13-dars. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar

13-dars. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar

Internet haqida hamma eshitgan va hamma unda ishlashni xohlaydi. Ma’lumki, Internet axborotni uzoq masofalarga daqiqalar ichida uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetning kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma’lumot beriladi.
7-sinf informatika darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH

Web-brauzerlar

Siz avvalgi sinflarda bir nechta amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word – matn, Paint – grafik ko‘rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisob­kitob ishlarini bajarishga mo‘ljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so‘z bo‘lib, ko‘rishni ta’minlash, ko‘rsatish ma’nosini anglatadi.

Birinchi Web­brauzer 1990­ yilda CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, nomi World Wide Web bo‘lgan. Hozirgi kungacha juda ko‘p Web­brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Ne tscape Naviga tor, Ne tscape Communicator, Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng mashhurlari quyidagilar:

13-dars. Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar

Microsoft firmasining Internet Explorer dasturining Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilganligi, bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.
Web­brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Web­sahifalarni xotiraga yuklash va ko‘rsatish;
  • Web­sahifani diskka yozib qo‘yish (saqlash);
  • WWWdagi manzili bo‘yicha Web­sahifani chaqirish.

Internet Explorer dasturi interfeysi

Internet Explorer dasturi Пуск menyusi tarkibidagi Windows ish stoli yoki masalalar paneliga joylashtirilgan yorlig‘i orqali ishga tushiriladi. Internet Explorer dasturida ishni tugallash uchun piktogrammasini yoki fayl menyusining «Закрыть» – ya’ni yopish buyrug‘ini tanlash yoki «Alt + F4» klavishlarini birga bosish yetarli.
Internet Explorer kompyuterga yuklanganda quyidagi ko‘rinishdagi oyna ochiladi:

13-dars. Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar

Sarlavha satrida dastur (Microsoft Internet Explorer) hamda joriy hujjat nomi aks etib turadi.
Menyular satri quyidagilardan iborat:

Fayl
Файл
Tahrir
Правка
Ko‘rinish
Вид
Tanlangan
Избранное
Servis
Сервис
Ma’lumot
Справка

Har bir menyu ma’lum amallarni bajarishga mo‘ljallangan buyruq va ko‘rsatmalar majmuidan iborat. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

  • Fayl menyusi orqali, asosan, Web­sahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni o‘z nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qo‘yish, Web­sahifani qog‘ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi.
  • Tahrir menyusi yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin.
  • Ko‘rinish menyusi tarkibiga, asosan, dasturning ekrandagi ko‘rinishiga ta’sir etuvchi (uskunalar paneli, manzillar satri, holat satrini ekrandan olib qo‘yish yoki joyiga qaytarib qo‘yish, shrift o‘lchami va kodlash usulini o‘zgartirish) amallar kiradi.
  • Tanlangan menyusiga kirgan amallar yordamida o‘zingizga yoqqan yoki ko‘p foydalanadigan web­sahifalarni saqlab qo‘yish, ularga yangi larini qo‘shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin.
  • Servis menyusi dastur xususiyatlarini sozlash (dastur ishga tushirilganda avtomatik yuklanadigan web­sahifani tanlash, web­sahifadagi audio, video va animatsiyalarini ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik va hokazo) uchun mo‘ljallangan.
  • Ma’lumot menyusi yordamida Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma’lumot olish mumkin.

Internet Explorer dasturining uskunalar paneli

Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba’zilari kam qo‘llanilsa, ba’zilari tez-­tez qo‘llaniladi. Ko‘p qo‘llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalar paneli tashkil etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuidan iborat bo‘lib, har bir tugma ma’lum amalni bajaradi.

13-dars. Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar

Uskunalar paneliga yangi amallar kiritish yoki undagi ixtiyoriy amalni olib tashlash mumkin. Quyida uskunalar paneliga kirgan asosiy amallar keltirilgan:

Orqaga
(Назад)
Oldinga
(Вперед)
To‘xtatish
(Остановить)
Yangilash
(Обнавить)
Bosh sahifaga
(Домой)
Izlash
(Поиск)
Tanlangan
(Избранное)
Jurnal
(Журнал)
Pochta
(Почта)
Chop etish
(Печать)

Bu amallar, odatda, Internet Explorer menyulariga deyarli murojaat qilmasdan ishlashni ta’minlaydi. Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo‘lib, oson o‘zlashtiriladi. Chunki, bu dastur yordamida Internet tarmog‘idagi web­sahifa ochiladi va zarur bo‘lsa, qog‘ozga chop etiladi yoki diskda saqlab qo‘yiladi.

Internet tarmog‘idagi web­sahifani ochish uchun Internet Explorerning manzillar satriga kerakli web­sahifa manzilini yozib, ENTER klavishini bosish kifoya. Masalan, manzillar satriga www.google.ru deb yozib, ENTER klavishini bossak, bir necha soniyadan keyin ma’lumotlar oynasida google.ru web­sahifasi paydo bo‘ladi. Xuddi shunday ketma-­ket bir nechta web­sahifani ochish mumkin. Uskunalar panelidagi «orqaga» va «oldinga» amallari yordamida ochilgan web­sahifalar bo‘ylab harakatlanish, ya’ni oldingi yoki keyingi ochilgan web­sahifaga o‘tish mumkin.

Web­sahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Web­sahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda asta­sekin ko‘rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi «To‘xtatish» tugmasini bossangiz, web­sahifani internetdan qabul qilish to‘xtatiladi va ma’lumotlar oynasida mazkur web­sahifaning o‘qib ulgurilgan qismi qoladi.

Ma’lumotlar oynasidagi web­sahifani qog‘ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi «chop etish» tugmasi bosiladi. Tez-­tez murojaat qilib turiladigan web­sahifalarni «Tanlangan» papkasiga qo‘shib qo‘yish mumkin. Buning uchun uskunalar panelidagi «tanlangan» tugmasi bosiladi.

13-dars. Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar

Hosil bo‘lgan «Tanlangan» oynasidagi «Qo‘shish…» (Добавить…) tugmasi bosilsa, ekranga «Tanlanganlarga qo‘shib qo‘yish» (Добавление в избранное») lavhasi chiqadi. Bu lavhadagi «Ok» tugmasi bosilsa, ko‘rsatilgan web­sahifa «Tanlangan» papkasiga qo‘shib qo‘yiladi. Keyinchalik «Tanlangan» papkasiga kirganda, undagi websahifalar ro‘yxatida mazkur web­sahifa nomini ko‘rish mumkin. Endi bu web­sahifani chiqarish uchun uning ro‘yxatdagi nomini tanlash kifoya.

  1. Internetning WWW xizmatidan foydalanish imkoniyatini beruvchi dasturlar haqida ma’lumot bering.
  2. Web­brauzerlarning asosiy vazifalarini aytib bering.
  3. Birinchi Web­brauzer qachon va kim tomonidan ishlab chiqarilgan?
  4. Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko‘rsatib bering.
  5. Internet Explorerning menyulari haqida so‘zlab bering.
  6. «Tanlangan» menyusining asosiy vazifalarini izohlang.
  7. Internet Explorerning uskunalari vazifalarini tahlil etib bering.
  1. Nuqtalar o‘rniga o‘ng ustundagi kerakli so‘zlarni joylashtirib ko‘chiring:
Birinchi … 1990­yil Tim Berners-Li tomonidan ishlab
chiqilgan
Web-sahifa
Web­brauzerlar – …ni ko‘rsatishni ta’minlovchi dastur. T Tahrir menyusi
… yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish
amallari bajariladi
Web-brauzer
  1. «Tanlangan» papkasiga quyidagi web­sahifalardan birini qo‘­shing:
www.uzedu.uz www.uMail.uz www.ziyonet.uz www.y-maktab274.zn.uz
www.uz www.google.uz www.yahoo.com www.rabler.ru
  1. Quyidagi jadvalning har bir ustuniga berilgan harflar bilan boshlanadigan shu bobda o‘rganilgan tushuncha, atama, qurilma va dasturlarni yozing:
A I M P W
? ? ? ? ?
  1. Quyidagi jadvalning birinchi ustunidagi dasturni ishga tushirish uchun keyingi ustundagi amallardan to‘g‘ri amallar ketmaketligini tuzing:
13-dars. Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar

Maktab darsliklari, Ta‘lim
13-dars. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar