10-sinf Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik (CHQBT) fanidan dars ishlanmalar to’liq malumot oling
10-sinf Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik (CHQBT) fanidan dars ishlanmalar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
JIZZAX VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
PAXTAKOR TUMAN XALQ TA’LIMI BOLIMI
Paxtakor tumani 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining
CHQBT fanlari o`qituvchisi
Tojimamatov Elbekning
10- sinflar uchun CHQBT fanidan
1 SOATLIK DARS ISHLANMASI
2017-2018 o’quv yil
Mavzu:O‘q uzish — jangda dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi.
O‘t ochish turlari. Jang manyovri haqida tushuncha. Manyovr turlari.
Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash
II.Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy:FK2 Askarning jangda harakatlanish va jangovor qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi
2.Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga muhabbat va saodat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Olgan bilim va kunikmalardan zarur holatlarda o’z o’rnida samarali foydalanish.
Kerakli jihoz: darslik, kompyuter va ko’rgazma plakatlar
Dars o’tish joyi: Sinf xonasi
Dars jarayoni:
Tashkiliy qism: salomlashish, davomat va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsga qatnashmayotgan o’quvchilarni sinf jurnaliga qayt etish.
uy vazifasini surash: o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini savol javob, mini test orqali sinash va faol qatnashgan o’quvchilarni baholash, bahlarni jurnalga quyish.
Yangi mavzu bayoni:
O‘q uzish — jangda dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi.
O‘t ochish turlari. Jang manyovri haqida tushuncha. Manyovr turlari.
Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash
O‘q uzish -jangda dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi, uni mohirlik
bilan olib borish va nishonni birinchi o‘q bilan zararlash uchun jangchi:
· o‘z qurolini to‘liq bilishi, uni saqlashni, otish uchun astoydil tayyorlashni;
· otish uchun joyni ustalik bilan tanlashni, chegaralangan vaqtda,
kunduzi va kechasi, har xil holatlardan otishni to‘g‘ri bajarishni;
nishongacha bo‘lgan masofani mo‘ljal qo‘yiluvchisi va mo‘ljalga olish
nuqtasini to‘g‘ri aniqlashni hamda yondan esgan shamolga va nishon
harakatiga to‘g‘rilik kirita olishni;
· komandir komandasini diqqat bilan eshitish va aniq, tez bajarishni;
· mustaqil o‘q uzishda ongli tashabbus ko‘rsatishni bilishi kerak.
Avtomatchilar o‘q otish uchun guruh komandiri ko‘rsatgan joylarni
egallashadi, mustaqil harakatlanganda uni o‘zlari tanlashadi. Òanlashda
vaziyat, joy xarakteri va qo‘yilgan vazifa hisobga olinadi.
Otish uchun joy qulay, keng, ko‘rish maydoni va otishni hamda
o‘qchining dushman kuzatuvidan panalab turishini ta’minlashi kerak.
BMP
(BÒR) pulemyot va granatomyotlar uchun o‘t ochish pozitsiyasi guruh
komandiri tomonidan tanlanadi va ko‘rsatiladi.
O‘t ochish pozitsiyasining joylashuvi qo‘yilgan vazifalarning oliy
darajada bajarilishi, olovli manyovr imkoniyatini tug‘diradigan yaxshi
ko‘rinish va otishga egaligi, tabiiy niqoblanishi, qulay kirib-chiqish va
yangi yoki zaxiradagi o‘t ochish pozitsiyasiga ko‘rinmasdan borish yo‘llari
bo‘lishi talablariga javob berishi kerak.
RPGdan otish uchun, bulardan tashqari, otish xavfsizligini ta’minlash
kerak, ya’ni orqada gazlarning erkin chiqishi uchun to‘siqlar bo‘lmasligi
(2 m.dan yaqin emas) hamda xavfsiz zona (30 m) chuqurligi orasida odamlar,
o‘q-dorilarni joylashtirmaslik lozim. O‘t ochish pozitsiyasi (otish uchun
joy)ni shunday tanlash kerakki, bunda dushman bajarayotgan ishlar yaqqol
ko‘rinib tursin, o‘zi esa ko‘rinmasin.
· O‘t ochish turlari · Jang manyovri haqida tushuncha
· Manyovr turlari · Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash
Motoo‘qchi (tankchi) guruhning (seksiyaning, tankning) olovi
jangovar vazifani bajarishda, dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi
hisoblanadi. Dushmanni o‘t ochib, ishonchli zararlash: nishonni o‘z vaqtida
razvedka qilish, o‘t ochish vositalarini ularning jangovar imkoniyatlariga
qarab mohirona qo‘llash; o‘t ochishning aniqligi, uni qo‘llashning
qo‘qqisdan va o‘ta zichlikda hamda yuqori tezlikda qo‘llanishi; jangda o‘t
ochishni mohirona boshqarish orqali erishiladi.
O‘t ochish:
· qurol turi bo‘yicha — o‘qotar, granatomyot, piyodaning jangovar
mashinalari (bronetransportyorlar), tanklar, artilleriya, zenit vositalari va
boshqalar;
· otish usuli bo‘yicha — to‘g‘ridan to‘g‘ri, yarimto‘g‘ri va yopiq o‘t ochish
pozitsiyasidan otish bilan farqlanadi.
O‘qotar qurollarning o‘t ochish turlari quyidagilar:
· taktik qo‘llanishi bo‘yicha — sidirg‘asiga kesib otish (o‘t qo‘qqisdan, yaqin masofadan bir yo‘nalishda ochiladi) va yig‘ilgan tartibda (bitta
nishonga motoo‘qchi guruhning yoki seksiyaning barcha turdagi o‘qotar
qurollari bilan o‘q uzish);
· otish yo‘nalishi bo‘yicha — frontal (nishon frontiga perpendikular
ravishda), qanotdan (nishon qanotiga, uning frontiga parallel ravishda)
va kesishma o‘q uzish (bitta nishonga kamida ikki yo‘nalishdan o‘q uzib
olib borish);
· otish qizg‘inligi bo‘yicha — bittalab o‘q uzib otish, qisqa va uzun
sidirg‘alar bilan hamda barcha turdagi o‘qotar qurollardan uzluksiz o‘q
uzish;
· otish usuli bo‘yicha — joydan, to‘xtab (qisqa to‘xtab), yurib ketayotib,
bortdan, nuqtaga qarab o‘t ochish, front bo‘yicha olovni yoyib, ichkariga
olovni yoyib, maydon bo‘yicha va boshqalar.
Artilleriya olovi turlari o‘z ichiga: alohida nishon bo‘yicha o‘t ochish,
jamlangan, to‘siqli (harakatli va harakatsiz) yoppasiga o‘qqa tutish va
boshqalarni oladi.
Mudofaani tashkillashtirishda, ayniqsa, tog‘larda, barcha turdagi
qurollarni jalb qilgan holda ko‘pqatlamli va ko‘pqavatli olov hosil qilinadi.
Dushmanning tirik kuchlariga alohida o‘t ochish vositalari yoki motoo‘qchi
guruh va seksiyaning o‘qotar qurollaridan yog‘ilgan olovi bilan otib zarar
yetkaziladi.
Jangda motoo‘qchi (tank guruhi), joyning qulay sharoitlaridan foydalanib,
o‘t ochishning harakat bilan mohirona biriktirib va manyovrni keng qo‘llashi
kerak. Manyovr kuchlar va vositalari o‘t ochish bilan o‘tkaziladi.
Kuch va vositalar manyovri dushmanning jangovar tartibidagi eng zaif
joyiga, ayniqsa, qanotlar orqa tomoniga hamda o‘z bo‘linmalarini dushman
zarbidan o‘z vaqtida chiqarish uchun o‘tkaziladi. Kuch va vositalar manyovri
turlari bo‘lib qurshov, aylanib o‘tish, ularning birikmasi va chekinishi
hisoblanadi.
Aylanib o‘tish — ancha ichkarilama manyovr dushmanning orqa
tomonidan zarba berish maqsadida o‘tkaziladi.
Chekinish — o‘z qo‘shinlarini dushman zarbidan chiqarib olish va qulay
holatini egallash uchun qo‘llaniladigan manyovr. U faqat katta komandir
ruxsati bilan o‘tkaziladi.
Manyovr g‘oyasi bo‘yicha oddiy bo‘lishi, ya’ni tezda, yashirincha va
dushman uchun qo‘qqisdan o‘tkazilishi kerak. Uni amalga oshirish uchun
dushmanni olovli zararlash natijasida ochiq qanotlari, oraliqlar, joy
sharoitlari, yashirincha borish yo‘llari, tutun va aerozollar, mudofaada esa,
bundan tashqari, transheyalar va aloqa yo‘llari inobatga olinadi.
rasm. Bo‘linmalarning jangdagi manyovri (variant).
Olovli manyovr dushmanni samaraliroq zararlash uchun qo‘llaniladi.
U guruh (seksiya)ning bitta muhim nishon bo‘yicha olovini yig‘ishda, bir
nishondan boshqasiga olovni o‘z vaqtida ko‘chirish va guruh bilan bir vaqtda
bir necha nishonga o‘t ochishni olib borishda ifodalanadi.
rasm. Bo‘linmalarning jangdagi manyovri (variant).
Motoo‘qchi (tankchi) guruhlar (seksiyalar, tanklar) harakatini jangovar ta’minlash, jangovar shaylikni ushlab turishga yo‘naltirilgan choratadbirlarni amalga oshirish va tashkillashtirish hamda uning jangovar qobiliyatini saqlab qolish, qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli
bajarish uchun qulay sharoitlar yaratib berishda ifodalanadi. U jangning
barcha turlarida: mashq o‘tash paytida va joyda joylashganda, komandir
qarori asosida tashkillashtiriladi va o‘z ichiga razvedka, qo‘riqlash, niqoblash,
muhandislik ta’minlash va kimyoviy himoyalanishni oladi.
Motoo‘qchi (tankchi) guruhlar (seksiyalar, tanklar) komandiri o‘qdorilar, yoqilg‘i zaxiralarini o‘z vaqtida to‘latib olish chora-tadbirlarini,
jangovar mashinalar va qurol-aslahalarga texnik xizmat ko‘rsatishni, shaxsiy
tarkibni individual himoya va maxsus tozalash, oziq-ovqat va boshqa moddiy
vositalar bilan ta’minlashi hamda askar va serjantlar anjomlarining to‘laligini
tekshirish, ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilib borishi kerak.
Anjomlarga askar va serjantlar uchun mo‘ljallangan aslaha va boshqa
buyumlar kiradi. U ko‘tarib yuriluvchi va tashiluvchi qismlarga bo‘linadi.
Anjomlarning ko‘tarib yuriluvchi qismi, qoidaga ko‘ra, askarda va serjantda
bo‘ladi hamda o‘ziga shaxsiy qurol, o‘q-dorilar, gazniqob (respirator),
piyodalar belkuragi, po‘lat shlem, bronejilet, dala anjomlari, suvli flaga,
buyumlar xaltasini o‘z ichiga oladi. Buyumlar xaltasida: qozoncha, qoshiq,
krujka, quruq payok, individual aptechka, suvni zararsizlantiruvchi vositalar
va shaxsiy gigiyena buyumlari joylashtiriladi. Komandirning qarori bilan olib
yuriladigan anjomlarning tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.
Qurshov — dushman qanotiga zarb berish uchun amalga oshiriluvchi
manyovr. Qurshov, odatda, olovli va taktik hamkorlikda, aylanib o‘tish
esa, frontdan harakatlanuvchi taktik hamkorlikda amalga oshiriladi.
Barcha qolgan buyumlar anjomlarning tashib yuriluvchi qismiga kirib,
ular piyodaning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar, avtomobillar, tanklar)da olib yuriladi. Ishlatish bo‘yicha qo‘llanmalar va
boshqa
hujjatlarga muvofiq joylashtiriladi.
Darsni yakunlash:O’quvchilarni rag’batlantirish,mavzu yuzasidan
savol-javob o’tkazish.
Uyga vazifa :mavzuni: o’rganish
Darsliklar
10-sinf Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik (CHQBT) fanidan dars ishlanmalar