimga olib kelingiz.(Notanish kishi qo‘lida qovun bilan kirib keladi va ta’zim qiladi.)
Kishi: Assalomu alaykum,xazratim. (Ta’zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning xuzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne’matdan totib ko‘ring, xazratim. Zora sog‘inchingizga malham bo‘lsa. (Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq xidlab yuz-ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin xolda gapiradi.)
Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoliyu , musaffo xavosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini, bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylar manzarasi, dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mexrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan –mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir.
Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind zori yuzlandim,
Yo,rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
1- Boshlovchi: Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyati o‘zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan.
2 – Boshlovchi: Ha, Bobur iymoni butin inson bo‘lgan, ana shu e’tiqod, uning o‘z iqroriga ko‘ra, uni doimo turli balo-qazolardan muhofaza qilgan.
Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz.
To‘garak jahonni uzuk deb bilsak
Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz.
Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi kechamizni Zahiriddin Muhammad Boburning so‘zlari bilan yakunlasak.
Unda kishi umrini mazmunli, barakali,o‘zidan keyin dog‘ va malomat qoldirmasdan yashashi, bu zaminda yashashdan maqsad, odamlarni ezgulikka yetaklash garovi bor. Unga amal qilish hammamizga nasib etsin:
Bormu erkin hech nima
olamda hijrondin yamon.
Har nekim ondin yamonroqdur,
budur ondin yamon .
14-Fevral Z.M.Bobur «Shoh va shoir» nomli ssenariy