11-SINF O‘ZBEK TILI DARSLARIDA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONINING INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
– “Farhod va Shirin”
2017-2018 o’quv yili uchun 11 – sinf darsliklari
Aziz hamkasblar. Quyida siz uchun 2017 – 2018 o’quv yilida ishlatiladigan 11 – sinf darsliklarini taqdim qilmoqchiman. Hozircha bularning ayrimlarini ko’rishingiz mumkin. Qolgan darsliklar keyinroq qo’yilib boriladi.
Attachment:
Ginnes.Uz
Facebook guruh:
При публикации информации из моего веб сайта на другие сайты обязательно указывать адрес сайта www.sadikov.uz. © Sadikov.Uz
Аудио, видео и документальная информация в моем сайте принадлежат своим владельцам. Они сохраняют свои авторские права. Информация размещена на сайте с целью ознакомления. Пожалуйста, уважайте работу авторов. Если Вы являетесь автором материала или обладателем авторских прав на него и против его использования или Ваше авторство не было указано на сайте, пожалуйста свяжитесь с по адресу uzbeknasim@yahoo.com
Предложения рекламы или обмен баннеров: @sadikov_uz
Для контактов: uzbeknasim@yahoo.com
Telegram: @sadikovuz
11-SINF O‘ZBEK TILI DARSLARIDA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONINING INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gulbahor Esirgapovna Musayeva
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning qalamiga mansub bo‘lgan “Xamsa” asarining birinchi dostoni – “Hayrat ul-abror” xususida fikr yuritilgan. Ushbu asarning ta’lim rus tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarda o‘qitish muammolari yoritib berilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Gulbahor Esirgapovna Musayeva
O’zbek tili darslarida interfaol usullarning ahamiyati
ADABIYOT DARSLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINI O‘QITISHNING SAMARALI USLUBLARI VA YARATUVCHANLIK, IJODKORLIK QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH
ONA TILI DARSLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METOD – KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH
LINGVOKULTUROLOGIYANING FANLAR SISTEMASIDAGI MAQOMI VA UNING ETNOLINGVISTIKA, SOTSIOLINGVISTIKA VA ETNOPSIXOLINGVISTIKA BILAN BOG’LIQLIGI
INTERFAOL METODLAR – O‘QUVCHILAR KREATIVLIGINI OSHIRISHNING MUHIM OMILI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
11th GRADE UZBEK LANGUAGE LESSONS LEARNED ON THE BASIS OF INTERACTIVE METHODS OF THE EPIC “HAYRAT UL-ABROR”
This article discusses the first epic of “Khamsa”, Alisher Navoi’s work , “Hayrat ul-abror”. This work highlights the problems of teaching in Russian-language secondary schools.
Текст научной работы на тему «11-SINF O‘ZBEK TILI DARSLARIDA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONINING INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘RGANISH»
11-SINF O’ZBEK TILI DARSLARIDA “HAYRAT UL-ABROR”
DOSTONINING INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O’RGANISH
Gulbahor Esirgapovna Musayeva
Toshkent shahar 75-maktab o’qituvchisi
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning qalamiga mansub bo’lgan “Xamsa” asarining birinchi dostoni – “Hayrat ul-abror” xususida fikr yuritilgan. Ushbu asarning ta’lim rus tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarda o’qitish muammolari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: interfaol usullar, “Xamsa”, metod, asar, o’yin, doston
11th GRADE UZBEK LANGUAGE LESSONS LEARNED ON THE BASIS OF
INTERACTIVE METHODS OF THE EPIC “HAYRAT UL-ABROR”
Gulbahor Esirgapovna Musaeva
School 75, Tashkent city
This article discusses the first epic of “Khamsa”, Alisher Navoi’s work, “Hayrat ul-abror” This work highlights the problems of teaching in Russian-language secondary schools.
Keywords: interactive methods, “Khamsa”, method, work, game, epic
Mir Alisher Navoiy qalamiga mansub bo’lgan “Xamsa” asari nafaqat turkiy dunyoda, balki G’arb adabiyot olamida ham juda mashhurdir. Ushbu asar turkiy tilda yozilgan bo’lsa ham, bugungi kunda u hind, arab, tojik, fors tillariga tarjima qilingan. “Xamsa” so’zining lug’aviy ma’nosi – beshlik demakdir. Alisher Navoiyning “Xamsa” asari 5 dostondan tarkib topgandir. Ular quyidagilar:
– “Farhod va Shirin”
– “Layli va Majnun”
Biz quyida “Hayrat ul-abror” dostoni xususida so’z yuritamiz.
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \ Volume: 1, ISSUE: 3
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
“Xamsa”ning birinchi dostoni – “Hayrat ul-abror”ning lug’aviy ma’nosi “yaxshi kishilarning hayratlanishi” demakdir. Ma’lumki, yurtimizda ta’lim 7 tilda olib boriladi. Rus va qardosh tillarda ta’lim beriluvchi barcha umumta’lim maktablarining 11 -sinflarida o’zbek tili darslarida “Hayrat ul-abror”ning 7-maqolati – “Ikki do’st haqida hikoyat” keltirilgan. Muammo shundaki, ta’lim rus tilida olib boriluvchi maktablarda rusiyzabon o’quvchilar ushbu asarning sof turkiy variantini o’zlashtirishga qiynalishadi. Bu tabiiy hol, albatta. Shuning uchun asarni o’zlashtirish oson bo’lishi uchun o’quvchilarga asarning hozirgi o’zbek tiliga tabdil qilingan versiyasi havola etilgan. Shuningdek, ushbu tabdil variantida tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar rus tiliga tarjima ham qilingan. Masalan, sabr – терпение, toj – корона va hokazolar.
11-sinf o’zbek tili darsligida berilgan “Hayrat ul-abror” dostonidan parchani rusiyzabon o’quvchilarga tushuntirish uchun ona tili va adabiyot darslarida foydalaniladigan interfaol usullarni qo’llash mumkin.
Bugungi kunda bizga ma’lum va keng qo’llanadigan usullardan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “VENN diogrammasi”, “BBB”, “FSMU” kabilar dars jarayonida o’zlarining samarali natijalarini ko’rsatib kelmoqda. “Qiyoslash metodi”, “Davra metodi”, “6x6x6” kabi metodlarning dars samaradorligini ta’minlashda o’ziga xos o’rni bor. Xususan, “Qiyoslash metodi”dan adabiyot fanida Odil Yoqubov hamda Pirimqul Qodirov hayoti va ijodi o’rganilgandan so’ng mavzuni mustahkamlash uchun foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun o’quvchilar uch guruhga bo’linib oladilar. Birinchi guruhga Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirovning hayot yo’li va bundagi o’zaro o’xshashliklar, ikkinchi guruhga ularning ijodiy merosi va yaratgan qahramonlari hamda ularning o’xshash zamonlari, uchinchi guruhga esa ularning asarlarida ilgari surilgan g’oyalar xususida fikrlarni umumlashtirish, jamoa bo’lib taqdim qilish so’raladi. Shuningdek, ona tili fanidan “Gapning ikkinchi darajali bo’laklari” mavzusi o’rganilgandan so’ng o’quvchilarga “Guruhlarda ishlash metodi” asosida “Men to’ldiruvchiman!” mavzusida ijodiy matn tuzish topshiriladi. Bu topshiriq yakka tartibda, kichik yoki yakka tartibda, kichik yoki katta guruhlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Mavzu yuzasidan matn o’quvchilar tomonidan taqdim qilinadi. Bu metod orqali o’quvchilarning jamoada ishlash ko’nikmalari rivojlantiriladi, xotirasi mustahkamlanadi, yozma yoki og’zaki savodxonligi o’stirilib, ijodiy matn yaratish malakasi mustahkamlanadi. Ona tili darslarida o’quvchilarning yozma nutqi va imlosi savodxonligini mustahkamlash maqsadida matn yaratish yuzasidan bir qancha qiziqarli topshiriqlar berish mumkin. Jumladan, “Morfologiya” bo’limini o’tish jarayonida har bir so’z turkumi yuzasidan grammatik ertak yaratish vazifasi topshirilsa,
o’quvchilaming grammatik savodxonligi o’sish bilan bir qatorda, mantiqiy mushohada qilish qobiliyati rivojlanadi, ijodkorligi oshadi. Innovatsion texnologiyalar ta’lim sifati va samaradorligini oshirib, ta’lim jarayonining markaziga o’quvchi-talabalarning o’quv-biluv faoliyatini qo’yadi, ta’lim jarayoni yaxlitligini ta’minlaydi.
O’quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko’rsatkichi, o’quv-biluv faoliyatini tashkil etishi, iroda va faoliyatning o’quvchi ongining predmetiga aylanishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun, avvalo, ta’lim beruvchi maqsadga eltuvchi usullarni tanlay bilishi, o’quv-tarbiyaviy jarayon yaxlitligini ta’minlashi lozim. Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi metodlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish pedagoglar oldida turgan masalalardan biri hisoblanadi. O’qituvchi dars jarayonida boshqa ma’lumotni berish bilan bir qatorda internet ma’lumotlari, multimedia dasturlari, jadvallar va shunga o’xshash mavzuga oid qo’shimcha ma’lumotlarni ko’rsatib o’tsa, bu nafaqat o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi, balki o’quvchilarning mustaqil o’qishini talab darajasida shakllantirishiga, mavzuni imkon darajasida to’la o’zlashtirishiga ham yordam beradi.
“Aqliy hujum”. Bu hujum ona tili va adabiyot darslarining boshlanishida yoki istalgan joyida qo’llanishi mumkin. Bu boqichda muammo o’quvchilarga aqliy hujum yo’li bilan beriladi va ularning fikrlari orqali ochiladi. “Aqliy hujum” metodi biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladi. “Aqliy hujum” metodi yordamida qo’yilgan muammo yuzaridan bir necha yechimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi.
Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas’uliyatni sezish, tahlil qilish, eng asosiysi, o’quvchini qo’zg’atishga qaratilganligi, pedagogning o’z tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishini kuchaytiradi. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, “Hayrat ul-abror” dostonini ham ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablardagi rusiyzabon o’quvchilarga bilim berish jarayonida ham qo’llash mumkin hisoblanadi.
1. Шайхисламов, Н. (2020). ТРУДНОСТИ СИНТАКСИЧЕСКОГО АНАЛИЗА: ЗАГАДКИ ИНФИНИТИВА. Academic research in educational sciences, (3).
2. Shayxislamov, N. (2020). So’z urg’usining o’zbek va ingliz tillaridagi farqlash vazifasining qisqacha tavsifi. O’zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 13-14.
3. Shayxislamov, N. (2020). Когнитив тилшуносликда концепт: “Туй” концепти ва унинг универсал табиати. O’zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 54-60.
4. Shayxislamov, N. HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA TIL VA MADANIYATNING TALQINI. Scientific Progress, 7(1), 59-70.
5. Shaykhislamov, N. (2020). In the Field of Modern Linguistics-Linguoculturology. Мировая наука, (8), 33-36.
6. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нутрий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).
7. Shayxislamov, N. (2020). Problems of sociolinguistics: status of the language. O ‘zbekistonda ilm-fan va ta ‘lim, 3, 279-281.
8. Shaykhislamov, N. (2020). Cognitive Linguistics, the Symbolic and Interactive Functions of Language. Образование и наука вXXI веке, 1(6), 390-393.
9. Шайхисламов, Н. (2020). Зооним компонентли метафораларнинг антропоцентрик тадкик этишда гендер жихдтлар. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 304-309.
10. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o ‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O ‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim masalalari: muammo vayechimlar,(3), 71-73.
11. Shayxislamov, N. (2020). Nutqning paralingvistik va ekstralingvistik vositalari. Узбекистонда илмий-амалий тадцицотлар, 36-37.
12. Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Shofqorov, A. M. (2020). RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).
13. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O ‘ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA “DO ‘STLIK” KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).
14. Шайхисламов, Н. (2020). Синтаксисни морфология билан интегратив ургатиш. Нутц маданияти ва узбек тилшунослигининг долзарб муаммолари, 383385.
15. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL KORPUSI YARATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI XUSUSIDA. Science and Education, 1(Special Issue 3).
Qiziqarli malumotlar
11-SINF O‘ZBEK TILI DARSLARIDA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONINING INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»