10-may Yaponiyada “Soat kuni” to’liq malumot oling
Har yili 10-iyunda Yaponiyada soatlar taqdimoti va ko‘rgazmasi uyushtiriladi. 10-iyunda soat sotuvchi do‘konchalarga xaridorlar oqib keladi- chunki bu kun tong otar mamlakatida an’anaviy «Soat kuni” nishonlanadi. Har yili 10-iyunda Yaponiyada soatlarning juda katta ko‘rgazmalari va taqdimotlari bo‘lib o‘tadi. Tashrif qiluvchilar har qanday didga mos — katta va kichik, elektron, mexanik, qumli, turli shakl va ko‘rinishdagi soatlarni tomosha qilishlari va hatto sotib olishlari mumkin. Shu tantana bilan bog‘liq yana bir an’ana bor: shu kuni Yaponiyada farzandlarga birinchi soat taqdim etish odat bo‘lgan. Bayramning sanasi tasodifan tanlanmagan — rivoyatga ko‘ra 671-yil aynan shu kuni yapon imperatori saroyida birinchi marta soat paydo bo‘lgan. Dunyoda bu birinchi soat emasligini tushunish mumkin. 3,5 yil avval Quyosh soatini ixtiro qilgan vavilonliklar vaqt hisobini boshlaganlar. Siferblatda (kadranda) — belgilar yassi toshda o‘yilgan, — tayoqchaga (gnomon) mahkamlangan, uning soyasi soat mili bo‘lib xizmat qilgan. Kechasi esa vaqtni greklar klepsidra deb atagan suv soati bo‘yicha aniqlashgan. Bu bo‘linmalar chizilgan suvli idish bo‘lib, undan suv tomchilab oqib turgan. Shkala bo‘yicha vaqtni aniqlashgan. Yevropa va Xitoyda «alangali” soat bo‘lgan, aniqrog‘i — shag‘am erib borishi bilan undagi kertma belgilar bo‘yicha vaqtni bilishgan. Ming yil avval qum soatlar paydo bo‘lgan. Lekin ular vaqt o‘tishi bilan shisha puflash ustaligining rivojlanishi natijasida aniklikka yetishdi, shunda ham bu soatlar uncha katta bo‘lmagan vaqt yarim soat oralig‘ini — o‘lchar edi. O‘rta asr minorali soatlari avval boshda cherkovlarda ibodat vaqtini e’lon qilar edi. Og‘ir temir raqamli va bir necha tishli uzatma g‘ildirakli, juda katta bu soatlarning siferblati ham soat millari ham bo‘lmagan, vaqtni esa qo‘ng‘iroq e’lon qilgan. Mayatniksiz mexanik soatlar XIII asrning ikkinchi yarmida yaratilgan, ammo kim, qachon, qayerda yaratgani — noaniq. XV asrning ikkinchi yarmida osma tosh soat o‘rniga yassi prujina ixtiro qilingandan keyin Nyurnberglik Piter Xenleyn o‘zi bilan ko‘tarib yursa bo‘ladigan soat yasadi. Uning qobig‘i tilla suv yuritilgan jezdan bo‘lib tuxum shaklida edi. Birinchi «Nyurnberg tuxumi” diametri 100-125 mm, qalinligi 75 mm bo‘lib uni bo‘yinda yoki qo‘lda olib yurishar edi. Hozirgi zamondagilarga yaqin soatni 1657-yilda gollandiyalik Xristian Gyuygens o‘ylab topdi. Rossiyaning soat sanoatiga Yekaterine II vaqtida asos solishga urinishgan, ammo mexanik soatlar Rossiyaga XV asrda yetib keldi, ularning siferblatida raqam o‘rnida harflar bo‘lgan. Peterburg va Moskva soat fabrikalari cho‘ntak va bongli devor osma soatlarini tayyorlagan. Ammo bu soatlar asosan faqat saroydagilarga nasib qilgan. XIX asr oxiriga kelib soatlarni ommaviy tayyorlash boshlandi. Birinchi qo‘l soatlari ayollar modeli bo‘ldi. Qimmat baho toshlar bilan yasatilgan bu soatlar zargarlik mahsulotidek ko‘rinardi. Erkaklar o‘z soatlarini zanjir bilan jiletkalarining cho‘ntagiga mahkamlab qo‘yishardi, ammo XIX asrning 90-yillarida rus armiyasi zobitlari halqali vaqt o‘lchagichlar olib yuradigan bo‘lishdi, halqadan ip o‘tkazib qo‘lga bog‘lansa bo‘lardi. O‘shandan beri soat erkaklarning bilagini tark etmaydi.

Muhim sanalar
10-may Yaponiyada “Soat kuni”
Related Posts