100 faylasuf hikmati kitob

100 faylasuf hikmati kitob

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim ashoblarimni so‘ksa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin» (Tabaroniy va boshqalar rivoyati, As-silsilatus-sahiha: 2340).

100 faylasuf hikmati kitob

Sahobalarning fazli va haqlari haqida gapirishdan oldin sahoba kim ekanligini o‘rganib olishimiz kerak.

“Sahobiy” so‘zi arab tilida “suhbatdosh”, “safdosh”, “tarafdor”, “hamroh” kabi ma’nolarni anglatadi. Muhaddislar istilohida sahobiy bu, “Rasulullohni ko‘rib, imon keltirgan va musulmonlik holida vafot etgan kishidir”. Shuningdek, hali balog‘atga yetmagan bo‘lsa-da, gapga tushunib unga javob bera oladigan yosh bola ham sahobiy hisoblangan. Masalan, Rasulullohni o‘spirinlik chog‘ida ko‘rgan Ali ibn Abu Tolibning o‘g‘illari Hasan va Husayn, Mahmud ibn Rabi’ kabilar ham sahobiylar qatorida zikr etiladi.

Sahobalarning boshqa insonlarga nisbatan fazli, eng avvalo, Alloh taolo ularni mahbub Payg‘ambari va oxirgi dini ravnaqi uchun tanlab olishidir. Bu xususda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

“Ular Muhammad sallallohu alayhi vasallamning sahobalari, bu ummatning afzalrog‘i, qalblari pokrog‘i, ilmlari chuqurrog‘i hamda takalluflari kamrog‘idir. Alloh taolo ularni O‘zining Nabiysi uchun yuldosh, dinini qoim qilish uchun tanladi. Ularning fazlini bilinglar va ularning iziga ergashinglar, imkoningiz qadar ularning axloqi bilan xulqlaning. Chunki ular to‘g‘ri hidoyat uzradirlar”. (Rozin rivoyati)

Ahli sunna val-jamoa e’tiqodiga binoan sahobiylarning eng ulug‘i Abu Bakr Siddiqdir, ulardan keyingi o‘rinlarda Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhum)lar hisoblanadi.

Xulafoi roshidinlardan so‘ng “asharai mubashshara” (jannat bilan bashorat berilgan o‘n kishi)dan hisoblanuvchi Abdurrahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Zubayr ibn Avvom, Talha ibn Ubaydulloh, Abu Ubayda ibn Jarroh, Sa’d ibn Zaydlar, keyin Badr jangi qatnashchilari, so‘ng Uhud jangi qatnashchilari, so‘ng Hudaybiyyya bay’ati ishtirokchilarining martabalari yuqori ekani manbalarda ta’kidlangan.

Ayol sahobiyalar orasida eng ulug‘lari Xadicha bint Xuvaylid va Oisha bint Abu Bakr (roziyallohu anhumo)lar hisoblanadi.

Ayol sahobiyalar ichida Oisha (r.a.) eng ilmlisi, deb e’tirof etilgan. Ayni damda, eng ko‘p hadis rivoyat qilgan ayol ham aynan Oisha (r.a.) hisoblanadilar.
Barcha sahobiylar Qur’oni karim va Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning e’tiroflariga ko‘ra, “odil” (“adolatli”, “rostgo‘y”) kishilar hisoblanadi. Bu borada hech kim xususan, muhaddislar, faqihlar va usulul fiqh olimlari va boshqalar ixtilofga bormaganlar. Shuning uchun ularning adolati haqida bahs yuritilmaydi.

Sahobiylarning fazli borasida Qur’oni karimning bir necha suralarida oyatlar kelgan. Jumladan:

«Fath» surasi 29-oyat: «Muhammad Allohning rasulidir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlarga nisbatan) esa rahm-shafqatlidirlar. Ularni (mudom) ruku’ va sajda qilayotgan hollarida ko‘rarsiz. ».

«Hashr» surasi 8-9 oyatlari: «(U o‘ljalar yana) o‘z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan kambag‘al muhojirlarnikidir, zero, ular Allohdan fazl va rizolik istaydilar hamda Alloh va Uning payg‘ambariga yordam beradilar. Aynan o‘shalar (imonlarida) sodiqdirlar. Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madinadek) diyorda yashagan va imonni saqlaganlar (ansorlar) esa o‘zlari (yonlari)ga hijrat qilib kelgan kishilarni suygaylar va dillarida ularga berilgan narsa (o‘ljalar) sababli hasad sezmaslar hamda o‘zlarida ehtiyoj bo‘la turib, (ehson qilishda boshqa muhtojlarni) ixtiyor qilurlar. Kimki o‘z nafsi baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar (oxiratda) najot topuvchidirlar».

«Anfol» surasi 74-oyat: «Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo‘lida (yovga qarshi) kurashganlar hamda (muhojirlarga) joy berib yordam qilganlar, aynan o‘shalar haqiqiy mo‘mindirlar. Ular uchun mag‘firat va farovon rizq bordir».

«Fath» surasi 18-oyat: «(Ey Muhammad!) Darhaqiqat, Alloh mo‘minlardan – ular daraxt ostida Sizga bay’at (qasamyod) qilayotgan vaqtlarida – rozi bo‘ldi. Bas, U ularning dillaridagi narsa (sadoqat)ni bilib, ularga xotirjamlik tushirdi va ularni (Xaybar jangidagi) yaqin g‘alaba bilan mukofotladi».

«Tavba» surasi 100-oyat: «Muhojirlar va ansorlarning dastlabki peshqadamlari hamda ular ortidan ezgulik bilan borganlardan Alloh rozi bo‘ldi, ular ham Undan rozi bo‘ldilar» kabi oyatlarni misol sifatida keltirish mumkin.

Hadislarda ham sahobiylarning fazli haqida ko‘plab rivoyatlar kelgan.

Masalan: Imom Buxoriy Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilgan hadisda, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Odamlarning (ummatimning) eng yaxshisi menga zamondosh bo‘lgani, so‘ng ulardan keyingilari», deganlar. Boshqa rivoyatda «Mening eng yaxshi ummatim menga zamondosh ummatimdir», deganlar. Mazkur hadislarning barchasi sahobiylarga qarata aytilgan.

Jumladan, Imom Buxoriy Barro ibn Ozib (r.a.)dan rivoyat qilgan hadisda, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlariga hadya qilingan nafis ipakdan qilingan eng yaxshi kiyimni nazarda tutib: «Sa’d ibn Muozning jannatdagi ro‘molchasi bundan yaxshiroqdir» deganlar. Yana bir hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Har bir ummatning ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz esa, ey ummatim, Abu Ubayda ibn Jarrohdir», deganlar. Boshqa sahobiylar haqida ham shunga o‘xshash hadislar mavjud.

Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ashoblarimni so‘kmanglar! Agar sizlardan biringiz Uhud tog‘icha tilla sadaqa qilsa ham, ulardan birlarining bir mud yo yarim mud sadaqasiga tenglasholmaydi» (Muttafaqun alayh).

Imom Muslimning bir rivoyatida: «Ashoblarimdan birontasini ham so‘kmanglar! Agar sizlardan biringiz Uhud tog‘icha tilla sadaqa qilsa ham, ulardan birlarining bir mud yo yarim mud sadaqasiga yetolmaydi».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim ashoblarimni so‘ksa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin» (Tabaroniy va boshqalar rivoyati, As-silsilatus-sahiha: 2340).

Tarixda sodir bo‘lgan ba’zi ishlarni sahobalar tamonidan bo‘lgan bo‘lsa ham ularning ismlari zikr qilinmagan sababi kelajakda insonlar tomonidan ularni la’natlash, fazlini tushuruvchilar topilmasligi uchun. E’tibor bersangiz shunday voqe’alar zikr qilinganda hech bir sahobaning ismi ma’lum qilinmagan. Kimgadir ma’lum bo‘lgan taqdirda ham ularni kamsitish, haqoratlash, Rasululloh zamonlari shunday ish qilishlikda ayblamaslik kerak. Bunday voqe’alarning joriy bo‘lishi shar’iy hukmlarni insonlarga bayon qilish uchun bo‘lgan. Axir Payg‘ambar s.a.v ham yaxshi ham yomon ishlarda o‘rnak bo‘lmaydilar-ku, shu sabab bunday ishlar sahobalar tomonidan sodir bo‘lgan bo‘lsa ham ularning sha’nini tushirmaydi.

Uvaym ibn Soida roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh taboraka va taolo meni tanladi va menga ashoblar tanladi. Men uchun ular ichidan vazirlar, yordamchilar va quda-andalar chiqardi. Kimda-kim ularni so‘ksa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin, qiyomat kuni undan na nafl, na farz amallari qabul qilinadi» (Hokim «Mustadrak»da (3/632) keltirgan va isnodini sahih sanagan, Zahabiy ham bunga qo‘shilgan).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim Mening bir do‘stimga dushmanlik qilsa, Men unga urush e’lon qilaman» (Imom Buxoriy rivoyati).

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Muhammad sollallohu alayhi va sallam ashoblarini so‘kmanglar! Qasamki, ularning bir soat (payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bilan birga) turganliklari sizlardan biringizning bir umrlik amalidan yaxshiroqdir» (Sahih sunan Ibn Moja: 133).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Alloh taolo bandalarning qalblariga nazar solib, ular ichida Muhammad sollallohu alayhi va sallamning qalblarini eng yaxshi qalb, deb topdi va u zotni O‘zi uchun tanlab, O‘zining risolati bilan yubordi. So‘ngra Muhammad sollallohu alayhi va sallamning qalblaridan so‘ng bandalarning qalblariga nazar solib, u zotning ashoblarining qalblarini eng yaxshi qalblar deb topdi va ularni O‘zining payg‘ambariga Uning dini uchun jang qiladigan vazirlar (yordamchilar) qildi. Bas, musulmonlar nimani yaxshi, deb ko‘rsalar, u Alloh nazdida ham yaxshidir. Nimani yomon deb ko‘rsalar, u Alloh nazdida ham yomondir» (Ahmad «Musnad»da (3600) rivoyat qilgan, shayx Shokir taxrijida isnodini sahih sanagan).

Imom Abu Hanifa «al-Fiqh al-akbar» asarida quyidagilarni aytganlar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning barcha sahobiylari yaxshi so‘z bilan esga olinadi». Imom Tahoviy (vaf. 321/933 y.) «al-Aqida at-tahoviyya» asarida esa: «Rasulullohning barcha sahobiylarini do‘st tutamiz. Do‘st tutishda haddan oshib shaxsparastlikka o‘tib ketmaymiz. Ulardan hech kimni dushman tutmaymiz. Ularni yomon ko‘ruvchilarni yomon ko‘ramiz. Ularga faqat yaxshi sifatlarni nisbat beramiz. Ularga muhabbat bog‘lashlik – bu din, imon, ehson belgisidir. Ularni yomon ko‘rishlik – bu kufr, nifoq va tug‘yon alomatidir. Sahobiylar va tobeiylar fiqh va rivoyat ahli bo‘lib, ulug‘ martabali zotlardir. Ularni faqat yaxshilik bilan yod etish lozim. Kimki ularga yomonlik nisbatini bersa, u o‘ta adashganlardandir», deyilgan.

D. Maxmudova

Xadichai Kubro ayol–qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisasi

Hazrat Sulaymon (m.a. X asr)

Hazrat Dovudning o‘g‘li. Iudeya va Isroil davlatiga hukmronlik qilgan. Quddus shahrida Yaxva ibodatxonasini qurdirgan. Zamondoshlari Sulaymonning donoligidan zavqlanishgan. U o‘zining o‘tkir aqli va g‘ayriodatiy fikrlash tarzi bilan shuhrat qozongan. * * * Rivoyatlarda aytilishicha, Hazrat Sulaymonning: «Bu dunyodagi hamma narsa davomi…

Miletlik Fales (m.a. 625-547)

Miletlik Fales o‘z zamonasidagi yetti donishmandning biri bo‘lgan. Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida yetakchilik qilgan. U birinchilardan bo‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishi uning oy bilan to‘silishi tufayli yuz berishini birinchi bo‘lib Fales anglagan, diametr aylanani teng ikkiga davomi…

Ezop (m.a. 640-560)

Frigiyalik donishmand Ezopning peshonasiga taqdir qullik qismatini bitgan edi. Ezop ijodining eng gullagan damlari m.a. 600 yillarga to‘g‘ri keladi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Ezop 400 ga yaqin masal bitgan. Ezopning nomi birinchi marta Herodot (V asr) asarlarida yo‘l-yo‘lakay tilga olinadi. Herodot davomi…

Priyenalik Biant (m.a. VI asr)

Qadimgi yunon faylasufi Biant Yunonistondagi yetti yetakchi faylasufning biri edi. Biantning ona shahri capkarda Kir lashkarlari tomonidan zabt etiladi. Shahar aholisi eng qimmatbaho buyumlarini olib qocha boshlaydi. Faqat Biantgina hech narsa olmay, bo‘sh qo‘l bilan shahardan chiqib ketadi. Buni ko‘rgan davomi…

Kritlik Epimenid (m.a. VI asr)

Afsonaviy yunon donishmandi Epimenid Krit orolida tug‘ilgan. U donishmand Solon bilan yaqin do‘st bo‘lgan. Solonga qonunlarni tuzishda ko‘maklashgan. m.a. 596 yilda Epimenid Afina shahrini vabo epidemiyasidan saqlab qolgan. Manbalarda yozilishicha, faylasuf 300 yildan ortiq umr ko‘rgan. * * * Epimenidning davomi…

Miletlik Anaksimen (m.a. 585-525)

Qadimgi yunon faylasufi Anaksimen miletlik Evristratning o‘g‘li va faylasuf Anaksimandrning yaqin do‘sti bo‘lgan. * * * Anaksimen shogirdi bilan qalin daraxtzorda sayr qilib yurardi. Suhbat orasida shogirdi undan so‘rab qoldi: «Ustoz, mana siz buyuk ellinlardan saboq olgan, ko‘p yillik hayotiy davomi…

Lao Szi (m.a. 579-499)

Xitoylik faylasuf Lao tszi Chu podshohligining fuqarosi bo‘lib, asl ismi Li Er edi. Lao tszi «ustoz Lao» degan ma’noni anglatadi. Lao esa laqab bo‘lib, «qariya» deganidir. Lao tszi Chjou saroyida arxiv xodimi bo‘lib xizmat qilgan. Konfutsiy bilan uchrashgan. Lao tszi davomi…

Pifagor (m.a. 576-496)

Janubiy Italiyaning Regiya shahrida tug‘ilib o‘sgan qadimgi yunon faylasufi Pifagor Mnesarx ismli kishining farzandi bo‘lgan. Otasi uni xizmat safariga doimo o‘zi bilan olib yurgan. Oqibatda Pifagor qiziquvchan va yangi narsalarni bilishga intiluvchan bo‘lib o‘sadi. U faylasuflar Anaksimandr va Ferekidning shogirdi davomi…

Konfutsiy (m.a. 551-479)

Konfutsiy Xitoyning sharqidagi Lu knyazligida tug‘ildi. U aslzodalar xonadoniga mansub bo‘lib, otasi Shulyan Xe Lu knyazligidagi Szou muzofotini boshqargan. Konfutsiy tug‘ilganda otasi 70 yoshga to‘lgan edi. Uch yoshga to‘lganda otasidan, 17 yoshida onasidan ayrildi. Oilada Konfutsiydan tashqari 9 qiz va davomi…

Parmenid (m.a. 540-?)

Yunon faylasufi Parmenid janubiy Italiyada istiqomat qiluvchi aslzoda, boy-badavlat xonadonda dunyoga keldi. U faylasuf Ksenofan va Pifagorning izdoshi Aminiydan saboq olgan. * * * Hamma narsaning asosida ikki ibtido — olov va yer yotadi. * * * Yo‘qlikning mavjudligi haqidagi davomi…

Maqolalar mundarijasi

  • Abu Ali ibn Sino (980-1037)
  • Abu Nasr Forobiy (870-950)
  • Abu Homid Muhammad Al G‘azzoliy (1058-1111)
  • Abulqosim Firdavsiy (934-1024)
  • Avgustin Avreliy (Saodatli) (354-430)
  • Akvinolik Foma (1225-1274)
  • Akragantlik Empedokl (m.a. 490-430)
  • Al-Maarriy Abul Ala (979-1057)
  • Antisfen (m.a. 444-366)
  • Arastu (Aristotel) (m.a. 384-322)
  • Artur Shopengauer (1788-1860)
  • Aflotun (Platon) (m.a. 428-347)
  • Baltasar Grasian (1601-1658)
  • Barux Spinoza (1632-1677)
  • Benjamin Franklin (1706-1790)
  • Blez Paskal (1623-1662)
  • Boetsiy (480-524)
  • Van Shoujen (Yanmin) (1472-1529)
  • Vasiliy Vasilevich Rozanov (1856-1919)
  • Vovenarg Lyuk de Klape (1715-1747)
  • Volter (Fransua-Mari Arue) (1694-1778)
  • Galileo Galiley (1564-1642 )
  • Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831)
  • Grigoriy Savvich Skovoroda (1722-1794)
  • David Yum (1711-1776)
  • Demokrit (m.a. 460-360)
  • Deni Didro (1713-1784)
  • Diohen (Diogen) (m.a. 400-323)
  • Jaloliddin Rumiy (1207-1273)
  • Jan de Labryuyer (1645-1696)
  • Jon Lokk (1632-1704)
  • Immanuil Kant (1724-1804)
  • Iogann Volfgang Gyote (1749-1832)
  • Iogann Gottlib Fixte (1762-1814)
  • Iso alayhissalom (m.a. 5 – m. 30)
  • Karnead (m.a. 212-129)
  • Kirenalik Aristipp (m.a. 430-355)
  • Kitiylik Zenon (m.a. 346-264)
  • Klazomenlik Anaksagor (m.a. 500-428)
  • Konfutsiy (m.a. 551-479)
  • Kritlik Epimenid (m.a. VI asr)
  • Lao Szi (m.a. 579-499)
  • Leje-Mari Deshan (1716-1774)
  • Lixtenberg Georg Kristof (1742-1799)
  • Lukretsiy Tit Kar (m.a. 99-55)
  • Mark Avreliy Antonin (121-180)
  • Meliss (m.a. V asr)
  • Miletlik Anaksimen (m.a. 585-525)
  • Miletlik Fales (m.a. 625-547)
  • Mixail Vasilevich Lomonosov (1711-1765)
  • Mo-Szi (Mo Di) (m.a. 480-400)
  • Monten (Mishel Eykem) (1533-1592)
  • Monteskyo (Sharl-Lui Sekonda) (1689-1755)
  • Men-Szi (m.a. 372-289)
  • Nagarjuna (113-213)
  • Nikkolo Di Bernardo Makiavelli (1469-1527)
  • Parmenid (m.a. 540-?)
  • Petr Yakovlevich Chaadayev (1794-1856)
  • Pirron (m.a. 365-275)
  • Pifagor (m.a. 576-496)
  • Pol-Anri Golbax (Paul Genrix Ditrix) (1723-1798)
  • Priyenalik Biant (m.a. VI asr)
  • Protagor (m.a. 480-410)
  • Rene Dekart (1596-1650)
  • Robine Jan Batist Rene (1735-1820)
  • Rojer Bekon (1214-1292)
  • Seneka (Kichik Lutsiy Anney) (m.a. 4 – m. 65)
  • Stendal (1783-1842)
  • Suqrot (m.a. 469-399)
  • Syun-tszi (m.a. 313-235)
  • Tertullian Kvint Septimiy Florens (160-220)
  • Tomas Gobbs (1588-1679)
  • Uilyam Okkam (1281-1349)
  • Umar Xayyom (1048-1131)
  • Filippo Jordano Bruno (1548-1600)
  • Fransua de Laroshfuko (1613-1680)
  • Franchesko Petrarka (1304-1374)
  • Fridrix Vilgelm Nitsshe (1844-1900)
  • Frensis Bekon (Lord Verulamskiy) (1561-1626)
  • Xan Fey (m.a. 288-233)
  • Xeroneyalik Plutarx (46-127)
  • Hazrat Sulaymon (m.a. X asr)
  • Horgiy (Gorgiy) (m.a. 483-375)
  • Sitseron Mark Tulliy (m.a. 106-43)
  • Chju Si (1130-1200)
  • Chjuan-Szi (m.a. 369-286)
  • Shamfor Nikola Sebastian Rok (1741-1794)
  • Shan Yan (m.a. 390-338)
  • Shefstberi Antoni Eshli Kuper (1671-1713)
  • Ezop (m.a. 640-560)
  • Eleyalik Zenon (m.a. 490-430)
  • Epiktet (50-135)
  • Epikur (m.a. 341-270)
  • Efeslik Buqrot (Geraklit) (m.a. 535-475)
  • Yakov Byome (1575-1624)

Qiziqarli malumotlar
100 faylasuf hikmati kitob