13-noyabr Hindistonda olovlar festivali
13-noyabr Hindistonda olovlar festivali
DO`STLARGA ULASHING:
13-noyabr Hindistonda olovlar festivali
Bu festival Divali yoki boshqacha aytganda Dipavali deb ataladi. Sanskritchadan tarjima qilinganda «olovning boshi” degan ma’noni anglatadi. Haddan tashqari chiroyli tarzda bo’lib o’tadigan olovlar festivali, ko’rib bo’lmaydigan zulmat ustidan yorug’likning g’alabasi ramzidir. Divali rasm-rusmlari Hindistonning turli joylaridagina emas, aholining turlicha guruhlarida ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, janubda xudo Krishnaning omadsiz iblis Narakasura ustidan g’alabasi bayram qilinsa, Bengaliyada esa qora ma’buda Kaliga sajda qilishadi.
13-noyabr Xalqaro ko’zi ojizlar kuni
13-noyabr 1745-yilda Fransiyada Valentin Gayui dunyoga keldi. Pedagog, Parij va Peterburgda ko’zi ojizlar uchun bir qancha maktab va korxonalar ochgan. Butun dunyo Sog’liqni saqlash tashkilotining qaroriga muvofiq aynan shu sana «Xalqaro ko’zi ojizlar kuni» deb tayinlandi. Valentin Gayui birinchi bo’lib o’zi o’ylab topgan shrift yordamida ko’zi ojizlarrni o’qitish usulini namoyish qildi. 1784-yil Parijda hokimiyatning hech qanday yordamisiz, o’zining jamg’armasi hisobidan o’z uyida ko’zi ojiz bolalar uchun dunyoda birinchi marta «Mehnatkash ko’zo ojizlar ustaxonasi” nomli maktab ochdi. Valentin Gayuining birinchi o’quvchisi Fransua de Lezyuer tanlab olindi. Keyin yana uning 11 ta qarovsiz tengdoshlari maktabga qabul qilindi. Valentin Gayui ko’zi ojiz bolalarni o’qitish va tarbiyalashni ilmiy asosini yaratib berdi. U bo’rtma-chiziqli shrift-«unisial”ni ishlab chiqdi. Bu shriftning nomi lotincha so’zdan olingan bo’lib, ular qalin qog’ozga sitib, bo’rtib yozilgan yirik, teng harflardir. «Unisial”ning e’tiborli jihati shundaki, bu shrift yordamida ko’zi ojiz bolalarni o’qitishga o’rgatish va ular uchun kitoblar nashr qilish mumkin. Shrift suriladigan edi, bu esa ko’r bolalarga kerakli tekstni tayyorlashga yordam berardi. Moddiy qiyingarchilikka qaramay Valentin Gayui maktab ichida tipografiya ochdi va bir nechta bo’rtma-chiziqli shrift-«unisial”li kitoblar nashr ettirdi. Bular ko’zi ojizlar uchun ishlab chiqilgan birinchi kitoblar edi. 1829 yilda fransuz Lui Brayl-Parij milliy institutining o’quvchisi ko’zi ojiz bolalar uchun sistema-bo’rtma-nuqtali shrift ishlab chiqdi. Bu sistema hamma mamlakatlarda ommalashib ketdi. Valentin Gayui 1803-yil Rossiya imperatori AleksandrI dan Sankt-Peterburgda ko’zi ojizlar uchun o’quv-tarbiyaviy muassasa ochish taklifini oladi. 1807 yil Aleksandr I Sankt-Peterburg instituti ko’zi ojiz ishchilarining Ustavi, shtatlari va byudjetini tasdiqladi. Bugungi kunda dunyoda taxminan 124 mln ko’zi ojiz odamlar bor. Butun dunyo Sog’liqni saqlash tashkilotining hisobiga ko’ra 2020-yili bu son ikki barobar ko’payishi mumkin. Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida «Xalqaro ko’zi ojizlar kuni»da ko’plab tadbirlar o’tkaziladi. Ommani diqqatini ko’rish qobiliyatini yo’qotgan, yaxshi ko’rmaydigan insonlarga qaratish, hayotda o’z o’rinlarini topishlariga sharoit yaratib berish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash-bular tadbirning asosiy maqsadi hisoblanadi.
13-noyabr Avstraliyada to’liq quyosh tutilishi
Sayyohlar shamoli sizni Avstraliyaga olib borib tashlasa, unda siz misli ko’rilmagan, o’ta kamyob manzarani ko’rish sharafiga muyassar bo’lasiz. Bu to’liq quyosh tutilishidir. Kvinslend shtatidagi Kerns shahri hodisaning bu yilgi manzilidir. To’liq tutilish davri 2 daqiqa davom etadi. Lekin hammasidan asosiysi shuki, vaqtni adashtirmaslik lozim, bizda 13-noyabr yashil qit’ada esa 14-noyabrga o’tilgan bo’ladi. Tinch okeani, Indoneziya, Yangi Zelandiya, Janubiy Amerika va Antarktida suv sathining janubiy qismida quyosh tutilishini qisman kuzatish mumkin.
13-noyabr Sosiska ixtiro qilingan kun
13-noyabr «Alifbo” kitobi dunyo yuzini ko’rdi
XIX asrning o’rtalarida Rossiya shaharlarida maktablar juda kam edi, qishloqlarida esa deyarli hamma savodsiz edi. 1859-yilda L.N.Tolstoy o’ziga tegishli bo’lgan yasnaya polyanada dehqon bolalar uchun maktab ochdi. U maktab tekin ekanligini va maktabda hech qanday jismoniy jazolashlar bo’lmasligini e’lon qildi. Avvaliga dehqonlar o’qishni tekin ekanligiga ishonmay elka qisib qo’ya qolishdi, lekin keyinchalik bularning hammasi rostligi, bu maktab boshqa sayoz bilim yurtlariga o’xshamasligi ma’lum bo’ldi. Tolstoy maktabida bolalar o’qishni, yozishni, snashni o’rganishardi, bundan tashqari rus tarixi, tabiat, rasm va musiqadan ham mashg’ulotlar o’tkazilardi. Lekin eng asosiysi bolalar maktabda o’zlarini erkin va quvnoq tutishardi. Sinfda o’quvchilarni xoxlagan joylariga o’tirishga ruxsat berilardi. Xoxlasa stolga, xoxlasa deraza rafiga, polga o’tirishlari mumkin edi. Har kim o’qituvchidan nimani istasa shuni so’rar, qo’shnisi bilan suhbatlashar, uni daftariga qarashi mumkin edi. Darslar umumiy suhbatga , ba’zida o’yinga ham aylanib ketar edi. Uygu vazifa berilmas edi. Tolstoy bilardiki, qorong’i kulbalarda o’quvchilar vazifani bajara olishmasdi. Bundan tashqari qishloq bolalari xo’jalik ishlarida ota-onalariga yordam berishardi. Tanaffusda va darsdan so’ng Tolstoy bolalarga biron qiziqroq voqea aytib berar, gimnastika mashg’ulotlarini ko’rsatar, ular bilan kurashga tushar, quvlashmachoq o’ynar, qishda chang’i uchardi, yozda esa daryoga yoki o’rmonga olib borardi. O’sha vaqtlarda bolalar bolalr uchun kitoblar juda oz edi, va tolstoy butun dunyoga taniqli bo’lgan «Alifbo” kitobini yozdi. 13-noyabr 1872-yilda uning birinchi nashri dunyoga keldi. Tolstoy «Alifbo” kitobida eng yaxshi ertaklar , masallar, maqollar, tez aytishlardan foydalangan. Uch yildan keyin uning «Yangi Alifbe” deb nomlangan ikkinchi kitobi nashrdan chiqdi. L.N.Tolstoy tomonidan bolalar uchun jami 629 ta har xil janrdagi asarlar yozilgan. Bular hikoyalar, ertaklar, ocherklar, masalar va boshqalardan iborat.
13-noyabr Hindistonda olovlar festivali