10-sinf biologiya fanidan test to’liq malumot oling
10-sinf biologiya fanidan test
Mundarija
скрыть
Тest BIOLOGIYA
Gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish bu:
А) ikkita spermiyning bitta tuxum hujayra bilan qo‘shilishi
В) ikkita diploid hujayralarning qo‘shilishi
С) bir spermiyning tuxum va ikkinchi spermiyning markaziy hujayra bilan qo‘shilishi
D) bitta spermiyning tuxum va ikkita spermiyning markaziy hujayra bilan qo‘shilishi
Dengiz karami dengiz likopchasidan farq qilib…
а) tayyor organik birikmalar bilan oziqlanadi
b) yorug‘lik ta’sirida anorganik birikmalardan organik birikmalarni hosil qiladi
v) xlorofillga ega
g) asosiy – assimliatsion to‘qimaga ega
d) hosil qiluvchi to‘qimaga ega
А) b, g, d В) а, v, g С) b, v, g D) g, d, a
Biopolimerlarga mansub organik birikmalarni aniqlang.
1) oqsil 2) lipid 3) polisaxarid 4) ATF 5) nuklein kislota 6) yog‘ kislota
А) 1, 3, 5 В) 2, 4, 6 С) 1, 2, 5 D) 3, 4, 5
Ildizga xos xususiyatlarni aniqlang.
а) barg hosil qilmaydi
b) karbonat angidridning yutilishini va kislorodning ajralishini ta`minlaydi
v) fotosintezni amalga oshiradi
g) o‘simlikni tuproqqa biriktrib turadi
d) suv va mineral moddalarni shimadi
е) nafas olishda ishtirok etadi
А) а, g, d В) а, v, d С) v, g, d D) v, d, е
Qo‘ng‘irboshning ildiz tizimini tashkil etuvchi ildiz turlarini aniqlang:
А) qo‘shimcha B) faqat yon ildizlar С) asosiy D) ildizpoya
Olma qanday kurtakda hosil bo‘ladi?
А) vegetativ В) generativ С) qo‘shimcha D) vegetativ va generativ
Qaysi jarayon o‘simlikning suv bug‘latishiga bog‘liq emas:
А) o‘simlikning qizb ketishdan himoyalanishi
В) o‘simlikda suv harakati
С) o‘simlikda mineral tuzlar harakati
D) o‘simlikda organik moddalar harakati
Piyozbosh — bu?
А) ildizpoya B) ildizmeva С) ho‘l meva D) novda
To‘garak chuvalchanglardan farq qilib halqasimon chuvalchanglarda… rivojlangan:
А) hazm sistemasi; В) ayirish sistemasi; С) qon aylanish; D) nerv sistemasi.
Hashorotlarning qanotlari tananing qaysi bo‘limida joylashgan?
А) ko‘krak va qorin В) ko‘krak С) bosh ko‘krak va qorin D) bosh ko‘krak.
To‘rt kamerali yurakka ega hayvonni aniqlang.
А) salamandra В) alligator С) dengiz toshbaqasi D) gekkon
Qon aylanish sistemasining murakkablashib borishi bo‘yicha ketma – ket joylashtirilgan hayvonlar qatorini aniqlang.
А) baqa – tovushqon – gavial – dengiz tulkisi;
В) skat – triton – alligator – tovushqon;
С) akula – gavial– baqa– tovushqon;
D) alligator– akula– baqa– ko‘rshapalak.
Prokariot organizmni aniqlang.
А) yashil evglena. В) nitella С) laminariya D) ossilatoriya.
Halqasimon DNKga ega organizmni aniqlang.
А) qo‘zidumba; В) gommoz qo‘zg‘atuvchisi;
С) leyshmaniya qo‘zg‘atuvchisi; D) parpi.
Mitoxondriyaning funksiyasini aniqlang.
А) organik moddalarni oksidlash В) uglevodlarni sintezlash
С) organik moddalarni zahiralash D) kraxmal va glikogenni parchalash.
Fotosintez jarayonida kislorod qaysi moddadan ajraladi?
А) ATF В) glyukoza С) suv D) karbonat angidrid.
Hazm qilish jarayonida oqsillar qaysi moddalarga parchalanadi?
А) glitserin; В) yog‘ kislota; С) monosaxarid; D) aminokislota.
O‘simliklarni ularga xos meva turlari bilan juftlang.
А. Rezavor 1) Kartoshka
Yong‘oq 2) Loviya
Qo‘zoq 3) Pomidor
Dukkak 4) Bodom
5) Akatsiya
6) Qurttana
O‘simliklarni ularga xos barg turlari bilan juftlang.
А. Oddiy barg. 1) no‘xat
Murakkab barg. 2) g‘o‘za
3) sebarga
4) qoqio‘t
5) yantoq
O‘simliklarni ularga xos to‘pgul turlari bilan juftlang.
А. Soyabon. 1) Nastarin
Shingil. 2) Kungaboqar
Savatcha. 3) Qashqarbeda
4) Ukrop
5) Kartoshkagul
Ko‘zning qismlari orqali yorug‘lik qanday ketma – ketlikda o‘tadi?
1) to‘rparda
2) gavhar
3) shoxparda
4) shishasimon tana
5) ko‘z ichi suyuqligi
6) qorachiq
To‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
Odamda epiteliy to‘qimasi himoya, hazm qilish va gumoral boshqarishda ishtirok etadi.
2. IV qon guruhli odamlar qonida agglyutinigen A va agglyutinin beta bo‘ladi.
Tobulg‘i, olma, xolmon, olgining gullari murakkab gulqo‘rg‘onli.
Shartli refleksni yuzaga chiqaradigan shartli signal haddan tashqari kuchli bo‘lsa shartli so‘nish tormozlanishi sodir bo‘ladi.
Zamburug‘larning hujayra qobig‘I polisaxariddan iborat.
O‘simlik bo‘limlari va ularga xos xususiyatlarni juftlang.
Xususiyatlar |
O‘simlik bo‘limlari |
А) to‘qima va organlar rivojlanmagan |
1. Yo‘sinlar |
В) gametofiti mustaqil organizm |
2. Qirqquloqlar |
С) sporofiti gametofitda hosil bo‘ladi |
3. Suvo‘tlar |
D) tugunchadan meva hosil qiladi |
4. Ochiq urug‘lilar |
Е) urug‘lanishi suv bilan bog‘liq bo‘lmagan gullamaydigan o‘simlik |
5. Yopiq urug‘lilar |
To‘g‘ri fikrlarni aniqlang va tegishli raqamlarni ketma – ket yozing. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning quruqlikda yashashga moslanishi …. mavjudligi bilan bo‘g‘liq?
1) oldingi va orqa oyoqlar
2) tashqi urug‘lanish
3) doimiy tana harorati
4) o‘pkalar
5) nog‘ora parda
6) aralash qon
To‘g‘ri fikrlarni aniqlang va tegishli raqamlarni ketma – ket yozing.
1) Bakteriyalar bir hujayrali eukariot organizmlardir.
2) Bakteriyalar shakliga ko‘ra kokklar, batsillalar, spirillalar, vibrionlarga bo‘linadi.
3) Barcha bakteriyalar parazit hayot kechiradi.
4) Bakteriyalar jinssiz ikkiga bo‘linib ko‘payadi.
5) Bakteriyalar odamlarda sil, qoqshol, quturish kabi kasalliklarni qo‘zg‘atadi.
Darsliklar
10-sinf biologiya fanidan test