11-iyul – Butunjahon shokolad kuni to’liq malumot oling
Bugun 11-iyul – Butunjahon shokolad kuni
Bugun, 11-iyul kuni dunyo bo‘ylab Butunjahon shokolad kuni nishonlanmoqda. Bu bayram fransuzlar tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, 1995-yildan buyon nishonlab kelinadi.
Bu kunda ba’zi mamlakatlarda shokolad kuniga bag‘ishlangan festivallar va boshqa bayramlar o‘tkaziladi.
Shokolad ishlab chiqaruvchi zavodlar, qandolat fabrikalarida ekskursiyalar uyushtirilib, mehmonlarga shokolad tarixi, uning nimadan tayyorlanishi haqda ma’lumotlar beriladi, degustatsiyalar o‘tkaziladi.
Shokolad ta’mi va foydali moddalarga boyligi bilan shirinliklar orasida eng mashhuri.
Qora shokolad (https://t.me/Kun_tarixi_TV24) endorfin moddasi – baxt gormonining ajralishiga yordam beradi va kayfiyatni ko‘taradi.
Agar shokolad jon-u dilingiz bo‘lsa, demak bugun sizning bayramingiz.
Bayramingiz bilan, hurmatli shokoladxo‘rlar!
Muhim sanalar
11-iyul – Butunjahon shokolad kuni