106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari

106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari

Bugungi darsimiz at/on/in predloglarining vaqtga nisbatan qo’llanishi haqida.

  • At predlogi -da ma’nosida kelib, soatga nisbatan ishlatiladi:
103gr1
106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari 11
  • On predlogi -da ma’nosida kelib, hafta kunlari, sanasi ko’rsatilgan oylar va -day (kun) yozilgan kunlarga nisbatan ishlatiladi:
103gr2
106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari 12
  • In predlogi -da ma’nosida kelib, oylar, yillar, fasllarga nisbatan ishlatiladi:
103gr3
106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari 13

Birikmalar:

103gr4
106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari 14

Are you going away at the weekend?

Dam olish kunlarida jo’nab ketyapsizmi?

I can’t sleep at night.

Men tunda uxlay olmayman.

Where will you be at Christmas? (but on Christmas Day)

Razjestvoda qayerda bo’lasiz? (ammo on Christmas Day)

I’m going on holiday at the end of October.

Oktabrning oxirida ta’tilga ketyapman.

Are you busy at the moment?

Ayni damda bandmisiz?

Qotib qolgan birikmalar:

in the morning / in the afternoon / in the evening

I always feel good in the morning.

Men har doim ertalab o’zimni yaxshi his qilaman.

Do you often go out in the evening?

Kechqurun tez-tez ko’chaga chiqib turasizmi?

  • Ammo hafta kunlari va kun qismlari birgalikda kelganda on ishlatiladi:

on Monday morning / on Tuesday afternoon / on Friday evening / on Saturday night etc. :

I’m meeting Jackie on Monday morning.

Dushanba ertalab Jaki bilan ko’rishaman.

Are you doing anything on Saturday night?

Shanba tunda nimadir qilasizmi?

  • Biz at/on/in dan quyidagilardan oldin foydalanmaymiz:
103gr5
106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari 15

Are you going out this evening?

Bugun kechqurun tashqariga chiqasizmi?

We go on holiday every summerLast summer we went to Canada.

Biz har yozda ta’tilga chiqamiz. O’tgan yoz biz Kanadaga bordik.

I’m leaving next Monday. (not on next Monday)

Men keyingi Dushanba jo’nab ketyapman. (on next Monday emas)

  • In predlogi kelasi zamon ma’nosida ham ishlatiladi. Bunda ma’nosi -da, -ichida, -dan so’ng bo’ladi:

in five minutes / in a few days / in six weeks / in two years etc.

103gr6
106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari 16

Hurry!  The train leaves in five minutes. (= it leaves five minutes from now)

Shoshiling! Poyezd 5 daqiqa ichida jo’nab ketadi. (= u hozirdan besh daqiqa o’tganda jo’nab ketadi)

Bye!  I’ll see you in a few days. (= a few days from now)

Hayr! Bir necha kundan so’ng ko’rishguncha. (= hozirdan bir necha kun o’tganda)

Exercise 1. At/on/in ni yozing.

103.1
106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari 17
Answers

3 at 11 at
4 on 12 in
5 in 13 on
6 in 14 on
7 on 15 at
8 on 16 at
9 at 17 at*
10 on 18 in

Exercise 2. At/on/in ni yozing.

103.2
106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari 18
Answers

2 on 11 at*
3 at 12 on
4 in 13 in
5 in 14 at
6 in 15 in
7 on 16 on
8 on 17 in
9 in 18 at
10 at 19 at
* American speakers say ‘on the weekend’

Exercise 3. Lizaning keying hafta uchun yozilgan rejalariga qarang va gaplarni to’ldiring.

103.3
106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari 19
Answers

2 on Friday
3 on Monday
4 at 4 o’clock on Thursday (afternoon) / on Thursday (afternoon) at 4 o’clock
5 on Saturday evening
6 at 2.30 on Tuesday (afternoon) / on Tuesday (afternoon) at 2.30

3.5
30
votes

Article Rating

Ko’rildi: 1 333

Birikmalar:

Darsliklar
106-Dars. at/ on/ in vaqt predloglari