11-Sinf Tarbiyaviy Soat dars ishlanmalari


11-Sinf Tarbiyaviy Soat dars ishlanmalari
DO`STLARGA ULASHING:
Tushuntirish xati
Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari:
o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.
“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari — Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:
− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;
− Tarbiyaviy soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;
− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;
− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;
− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;
− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;
− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;
− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;
− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;
− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;
− Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;
− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;
− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.
SHu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?
− Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat bo‘lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;
− Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;
− O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;
− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.
Tarbiyaviy soatlar qanday bo‘lishi kerak?
− Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
Umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e’tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
Kirish;
Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;
Yakuniy qism.
(Izoh: Taqdim etilayotgan tarbiyaviy soatlar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
“TASDIQLAYMAN”
____-maktab rahbari:
________ _________________
11—sinf
№
O‘tiladigan mavzular
Soat
1
Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti.
2
2
Nаmunаli хulq vа оdоb – komil inson fazilati.
1
3
Yoshlar va jinoyatchilik.
1
4
“Dehqon boy bo‘lsa xalq boy bo‘ladi”.
1
5
Ustoz otangdek ulug‘.
1
6
Ona tili – qalb ko‘zgusi.
1
7
Yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurash jamiyat tinchligining omili.
1
8
Jamoat joylarida o‘zini tutish odobi.
1
9
Salomatlik tuman boylik.
1
10
Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).
1
11
Befarqlik va loqaydlik.
1
12
Vatan oldidagi burch va mas’uliyat hissi.
1
13
Qonun – ustuvorligi jamiyat farovonligining garovi.
1
14
Terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurash.
1
15
Eng buyuk jasorat.
1
16
Mening kelajakdan maqsadim!
1
17
Xalq tinchligi uchun barcha mas’ul.
1
18
Din va axborot iste’moli madaniyati.
1
19
Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.
2
20
Buyuk qadriyatlar yaxshilikka yetaklar.
1
21
Kiber makon va biz.
1
22
Axborot asri tahlikalari.
1
23
Ayolga ehtirom!
1
24
Jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi illatlarga qarshi kurash.
1
25
Milliy urf-odat va an’analar.
1
26
Amir Temur va jahon madaniyati.
1
27
Inson qalbiga yo‘l.
1
28
Kompyuter o‘yinlari manqurtlik vositasi.
1
29
Oila-muqaddas dargoh!
1
30
Mardlik va jasorat.
1
31
Vaqt qadri.
1
32
Men sevib o‘qigan kitob.
1
33
Men tanlagan kasb.
1
Jami:
34 soat
Sana:_________________________
Biz tanlagan yo’l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Mustaqillik, erkinlik, O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi ta’lim: O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Darsning turi: Aralash.
Darsning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi:
Darsning texnik chizma:
Tashkiliy qism 5 daqiqa
O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa
O`quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa
O`quvchilarni rag`batlantirish 5 daqiqa
Uyga vazifa 5 daqiqa
Qo`shimcha vaqt 5 daqiqa
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar.
1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O`zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va kollej o`quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya’ni ushbu so`zning zamirida katta va ulug` huquqga ega bo`lish degan tushuncha mujassam.
2-savol. «Shu aziz Vatan — barchamizniki» deganda nimani tushunasiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz.
Shu aziz Vatan — barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo`lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.
3-savol. Nima uchun «Tinchlik uchun kurashmoq kerak» deyiladi? Hech o`ylab ko`rganmisiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o`zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani — avvalo, ogoh bo`lish degani. Hushyorlik ogoh bo`lib yashash — bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo`lishi lozim.
Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik — O`zbekiston davlatining uchta ustunidir.
4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Jamiyatning haqiqiy boyligi — bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish, har qanday o`zgarish avvalo inson uchun, uning qayotini farovon etish uchun amalga oshirilmoqda.
Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash — barcha islohot va o`zgarishlarning bosh maqsadidir.
Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfatlarini ta’minlash uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.
5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Siz yashayotgan manzilda yoshlarning o`z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar mavjud? Siz undan qanday foydalanmoqdasiz?
O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.
6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Har qaysi inson o`zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy emas, lekin xotira mangu, xotira boqiy.
Bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab turibdi.
Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Uluqbek, Mirzo Boburlarga vorismiz.
Inson o`z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, qayot davomiyligin asragan bo`ladi.
7- savol. «Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni yoshlarimizga bog`liq» deganda nima nazarda tutiladi?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
O`qituvchi butun bir dars davomida o`quvchilarning savollarga bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:
Vatanga bo`lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.
Tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo`sh urmagan odamdan jasorat kutib bo`lmaydi.
Aziz o`quvchilar! O`z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g`ayratingizga, tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!
Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O`zbekiston g`alabasidir!
Dars davomida o`qituvchi javob bergan o`quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to`qri yo`naltirib, rag`batlantirib borishi shart.
Ushbu darslar oddiy ma’ruzavozlikdan iborat bo`lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni ko`proq amaliy tomonlariga e’tibor qaratilishi lozim.
Uyga vazifa sifatida sinflarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda «O`zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni» mavzusida erkin fikrlarini daftarlariga tushurib kelishlarini berish, yoki yuqori sinf o`quvchilariga bugungi kundagi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yoshlar hayotidagi o`rni haqida mustaqil ish yozishlarini taklif qilish mumkin.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
2-Mavzu:“Nаmunаli хulq vа оdоb – komil insоn fazilati”
Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol bo`lishga undash, ona tili millat tili ekanligini hech qachon unutmasligi lozim ekanligini ular ongiga singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “Ba’zi bir so`zda sehr bordir” (Hadis)
O`qituvchi:
Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug` qasri ustunlaridan biri so`zlash va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoqdir. Axloq arkining yuqorisida o`tiruvchilarning aytishicha, insonning kamolati va bilimning baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so`zlash bo`lib, bu bog`ning guli aql bahoristonining nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi. Yoqimli va qimmatbaho so`zlari donolik va iqbol arbobining toji bo`lgan yunon hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so`zlari orqali ma’lum bo`ladi:
Har kishi gapirmay turgani zamon,
Ayb ila hunari bo`ladi nihon!
Barxurdor ibn Mahmud
Behruz Boqliy shunday degan edi: “Dunyoda menga ikki narsa xushdir: biri dilga yoqadigan so`z, ikkinchisi so`z yoqtiradigan dil. Shodon ko`ngilli kishi shunday kishiki, uning dili so`zdan fayz topa oladi. Yoqimli so`z shunday so`zki, u kishining diliga shodlik yetkiza oladi!” Bayt:
Jonu tanning quvvati yoqimli shirin so`zdir,
Masihning nafasidan guvohlik berar elga!
Abulbarakot Qodiriy
Mashriqzamin – Hikmat Bo`stoni
“So`z izlash, so`z o`ylash, so`zga rang-tus berish, uni chiroyli ijroda taqdim etishga urinish, ko`zlarni, quloqlarni o`zingga mubtalo qilish uchun jon teriga tushib jang qilish, bu degani – so`zda o`lib, so`zda tirilish mening hayot tarzimga aylandi”
Tursunoy Sodiqova
Agar 1897 yilda mamlakatimiz hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo`lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda esa 123 taga yetdi. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 130 dan ziyod bo`lib, O`zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizni tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institute tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma natijalari tahlil qilinganda, boshqa millat vakillari, ya’ni slavyan diasporasi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning – 38,6 foizi, Volgabo`yi xalqlarining (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar) ning – 72,5 foizi, Markaziy Osiyo xalqlari (qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar) ning – 78,2 foizi O`zbekistonni o`zlarining ona Vatani deb hisoblaydilar. Bu boshqa millat vakillarining O`zbekistonni o`z ona yurtidek e’zozlashi hamda uning tiliga bo`lgan munosabat hurmat va ehtirom darajasiga ko`tarilganligidan dalolat beradi.
Hozirgi paytda ko`pmillatli respublikamizda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan “Turkiston- umumiy uyimiz” g`oyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 14 ta milliy-madaniy markaz respublika maqomiga ega.
Topshiriq: “Til dil ko`zgusi”, “Til fikr libosi”, “Til achchiq ham shirin” so`zlarini sharhlash.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
4-Mavzu: “Dehqon boy bo’lsa xalq boy bo’ladi”.
Kun shiori: “Tabiatni asragan odam – o`zini, oilasini va yurtini asragan bo`ladi”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona-yurtimiz O`zbekistonimizni asrab-avaylashni, tabiatga bo`lgan mehrimizni yanada rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “ Insonni ona dunyoga keltirib tarbiyalasa, tabiat-voyaga yetkazadi”.
O`qituvchi:
Inson tabiatga, o`zini o`rab olgan muhitga nisbatan o`z munosabatini o`zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, organishi va ular asosida hayotini rivojlantirishi shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo`llarini ishlab chiqish kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chiqishiga sababchi bo`ladi va shu ofatlardan halok bo`ladi.
Bir necha million yillar davomida bunyod bo`lgan koinotning tabiiy ko`rinishi keyingi 10-15 yil ichida juda og`ir holatga tushdi.
Havo buzildi, ifloslandi. Jumladan, tuproq zaharli moddalar bois “jarohatlandi”, suvlar turli moddalar bilan ifloslandi va hokazo. Bu holatlar inson salomatligiga salbiy ta’sir qila boshladi.
Inson onadan tug`ilib, dunyoga kelgan chog`idanoq, tabiat ehsonidan bahramand bo`ladi. Ilk bor havodan to`yib nafas oladi. Odamzod o`sib-unishi uchun oziq-ovqat,suv, quyosh harorati juda zarur bo`lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Insonni ona dunyoga keltirib tarbiyalasa, tabiat-voyaga yetkazadi. Shuning uchun uni “Ona-tabiat” deb atashadi. Odamzodning sog`lom bo`lishi uni o`rab olgan atrof-muhitga, tabiatga bog`liq. Tabiat musaffo bo`lsa, odam ham sog`lom, baquvvat bo`ladi.
Topshiriq: Sog`lom hayot sari ,tabiatni asraymiz!
Eslatma: Aylana, yoki to`rtburchak, uchburchak ichiga savol yoziladi, guruhlardan chiqqan o`quvchilar birin-ketin savolga javob beradi, javob berolmagan yo`lda qoladi, javob beradigan o`quvchi marra tomon ketaveradi. (savol – tabiat haqida ko`p javob bergan o`quvchi marra g`olibi bo`ladi)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
5-Mavzu:“Ustoz otangdek ulug‘
Kun shiori:
Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila.
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz tanj ila.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ustozlarga bo`lgan chuqur hurmatni ular ongiga singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “Har bir inson ham, u kelajakda qaysi kasbda ishlamasin, ilk bor maktabga qadam qo`ygan damlarini, qo`liga birinchi bor qalam tutqazgan muallimini faxr bilan eslab yuradi”
Abdulla Oripov
O`qituvchi:
O`qituvchi:
Bir umr sizga ta’zimdamiz, aziz ustozlar!
Doim e’zozdasiz, qalbi daryolar,
Ziyo tarqatasiz, har on, har soniyada,
Hech charchamang, aziz muallimlar!
Respublikamizda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda juda ko`plab ta’lim fidoyilari jonbozlik qilib kelmoqda. Bizning maqsadimiz esa mana shunday fidoyilarni keng ommaga tanishtirish ularning ishlarini yoshlarimizga ibrat qilib ko’rsatish.
„Har kuni, har soatda fidoiy bo’lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik aslida mana shu“.
O`qituvchilik kasbi ana shunday haqiqiy qahramonlikni taqazo etadi. Biz sizni Respublikamizda faoliyat olib borayotgan o`z fanining qahramonlari bilan tanishtiramiz.
Bu yorug` olamda har bir odam o`zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg`usi bilan yashaydi. Inson o`z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta`lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo`lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma`rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o`ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.
Biz yurtimizda 1 oktabr sanasini O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e`lon qilganimizning chuqur ma`nosi bor, albatta.
Ta’lim tizimiga o`zlarining beqiyos xizmatlarini qo`shgan, maktabni ulug` dargoh deb, hisoblagan jadid bobolarimiz haqida qisqacha to`xtalib o`tish bizning muqaddas burchimiz. Har doim o`qituvchilik kasbimizda ularning ruhlari bizga madadkor bo`lsin.
Mahmudxo’ja Behbudiy –
Turkistonda jadidchilik harakati rahbarlaridan biri, yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi. 1874 yil 10 martda Samarqandning Baxshitepa qishlog`ida tug`ilgan. 1919 yil Qarshi shahrida Buxoro amiri tomonidan o`ldirilgan.
Behbudiy Samarqandda birinchilardan bo`lib 1904 yil usuli jadid maktabini tashkil qildi va shu maktab uchun “Muntaxabi jug`rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”), “Kitob ul-atvol” (“Bolalar uchun kitob”), “Muxtasari tarixi islom” (“Islomning qisqacha tarixi”), “Amaliyoti islom” va boshqa darsliklar, shuningdek maktab va ta’lim-tarbiya to`g`risida bir necha maqolalar yozdi. Samarqanddagi xususiy nashriyotida darsliklardan tashqari “Turkiston, Buxoro va Xiva xaritasi”ni bosib chiqardi.Gazeta va jurnallar nashr etdi. 1911 yil yozilgan “Padarkush” p’esasida u barchani ilm-ma’rifatli bo`lishga chaqirish, ilmsizlik balosini daf qilish g`oyasini ilgari surdi.
Turkistonda jadidchilik haralkati namoyandalaridan biri, pedagog. “Sho`roi Islom” tashkiloti (1917-18) ideologi va rahbari.1878 yil Toshkent shahrida tug`ilgan.
1929 yil nohaq millatchilikda ayblanib qamoqqa olindi va 1931 yilda otib tashlandi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida ta’lim olgan.1903 yildan jadid maktablari ochib, dars bergan.
Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan “Adibi avval” (“Birinchi adib”, 1907) alifbe kitobi, “Adibi soniy” (“Ikkinchi adib”1907) o`qish kitoblari bir necha bor nashr qilingan.
1908 yil uning “Sabzazor” (to`plam), “Yer yuzi” (geografiyadan), “Tajvid” (Qur’onni o`qish usulini o`rgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qo`llangan. 1906-1917 yillarda jadid gazetalarida muharrirlik qilgan.
Abdulla Avloniy (1878-1934), shoir, dramatrug, davlat va jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1925), professor (1930). Eski maktab va madrasada o`qigan (1884-1890). Toshkentda yangi usuldagi maktablar ochgan (1904); “Turon” (1913; 1914 yildan “Turkiston”) teatr truppasini, “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) kitob nashr qilish shirkatlarini tashkil qildi; “Shuhrat” (1907), “Turon” (1917) gazetalarni nashr etdi. “Ishtirokiyun” gazetasining tashkilotchisi va muharriri (1918). “Kasabachilik harakati” jurnali muharriri (1921). Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlarida mudir (1922-29), Maorif xodimlari eski shahar soyuzi raisi (1923), Turkfront huzuridagi milliy harbiy maktab (1924-29), O`rta Osiyo kommunistik universiteti (SAKU; 1925-29), O`rta Osiyo davlat universiteti (1930-34) o`qituvchisi. Avloniy yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar yozgan; uning she’riy to`plamlari, dramatik asarlari nashr etilgan.
Ilm deb o`qimak, yozmakni yaxshi bilmak, har bir kerakli narsalarni o`rganmakni aytilur. Ilm-dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g`oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur.Zeroki, ilm bizga o`z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko`rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o`tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur, tog`ri yo`lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda mas’ud (baxtli, saodatli) bo`lishimizga sabab bo`lur degan edi buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy. Abdulla Avloniy ilm nimalarga qodir ekanligini bizga anglatganiday, Sergeli tumandagi 300-maktabning fizika fani oliy toifali o`qituvchisi Shodiyeva Maqsuda, kimyo fani birinchi toifali o`qituvchisi Rizayeva Shoxista, boshlang`ich ta’lim o`qituvchilari Karimova Oysuluv va Xolboyeva Marhabo kabi pedagog kadrlarimiz ham shunday ilmning qadriga yetib, barkamol avlodni tarbiyalashda jonbozlik ko`rsatmoqdalar.
Respublikamizdagi jamiki, barcha o`qituvchi va murabbiylarga sog`lik, kuch-quvvat va kelajagimiz bo`lgan yoshlarni tarbiyalashda ulkan omadlar tilab qolamiz.
Topshiriq: O`qituvchilarni madh etuvchi dil izhorlari va she’rlardan shogirdlarining kalomi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
6-Mavzu: “Ona tili – qalb ko’zgusi”.
Kun shiori: “Til – millat ko`zgusi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tilga e’tiborni kuchaytirish, fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “Adabiyot yashasa – millat yashaydi”
Cho`lpon
O`qituvchi:
Uzoq yillar davomida o`zbek adabiyotini to`g`ridan-to`g`ri ona tilimizdan tarjima qilib kelgan chet ellik tarjimonlar bilan birga, mamlakatimiz oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan iste`dodli o`g`il-qizlarimizni mana shu mashaqqatli, ayni paytda olijanob ishga jalb etish, bu masalaning yechimi bilan bevosita bog`liq bo`lgan tashkiliy-amaliy vazifalarni hal qilishimiz maqsadga muvofiq bo`lur edi.
Agar biz O`zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug` kelajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug` adib Cho`lpon aytganidek, adabiyot yashasa — millat yashaydi.
Topshiriq: “Men biladigan shoir va yozuvchilar” mashqi.
Shoirlar
Yozuvchilar
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
9-Mavzu: Salomatlik tuman boylik.
Tadqiqotlarga ko‘ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma’rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgan.
Jumladan, bu borada Abdurauf Fitratning ijtimoiy tarbiya negizida jismoniy tarbiyani tashkil etish, shaxsni salomat va baquvvat etib tarbiyalash masalalariga oid qarashlari diqqatga molikdir. Uning «Rahbari najot» asarining «Bola tarbiyasi» nomli bobida shunday deyiladi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a’zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo‘lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi».
Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, o‘z yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakat sanaladi.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptir ish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan.
ISTAK BO‘LSA KIFOYA
Albatta, barchaning ham yuqori malakali sportchi bo‘lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Lekin, inson muntazam ravishda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda. Yoki har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish, tungi uyqu oldidan 20-30 daqiqalik sayr qilish ham, albatta, bunday istaklar ro‘yobiga kiradi.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya — sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish o‘sib kelayotgan avlodni barkamol bo‘lib voyaga yetishi, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Inson organizmi tashqi muhit bilan uyg‘un, bir butun holda rivojlanadi. Ushbu uyg‘unlik, shuningdek, barcha a’zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Doimiy, uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘ligiga yaxshi ta’sir etadi: modda almashinuvi yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar organizmni tezroq tark etadi.
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan barcha yoshdagi kishilar shug‘ullanishi mumkin. Mashg‘ulotlar uzluksiz, doimiy ravishda bajarilgandagina ijobiy natija beradi. Uzoq muddatli tanaffus esa oldingi mashg‘ulotlar ta’sirining pasayishiga olib kelishi mumkin. Demak, o‘z organizmini chiniqtirish, mehnat unumdorligini oshirish, sog‘liqni mustahkamlash asosida uzoq umr ko‘rishni istagan har bir kishi doimo jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, shuningdek, kundalik faoliyatini muayyan tartib asosida olib borishi zarur.
Aslini olganda, harakat uchun energiya zarur, energiya esa oziq-ovqat mahsulotlari yog‘ va uglevodlarni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Harakat nafas, qon tomirlari, ovqat hazm qilish, qon ishlab chiqarish tizimlarini takomillashtirishga yordam beradi.
TETIKLIK TALABI
Shu sababli, faol jismoniy harakat qiladigan kishilar ruhi yengil, tetik, quvvatga to‘lgan, dili ravshan, kayfiyati yuqori va barqaror bo‘ladi. Jismoniy mashqlarni bajarish natijasida organizmning himoya tizimi yaxshi rivojlanadi. Shu o‘rinda fiziolog-olimlar tomonidan 200 nafardan ortiq kishi ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijasini misol sifatida keltirish mumkin. Jismoniy mashqlar bilan doimiy ravishda va izchil shug‘ullanuvchi kishilarning his-tuyg‘ulari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadqiqotning ko‘rsatishicha, tajribada ishtirok etganlarning 72 foizi o‘zini juda baxtiyor deb hisoblaydi. Buning sababi sifatida ular aynan uzluksiz ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishini qayd etadi.
Bolalik, o‘smirlik davridan boshlangan chiniqish mashg‘ulotlari, ayniqsa, foydalidir. Har bir kishi o‘z organizmini mustahkam rejimga o‘rgatishi zarur. Badantarbiya, ochiq toza havoda sayr qilish, sport o‘yinlari kabi chiniqtiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uzoq umr ko‘rish va salomatlikni ta’minlovchi omillardandir.
Bir so‘z bilan aytganda, salomatlik odamning ruhiy sokinligi va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Chiniqish esa organizmni suv, quyosh va havo ta’sirida sekin-asta moslashtira borish mexanizmi sanaladi. Sog‘lom turmush kechirish uchun, albatta, organizmni turli tabiiy muhit sharoitlarida chiniqtirish lozim. Buni, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish zarur. Zero, bolalik, o‘smirlik davridan chiniqish bir umr sog‘lom yashash, uzoq umr ko‘rish garovidir.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
10-Mavzu:“Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).
Kun shiori: “O`zbekiston kelajagi – yoshlar qo`lida”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, rus tili fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “XXI asr intelluktal yoshlar asri”
O`qituvchi:
“Avvaliga biz bolalarimizga o`rgatamiz. So`ngra o`zimiz ulardan o`rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o`z davridan orqada qoladi” Ya. Raynis
(Barkamol avlod orzusi)
Topshiriq: “Kelajak ovozi” tanlovining vazifasi nimadan iborat? “Davra suhbati” o`tkaziladi. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
11-Mavzu: Befarqlik va loqaydlik
Kun shiori: “O`zbekiston kelajagi – yoshlar qo`lida”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, rus tili fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “XXI asr intelluktal yoshlar asri”
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Sof.uz shu haqda yozmoqda.
2016 yilning sentyabrь oyida «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Biroq, mazkur qonun talablarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini o‘rganish sohada hamon o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammo va masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda, deyiladi yangi farmon sharhida.
O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili ichki ishlar organlari faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va tubdan takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.
Prezidentning «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bunday kamchiliklarni bartaraf etish va o‘z yechimini kutayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.
Farmonda mavjud jiddiy kamchilik va muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan.
Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlarining aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazmayotganligi va jamoatchilik bilan hamkorlik qilmayotganligi sababli aholining muammo hamda tashvishlaridan xabardor emasligi tizimning eng asosiy vazifasi hisoblangan profilaktika ishlarida jiddiy kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Tizimda ish faoliyatining samaradorligi va mahsuldorligiga erishish, avvalambor, aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik va hamjihatlikni yo‘lga qo‘yishni talab etadi.
Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermaslik, befarqlik, ishga yuzaki munosabatda bo‘lish va rasmiyatchilik, aholi bilan muloqot qilish madaniyatining pastligi, afsuski achchiq haqiqatdir. Oqibatda bunday vaziyatdan norozi bo‘lgan fuqarolar yuqori tashkilotlarga shikoyat qilmoqda.
Farmonda bu kabi muammo va kamchiliklarni hal etish uchun ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional xizmatga aylantirish zarurligi, «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» har bir xodimning asosiy xizmat burchi ekani qayd etildi.
Shuningdek, farmonda barcha bo‘g‘indagi xodimlarning asosiy vazifalarini oqilona taqsimlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan, aholi bilan doimiy manzilli muloqot o‘rnatish, ichki ishlar organlari rahbarlarining hokimiyat vakillik organi timsolida xalq oldida hisobot berish amaliyotini joriy qilish, ichki ishlar organlari faoliyatining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash kabi asosiy yo‘nalishlar alohida belgilab berilgan.
Farmonda ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi o‘rnatilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Senati tomonidan bir yilda ikki marta O‘zbekiston ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish tartibi joriy etilmoqda. Xuddi shunday, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlari har chorakda tegishli ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har chorakda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘linmalari rahbarlarining hisobotini, har oyda esa uning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hisobotini eshitadi.
Ushbu eshituvlar davomida ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga, xususan, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchilik holatini, huquqbuzarliklar ko‘payishiga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy muhokama qilinadi. Eshituvlar yakunlari bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligiga baho beriladi, shuningdek mansabdor shaxslarga nisbatan egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi.
Ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘ini faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida farmon bilan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i lavozimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Uning zimmasiga profilaktika inspektorlari ishini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.
Shu bilan birga, farmonda tizimda qator tashkiliy o‘zgartishlar nazarda tutilgan. Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning yangi tahdidlari paydo bo‘layotgani jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatni ichki ishlar organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida yanada kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda. Ushbu holatlar e’tiborga olingan holda, Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi negizida Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tashkil etilmoqda.
Jinoyatlarni tergov qilish ichki ishlar organlarining yana bir muhim vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan, tergov organlarining mustaqilligini ta’minlash, ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Tergov bosh boshqarmasi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga o‘zgartirilmoqda.
Ta’kidlash o‘rinliki, kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi qoniqarli darajada emasligi ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolar sabablaridan biridir.
Tizimga bilimli, o‘z ishiga sodiq va mas’uliyat bilan yondashadigan, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni o‘zining muqaddas burchi hamda asosiy majburiyati deb biladigan kadrlarni jalb qilishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek kadrlar bilan ishlashning yangi tizimini yaratish maqsadida Kadrlar bosh boshqarmasi va Ichki xavfsizlik boshqarmasi tashkil etildi.
Bundan tashqari, serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti va Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi faoliyati ham qayta ko‘rib chiqildi. Ular yangi talablar asosida faoliyat yuritadigan ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazlari, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Harbiy-texnika va Yong‘in xavfsizligi institutlariga aylantirildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining xalqaro aloqalari kengayib, inson huquqlarini himoya qilish sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi jadal rivojlanmoqda. Biroq, bugungi kungacha vazirlikning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati bir necha bo‘linmalar tomonidan ikkinchi darajali vazifalar sifatida amalga oshirib kelingan. Shular e’tiborga olinib, farmon bilan tegishli tarkibiy bo‘limlar negizida Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tashkil etildi.
Shuningdek, pasport tizimi talablarini amalga oshirish, xorijga chiqish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va bo‘lish qoidalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ham muammolar mavjud. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining aholi ko‘p murojaat qiladigan tuman (shahar) bo‘limlarida ish hajmining to‘g‘ri taqsimlanmaganligi sababli noqulayliklar va sansolarliklar yuzaga kelmoqda. Ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish zarurligi e’tiborga olinib, ushbu yo‘nalishda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuni talablari yetarli darajada bajarilmayotgani ko‘p jihatdan asosiy vazifasi murojaatlar bilan ishlash hisoblangan aniq tarkibiy tuzilmaning yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Buning oqibatida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Shu munosabat bilan farmonda Ichki ishlar vazirligining Jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Aholi hamda jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikni ta’minlashda ichki ishlar organlari faoliyatining ochiq va oshkoraligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki ishlar organlari binolarining shaharlar va tuman markazlarida joylashgani olis aholi punktlarida yashayotgan fuqarolarga qator noqulayliklar tug‘dirmoqda. Shu sababli ichki ishlar organlarini aholiga yaqin bo‘lishini ta’minlash maqsadida ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)dan uzoqda joylashgan aholi punktlarida qo‘shimcha 175 ta shahar (shaharcha) ichki ishlar bo‘limlari (bo‘linmalari) va 824 ta tayanch punktlari tashkil etilmoqda.
Farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajarish bo‘yicha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish maqsadida Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
12-Mavzu:“Vatan olidagi burch va mas’uliyat hissi.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarish ularning farzandlik burchi ekanligini uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “O`zbekistonimiz bayro`i ilohim jahon uzra yuksaklarga ko`tarilaversin!”
O`qituvchi:
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i, o`z ko`rinishiga ko`ra, butun uzunligi bo`ylab o`tgan to`q moviy rang, oq rang va to`q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Bayroqning o`rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o`tkazilgan. Bayroqning yuqori qismidagi moviy rang enning yuza tomonida va orqa tomonida, dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o`n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.
O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i tasdiqlanishi munosabati
bilan chop etilgan maxsus namoyishnoma plakatda bunday deyiladi:
“1) Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va
obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni,
halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur
davlati bayrog`i ham moviy rangda edi; 2) Bayroqdagi oq rang-
Muqaddas tinchlik ramzi bo`lib, u kun charog`onligi va koinot
yoritkichlari bilan uyg`unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg`uborlik,
4) Qizil chiziqlar vujudimizda jo`shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir;
6) Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O`zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog`idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir.Bizning o`n ikki yulduzga bo`lgan e’tiborimiz O`zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Davlat bayrog`imizdagi o`n ikki yulduz tasvirini o`zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o`z tuprog`ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim”.
Topshiriq: “O`zbekiston Davlat bayrog`i- g`ururim” mavzusida insholar tanlovini o`tkazish.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
13-Mavzu: Qonun ustuvorligi jamiyat faravonligining garovi.
Kun shiori: “Har bir bola mustaqil fikrlash huquqiga ega”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z huquqlarini bilishi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “Bolalar huquqlari to`g`risida Konventsiya”
O`qituvchi:
1989 yil 20 noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Bosh Assamblyeyaning 44/25-Rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1992 yil 9 dekabrdagi № 757-XII Qarori bilan mazkur Konvenstiyaga qo`shilgan.
1994 yil 29 iyundan Konventsiya O`zbekiston Respublikasida kuchga kirgan.
Bolalar huquqlari to`g`risida Konventsiya 3 qism, 54 moddadan iborat.
Bola huquqlari hamma ishtirokchi davlatlarda asosiy o`rinda ekanligi bilan ajralib turadi.
Konvensiyaga ko`ra, bolalarning ulg`ayishida asosiy mas’uliyat ota-onalar zimmasiga tushadi. Agar, ota-onalar majburiyatlarini amalga oshira olmasalar, davlat ularga yordam qo`lini cho`zadi.
Jiddiy holatlarda davlat bolani ota-onasidan olib qo`yishi ham mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida ham quyidagicha belgilab qo`yilgan:
“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.
Har yili O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabati bilan Yurtboshimiz tomonidan kelayotgan yil nomlanadi. Bunday yilning nomlanishi ham bolalarimizning baxtli kelajagi uchun xizmat qiladi.
Aynan, 2000 yil “Sog`lom avlod yili”, 2001 yil “Ona va bola yili”, 2005 yil “Sihat-salomatlik yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili” har bir yilda Davlat dasturi ishlab chiqilib, yurtimiz bolalarining turmush tarzi, sog`lig`i va kelajagi uchun qayg`urilgan.
Topshiriq:
“SAN” texnologiyasi.
(uchlik-samarali, axloqiy, nazokatli)
Texnologiyaning maqsadi:
O`quvchilarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko`nikmalarini, ishga ma’suliyat bilan yondashuvni shakllantirish, bezash ishlari ko`nikmalarini rivojlantirish.
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:
O`qituvchi o`quvchilar auditoriyasini o`tkaziladigan mashg`ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o`quvchilarni 3 kishidan iborat kichik guruhlarga ajralishlarini iltimos qiladi.
Kichik guruhlarda o`quvchilar quyidagi rollarga bo`linadi:
Rassom, adabiy va badiiy muharrir, dizayner. Keyin har bir guruh vakili o`qituvchi stolidan topshiriqlar yozilgan kartochkalar ichidan bittasini tanlab oladi.
Topshiriqlar quyidagicha bo`lishi mumkin: (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabat bilan)
devoriy gazeta (biror bir mavzuga, bayramga yoki yubileyga bag`ishlangan) eskizini tayyorlash;
bayram (yoki biror-bir tadbir) ga chorlovchi afishaning (masalan, e’lon, tashviqot, taklifnoma) eskizini tayyorlash;
turli tadbirlar (masalan, bayram) ga bag`ishlangan taklifnoma pattalarining eskizi va maketini tayyorlash;
tabrik otkritkalarining maketlarini tayyorlash;
Biror tadbir o`tkaziladigan joyni bezatish eskizlarini tayyorlash.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
14-Mavzu: Terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurashish
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Islom Karimov
O`qituvchi:
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
15-Mavzu: Eng buyuk jasorat
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo`lishlikka undash, insonlarga bo`lgan hurmatni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada:
Islom Karimov
O`qituvchi:
Ko`pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda maydonga otilib chiqish, qahramonlik ko`rsatish — albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g`ayrat-shijoat, eng muhimi, o`ziga, o`zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo`lishi kerak.
Lekin menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo`lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish — haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo`lar edim.
Nega deganda, kundalik hayotda jonkuyar bo`lish, har kuni fidoiylik ko`rsatish, ruhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga ko`tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak, desam, o`ylaymanki, yanglishmagan bo`laman.
Ana shunday vatandoshlarimizdan biri mashhur arxeologik olim, akademik Yahyo G`ulomov edi.
O`z davrining fidoyi allomasi bo`lgan bu insonni men yaxshi bilardim. U o`zining mustaqil fikriga ega, kerak bo`lsa, yuqori lavozim egalariga yoqmaydigan to`g`ri gaplarni ham dadil ayta oladigan ulkan olim edi.
Shoira Zulfiyaning sadoqatga to`la hayoti, nurga yo`g`rilgan ijodini xalqimiz juda qadrlaydi. Shu sabab Zulfiya tavallud topgan 1 mart yurtimizda har yili o`ziga xos she`riyat bayramiga aylanib ketadi.
Ozod Sharafiddinov — hozirgi o`zbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligi, tarjimachiligining yetuk namoyandasi edi. Ellik yildirki, u ijod qilgan, yosh tanqidchi, yozuvchi, olim — tadqiqotchilar ishlarini hanuz sinchiklab kuzatib borgan. Yetmish olti yoshida Ozod Sharafiddinov O`zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, «Mehnat shuhrati», «Buyuk xizmatlari uchun» ordenlari sohibi, O`zbekiston Milliy universitetining Oltin medaliga sazovor bo`lgan professor, qanchadan-qancha medallar, faxriy diplomlar, yorliqlar egasi bo`lgan. O`zbekiston ziyolilari, madaniyatli siymolari Ozod Sharafiddinovni “Ustoz” deydilar.
Ozod Sharafiddinov mustaqillikni intiqlik bilan kutgan, uni hayotining ma`no – mohiyati deb bilganlardandir. Ustoz mustaqillik uchun kurashchilar haqida gapirib, yozib charchamadi. Uning e`tiqodicha, insonning insonligi erk tantana qilgan yurtdagina to`la namoyon bo`ladi. Hayotning qiziq – qiziq qonuniyatlari bor ekan: mustaqillik yillarida O.Sharafiddinovning ruhi tetik bo`ldi, hayotga, istiqbolga muhabbati ortdi. Ammo, jismoniy xastaliklar Ustozni qiynadi… Ruh tetik bo`lsa, jismoniy norasoliklar hech narsa qilolmas ekan.
Ozod Sharafiddinov XX asrda ijod qilgan o`zbek yozuvchilarining aksariyati haqida maqola, tadqiqotlar yaratgan. Uning yozuvchilar haqidagi tadqiqotlari orasida Cho`lpon, Abdulla Qahhor, G`afur G`ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya haqida yozganlari ham salmog`i, ham soni bilan yetakchilik qiladi. So`nggi yillarda Ozod Sharafiddinov nafaqat o`zbek yozuvchilari, tanqidchilari haqida, balki yetuk ziyolilar to`g`risida ham esselar yaratgan.
Bibliografiyada O.Sharafiddinovning 30 ga yaqin kitobi, 600 dan ortiq maqola va tarjimalari haqida qisqa ma`lumot berilgan. Muallif bitta maqola, tadqiqot, portret, esseni yozish uchun o`nlab badiiy, qanchadan – qancha ilmiy asarlarni o`qib, o`rganib chiqqan. Ba`zi maqolalarni chop ettirguncha, ba`zilarini e`lon qilgach, qanchadan – qancha qarshiliklarni yenggan, ta`na – dashnomlar eshitgan. Xullas, Ozod Sharafiddinov ijodi – munaqqid, tarjimon, ustoz –professorning yarim asrlik yo`li mashaqqatli, murakkab bo`lganligi yaqqol ko`rinadi. Quvonch shundaki, istiqlol tufayli, ijodkor mehnatini qadrlay oladiganlar borligi bois Ozod Sharafiddinov qadr – qimmat topdi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
16-Mavzu:“Mening kelajakdan maqsadim!
.
Kun shiori: “Yangi yilda orzularim olam jahon”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilda ezgu niyatlarni orzu qilishni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “Yangi yil, yaxshi yil ”
O`qituvchi:
Yangi yil bayrami bizda har yili 31-dekabrda nishonlanadi. Lekin ushbu bayram turli davlatlarda turlicha urf-odatlar asosida nishonlanar ekan. Bilishni istaysizmi? Qadimda… 13 yanvar kuni ko’pgina xristian diniga e’tiqod qiluvchilar davlatlarda «Eski yangi yil» bayrami nishonlanadi. Bu ham yangi yilning bir ko’rinishidir. Qadimgi Misrda yangi yil bayrami Nil toshqini bo’lgan kunda nishonlanar edi. Bu ko’pincha sentyabrning oxiriga to’g’ri keladi. Nil daryosining toshishi misrliklar hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ularning fikricha, shu kunlarda quyosh xudosi Amon o’z xotini va o’g’li Binn bilan daryodan suzib o’tishadi. So’ng yana ibodatxonaga qaytishadi. Shuning uchun ham ular bu kunni bayram sifatda nishonlashagan. Bobilda esa yangi yil bayrami bahorda nishonlangan.Bu vaqtda qirol mamlakatni tark etadi. Xalq esa o’zlari xoxlagan yumushni bajarishadi. Qirol qaytib kelishi bilan aholi o’z ishi bilan shug’ulanadi. Rimliklar uzoq vaqtlargacha yangi yilni birinchi martda nishonlab kelishgan. Eramizdan avval 46 yilda Yuliy Sezar yangi taqvim joriy etgan. Shundan keyin yangi yil 1 yanvarda nishonlana boshlandi. «Yanvar» so’zi Rim hudosi Yanus nomiga qo’yilgan. Rimliklarning fikricha, u ikki boshga ega bo’lib, biri yangi yilga, ikkinchisi bilan eski yilga qarab turgan. Rim yangi yil festivali Kalends deb nomlangan. O’damlar shu kunlari bir-birlariga sovg’alar ulashishadi, bayramni nishonlashadi. Keltlar(hozirgi Fransiya va Angliyaning bir qismida yashovchi aholi) yangi yilni oktyabrning oxirida nishonlashgan. Ularning bayrami Samheyn deb nomlanib, «yil yakuni» degan ma’noga ega. Keltlar shu kuni barcha ruhlar tirilishiga ishonishgan. Bugungi kunda… Avstraliya. Yangi yil Avstraliyada 1 yanvarda nishonlanadi. Bu erda shunchalik issiq bo’ladiki, qorbobo va qorqiz bayramda cho’milish kiyimida sovg’a ulashishadi. Indoneziya. Indrneziyada yangi yilni oktyabrda nishonlashadi. Ular shu kuni o’tgan yildagi ayblari uchun bir-birlaridan uzr so’rashadi. Eskimoslar. Kimdir yangi yilni 1 aprelda, kimdir oktyabrda, yana kimdir yanvarda nishonlashadi. Eskimoslar uchun esa birinchi qor yoqqan kun yangi yil hisoblanadi. Birma. Birmada yangi yil bayrami aprelda nishonlanadi. Buni boshqacha qilib suv bayrami deb atasa ham bo’ladi. Hatto Tinjon deb atalgan suv estivali ham o’tkaziladi. Birmaliklar bir hafta davomida bir-birlarini suvga bo’ktirishadi. Xitoy. Xitoyda yangi yilni raketalar va xlopushkalar sadosi ostida kutib olishadi. Avvallar bunday vositalar bambukdan qilinar edi. Xitoyda yangi yil bayramining birinchi kunida janjallashish ta’qiqlangan. Italiya. Yangi yilda Italiyada bo’lsangiz uylarga yaqin yurmang. Chunki ular shu kecha eski buyumlarini derazadan uloqtirishadi. Italiyaliklarning fikricha, qancha ko’p narsa otsang, yangi yilda shuncha ko’p boylik keladi. Shuning uchun boshingizga hatto shkaf ham tushishi hech gap emas.
Topshiriq: Yangi yil orzularingiz?
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, talabchanlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
17-Mavzu: Xalq tinchligi uchun barcha mas’ul.
Kun shiori: “Harbiylik – mardlar kasbi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga ekanligini uqtirish, har bir shaxs jinsidan qat’iy nazar kasb egasi bo`lishiga haqli ekanligini singdirish, Vatan himoyachilariga bo`lgan hurmat va iftixorni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “Mardlar qo`riqlaydi, Vatanni!”
O`qituvchi:
Demak, harbiy bo`lishni istovchi yoshlar safi yil sayin kengayib bormoqda. Muhimi, ularning orzulari amalga oshmoqda. Harbiy xizmat oilaviy kasbga aylanib, harbiylar sulolalari paydo bo`layapti. Istiqlol tufayli harbiy xizmat sharafli kasbga aylandi. Yoshlar harbiy kasbga katta havas va qiziqish bilan qarashmoqda. Bu oddiy qiziqish emas, ulardagi vatanparvarlik tuyg`usining yuksakligi hamda Vatan tinchligi va daxlsizligi uchun o`zlarini mas’ul deb bilishlarining ifodasidir.
Topshiriq: “Orzuga ayb yo`q” mashqi. Harbiy bo`lish har bir yigitning orzusi, armiyaga borgan har yigit qizlarning hurmatiga sazovardir. Fikrimga qo`shilasizmi? Fikrlar maydoniga marhamat.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
18-Mavzu: Din va axbort iste’moli madaniyati.
Kun shiori:»Internetdagi tahdidlardan himoya»
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
19-Mavzu: “Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.
Kun shiori: Korupsiya taraqqiyot kushandasi
Maqsad: O’quvchilarni korrupsiyaga qarshi kurashishga o’rgatish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston bojxona xizmati faxriylari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Bu illatga qarshi kurashish – mamlakatimizda jadal sur’atlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishning muhim vositalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Mamlakatimizda mazkur illatga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur qonun qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu qaror bilan 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 50 dan ortiq muhim chora-tadbirlar o‘z ifodasini topgan.
Davra suhbatida bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida qonunbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda bojxona organlari saflarini nopok xodimlardan tozalash borasida aniq yo‘nalishga ega bo‘lgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Toshkent-Aero” IBK tomonidan 2017-yilning o‘tgan davri mobaynida 80 ga yaqin profiklatik ma’ruzalar, uchrashuvlar, individual tartibda tarbiyaviy ishlar va suhbatlar o‘tkazilgan. Xodimlar xizmat davomida zimmasiga yuklangan vazifalarni qay darajada ado etayotganligi, hushyorligi va ogohligini sinovdan o‘tkazish maqsadida turli tekshiruvlar doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilmoqda.
Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
20-Mavzu: “Buyuk qadriyatlar yaxshilikka yetaklar.
G`ashlik qilma, to`rt yonni ham yoritarkan toj.
Axir nonga musulmonu kofir birday och.
Halima Xudoyberdiyeva
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O`qituvchi:
(Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari-199-201 -betlar)
Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
( Z.M. Bobur tavalludi munosabati bilan)
Kun shiori: “14 fevral O`zbekiston Respublikasida unutilmas sana- Z.M.Bobur tavalludi kuni”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, Bobur bobomizga va uning ijodiga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “Farg`onalik Zahiriddin Muhammad Bobur – Sharqdagi uyg`onish davrining eng atoqli siyosat va madaniy arboblaridan biridir” S.P.Tolstov
O`qituvchi:
Bobur shoh yashagan o`sha ziddiyatli, beomon, besaranjom zamonda davlatni boshqarish uchun jasur sarkarda bo`lish juda muhim edi. Tabiat Bobur shohga ana shunday xislatni in’om etgan edi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib suvori, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg`ayratlik, epchillik mujassam edi. Epchillikda unga teng keladigan odam kamdan kam topilgan. Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniy jihatdan ham shunday baquvvat bo`lganki, ikki qo`ltig’iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o`limga tik qarash, o`ziga va o`z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo`lgan. Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o`z orqasidan ergashtirish imkonini bergan. Bobur kimlar bilan janglarda to`qnash kelgan bo`lsa, ularning tajribalarini o`rgangan.Shayboniylardan urushning “to`lg`ama” usulini, mo`g`ullardan pistirma qo`yish, afg`onlardan poroxli miltiq ishlatishni o`rgangan.
Zahriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda, yirik tarixchi olim hamdir.Uning nomini abadiylikka muhrlagan asar “Boburnoma”dir. Bu asar-Movarounnahr, Afg`oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi. Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493-1529-yillar oralig`ida bo`lib o`tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi.
Bobur shoh 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi “Bog`i Orom ”ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko`ra, bir necha yildan so`ng Bobur shoh jasadi Kobuldagi “Bog`i Kalon”ga ko`chiriladi. Bu bog`ni Boburning o`zi katta mehr bilan obod qilgan edi.
Keyinchalik bu bog` “Bog`i Bobur” deb atala boshlangan.
Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga munosib hukmdorlarning yorqin namoyonlaridan biridir.
Bobur bobokaloni Amir Temurdek bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor bilan qaragan davlat arbobi edi.
O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarori:
*1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlansin.
Boburning buyuk xotirasini ulug`lash yo`lida katta ishlar amalga oshirilsin.
Andijonda Bobur haykali o`rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi.
“Bobur milliy bog`i” va shu bog` qoshida “Bobur va jahon adabiyoti” nomli muzey tashkil etildi.
Har yili 14-fevral Respublikamizda Bobur tavalludi keng nishonlanadi.
Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasi bo`lganida ham Vatan xayoli, ayriliq alami Bobur Mirzoni aslo tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlarni bitgan edi:
Yana mahrumi xonumon qilding,
Yana ovorayi jahon qilding.
Tole yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig` bo`ldi.
O`z yerni qo`yub Hind sori yuzlandim,
Yorab netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.
Topshiriq: O`quvchilar Z.M.Bobur bobomizning “Boburnoma” asarini tahlil qiladilar.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
21-Mavzu: Kiber makon va biz.
Kun shiori: “Fan-texnikaning rivojlanishi insoniyatning ko`pgina ishlarini yengillashtirdi”
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, bunda bizdan kuchli bilim talab qilinadi.
O`qituvchi:
XX asrning o`rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz oshdi darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o`zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg`unlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asrning 40-yillarining oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi natijasida fanning o`zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o`zgarishlari vujudga keldi. Natijada har 10-15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki, XX asrning 70-yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % idan ko`prog`ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o`sish foizi aholining o`sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.
Natijada XX asrda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo`yicha ilmiy muassasalar tashkil bo`la boshladi hamda yangi nomdagi fan yo`nalishlari va ularga xos ta’lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika, matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo`nalishlaridir.
Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borishi bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirgunlarigacha hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo`lishlari lozim.
Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o`rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg`or fan va texnika-texnologiyalar tufayli inson atrof-muhit bilan faol hamkorlikda bo`ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli ko`rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo`ldi.
Hozirgi kunda kompyuterlar qo`llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko`maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqishi bilan juda ko`p imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Topshiriq: O`quvchilardan quyidagi savolga javob berish so`raladi: Fan-texnikaga nisbatan qanday tarbiyaviy ahamiyat talab etiladi?
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
22-Mavzu: Axborot asri tahlikalari
Kun shiori: Internetdan himoya choralari
Maqsad: O’quvchilarni internetdan to’g’ri oqilona foydalanishni o’rgatish
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Movarounnahr” nashriyotida 372 sahifa hajmida 3000 nus’hada chop etilgan “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi bilan boyitildi.
Aydarbek Tulepovning mazkur kitobida, asosan, internet orqali amalga oshirilayotgan tahdidlar, yoshlar ongiga salbiy ta’sir etayotgan buzg‘unchi g‘oyalar va “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning salbiy oqibatlari aniq dalillar va hayotiy misollar asosida yoritilgan. Bunday tahdidlarga qarshi kurashish va yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish asoslari milliy va diniy jihatdan bayon qilingan. Shuningdek, buzg‘unchi g‘oyalarning asl qiyofasi hayotiy faktlar, savol-javoblar va psixologik testlar orqali batafsil ifodalangan.
Qo‘llanma o‘n bobdan iborat bo‘lib, sog‘lom e’tiqodga tahdid, jahon axborot tarmog‘idagi fitnalar huruji, bekorchilik va buzuqlik to‘rlari, ijtimoiy tarmoqlar tahdidlari, kiberterrorchilik, kompyuter o‘yinlari manqurtlik vositasi, axborot asri tahlikalari, virtual muloqot vositalari, texnika taraqqiyoti tahlikalari, axborot xurujidan himoya kabi global maummolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga bag‘ishlangan.
Kitobning har bir sahifasida kitobxonlarni haq yo‘lga boshlovchi, xalqimizning buyuk mutafakkirlari, olimu fuzalolarining dono fikrlari va millatimizga yot bo‘lgan illatlardan himoyalovchi, Internet tarmog‘i orqali xavf solayotgan tahdidlardan ogoh etuvchi qoidalar va ularga nisbatan munosabatlar o‘rin olgan. Har bir mavzuga real voqealarga asoslangan rangli tasvirlangan rasmlar, o‘tilgan mavzular yuzasidan savol va topshiriqlar, mustaqil ish mavzulari, foydalanish uchun tavsiya etiladigan manba va adabiyotlar berilgan.
Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi OTM talabalari, akademik litseylar va kollejlar o‘quvchilari, professor-murabbiylari uchun mo‘ljallangan yordamchi o‘quv qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Unda test savollarining va glossariyning mavjudligi esa yoshlar tabriyasi bilan shug‘ullanuvchilar uchun beminnat ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
23-Mavzu: Ayolga ehtirom!
Kun shiori: “Mehringiz ila bu dunyoni his etamiz, Onajon! ”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda onadan mehribonroq, aziz inson yo`qligi, ularga mehrimiz bir dunyo ekanligi uqtirish, onajonlarga yanada mehribonlik tuyg`ularini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “Ayol dunyoni tebratadi”
O`qituvchi:
MART Bahorning ilk kuni, yosharish va yangilanish demak, yana bu kun o`zbek xalqining qizi, vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim tavallud topgan kun sifatida, biz yurtimizda bu sanani nishonlaymiz.
Uning jahon minbarlaridan yangragan she’rlari Sharq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she’riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan.
Lekin bu murakkab hayot qalbi o`z xalqi va Vataniga mehr-muhabbat bilan to`lib-toshgan, dunyodan ezgulik va go`zallik izlab yashagan bu ayolni hamma vaqt ham ayagani yo`q. Aslida, bu dunyoda ayriliq va hijron azobi barchaning ham boshida bor. Ammo g`am-anduh va hasratlarni matonat bilan yengib, tog`dek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir.
Darhaqiqat, bugun Zulfiyaxonim izdoshlari ko`paygandan ko`payib bormoqda. Ilohim, Zulfiyaxonim ruhlari shod bo`lsin, joylari jannatda bo`lsin va doim shogirdlarining ishlarida ruhlari madadkor bo`lsin.
Hech qachon o`zbek qiz-u, ayollarini sadoqat va vafo tark etmasin.
8-MART bugun onajonlar bayrami
Yo`llariga poyondoz dasta gullar bog`lami!
Ona aziz, ona mo`tabar, ona do`st, ona jismu-jonimiz, o`z jonidan farzandini aziz bilgan zot. Ona ertadan kechgacha farzandi tani-jonini, kamolini Ollohdan so`rab duo qilguvchi zot. Kasal bo`lsang, yoki biror –bir g`amga botsang sen uchun qayg`urgan mehribon zot bu mushtipar onajoning.To`qqiz oy seni vujudida saqlagan, hattoki o`sha davrda ham tug`ilajak farzandini, har qanday balolardan saqlashini so`ragan, uni o`zicha katta bo`lsa farzandim buyuk ishlarga qodir farzand bo`ladi deb, orzu qiladi.Ona bir umr farzandi kelajagi uchun qayg`uradi. Ollohim shunday mehribonki, bandalariga ular uchun o`zidan keyin Onani berdi. Ollohim, Onajonlar umrini ziyoda qil, ular har doim o`zlari tilagan niyatlarini ijobat qil, hech qachon onajonlar bu dunyoda g`am ko`rmasin, ko`rgani yaxshi kunlar farzandlarining kamoli bo`lsin.
Hech qachon eskirmaydigan bu qo`shiq jamiki, farzandlar kalomi bo`lsin:
Men bolangman, tilagingman, jigaringman onajon.
Ishonch tolsang quvvatingman-quvvatingman onajon,
Ko`zlaringda nur kamaysa, nur bo`lurman begumon.
Axir men bolangman,tilagingman,jigaringman onajon,
Ishonch tolsang quvvatingman-quvvatingman onajon,
Qayda bo`lmay chaqir meni, suyan menga begumon,
Axir men bolangman,tilagingman,jigaringman onajon,
Ishonch tolsang quvvatingman-quvvatingman onajon,
Axir men bolangman,tilagingman,jigaringman onajon.
Bu dunyo shunday buyuk daho ayollarni ko`rdi va bular nomlari bir umr tarixda qoldi. Ular bilan tanishtirishni lozim topdik. Chunki shunday go`zal ayyomda ularni eslab o`tish insoniylik burchimiz va faxr-g`ururni uyg`otish va ulardek bo`lishga harakat qilishni orzu qilar.
Dunyo Malikalari :
To`maris; (Masaggetlar malikasi)
Xadicha onamiz; (Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.) rafiqalari)
To`rabek Xonim; (Qadim Urganchda Odilshoh podshoning yakkayu yagona qizi bo`lgan)
Malika Tamara; (Gruzinlar milliy qahramoni)
Go`zal Kleopatra; Misrning ilohiy malikasi.
Janna d* Ark; (fransuz, yuz yillik urush)
Simonetta-Ilhom Parisi;(abadiy sohibjamol bo`lish baxti nasib etgan)
Go`zal Malika Nefertit; (Misr)
Yekaterina II;(asl ismi Sofiya- Avgusta- Fredarika; Yevropaning Shtiten shahri, Angalt-Sterbskaya malikasi)
Raqqosa Nigina; (Xorazmshohlar saltanati; Temur Malik unga befarq bo`lmaganlardan)
Saroymulk Xonim; (Bibixonim; Sohibqiron Amir Temur)
Turkon Xotun;(Hukmdor; Xorazm shohi Alovuddin Muhammad onasi.)
Afsungar Qirolicha; (Yekaterina; Fransiya)
Shahzodaning Kanizagi;(Amur Temurning suyukli nabirasi Xalil Sulton Mirzo oshiq bo`lgan qiz Shodmulk)
Gavharshod Begim;(Shohruh Mirzoning suyukli katta xotini;)
Ulug` Beka;(Xadicha begim Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning suyukli xotini;)
Xonzoda Begim;(Umar Shayx Mirzoning qizi, Bobur Mirzoning opasi; Shayboniyxon rafiqasi)
Gulbadan Begim; (Zahriddin Muhammad Boburning Dildor begim ismli xotinidan tug`ilgan uchunchi qizi, “Humoyunnoma”)
Muhabbat Qasri;(Arjumand bonu- Mumtoz Mahal begim; Shoh Jahon; “Toj Mahal”)
Saroyning Nuri; (Nurjahon begim Boburiy shahzodalardan uchinchisi-Jahongirshoh (Salim) ning ikkinchi xotinidir)
Jahonoro Begim; (Shoh Jahonning katta qizi;ilm-fan)
Zebunniso Begim;(Avrangzeb qizi;shoira)
Nell Gvin;(London;aktrisa)
“Argentina Madonnasi”;(aktrisa; ismi Evita)
“Temir Xonim” yoki dunyoning kuchli ayoli;(Buyuk Britaniya; sobiq bosh vazir, siyosatchi-Margaret Tetcher)
“Asrning eng mashur ayoli”; (XX asr; Merilin Monro;aktrisa; sirli o`lim topgan)
Indira Gandi;(Hindiston; siyosatchi)
Uch Asr Qurolichasi;(Go`zal Yelizaveta; Buyuk Britaniya)
Mehr- Shavqat Malikasi;(Ona Tereza; to`liq ismi; Agnes Bojaksua; Makedoniyalik)
Opera Qo`shiqchisi:Mariya Kallas;(N’yu York)
Buyuk Britaniya Qirolichasi;(Yelizaveta II Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya)
Go`zalik Timsoli Bo`lgan Aktrisa;(Sofi Loren; Rim; “Oskar” mukofoti sohibasi ikki marta)
Elizabet Teylor;(Amerikalik; aktrisa)
Benazir Bxutto;(Pokiston; siyosatchi; bosh vazir)
Malika Diana;(Diana Uelsk; ilhom manbai va g`amxo`rlik ramzi; shaxzoda Charlz; Britaniya).
O`zbegim Malikalari:
Qurbonjon Dodxoh: O`zbek general ayoli.
Uvaysiy:Shoira.
Nodirabegim: Shoira.
Zulfiyaxonim: Vafo va sadoqat ramzi.
Xadicha Sulaymonova:Birinchi o`zbek olimasi.
Lutfixonim Sarimsoqova:Ona obrazi timsoli.
Maryam Yoqubova:Aktrisa.(O`zbek oyim. “O`tgan kunlar”)
Mukarrama Turg`unboyeva:O`zbek raqs qirolichasi.
Saodat Qobulova:San’atshunos,professor.
Dilorom Toshmuhammedova:Spiker.
Gulnora Karimova:Fond-Forum Vasiylik kengashi Raisi, xayrli ishlar tashkilotchisi.
Rimma Ahmedova:Dublyaj malikasi.
Oybarchin Bakirova:Dublyaj malikasi.
Galiya Izmayilova:Balerina.
Munojat Yo`lchiyeva:Maqom qirolichasi,benazir ovoz sohibasi.
Olmaxon Hayitova:Xorazm malikasi.
Nasiba Abdullayeva:Estrada malikasi.
Nasiba Qambarova: Suxandon.
Hamma ayollar malika, go`zal va aqlli.
Aziz onajonlar, dilbar ayollar, mehribon opa-singil va qizlarimiz sizlarni yaqinlashib kelayotgan 8-MART bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz, sizlarga uzoq-umr, baxt-saodat ezgu ishlaringizda kattadan –katta zafarlar tilaymiz!
Doimo yuzingizdan tabassum,qalbingizdan mehr, labingizdan kulgi arimasin.
Yana bir bor butun O`zbekiston xotin-qizlarini qutlug` ayyom bilan muborakbod etamiz!
Baxtimizga doim omon bo`linglar!
Topshiriq: “Mehrim sizga atalgan” mavzuda dil izhori. Bunda har bir o`quvchi o`zining mehribon onajonisi, buvijonisi, opa-singilisi, amma-xolasiga va ayol ustozlariga qalbdan chiqqan tabriknomasi oq qog`ozga tushiriladi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
25-Mavzu: Milliy uruf-odat va an’analarimiz
Islom Karimov
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
O`qituvchi:
(Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. )
Topshiriq: “Davra suhbati”. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va an’analarimiz bor.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
26-Mavzu: Amir Temur va jahon madaniyati.
Kun shiori: “Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi”
Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Buyuk Sohibqironga bo`lgan hurmatlarini rivojlantirish, Amur Temur haqida g`urur va iftixor tuyg`ularini singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: „Tengi yo`q Sohibqironi bor, o`zbekning“
O`qituvchi:
Amir Temur siymosi.
Turkiston amirlari o`rtasida bo`lgan kurashlarda g`olib chiqqan Amir Temur 1370 yil 9 aprel kuni, bu-Qur’oni karim nozil etilgan ramazon oyi o`n ikkinchisida, chorshanbai murodbaxshda yuz berdi,- Turkiston taxtini egalladi. Shunda Amir Temur 34 yoshga kirgan edi. Amir Temur XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshida jahonda siyosiy iqlimni belgilashda katta nufuzga ega bo`lgan siymo darajasiga ko`tarildi, jahon tarixiga ta’sir o`tkazuvchi davlat arbobiga aylandi.
Chindan ham, o`rta asrlar sharoitiday murakkab bir davrlarda yashab, o`zining jon huzurini emas, balki dastavval Vatan ravnaqi g`amini chekish, parokanda yurtni birlashtirish, ilmu fan homiysi-yu bunyodkor bo`la olish Amir Temurning favqulodda bir shaxs ekanligini ko`rsatadi. Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi. Amir Temur ordeni, Amir Temur haykallari,Amir Temur va temuriylar muzeyi, Amir Temur ko`chasi, Amir Temur bekati, Amir Temur mahallasi, Amir Temur mavzesi, Amir Temur nomli maktab, Amir Temur guruhi. Shundan xulosa qilishimiz kerakki, millat, xalq, yurt, vatan uchun xizmat qilgan, kerak bo`lsa jonini fido qilganlar mana shunday ulug`lanadi.
XALQ YARATGAN DAHO
XX asr o`zbek adabiyotida Amir Temur uchun kuyib-yonganlardan va ehtimol, birinchisi-otashin ma’rifarparvar adib Abdurauf Fitratdir. “Temur oldinda” maqolasida Sohibqiron maqbarasini ziyorat etgan adib ko`nglida nechog`lik hayojanli tuyg`ular kechganligining guvohi bo`lamiz: “Sening ziyoratingga keldim, sultonim!..-deb hayqiradi adib.- Ulug` xoqonim! Turklik sharafi talandi. Turkning nomusi, e’tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyog`lari ostinda qoldi. Turkning yurti, ulog`i, o`chog`i, Turoni yot qo`llarga tushdi! Xoqonim! Turklikka xiyonat qilganlar turk bo`lsalar ham qonlarini oqitmoq sening muqaddas odatingdur, yotma, tur! Sening omonatingga xiyonat qilganlarni ez, ur, o`ldir! Men uch kunlik umrimni tinchgina o`tkazmakchi bo`lmasa erdim, shularning birortasi bo`lmas edi. Men qo`limga topshirdig`ing qilichni tashlab, cholg`uni olmasa edim,Turonim talanmas edi… Ey arslonlar arsloni! Menim yozuqlarimdan o`t, mening qo`limni tut, belimni bog`la, muqaddas fotihangni ber! Sening dunyoga sig`magan g`ayratingga ont ichamanki, Turonnning eski sharaf va ulug`ligini qaytarmasdanburun oyoqdan o`tirmasman! ” (“Hurriyat” gazetasi, 1917 yil 31 oktabr soni).
SOHIBQIRON FARZANDLARI
Amir Temurning to`rt o`g`li va ikki qizi bo`lgan. Farzandlar- o`g`illar ham, qizlar ham harbiy san’at sirlaridan yaxshi xabardor bo`lishgan. Jahongir Mirzo Amir Temurning Turmush oqa degan xotinidan dunyoga kelgan. Jahongir Mirzoning singlisi Oqa Begi xonim bo`lgan. Amir Temurning yana Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo singari o`g`illari, Sulton Baxt begim degan shaddod qizi bo`lgan.
Sohibqiron mehribon ota, qattiqqo`l murabbiy sifatida barchasini diqqat markazidan qochirmasdi.
Topshiriq: Amir Temur bobomiz haqida yozilgan asarlardan birini tahlil qilish. Bu bilan o`quvchilarda vatanparvarlikni rivojlantirish, Amir Temurga bo`lgan g`urur va faxrlanish yanada kuchli bo`ladi va tarixiy asarlarga, kitoblarga yanada qiziqish uyg`onadi . Masalan: O`zbekiston xalq yozuvchilari Pirimqul Qodirovning “Buyuk siymo”, Muhammad Alining “Sarbadorlar”, Nurali Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich” kabi. MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
28-Mavzu: Kompyuter o‘ynlari manqurtlik vositasi
Kun shiori: “Ogohlik va hushyorlik har qanday davrda, har qanday vaziyatda davlat, jamiyat va inson uchun eng muhim vazifa hisoblanadi” Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har doimo sergak va ogoh bo`lishlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O`qituvchi:
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
32-Mavzu:“Men sevib o‘qigan kitob”
Adabiyot — qalbni tarbiyalaydi, ongu shuurni charxlab, ruhni oziqlantiradi. Shu bois hamisha unga ehtiyoj bor. Garchi inson zoti moddiy manfaatlar, zamon yangiliklari izmiga osongina tushib borsa-da, alal oqibat zerikadi, asl о‘zligini sog‘inadi, unga qaytishni istaydi. Ana shunday paytda adabiyotning qadri bilinadi, uning zarurati anglanadi. Zotan, yaxshi kitob kishining kо‘ngil oynasini poklaydi, uni fikrlashga, tushunishga undaydi.
Taniqli adabiyotshunos olim, zabardast tarjimon va adib Ibrohim о‘afurov bilan mutolla zavqi, mashaqqati va zarurati haqida, о‘zbek va jahon adabiyotining buguni va ertasi, mutarjimlik mahorati xususida suhbatlashdik.
— Men umri davomida umuman kitob о‘qimagan odamni tasavvur qila olmayman. Har kim turli maqsadlarda baribir qо‘liga bu ne’matni oladi. Kim uchun mutolaa bilan shug‘ullanish kо‘ngil ishi, yana kim uchundir shunchaki ermak, yana birovlar uchun zarurat. Hatto ayrimlar kitobni uyqu dorisi bilan tenglashtirisharkan. Yaxshi badiiy asar topa olmaganida, hech bо‘lmasa, lug‘at о‘qib fikrini charxlaydiganlar ham yо‘q emas. Yana ayrimlar obrо‘ uchun, dо‘st-yorlaridan qolishmaslik uchun о‘qiydi. Siz-chi? Siz nima uchun kitob mutolaa qilasiz?
— Vaqt ziq. Vaqt yо‘q. Imkon topilmaydi. Imkon yо‘q. Kitob о‘qish esa faqat… Rostdanam kitob о‘qish uchun juda kо‘p vaqt kerak. Ammo vaqt “defitsit” bо‘lgan hozirgi zamonda uni qayerdan olasiz? U har bir kishiga oxirgi daqiqasigacha о‘lchab berilgan: soniya soniyasigacha.
Yaqinda musofirlar va muhojirlar hayotidan yozilgan hammasi boshdan oyoq hayotiy faktlar, hayotiy, ya’ni aslida bо‘lib о‘tgan, minglab odamlar о‘z boshidan kechirgan bir kitob о‘qidim. Menga butunlay notanish, alam-uqubatlar, xorlik, xо‘rlik, zо‘rlik, ojizliklarga tо‘la voqealar, muallif qon yig‘lab yozgan. Vaqtni aytaman-da, men uni har kuni ikki-uch soatdan vaqt ajratib bir hafta sakkiz kun deganda о‘qib bitirdim. Keyin kitobdan olgan turli taassurotlarimni ichimga sig‘dirolmay birodarim shoir Tursunboy Adashboyevga qо‘ng‘iroq qildim. “E, omon bо‘ling, — dedi Tursunboy ma’sum bolalarcha quvonib (ma’sum bolalarcha quvonadigan yoshi yetmishdan oshganlar har qadamda ham uchrayvermaydi) — Men siz aytgan kitobni birovdan bir kechaga tilanib olib, bir kechada о‘qib chiqdim. Noyob kitob!” Mana, men sakkiz kunda о‘qigan kitobni Tursunboy Adashboy bir kechada о‘qib tushiribdi. Kitobni mana shunday “illo-billoga keltirmay” tez о‘qiydigan kishilarga juda havasim keladi ilgarilardan. Tez о‘qiydiganlar yozuvchi, jurnalistlar orasida ancha-muncha topiladi. Ahmad A’zam, Murod, Erkin, Mahmud, Olim Otaxon, Ahmadjon Meliboyev va yana ancha kazo-kazolar kitobni suvday shimirib bir pasda о‘qib qо‘yadilar. Ularning har birining о‘zining tez о‘qish va shunday tez uqish usullari bо‘lsa kerak.
Chunonchi, bir “kitob jinnisi” deb nom chiqargan dо‘stimning “usuli” shunday: (dо‘stim sexning sirini ochayotganimni kechirsin) — u qо‘liga tushgan har qanday kitobni hech paysalga solmay darhol annotatsiyasini о‘qiydi. Sо‘zboshining boshi va oxirini kо‘zdan kechiradi, darhol mundarijaga о‘tadi, batafsil tanishadi, yana boshiga qaytadi, tekstdan bir-ikki xatboshini kо‘radi, kitobning о‘rtasini ochadi, bunda ham bir-ikki xatboshi bilan tanishadi, nihoyat asarning oxirgi sо‘zlarini nazardan kechiradi: bu oralarda tinmay “himm-himm” deb qо‘yadi. Mana shu tariqa u uzog‘i bilan bir soat ichida о‘nlab о‘zi uchun yangi bо‘lgan kitoblar bilan tanishib chiqadi. Sо‘ng davralarda doim shu kitoblar haqida о‘z fikrini bildiradi. Ammo qoyil qolaman: tutilmagan, “tesha tegmagan” fikrlar aytadi.
Boshqa bir dо‘stim kitoblarni turli lug‘atlar qurshovida о‘tirib о‘qiydi. “Kitob о‘qiladigan muhit va sharoit bо‘lishi kerak” deydi va shunday ajoyib lug‘atlar bilan qurshalgan muhitida juda sinchiklab kitob о‘qiydi, о‘ziga notanish sо‘zlar, iboralarni yozib boradi, lug‘atlaridan ularning ma’nolarini aniqlashtiradi va bularni ham daftariga hafsala bilan qayd etadi, tagiga о‘z shaxsiy mulohazasini ham qayd etadi. Boshqa bir dо‘stim esa kitobni yaxshi kо‘radi, ammo kitobni vaqt о‘tkazish uchun о‘qiydi, uning kitob о‘qishi ermakka о‘xshaydi, о‘qigan kitoblari ustida juda kam gurunglashadi, chamasi kitob haqida boshqalar bilan gurunglashishni juda zerikarli ish deb biladi yoki buni foydasiz deb qaraydi.
Yana bir dо‘stim muk tushib tarix haqidagi kitoblarni о‘qiydi. Ularni hafsala bilan qayta bayon qilib chiqadi, usullari va yо‘llari naqadar rang-barang! Dunyoda qancha kitob о‘qiydigan odam bо‘lsa, kitob о‘qish usuli ham shuncha. Bu kitob о‘qish usullarini yozaversak, gap uzayib ketadi. Ammo bayon etilgan misol uchun keltirilgan usullarga e’tibor bering-a: bu о‘qishlarning qariyb hammasi о‘qishdan kо‘ra ijodga о‘xshaydi, ijod qilib о‘qishga yoki ijod darajasidagi о‘qishga о‘xshaydi yoki ayni ijodning о‘zi yoki ijodning о‘qish turi. Bu о‘qishning eng samarali, kо‘p foydalar keltiradigan usuli. Bunday о‘qishda odam tinimsiz boyib, fikran va ma’nan о‘sib boradi.
Umuman, taqriban olganda, odamlar kitob о‘qishga ehtiyoji bor odamlar va kitob о‘qishga ehtiyoji yо‘q odamlarga bо‘linadi. Bularning psixologik asoslarini qidirib topish va uzoq bayon etish mumkin. Ammo gap chо‘zilib ketadi-da, vaqti ziq о‘quvchimizni zeriktirib qо‘yamiz. Illo har birimiz boshqa har birimizning vaqtini qadrlashimiz kerak. Oxir oqibatda bu о‘z jonajon vaqtimizni qadriga yetish bilan barobar, odamlar aro eng olijanob madaniy-axloqiy munosabatlarning biri va balki asosiysi.
О‘qishga ehtiyoji bor odam bu — Napoleon. Ehtiyoji bо‘lganki, vaqti nihoyatda ziq bо‘lishiga qaramay nemis yozuvchisi Hyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romanini juda katta qiziqish va qunt bilan о‘qib chiqqan va Germaniyaga kelganida adibni huzuriga chorlab unga asar haqidagi taassurotlari hamda fikr-mulohazalarini jо‘shqinlik bilan bildirgan. Bо‘lmasa Napoleon qayda-yu “Verter” qayda? Ehtiyoj bо‘lganki, imperator va yozuvchi kitob ustida bir stol atrofiga о‘tirishgan.
Yaqinda taniqli faylasuf olim Tilab Mahmudov bilan uning umr yо‘ldoshi hurmatli, e’tiborli jurnalist qalamkash Dilbar Mahmudovaning “Umr lahzasi” degan maktublar majmuasini kо‘rdim. Naqadar hayotning qimmatli lahzalariga boy, kishiga bir olam zavq beradigan kitob! Zamon va zamondoshlar, insonning kamolotga yetish pillapoyalari naqadar jonli va maroqli suratlanadi bu qimmatli kitobda! Rosti, men shunday kitoblarni havas qilaman: ular sahifama-sahifa dam achchiq, dam quvonchli insonni insonligini kо‘rsatadigan bebaho tajribalar!
Keyingi uch-tо‘rt yil ichida katta hayot yо‘lini bosib о‘tgan, jamiyatga faol ta’sir kо‘rsatgan xodimlar, jurnalistlar, turli soha egalari, olimlarning hayot tajribalari mualliflarning о‘zlari tomonidan yoritilgan kitoblar о‘qidim. Ularning tirajlari nihoyatda oz.
Lekin inson tajribalari — insonning tug‘ilishi, ne-ne mashaqqatlar, kurashlarda voyaga yetishi, vaqt jarayonlarining guvohliklari nihoyatda qimmatli. Nasllarga bu kabi kitoblar о‘ta foydali. Ehtimol ular qanday halol va qiyinchiliklarda sinmay, о‘z qimmatli e’tiqodlarini sotmay, tovlanmay, turlanmay, tuslanmay kun kechirishga balki о‘rgatadi, balki xayrli ta’sir kо‘rsatgay.
— Chindan ham, ota-bobolarimiz azaldan kitobga о‘zgacha ehtirom bilan qarashgan, farzandlarini ham bu ilm bulog‘iga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalashgan. Ular kitobning mо‘jiza ekaniga, uni о‘qigan odam, boshqalardan, albatta, farqlanishiga ishonishgan. Shundanmi, ilm ahliga havas va ehtirom bilan munosabatda bо‘lishgan. Ammo, bugun-chi? Axboriy texnologiyalarning «piri»ga aylanib borayotgan bugungi avlod nazdida kitob shunchaki moddiy buyum kabi ilohiy mohiyatini yо‘qotib borayotgandek…
Bunday kitoblar esa hech qachon mohiyatini ham, ahamiyatini ham yo‘qotmaydi. Aristotelning “Poetika”sini insoniyat ming yillardan buyon oldiga qo‘yib o‘qiydi va hamon undan zerikmaydi. Hamon uning san’at tabiatga taqliddan tug‘iladi degan fikri tirik va butun g‘arb falsafasi, estetikasi oqimlari hamon shu g‘oyaning ma’no va mazmun tarmoqlari ustida bosh qotirib, minglab jild asarlar yaratib keladi. Bir taqlid degan narsa ustida-ya! Yoki bundan besh ming yil ilgari bir kitobda “O‘zingni angla!” degan fikr aytilgan ekan. Oradan ko‘z ilg‘amas zamonlar o‘tib ham haligacha insoniyat bu g‘oyadan nariga o‘tgani yo‘q, undan yaxshirog‘ini o‘ylab topolgani yo‘q. qanday qilib kitob mohiyatini yo‘qotsin? Hech qachon bunday bo‘lmaydi. Insoniyat bor ekan, kitob doimiy so‘raladigan narsa bo‘lib qolaveradi.
Insoniyatning azal ongida “Lavhul mahfuz” degan samoviy kitob tasavvuri bor. Insoniyatning asotiriy tasavvuriga ko‘ra u fusunkor koinot qa’rlarida, balki Somon yo‘li qo‘ynida bepoyon kenglikda turadi. Insoniyat tasavvurida uni Xudoning o‘zi yozgan va barcha zamonlarda o‘tadigan barcha odamlarning taqdirlari, koinotning qismati bitilgan. Bu yog‘iga chuqurlashmay qo‘ya qolaylik. So‘z uzayib ketadi.
Aytmoqchi bo‘layotgan fikrim shuki, kitob degan narsa insoniyatning azal ongida tug‘ilgan. Bu sababsiz bo‘lmasa kerak. Demak insoniyat ongida kitob g‘oyasi azaldan bor, u odamzodning o‘zi bilan birga tug‘ilgan, odamzodni boshqaradigan boshmiyasining shakli-shamoyili, ishi-xushi ham ayni kitobning o‘zi. Kitobning mohiyati haqidagi so‘zni shu yerda to‘xtataylik. Kitob insoniyatni qutqargan, bundan keyin ham qutqaradi.
— Yuqoriroqda kitobni bir maqsad bilan о‘qish haqida biroz gaplashdik. Pala-partish duch kelgan qо‘liga tushgan kitobni bekorchilikdan о‘qib ketaveradigan odamlar ham uchrab turadi. Misolni о‘zimdan olsam, kitobni bolalik chog‘larimda bola va о‘quvchi sifatida о‘qirdim. Menga juda qiziq tuyulardi, taassurotlar qidirardim, kitoblarda tasvirlangan hayot kо‘z о‘ngimda kechayotgan bir tusdagi hayotdan cheksiz boy bо‘lib, qiziq bо‘lib tuyulardi. Kitoblar hayotdan kо‘ra boyroq va jozibaliroq deb о‘ylardim.
О‘zi aksincha hayot hamma narsadan kо‘ra boyroq va cheksizroq va birlamchi qimmatga ega. Ammo har bir yangi chin kitob hayotni va u haqdagi tasavvurlarni benihoya boyitadi, kitob hayotning eng yashirin qa’rlarigacha qaray oladi. Eng yashirin aql bovar qilmaydigan hodisalarni ham tasvirlab bera oladi. Shuning uchun “Anna Karenina” yoki “Telba”ni о‘qisangiz, kitob hayotdan ancha boyroq bо‘lib kо‘rinadi. hozir kitoblarni adabiyotshunos, tarjimon, qalamkash sifatida о‘qiyman. Zamonlarning qiziqishlari о‘zgarib turadi.
56-yillar universitetning birinchi kursida о‘qiyotgan paytlar rus adabiyotining Garshin, Uspenskiy, Goncharov, Grin, Babel, Platonov, Bunin, Korolenko, Gorkiy singari yozuvchilari kitoblariga juda qiziqib qoldim. Ularni о‘qisangiz yuragingiz g‘am-alam hasratga tо‘lib ketadi. Alam о‘ziga tortadi va yurakka odamiylik olib kiradi. Bulardan keyin Xemenguey, Folkner, Steynbek, Fitsjerald, Flober, Stendal, Anatol Frans asarlari о‘ziga tortib ketdi. Keyinroq bir necha о‘n yil Janubiy Amerika adiblarining fusunkor asarlari qattiq mashg‘ul qildi. Ulardan keyin to hozirgacha avangard adabiyotining juda ohanrabo namunalaridan insoniyatning ong qarashlari, obrazli, badiiy qarashlarining ajib tarzda о‘zgarib borishlarini muttasil kuzataman. Insoniyat ongi va ong osti о‘zgarishlarini kitoblar juda yaxshi va nozik tomonlarigacha ilg‘ab olib aks ettiradi. Ayniqsa Freyd, Yung, Kant, Nitsshe, Joys, Prust, Kamyu, Markes, Borxes, Sartr asarlari…
— Sizni Joys, Markes, Aytmatov, Dostoyevskiy, Mopassan, Turgenev, Hemenguey kabi adiblarning eng sara asarlarini о‘zbek kitobxonlariga tuhfa etgan tarjimon sifatida taniymiz. Bu xizmatingiz bilan о‘zbek adabiyotiga ulkan xazina qо‘shdingiz. Boz ustiga yosh tarjimonlarimiz uchun katta maktab yaratdingiz. Ammo ortga nazar tashlaganingizda, shu yо‘lda sarflagan kuch-g‘ayratingizni ijodga sarflamaganingizdan afsuslanmaysizmi?
— Har bir kishiga tabiat behad mehribonlik bilan bir yo bir necha iqtidor ato etadi. Qadimgi Yugnakiy yozgan gо‘zal tilimizda “uqush”, “uqar” degan sо‘zlar bо‘ladi. Ular zakovat, farosat, iqtidorni anglatadi hozirgi tilimizda. “uquv” ham deymiz. Rus tilida buni “prizvaniye”, inglizchada “pover” deyishadi. Men tarjimaga birovga ergashib emas, kitob о‘qish orqali borganman.
Juda havasim kelib “Chol va dengiz” о‘zbekchada qanday chiqarkin, qanday jaranglarkin, tilimizning qudrati bu rang-barang narsa-hodisalar va tengsiz insoniy kechimlar olamini tasvirlashga qodirmikin? — degan savollar uyg‘onardi asarlarni rus tilida о‘qigan va ulardan cheksiz zavqlar olgan romantik yoshlik chog‘larida. Shu havas va qiziqish orqali menda о‘sha iqtidor — prizvaniye, pava uyg‘ongan bо‘lsa ajab emas. Qо‘lim va ongimni о‘rgatish va moslash uchun о‘zim uchun tinmay tarjimalar qildim, maqolalar, badialar, mansuralar mashq qildim.
Suvlar oqib ketdi, maysalar kо‘kardi. О‘zbek adabiyotining badiiy uslublar xazinalari Nitshe, Joys, Markes, Aytmatov, Dostoyevskiy badiiy tafakkurining о‘lmas uslublari, tafakkur tarzlari bilan boyidi, buni birov bildi, birov bilishni istamadi, ammo adabiy-badiiy tafakkur voqeligiga aylandi.
— Bugun «О‘zbek adabiyoti qachon jahon bilan bо‘ylashadi?» degan mazmundagi savollar bot-bot takrorlanyapti. Taniqli ijodkorlar malakali tarjimonlar shakllangunga qadar adabiy namunalarni chet el о‘quvchilariga havola etishga shoshilmaslik zarur degan fikrda. Ha, bugun kо‘plab shoir-yozuvchilarimiz о‘z ijod mahsullarini tarjimonlarga ishonolmaydi. Sababi chet tilida ikkita sо‘zni bir-biriga ulay oluvchilar ham shu eshikka bir mо‘ralab о‘tishayapti. Siz tarjimachiligimizning kelajagini qanday baholaysiz?
— Badiiy tarjima badiiy jarayonlarning jonli ishtirokchisi. Kitobdan, san’atdan bahradorlik va bahradorlikka intilish bо‘larkan, tarjima milliy adabiyotimizni jahon adabiyoti namunalari bilan tо‘ldirib boyitib boraveradi. Hozirda tarjimaga qiziqish birmuncha jonlanayotir. Yoshlar ichidan badiiy tarjimaning fidokorlari yetishib chiqishlariga ishonchim komil. Ammo yangi iqtidorlar endigina kurtaklayapti. Iqtidor egalar о‘z ustilariga qanchalar mas’uliyat olar ekanlar? Buni ijodiy individlar hal etadi.
— Bu hollarning sabablari kо‘p. Qaysi birini aytasiz. Bizda о‘tish davrining xususiyatlari yaxshi shakllantirilgan. Katta-yu kichik unga rioya qiladi. О‘tmish adabiyoti va bizning eng yaqin zamondoshlarimiz Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Ozod Sharafiddinov, Said Ahmad, О‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev, Shavkat Rahmon adabiyotning ma’lum sо‘nggi bosqichini yakunlab tarixga kirdilar. Yangi zamon, yangi adabiyotning о‘z nomlari, о‘z о‘lchovlari bor. Yangi adabiyotshunoslik eski adabiyotshunoslikning ichidan shakllanib kelyapti. Kо‘pincha eski tushunchalar va qoliplar bilan yangi shaklanayotgan adabiyotning kurtaklarini baholashga urinib kelyapmiz.
Boshqa iloj yо‘q, Dialektikaga kо‘ra yangilik osmondan tushmaydi, balki eskining singan joyidan kо‘klanadi va suvlanadi. Odam faktor. Sharoit faktor. Jamiyat faktor. Bularning bari о‘zaro juda qattiq chambarchas bog‘langan. Mayli etaklar. Mayli professional bо‘lmagan odamlarning sо‘zboshilari, boshi ketiga ulanmagan maqolalar. Bularning bari jarayonda bor va о‘tish davrining individi hali shu о‘tish davridan yuqori kо‘tarilolmagani va shundan narini kо‘rolmayotganini bildiradi. Ammo milliy adabiyotning markaziy yо‘llarini belgilaydigan va an’analar asosida yangi zamonning yangi obrazlari, yangi ramzlarini yaratadigan kuchlar ham о‘z maylu havaslarini birin-sirin namoyon etayotgani ravshan.
Adabiy-ijtimoiy nashrlarda ketma-ket chiqayotgan qiziqarli asarlar bunga misol bо‘loladi. Davr hali о‘z adabiyotshunoslari, tanqidchilari, tadqiqotchilarini tanlab olgani, saralagani, ularni yetishtirgani yо‘q. Bu о‘z-о‘zidan bо‘ladigan ish emas. Universitetlar, akademiyalar, ijodiy uyushmalar, agentliklarning kadr yetishtirish ustidagi uzoqni kо‘zlagan rejalari hamda say-harakatlariga ham kо‘p narsa bog‘liq. Milliy adabiyotning bugungi va kelajak manfaatlari erkin ijodkorlik ruhida izchil faoliyat olib borishni taqozo qiladi.
Aslida ijodkor hayotning mashaqqatli maktabini о‘tagandagina ijod maydonida katta natijalarga erishadi. Ijodning ma’nosi hamda vazifasi — jamiyatga ta’sir kо‘rsatish, odamlarning ruhiy ehtiyojlari va axloqiy-tarbiyaviy tashnaliklarini qondirish. Hayot maktabini о‘tamagan odam har qancha iste’dodli bо‘lmasin, bu vazifani bajarolmaydi. Ijod okeani unga boshdan oyoq shо‘ng‘ishni talab qiladi. Okean chetida qumloqda oyog‘ini hо‘llab о‘tirgan okean nimaligini bilmaydi. Uzoq borganda okeanning vahimasinigina qog‘ozga tushirishi mumkin. О‘shanda ham agar taqlid prinsiplarini yaxshi о‘zlashtirgan bо‘lsa…
— Shu о‘rinda kо‘ngilda sizdan anchadan beri sо‘ramoqchi bо‘lgan bir savol qalqidi. Bilamizki, siz mansura janrida juda gо‘zal asarlar yaratdingiz. Bugun shu janr haqida gap ketsa sizning nomingiz tushga kо‘chadi. Aytingchi, mansura sizni nimasi bilan maftun qildi? Uning о‘ziga xos jihatlari haqida ham fikr bersangiz.
— Mansura haqidagi savolingizga men minnatdor bо‘lib jon-jon deb javob berishni istayman. Mansura qiyinchilik bilan adabiy-badiiy jarayon ichiga kirdi, uning uzviy tarmog‘iga aylandi. Ammo hali antologiyalarning birontasidan о‘rin olgani yо‘q. Roman yo qofiyali sо‘z bо‘lsa mensib, mansura bо‘lsa ancha-muncha mensimay qaraydilar. “Uzumzorda kesak kabi yotdim” deb bir mansurada qiyin о‘smirligimni bayon qilganman. Mana shu jumla tom ma’noda mansura jumlasi. Nega uzumzor? Nega kesak kabi? Nega yotish? Bular kichkina bir shaxsning о‘sish payti dramasi va о‘sish paytining ramzlari. Shu tо‘rt sо‘zdan iborat jumlada drama va keskinlik zuhur etadi va jaranglaydi.
Mansuraning boshqa barcha fikr tizimlari shu obrazni tо‘ldiradi va uning yonida jangchilarday turadi. Mansuraning yagona nizomi — uning fikr tarangligi va kutilmagan obrazli assotsiatsiyalari. Ularda о‘zimcha yangicha obrazli fikrlash tarzi aks etadi deb yuraman. Shalviragan uydirma havoyi sо‘zlar hech qachon mansura bо‘lolmaydi. Mansuraga ming‘irlash emas, yoy о‘qining chang‘irashi kerak. Buni о‘qisangiz va buni tushunsangiz edi…
— Sо‘nggi savol: Taniqli adabiyotshunos olim, zabardast tarjimon, mahoratli adib sifatida о‘zbek adabiyotining buguni va kelajagi haqida о‘ylaganda nimalardan quvonasizu, nimalardan tashvishlanasiz? Umuman, yosh ijodkorlarning yozganlari sizni qoniqtiradimi? О‘z tajribangizdan kelib chiqib, ularga qanday maslahatlar bergan bо‘lardingiz?
— Hozirgi zamon yoshlarini fikrlovchi odamlar toifasiga kiritaman. Fikrlovchi odam kim? Bu toifa bilishga qiziqadi. Ammo bilish, fikrlash kitobsiz, gazetasiz, jurnalsiz, Internet tarmoqlarisiz bо‘lmaydi. Yoshlarni bilishga qiziqmaydi deb bо‘lmaydi. Ular bilishga juda qiziqadilar. Ular bilishga va fikrlashga qiziqishning Internet taklif etayotgan yо‘llari va usullarini tanladilar. Endi bu jarayon tо‘xtovsiz kuchayib boradi.
Vaqt cheksiz emas, U о‘lchab berilgan. har birimizga atalgan vaqt bir soniya kam ham, ortiq ham emas. Umr daryosining bir bekatidan ikkinchi bekatiga boramiz va tushib qolamiz. Internet vaqtdan foydalanishning intensiv va optimal yо‘llarini taklif etyapti. О‘yinlar deysiz-da, a? Lekin о‘yinlar ostida konsepsiyalar joylangan. Shu konsepsiyalar yoshlarning miya qavatlarini zich tо‘ldiryapti.
Ishonchim komil, hozirgi yoshlarning miya qavatlari bizning va bizdan avvalgilarning miya qavatlaridan о‘z hajmi, qabul qilish kuchi, intensivligi bilan farq qiladi. Aynan mana shu yoshlarning kitob о‘qishga mutlaqo vaqtlari yо‘q. Bizning vaqtimiz bemalol edi. Kitob qidirib о‘qirdik. Kо‘p kitob о‘qiganlar akademik, doktor, nomzod, direktor va hokazo bо‘lishardi.
Hozirgi yoshlarning ufqlari qayda? Internet aqlni, xotirani boyitadi, miyaning operatsiya quvvatini cheksiz kuchaytiradi. Lekin hissiyot va tuyg‘ularni siqib chiqaradi. Ma’lumot axborotlarga istagancha joy bor, lekin hissiyotlarga joy yо‘q. Internet hissiyot bilan oshna emas, hozir aql kuchayyapti. She’rlar, dostonlar, romanlar о‘qilmayotganining sabablaridan biri ham shu aqlning tobora kuchayib borayotganida.
Hissiy ramz nima? Da Vinchi “Jokonda”ni chizdi. Jokonda Da Vinchining xuddi о‘zi. Jokondaning tabassumi — nim tabassum — uni ilohiy tabassum deyish mumkin. Da Vinchi mana shu tabassumni insoniyatga hissiy ramz sifatida qoldirdi. Ungacha bunday tabassum insoniyat san’atida kо‘rilmagan edi. Tо‘g‘ri, Budda va Moniy tabassumlarida shunday ilohiylik zuhur etgandi. Bularda koinot tasavvuri muhrlangan. Ammo Jokonda tabassumida insonning dunyoga kelishining butunlay ma’nosizligi akslanadimi? Buning siriga yetish qiyin. Men hozirgi rangi tiniq, umid ufqlari keng yoshlarga mansura tili bilan aytgim keladi:
Uchqun vataning sening,
Vataning sening uchqun.
Manba: «Hurriyat» gazetasi,2014, 2 iyul
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
33-Mavzu:“Men tanlagan kasb”
Kun shiori: “Orzusiz inson bo`lmaydi, orzusiz yashab bo`lmaydi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, kelajakda o`z orzulari uchun harakat qila olishlikni, izlagan imkon topa olishini ular ongiga singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: “Intilganga tole yor, o`z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo`lida hech tolmang!”
O`qituvchi:
Kasbning eng yaxshisi kishining , o`z qo`li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir. Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o’tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o’rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo’lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o’z o’rinlarini topa oladilar.
Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o’tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o’rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo’lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o’z o’rinlarini topa oladilar. Bunday natijaga erishish uchun ta’limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa o’z o’rnida pedagog xodimlar zimmasiga bir qancha vazifalarni yuklaydi. Kasb-hunarga yo’naltiruvchi o’qituvchilar va psixologlar o’z vazifalarini sidqidildan ado etib, o’quvchilarga mavjud kasblar, hunarlar haqida to’liq va aniq ma’lumotlar berib borishlari zarur.
Hademay siz uchun qadrdon bo`lgan maktabingizni bitirib, har biringiz o`zingiz tanlagan akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlariga hujjatlaringizni topshirib, o`n ikki yillik majburiy ta’limni davom ettirasiz. Va kelajakda o`zingiz sevgan kasb egasi bo`lasiz.
Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb va tanlagan akademik-litseyi yoki kasb-hunar kolleji haqida ma’lumot beradilar.
MMIBDO’:________________________
11-Sinf Tarbiyaviy Soat dars ishlanmalari