11-yanvar — Insulin kashf qilingan kun

11-yanvar — Insulin kashf qilingan kun
11 yanvar insulin kashf qilingan kun 65ca6f6ee5492

/ Muhim sanalar / От

DO`STLARGA ULASHING:

11-yanvar — Insulin kashf qilingan kun

1922-yil 11-yanvarda insulin birinchi marta Torontoda qandli diabetdan aziyat chekayotgan va yagona davosi gipokarbongidratli dietadan iborat bo‘lgan 14 yoshli Leonard Tompsonga kiritildi.

Afsuski, birinchi in’eksiya kerakli natijalarga olib kelmadi, qondagi glyukoza darajasi birozgina pasaydi, in’eksiya joyi yallig’langan.

Biokimyogar Bertram Kollip insulinni tozalash bo’yicha ishini davom ettirdi. 23-yanvar kuni xuddi shu bemorga yana insulin ukol qilingan.

Natija ajoyib bo’ldi, glyukoza darajasi 29 mmol/l dan 6,7 mmol/l gacha tushdi.

Bemor har kuni o’zini yaxshi his qila boshdi, asta-sekin kuch va vaznga ola boshladi.

Olimlar insulinni boshqa diabetga chalingan bemorlarda sinab ko’rishni davom ettirdilar.

Insulin yaratilganligi haqidagi xabar tezda okeanortida tarqaldi va 1923-yilda Nobel qo’mitasi Banting va Makleodga fiziologiya va tibbiyot bo’yicha Nobel mukofotini berdi. Bu katta muvaffaqiyat edi.

11-yanvar — Insulin kashf qilingan kun