14-Fevral sevishganlar kuni uchun sovg’a tanlash (Maslahat) to’liq malumot oling
Hammaga alangali salomlar. Qadrli qadrdonlar.
Kelayotgan 14- fevral «sevishganlar» kuni uchun siz azizlarga bir qator tabrik she’r lar ni taqdim etgan edik.
Endi navbat tabrik so’zlar ga. Marxamat, baxramand bo’ling. Antiqa tabriklash usullari.
— 14 fevral kuni uchun tabrik sovg‘asi haqida boshi qotayotgan do‘stim eng arzon va betakror sovg‘a qilish uchun 12 VAROKLIK DAFTAR OLIB NARXI 500 SO’M. Unga sevganingizni ismini boshidan oxirigacha yozib chiqing oxiriga esa biror bir sher yozib tabrikni yakunlang. Hech qanday qimmat sovg‘a ham ushbu haqiqiy qo‘l yozmaga yetolmaydi.
Har qanday tabrik gaplaringizni imkoni bo‘lsa sms orqali yubormang. Maktub tarzida qog‘ozga yozib bering.
Yana bir ajoyib sovg‘a usuli telefonga iladigan yoki mashinaga iladigan kichik o‘yinchoqcha, u juda pishiq ishlangan tez sinib yoki o‘chib ketadigan bo‘lmasin. Axir u doim yoringiz yaqinida bo‘ladi.
Yana bir ajoyib idea sevganingizni o‘zini suratini o‘ziga sovg‘a qiling. Albatta bu musavvir tomonidan chizilgan bo‘lsin. Bu biroz chiqim lekin antiqa.
Yana bir maslahat sevganingizga akvariumda chiroyli bir juft baliq (laqabi bilan) yoki toshbacha tirik bo‘lsin. (chunki har ikkisi ham boqish oson uzoq yashaydi va sasimaydi.
Va eng so‘ngi antiqa sovg‘a u bilan munosabatiz haqida hazil prikol sher yozing. Masalan:
Esingdami bir safar.
Senga gullar bergandim.
To‘g‘risi u gullarni.
Mol tegidan tergandim.
Hazil albatta yana bu sevishganlar kuni siz uchun oxirgisi bo‘lib qolmasin
Nima bo’lganda ham sizlarga baxt tileman va juda havas qilaman. Kimdandir sovg’a olish baxti bu juda boshqacha bo’lsa kerak. Hammaga omad tilab
Muhim sanalar
14-Fevral sevishganlar kuni uchun sovg’a tanlash (Maslahat)