14-avgust Portugaliya korridasi shousinig paydo bo’lgan kun
14-avgust Portugaliya korridasi shousinig paydo bo’lgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
14-avgust Portugaliya korridasi shousinig paydo bo’lgan kun
Har yili 14-avgustda Abiulda portugaliya korridasining tug‘ilgan kuni o‘tkaziladi va unda asosiy qahramon – qadimiy milliy an’analarga yo‘g‘rilgan korrida hisoblanadi. Korrida – bu nafaqat musobaqa, balki u sport bilan san’at uyg‘unligi, qo‘rqmas, botirlar ishtirokidagi shoudir. Kabalero otga mingan holda jangni boshlaydi, furkadush esa tik oyoqda jang olib boruvchi bo‘lib, u xo‘kizning teri ostidagi yog‘ qatlamiga farpa, ya’ni uzunligi 2 smli o‘tkir ilgakning uchi bilan jarohat yetkazilgandan keyin jangga kirishadi. Buning og‘rig‘ini inson uchun igna bilan ukol qilishga tenglashtirish mumkin. O‘tgan asrlarda ot ustidagi jangchilar – aristrokratlar, tik oyoqdagilar esa – oddiy insolar bo‘lgan. Bu narsa ularning ustki kiyimlarida ham ajralib turadi. Shundan beri mamlakatda korrida qatnashchilari uchun yosh bo‘yicha aniq chegaralar bor. Kichik kategoriya («infrantish») ga katta emas, balki yosh xo‘kizlar bilan jang olib boruvchi 10-14 yoshdagi bolalar kiradi. O‘smir guruh («yuvenaylz») ga 14-18 yoshdagilar kiradi. Asosiy guruh yoshi – 18-35 yoshdagi erkaklardir. Portugaliya korridasi 1867 yilda vujudga kelgan. Korrida musobaqalarida 500-600 kg og‘irlikdagi uch-to‘rt yoshdagi xo‘kizlar qatnashadi. Boshqa korridalarga nisbatan portugaliya korridasi kamroq qon to‘kish bilan o‘tadi. Korrida tugagandan so‘ng xo‘kizlarni o‘z joylariga jo‘natishadi. Trenirovka va jang oldidan ularning shoxlariga zarbani yumshatish uchun maxsus charm g‘iloflar kiygazishadi. Bunday g‘iloflar furkadushni, agar u birgina xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham, himoya qiladi. Jangchidan nafaqat botirlik, balki o‘ta kuchli ko‘rish qobiliyati, harakatlarni tezkor bajarish va sovuqqonlik talab etiladi. Arena atrofidagi tribunalar har doim odamga to‘la – korrida xalq orasida, ayniqsa qizlar orasida juda mashhurdir.
14-avgust Portugaliya korridasi shousinig paydo bo’lgan kun