10 MAVZU TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI TARBIYA QONUNIYATLARI VA

10 MAVZU TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI TARBIYA QONUNIYATLARI VA

Darsning texnologik xaritasi:

10-sinf tarbiya fanidan kirish testlari

1.Barchamizga yaxshi ma’lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.Bu so’zlar kimga tegishli?

A)Sh.Mirziyoyev B)I.Karimov C)A.Avloniy D)M.Qoshg’ariy

2.2016-yil Braziliyada nechinchi yozgi olimpiada bo’lgan edi?

A) 21 B)31 C) 27 D) 17

3.Fazliddin G’oibnazarov ozarbayjonlik Lorenzo Kollazo Sotomayor bilan boks tushganida vazni necha kg edi?

A)70 B) 74 C)64 D)60

4.Oila va farzand masalasi erkak yo ayolning xususiy masalasi emas. Farzand nafaqat ota-ona hayotining davomi, balki ayni paytda millatning ham iqtidori, obro‘ va e’tiborini belgilaydigan zanjir halqasidir. Millat esa Vatan, mamlakatning yuragi.Bu so’zlar kimga tegishli?

A)A.Avloniy B)A.Navoiy C)Sh.Mirziyoyev D)A.Fitrat

5.“Bunday ishlar telefonda emas, uyda hal etiladi!”hikoyasida hikoya qahramoni ismi nima edi?

A)Nodir B)Sobir C)Bobur D)Shokir

6. Oila aʼzolarining o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa aʼzolari va o‘zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi nechinchi moddasidan.

A)10 B)15 C)12 D) 11

7.“Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o‘xshaydilar, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar” .Bu so’zlar kimga tegishli?

A)A.Avloniy B)A.Navoiy C) A.Fitrat D)Kaykovus

8.Eshitib ota-onangni, so‘zlarini qadrla,

Mol-u mulking ko‘paysa, mag‘rurlanib quturma.

Bu so’zlar kimga tegishli?

A)A.Avloniy B)A.Navoiy C) A.Fitrat D)M. Koshg‘ariy

9.Henri Ford 11 dollar evaziga elektr kompaniyasida necha soat ishlardi?

10.Umid qilma,qaror qil hikoyasi muallifi kim?

A)Maykl Hargrov B)Lev Tolstoy C)Migel de Servants

11.Ey farzand, bilg‘ilkim, aql yuzasidan farzandg‘a ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdur, nedinkim, uning asli ota-onadur. Ota-onani nima uchun hurmat qilurman, deb ko‘nglingg‘a kelturmag‘il, bilg‘ilki, ular sening uchun o‘limg‘a ham tayyor turaturlar.Har bir farzand, oqil va dono bo‘lsa, hech vaqt ota-onaning mehr haqini ado qilmoqdin xoli bo‘lmag‘usidur. Ey farzand, shul vajdin ota-onangni ozgina ham ranjitmag‘il.Bu parcha qaysi asardan olingan.

A.Turkiy guliston yoxud axloq B)Qobusnoma C)Hayrat-ul abror D) Boburnoma

12.Inson yolg‘iz o‘zi hech qachon baxtiyor bo‘lolmaydi, barcha insonlar baxtli bo‘lgandagina u baxtli bo‘ladi!

A)Maykl Hargrov B)Lev Tolstoy C)Migel de Servants

13.Donolar aytadi: Hayotda uchta mehmon va’dalashmay ham kelaveradi – rizq, muhabbat va uchinchisi nima?

A)qayg’u B)boylik C)muofaqiyat D)baxt

14..Baxt haqidagi rivoyatda 3 aka-ukadan o’rtanchisi baxtdan nimani soraydi?

A)Sadoqatli Do’st B)Sadoqatli rafiqa C)pul D)omad

15.Dinning nechta funksiyasi bor?

S. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
J. A B C D A A C D C A B B D A B

Tarbiya fanidan chiqish testlari.

1.“Kim baxt kelganda undan foydalanishni bilmasa, u o‘tib ketganda shikoyat qilmasligi kerak”. Kimning so’zlari?

A)Maykl Hargrov B)Lev Tolstoy C)Migel de Servants

2.Bir tikan botsa oyoqqa shunchalar,

Ne bo‘lar, ayt, qalbga botsa u agar? Kimning so’zlari?

A)A.Avloniy B)A.Navoiy C)J.Rumiy D)A.Fitrat

3.“Buxoro tarixi” asari muallifi kim?

A)Narshaxiy B)Navoiy C)J.Rumiy D)M.Behbudiy

4.Tomsuvoq hikoyasi muallifi kim ?

A)Narshaxiy B)O’.Hoshimov C) A.Fitrat D)Y.Rajabiy

5.Din qaysi tildan olingan?

A)lotincha B)yunoncha C)forscha D)arabcha

6.Dinning nechta funksiyasini bilasiz?

27.Sizlarning yaxshilaringiz dunyo ishini deb oxiratni, oxiratni deb dunyo ishini tark qilmaydigan va odamlarga og‘irligini tushirmaydiganlaringizdir.

7.Ehtiyojing tushadigan ilmni o‘rganishdan o‘zingni olib qochma! Kimning so’zlari?

A)Imomi A’zam Abu Hanifa B)Shaxs Muhammadsodiq Muhammadyusuf C)A.Avloniy D)A.Navoiy

8.Insonning asosiy vazifasi o‘zini o‘rab turgan olam sirlarini o‘rganishdan iborat. Fanlarning holati ham ana shunday. Ularni kishining turmushidagi bo‘lgan ehtiyoj dunyoga keltirdi. Shunga muvofiq tarzda fan tarmoq yoydi. Bu jumlalar kimga tegishli?

A)M.Behbudiy B)Abu Rayhon Beruniy C)Abu Nasr Farobiy D)Ibn Sino

9..Turkiy guliston,yoxud axloq asari muallifi kim?

A)A.Avloniy B)A.Navoiy C)J.Rumiy D)A.Fitrat

10.Yunus Rajabiyning “O‘zbek xalq musiqasi” to‘plamini necha jildda nashr ettirgan.

11.Iogann Sebastyan Bax taniqli bastakorlardan biridir. Uning musiqalari qaysi kitobdan olingan?

A)Qur’on B)Injil C)Zabur D)Avesto

12.Kamchilik va nuqsonlaringni ko‘rsatib, seni koyigan donishmandning etagidan mahkam tut. Zero, u zot xazinaga eltayotgan yo‘lboshchiga o‘xshaydi va sen sira kam bo‘lmaysan.Kimning so’zlari?

A)Zardusht B)Budda C)Muhammad ( s.a.v.) D)Ahuramazda

13.Xoru zorlikni istamasang – __________________bo’lma.

A)mag’rur B)tarbiyasiz C)ta’magir D)mehrsiz

14.”Ezgu fikr,ezgu so’z,ezgu amal” qaysi dinning asosiy g’oyasi edi?

A)yahudiylik B)buddaviylik C)Zardushtiylik D)Monelik

15..Baxt haqidagi rivoyatda 3 aka-ukadan birinchisi baxtdan nimani so’raydi?

A)Sadoqatli Do’st B)Sadoqatli rafiqa C)pul D)omad

S. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
J. C C A B D D A B A D B B C C C

1.Falokatga duchor bo‘lishni istamasang – ___________________bo’ma.

mag‘rur va mutakabbir bo‘lma.

2.Pushaymon bo‘lishni istamasang _____________________________avval tajriba insonlar bilan kengashib, so‘ngra ishga kirish.

3.O‘zingni hammaga sevdirishni istasang – ____________________________________

fe’l-atvoringni tuzat, odobli, tarbiyali bo‘l.

4 .Obro‘ga, izzat va hurmatga ega bo‘lishni xohlasang – _______________________

halol mehnat qil, yolg‘onchilikdan saqlan, chaqimchi, ig‘vogar bo‘lma, ma’nisiz so‘zlarni aytib yurishdan hazar qil.

5.Bir necha yillardan so‘ng keksayib qolgan Henri Fordga jurnalist savol berdi: “Qayta tug‘ilsangiz, kim bo‘lishni xohlar edingiz?”U nima deb javob berdi:

“Kim bo‘lsam ham, qayerda tug‘ilsam ham, rafiqam yonimda bo‘lsa bo‘lgani. ”

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

10 MAVZU TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI TARBIYA QONUNIYATLARI VA

10 -MAVZU. TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI Reja: 1. Tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va mohiyati. 2. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. 3. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. 4. Tarbiya turlarining umumiy tavsifi. Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari.

Foydalanish uchun adabiyotlar: Ibragimov X. I. Pedagogika nazariyasi T. : “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2008. 2. Pedagogika. M. To’xtaxo’jaevaning umumiy taxriri ostida. – T. : O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 3. Askariva O. M. , Xaitboev M. , Nishonov S. Pedagogika –T. : O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 4. Ibragimov X. I. Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. –T. : “Fan va texnologiyalar”nashriyoti, 2008. Elektron ta`lim resurslari http: //www. edunet. uz; http: //www. ziyonet. uz; http: //www. istedod. uz

. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulqatvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.

. Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo xalokat, yo saodat – yo falokat masalasidur» .

Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg’unlashadi. Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.

Tarbiya jarayoni – O’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Tarbiya jarayoni tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o’quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat ўқиш меҳнат ижтимо ий ишлар ўйин спорт бадиий ҳаваскорлик yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo’lib qolishi mumkin.

Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo’yilgan maqsad va vazifalar bilan bog’liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalari: v jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; v jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash; vmadaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash; vma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.

Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari Ya a kk Guruhli Om m iy v a

2. Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega: Ømaqsadga yo’naltirilganligi; Ø ko’p qirrali jarayon; Ø uzoq muddat davom etishi; Ø uzluksizligi; Ø yaxlitligi; Ø variativligi; Ø natijalarning oldindan aniqlanmasligi; Ø ikki tomonlamalilik.

Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan barqaror aloqalar. Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud: ü ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi; ü tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi; ü faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai; ü tarbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’siri, o’zaro munosabatlari hamda faoliyati o’rtasidagi bog’lanish; ü tarbiya va o’zini-o’zi tarbiyalashning intensivligi; ü tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi; ü tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish.

Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi: • maqsadga qaratilganligi va g’oyaviy yo’nalganligi; • tarbiyaning insonparvarlashuvi; • tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog’liqligi; • tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv; • jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko’rish; • shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo’shib olib borish; • o’qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi; • tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish; • tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi.

Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo’nalishlari bilan bog’liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi. Institutsional belgilariga bo’yicha oila, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga bo’linadi.

1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo’lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo’lib kelgan. 2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi. 3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo’yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.

№ Mos kelgan қatorga + belgisini қўyib joylashtiring va g’oyaviy . 1. maqsadga qaratilganligi yo’nalganligi 2. tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi; 3. maqsadga yo’naltirilganligi 4. tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi 5. faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai 6. ko’’ qirrali jarayon 7. 8. tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi 9. tarbiyaning inson’arvarlashuvi 10. tarbiyaga yaxlit(kom’leks) yondashuv Tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari Tarbiya qonuniyatlari Tarbiya tamoyillari

№ Mos kelgan қatorga + belgisini қўyib joylashtiring 1. maqsadga qaratilganligi va g’oyaviy yo’nalganligi tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi; 2. 3. maqsadga yo’naltirilganligi 4. 5. tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai 6. ko’’ qirrali jarayon 7. tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi 8. ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi 9. tarbiyaning insonparvarlashuvi 10. tarbiyaga yaxlit(kom’leks) yondashuv Tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari Tarbiya qonuniyatlari . Tarbiya tamoyillari + + + + +

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Tarbiya mazmuni deganda nima tushiniladi? 2. Tarbiyaning maqsadi nima? 3. Tarbiya jarayoni qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega? 4. Tarbiya qonuniyatlarini shrhlab bering. 5. Tarbiya tamoyillarini izohlang. 6. Keng va tor ma’nodagi tarbiya tushunchalariga izoh bering.

Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10

a) ta’limiy:o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berishb) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni :

Tirik mavjudotlarning hayot jarayonlarini chuqur o‘rganish natijasida kashf etilgan bilimlardan foydalanib, biologik makromolekulalar va organizmlar ishtirokida yaratilgan texnologiya biotexnologiya deb ataladi.

Insonlar qadim zamonlardan beri biologik jarayonlardan foydalanib ongsiz ravishda sutdan qatiq, bug‘doydan spirt, meva sharbatlaridan sharob yoki sirka tayyorlash texnologiyasidan foydalanib kelgan.

Bundan tashqari, zotdor hayvonlar yoki sifatli o‘simliklar navlarini yaratish asosida ham hayotiy jarayonlarning insonlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilishi yotadi. Shunday biologik texnologiyalar biotexnologiyaning birmuncha sodda ko‘rinishlari bo‘lib, ular an’anaviy biotexnologiya deb ataladi.

Keyinchalik biologik fanlar, xususan, biokimyo, mikrobiologiya va genetika fanlarining rivojlanishi tufayli birmuncha murakkab bo‘lgan, o‘ta nozik va unumli zamonaviy biotexnologiyaga asos solindi. Zamonaviy biotexnologiya mikroorganizmlarni sanoat miqyosida ko‘paytirib, ular biomassasidan insonlar uchun zarur bo‘lgan moddalar – fermentlar, gormonlar, vitaminlar olish yo‘nalishlarida rivojlanib bormoqda.

XX asr davomida yaratilgan biotexnologiyalar asosida mikroorganizmlar yotadi, desa to‘g‘riroq bo‘ladi. Tez ko‘payadigan, genetik jihatdan chuqur o‘rganilgan mikroorganizmlardan foydalanib turli xil mahsulotlar: dori- darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa biologik faol moddalarni ishlab chiqarish imkoniyatlari bor. Masalan, bakteriyalar genomiga odam oshqozon osti bezidan olingan insulin genini kiritish orqali biologik faol va toza bo‘lgan insulin gormonini yoki o‘sish gormoni genini kiritish bilan somatotropin gormonini ko‘plab miqdorda ishlab chiqarish mumkin. Hozirda bir qator dunyo biotexnologik kompaniyalari shu usul orqali turli dori-darmonlarni ishlab chiqarmoqda.

Bugungikungakelib, zamonaviybiotexnologikusullarbilangenmuhan­disligiyordamidafarmatsevtikauchuninterferonlar, insulin, somatotropin, gepatitgaqarshivaksina, fermentlar, kliniktadqiqotlaruchundiagnostikashyo- lar (narkomaniya, gepatitvaboshqabirqatoryuqumlikasalliklarnianiqlashuchuntesttizimlar, biokimyoviytekshirishlaruchunreaktivlar, egiluvchanbiologikplastmassalar, antibiotiklar) ishlabchiqariladi .

Olimlar aniqlashicha, nonda oqsil miqdori unchalik ko‘p emas. Shuningdek, nonda lizin, triptofan, metionin yetishmaydi. Bu muammoni biotexnologik yo‘l bilan oson hal qilish mumkin. Olimlar ta’kidlashlaricha, 1 t unga 150 gramm lizin qo‘shilganda nondagi oqsil sifati keskin oshishi aniqlangan.

Umuman, biotexnologiya va sanoat mikrobiologiyasining rivojlanishi faqat ko‘p tonnali qimmatli oziqa ishlab chiqarishni emas, balki turli xildagi fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish imkonini ham beradi. Eng katta yutuqlar, bir tomondan, odam genomining to‘la ketma-ketligini aniqlash tufayli qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘simliklarni urug‘dan unib chiqib, gullashi va meva berishigacha bo‘lgan barcha hayotiy jarayonlarni boshqaradigan taxminan 25 ming genlarning aniqlanishi sabab erishildi.

Gen muhandisligida keyingi paytlarda qo‘lga kiritilgan yutuqlardan yana biri insonlardagi turli irsiy kasalliklarni odam hujayralariga funksional genlarni kiritish orqali davolash texnologiyasidir. Bu genlar terapiyasi deb yuritiladi.

Hujayra muhandisligi bemor a’zosidan bitta sog‘lom hujayrani ajratib olib, uni sun’iy oziqa muhitlarida o‘stirish orqali ma’lum to‘qimaga xos hujayralar to‘plamini olish va bu hujayralar to‘plamini butun bir yaxlit a’zoga- cha tiklash imkoniyatiga ega. Keyinchalik shu yangi organ bemor tanasiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Bu «yangi» organlar yaratish texnologiyasi deb ataladi.

1998 yil amerikalik olim J. Tomson «asos» hujayralarda (ingl. stem cells) «yangi» organlar yaratish texnologiyasini kashf etib, biotexnologiyaning bu yo‘nalishi rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. «Asos» hujayralarshundayhujayralarki, ularembrionalhujayralargao‘xshagan, haliuqadartakomillashmaganhujayralarto‘plamidaniboratbo‘lib, sun’iymuhitdao‘sishvaharqandayto‘qimagacharivojlanishqobiliyatigaega. Endigivazifaolinganto‘qimalardanfoydalanib, faoliyativashaklibo‘yichatabiiyorganlargao‘xshashbo‘lgan «yangi» tanaa’zolariniyaratishdir. Aminmizki, hozirgio‘quvchilarbiotexnologiyaningbarchayo‘nalishlariqatoridabuyo‘nalishnihamrivojlantirishdaishtiroketadilarvaonaVatanimizningdunyofanidatutgano‘rniniyuksakrivojlanganmamlakatlardarajasigako‘taraoladilar
Yangi mavzuni mustahkamlash :

  1. Gen muhandisligi yordamida farmatsevtika uchun qanday mahsulotlar yaratiladi?
  2. Nonda oqsil miqdorini va uning to‘yimlilik darajasini oshirish uchin nima ishlar qilinmoqda?
  3. Dori-darmonlar, vitaminlar, fermentlar olishda qanday natijalarga erishildi?

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
38- Mavzu: O‘zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar.34 §
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3

II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni :
Gen muhandisligiga bag‘ishlangan tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980-yil- larning boshlarida akademik O. S. Sodiqov tashabbusi bilan boshlangan. O‘z- bekistondagi bu tadqiqotlarning bevosita rahbari akademik A. A. Abdukarimov bo‘lib, 1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida tashkil qilingan gen muhandisligi va biotexnologiyasi laboratoriyasida transgen g‘o‘za navlari yaratish ustida qator ilmiy fundamental tadqiqotlar olib borildi. 1992-yili Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning bu laboratoriyaga tashrifi davomida g‘o‘za genlar muhandisligini yanada rivojlantirish va uni dunyo fani darajasiga ko‘tarish hamda sohaga malakali yosh kadrlarni jalb qilish va tayyorlash maqsadida, sohaning maqsadli moliyalashtirishga berilgan bevosita ko‘rsatmalari O‘zbekistonda genlar muhandisligini jadal rivojlanishiga asosiy turtki bo‘ldi.

Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi tarkibida Genetika institutining tashkil topishi, hukumat qarori bilan gen muhandisligining taraqqiyotini belgilovchi «Geninmar» ilmiy dasturining tasdiqlanishi, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi birgalikda Gen muhandisligi markazi – «Geninmar» markazining tashkil etilishi mamlakatimizda gen muhandisligiga asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi.

Ushbu ilmiy markaz xodimi I. Abdurahmonov paxta tolasining uzunligini belgilaydigan va g‘o‘zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universiteti biotexnologiya markazi olimlari bilan hamkorlikda ilk bor ajratib oldi. Shuning bilan paxta tolasi sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan biotexnologiyaga asos solindi. Professor Sh. S. Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya olimlari gen va hujayra muhandisligi usullarini qo‘llab, xalqimizda «sariq kasallik» deb ataluvchi jigar uchun xavfli bo‘lgan gepatit B xastaligini tashxis qilish va bu xastalikning oldini olish uchun zarur vaksina yaratish bo‘yicha ilmiy loyihalarni muvaffaqiyatli yakunladilar.

Biologiya fanlari doktori R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Iris- boyevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh PCR texnologiyasini qo‘llab, o‘nlab xavfli yuqumli va irsiy kasalliklarning gen muhandisligi tashxisi biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi.

Respublikakardiomarkazibilanhamkorlikdakardiomiopatiyakasalliginingirsiylanishqonuniyatlario‘rganilmoqda (B. Irisboyev, G. Hamidullayeva). AdliyavazirliginingSudtibbiyotiekspertizasiinstituti «Geninmar» markazibilanhamkorlikdagendaktiloskopiya (gendaktiloskopiya – genningDNKizchilligivagenlarspektrigabinoannoma’lumshaxsnianiqlash) usulinitatbiqetdilarvayanadatakomillashtirdilar (R. S. MuhamedovvaA. Ikromov).

ProfessorO. T. Odilovatuproqvayerostisuvlaridato‘planibqolganpestitsidqoldiqlariniparchalabzararsizlantiruvchipseudomonasbakteriyasishtammidanshufunksiyalarinibajaruvchigenlarguruhinig‘o‘zatomiritolachalarisathidayashovchirizosferabakteriyasigako‘chiribo‘tkazdi. Butajribalardankutilganmaqsadpirovardidag‘o‘zaekiladiganmaydonlardag‘o‘zagao‘nlabyillardavomidasepilgangerbitsidvapestitsidlarningqoldig‘inizararsizlantirishdir.

Mamlakatimizolimlaritomonidang‘o‘zadatolasifati, ertagullash, turlistresslargachidamlilikniberuvchibirnechao‘nlabgenlarajratibolindivaklonlandi. Olimlarimiztomonidanbugenlarningfaolligini «gennio‘chirib» qo‘yish (gen-nokaut) orqaliboshqarishtexnologiyasiishlabchiqilib, g‘o‘zadatolauzunligivagullashigasalbiyta’sirko‘rsatuvchibirnechagenlarfunksiyasito‘xtatilishigaerishildihamdayuqoriagronomikko‘rsatkichlig‘o‘zanavlariolindi. Builg‘orgenomtexnologiyalariniqishloqxo‘jaligiekinlariningbarchaturlarigatatbiqqilishishlarikengdarajadaolibborilmoqda.

O‘zbekistondagenmuhandisligiasosidasuvtanqisligi, sho‘rlanish, kasalliklarvazararkunandalargachidamliqishloqxo‘jaligiekinlariningyuqorisifatlivaserhosilnavlariniyaratishdavrtalabidir. Buo‘znavbatidayoshbarkamolavlodzimmasigaushbutexnologiyalarnito‘lao‘zlashtirishvaularniamaliyotgatatbiqqilishma’suliyatiniyuklaydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash :

  1. O‘zbekistonda gen muhandisligi fani rivojini belgilagan omillar haqida gapiring.
  2. O‘zbekistonda gen muhandisligi va biotexnologiya sohasida qilinayotgan tadqiqotlar va olingan natijalar haqida nimalar bilasiz?
  3. Biotexnologiyaning yo‘nalishlarini sanang.
  4. Gen va hujayra muhandisligi kelajagini qanday tasavvur qilasiz?
  5. Genlar terapiyasi nima?
  6. «Asos» hujayralar qanday xususiyatlarga ega?
  7. Sizningcha, inson organlarini probirkalarda yangidan yaratish mumkinmi?

Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
39- Mavzu: Umumlashtiruvchi dars.Nazorat ishi5.
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilar egallagan bilimlarini umumlashtirish, olgan bilimlarini nazorat qilish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.O`tilgan mavzularni takrorlash :

Savol va topshiriqlar:

1.Gen muhandisligida foydalaniladigan fermentlar qanday guruhlarga ajratiladi?

2. Polimeraza fermentlarining ishlash mexanizmi haqida so‘zlab bering.

3. Restriktazalar qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

4. Restriktaza fermentlarining ishlash mexanizmi haqida so‘zlab bering.

5. Teskari transkriptaza fermenti faoliyati mohiyatini tushuntiring.

6. Dastlabki transgen o‘simliklar haqida gapirib bering.

7. Vektor konstruksiya yaratish ketma-ketligini tushuntiring.

8. Transgen o‘simlik olish ketma-ketligini tushuntiring.

9. Transgen mahsulotlar haqida nimalarni bilasiz?

10. Hayvonlarni klonlashning qanday yo‘llari bor?

11. Gibridoma hujayrasining qanday afzalliklarini bilasiz

12.Monoklonal antitanalar sintez qiluvchi gibridoma hujayralarining alohida klonlarini olish uchun gibridoma hujayralarini qanday ko‘paytirasiz?

13. Monoklonal antitananing qanday ahamiyati bor?

14. Boyer va Koen tomonidan amalga oshirilgan ishlami tushuntiring.

15. Plazmidli bakteriya, plazmidsiz bakteriyadan qanday farq qiladi?

16. Rekombinant DNK olish ketma-ketligini gapirib bering.

17. O‘zbekistonda gen muhandisligi fani rivojini belgilagan omillar haqida gapiring.

18. O‘zbekistonda gen muhandisligi va biotexnologiya sohasida qilinayotgan tadqiqotlar va olingan natijalar haqida nimalar bilasiz?

19. Biotexnologiyaning yo‘nalishlarini sanang.

20. Gen va hujayra muhandisligi kelajagini qanday tasavvur qilasiz?

21. Genlar terapiyasi nima?

22. «Asos» hujayralar qanday xususiyatlarga ega?

23. Sizningcha, inson organlarini probirkalarda yangidan yaratish mumkinmi?

24.Transformatsiya jarayonida tashqaridan kirgan DNK molekulasi mutatsiya hosil qila oladimi?

25. Qanday hodisalar bakteriya hujayrasini fag tomonidan lizis qilinishidan saqlab qolishi mumkin?

26. Transduksiya jarayoni qanday kechganda bakteriyada mutatsiya bo‘lmaydi?

27. Transduksiyada faglar qanday rol o‘ynaydi?

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
40- Mavzu: Hayotning tur va populyatsiya darajasi.35 §
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga hayotning tur va populyatsiya darajasi haqida umumiy ma`lumotlar berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni :

Insoniyatni qiziqtirib kelayotgan turlar tabiatda qanday yo‘nalishlarda paydo bo‘lgan va rivojlangan degan masalalar sizni ham qiziqtirishi tabiiy.

Biologiya fanining rivojlanishida juda ko‘p olimlar o‘zlarining tadqiqotlari bilan bu muammoni hal etishga harakat qilgan. Keyingi paragraflarda mazkur olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari bilan tanishasiz. Organik olamning rivojlanishi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarning barchasi biologiya fanining rivojlanishiga qo‘shilgan hissa ekanligi nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Organik olam juda uzoq muddat davomida tarixiy rivojlangan. Paleontologik qazilma qoldiqlarni o‘rganish va hozirda mavjud organizmlarning tuzilishi bilan taqqoslash orqali shunday xulosalar chiqarilgan.

Shuni qayd etish kerakki, organik olam evolutsiyasi haqidagi fikrlar ko‘plab biolog olimlarning tadqiqotlari natijasida olingan xulosa sanaladi.

Tur deganda morfologik, fiziologik, etologik, genetik, biokimyoviy xossalari bilan o‘xshash, erkin chatishib nasl beradigan, ma’lum yashash sharoitiga moslashgan hamda tabiatda o‘z arealiga ega bo‘lgan organizmlardan iborat populatsiyalar yig‘indisi tushuniladi.

Populatsiya shu turning boshqa populatsiyalaridan ayrim belgi va xossalari bilan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan tizimdir. Har bir tur tabiatda ma’lum maydonni ishg‘ol qiladi va bu maydon turning areali deyiladi. Odatda turning areali katta maydondan iborat bo‘ladi. Shu sababli tur arealining turli qismlarida yashash muhiti turlicha bo‘ladi. Arealning turli qismlarida yashovchi individlar bir turga kirsa ham o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Demak, har qanday tur bir-biridan ozmi-ko‘pmi tafovut qilgan individlardan tarkib topgan. Shuning uchun har qanday biologik tur politipik hisoblanadi. Politipik turlar bir-biridan nisbatan alohidalashgan, erkin chatishib nasl beradigan kenja turlar va populatsiyalardan tashkil topadi. Tor arealda yashovchi turlarga nisbatan keng arealda yashovchi turlar politipik sanaladi. Chunki areal qanchalik keng bo‘lsa, areal chekkalaridagi muhit o‘rtasida tafovut ko‘p bo‘ladi.

Tur muammosi evolutsion ta’limotda markaziy o‘rinda turadi. Tabiat­da mavjud xilma-xil o‘simlik, hayvonlarni tizimga solishda, ya’ni klassifi- katsiyalashda tur tushunchasi sistematik birlik sifatida qo‘llaniladi.

«Tur» atamasini sistematik birlik sifatida fanga birinchi marta ingliz botanigi Djon Rey kiritgan. Tur haqida ko‘plab olimlar turlicha fikr bildirganlar. K. Linney tabiatda turning real mavjudligini tan olgan, lekin tur o‘zgarmas deb hisoblagan. J. B. Lamark turning realligini tan olmagan holda tabiatda faqat individlar mavjud deb hisoblagan. Ch. Darvinning fikriga ko‘ra, tabiatda turlar paydo bo‘ladi, yo‘qoladi, o‘zgaradi, bir tur yangi turning paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi.

Turga berilgan ta’rifning ijobiy tomoni shundaki, u o‘zaro chatishib ko‘payadigan alohida organizmlar majmuasini tur sifatida talqin qiladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hamma organizmlar ham jinsiy yo‘l bilan ko‘payavermaydilar. Tabiatda jinssiz yo‘l bilan ham ko‘payadigan organizmlar mavjud. Bundan tashqari qadimgi eralarda yashab qirilib ketgan turlar bor. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, barcha turlarining o‘ziga xos belgi-xossalarini qamrab olgan tur ta’rifi biologiya fanida hali yaratilmagan. Shuning uchun amaliyotda organizm turlarini bir-biridan farqlashda tur mezonlaridan foydalaniladi. Turlar ko‘p belgilari bilan bir-birlari bilan farq qiladi.

Tur uchun xos bo‘lgan belgi-xossalar yig‘indisi tur mezonlari deb ataladi.

Morfologikmezon . Morfologikmezonbirturgakiruvchiindividlarningtashqivaichkituzilishiningo ‘ xshashliginiifodalaydi . Qora qarg ‘ a va ola qarg ‘ a , karam kapalagi va qichitqio ‘ t kapalagi har xil turlarga mansub (75- rasm ).
30- rasm . 31- rasm . 1 – tojdor chittak ; 2 – katta

1 – karam kapalagi ; 2 – qichitqio ‘ t kapalagi . chittak ; 3 – lazorevka chittagi ; 4 moskovka chittagi .

Ularni siz morfologik xususiyatlari asosida farqlay olasiz. Chittaklar oilasiga mansub turlarni ham morfologik mezon asosida aniqlash mumkin (30-rasm).

Bir turga mansub erkak va urg‘ochi jinsli organizmlar o‘rtasidagi jinsiy dimorfizm hodisasini ko‘rish mumkin (31-rasm). Shu bilan bir qatorda morfologik jihatdan bir-biriga juda o‘xshash, lekin o‘zaro chatishmaydigan turlar ham uchraydi. Ular qiyofadosh turlar deyiladi. Chunonchi, drozofilada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamushda ham 2 ta qiyofadosh turlar ma’lum. Qiyofadosh turlar suvda hamda quruqlikda yashovchilar, reptiliyalar, qushlar, hatto sutemizuvchilarda ham aniqlangan. Morfologik mezon turlarni aniqlashda uzoq vaqt asosiy va yagona o‘lchov hisoblangan.

32-rasm. 1 – qushlarda; 2 – sutemizuvchilarda; 3 – hasharotlarda jinsiy dimorfizm.

Yangi mavzuni mustahkamlash :

  1. Tur deganda nima tushuniladi?
  2. Tur tushunchasini birinchi bo‘lib fanga kiritgan olim haqida ma’lumot bering.
  3. Dastlab olimlar tur haqida qanday fikrlar bildirgan?
  4. Tur mezonlari nima?

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
41- Mavzu: Populyatsiya turning tuzilish va evolyutsiyaning

boshlang‘ich birligi.36 §
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni :

Populatsiya – tur areali ma’lum hududni egallagan, bir-biri bilan erkin chatisha oladigan yoki boshqa populatsiyalardan nisbatan alohidalashgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhi. Populatsiya doirasida organizmlar oila, gala, poda bo‘lib yashaydilar. Lekin ular turg‘un holatda bo‘lmay, tashqi muhit ta’sirlari ostida tarqalib ketishi yoki bir-biri bilan qo‘shilib ketishi mumkin. Turning arealda egallagan joyiga qarab unda populatsiyalar soni har xil bo‘ladi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populatsiyalar soni ko‘p, tor arealda tarqalgan turlarda populatsiyalar soni kam bo‘ladi. Har xil turga kiruvchi populatsiyalar bir-biridan, avvalo, egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o‘simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog‘liq. Tok shilliqqurtining harakatlanish radiusi bir necha o‘n metr bo‘lsa, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho‘ziladi.

Populatsiyadagi individlar soni ham turlicha bo‘ladi. Ayrim hasharotlarning populatsiyalari yuz minglab, hatto millionlab individlardan iborat bo‘lsa, ayrim populatsiyalarda individlar soni juda oz bo‘ladi. Masalan, Uzoq Sharqda tarqalgan yo‘lbars populatsiyasi 300-400 ta individdan iborat

Populatsiyani tashkil etuvchi individlar o‘rtasida murakkab o‘zaro munosabatlar mavjud. Individlar oziq resurslari, yashash joyi uchun o‘zaro raqobatda bo‘lishlari yoki aksincha dushmandan birgalikda himoyalanishlari mumkin. Ayrim jismoniy zaif, kasal individlarning o‘limi populatsiya tarkibiy sifatini yaxshilaydi, populatsiyaning o‘zgaruvchan muhit sharoitida yashovchanligini oshiradi.

Jinsiy ko‘payish tufayli populatsiya doirasida to‘xtovsiz genlar alma­shinuvi sodir bo‘ladi. Populatsiyalar o‘rtasida mavjud alohidalanishlar tufayli har xil populatsiyalarga mansub organizmlarning o‘zaro chatishish ehtimoli kamayadi. Shuning uchun ham har bir populatsiya o‘ziga xos genlar to‘plami – genofondi bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, hayot populatsiya darajasining mavjudligi tur tarkibining xilma-xilligi bilan bir qatorda turning turg‘unligini ham ta’minlaydi. Populatsiya darajasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar evolutsiyaning tezligi va yo‘nalishini belgilaydi. Yangi turlarning paydo bo‘lish jarayoni populatsiya genofondining o‘zgarishidan boshlanadi.

Populatsiya genofondining o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlar.

Mutatsiyalar irsiy o‘zgaruvchanlikning asosiy manbayidir. Bir necha millionlab individlardan tashkil topgan populatsiyalar genofondidagi har bir gen avlodlarda mutatsiyalarga uchrashi mumkin. Bu mutatsiyalar kombinativ o‘zgaruvchanlik tufayli nasldan naslga beriladi. Ko‘pchilik mutatsiyalar retsessiv bo‘lgani uchun geterozigotalar fenotipida namoyon bo‘lmaydi, aksincha yashirin saqlanadi. Mutatsiyalar evolutsion jarayonlar uchun material bo‘lib xizmat qiladi.

Genlar dreyfi – genetik-avtomatik jarayonlar – bir necha avlodlar davomida gen allellarining populatsiyada uchrash ehtimolining tasodifiy o‘zgarishi, ya’ni populatsiyalardagi individlar orasida tasodifiy kombinativ o‘zgaruvchanlikning yuzaga kelishidir. Kichik populatsiyada ayrim individlar o‘zining genotipidan qat’i nazar, tasodifiy sabablarga ko‘ra avlod qoldirishi yoki qoldirmasligi mumkin. Ko‘payish davrida hosil bo‘ladigan gametalarning hammasi ham zigota hosil qilishda ishtirok etmasligi orqali bu hodisaning mexanizmini tushunish mumkin. Bu esa populatsiyada u yoki bu allellarning uchrash chastotasi (takrorlanish tezligi)ni o‘zgartiradi. Tasodifiy ravishda genlar chastotalarining o‘zgarishi tufayli ayrim allellarning saqlanib qolishi, boshqasining yo‘qolishi ro‘y beradi. Genlarning tasodifiy dreyfi natijasida, bir xil sharoitda yashayotgan, genetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan populatsiyalar asta-sekin o‘zining ayrim allellarini yo‘qotib boradi va populatsiyaning genetik strukturasi o‘zgaradi. Genlar dreyfi amerikalik genetik S. Rayt tomonidan o‘rganilgan.

Populatsiya to‘lqini populatsiyani tashkil etgan individlar sonining davriy o‘zgarib turish hodisasidir. Sizlar o‘z kuzatishingiz orqali ob-havo qulay bo‘lgan yillari ayrim hayvon, o‘simlik turiga kiruvchi organizmlarning ko‘payib ketishi, hayot uchun noqulay bo‘lgan yillarda esa keskin kamayib ketishini bilasiz. Bahorda yog‘in-sochin ko‘p bo‘lgan yillarda bir yillik, ko‘p yillik o‘t o‘simliklar: boychechak, yaltirbosh, qo‘ng‘irbosh, qoqio‘t, ituzum avj olib o‘sib, ko‘p urug‘ beradi. Natijada ular bilan oziqlanuvchi hasharotlar, o‘txo‘r hayvonlar soni ham ko‘payib ketishi mumkin.

Hasharotlarning, o‘txo‘rhayvonlarningko‘payishio‘znavbatidahasha- rotxo‘rqushlar, yirtqichhayvonlarsonininghamortishigaolibkeladi.

Alohidalanish. Tabiatda populatsiyalarning aralashib ketishiga geografik, biologik, ekologik va boshqa alohidalanishlar to‘sqinlik qiladi. Alohidalanish har xil populatsiyalar individlarining qisman yoki to‘liq chatishmasligidir. Populatsiyalar orasida genlar oqimi bo‘lib turganda, ularda genetik farqlar to‘planmaydi. Alohidalanish esa irsiy axborot almashinuvini to‘xtatadi va populatsiyani yangi mustaqil genetik tuzilmaga aylantiradi. Alohidalanishning bir qancha turlari farq qilinadi.

Geografik alohidalanish daryolar, tog‘lar va boshqa geografik to‘siqlarning paydo bo‘lishi natijasida populatsiyalar- ning alohidalanishidir.

Ekologik alohidalanish esa bir turning populatsiyalari tur tarqalgan arealning turli qismlarida turli muhitda yashashi natijasida bir-biri bilan chatishmasligiga olib keladi.

Biologik alohidalanish tur ichidagi individlarning jinsiy organlaridagi tafovut- lar, o‘simliklarda gulning tuzilishidagi farqlarning yuzaga kelishi natijasida orga­nizmlarning chatishmasligiga olib keladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash :

Savol va topshiriqlar:

1.Populatsiya deb nimaga aytiladi?

2.Populatsiya genofondidagi genlarning tasodifiy o’zgarishi nima deyiladi?

3.Populatsiya to‘lqini nima?

4.Populatsiya genofondi qaysi jarayonlar natijasida o‘zgaradi?

5.Organizmlarda alohidalanish xillarini aytib bering.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
42- Mavzu: 2-Laboratoriya mashg‘uloti.Turning morfologik mezonini o‘rganish.
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga turning morfologik mezonini aniqlashni o`rgatish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-2, Xk-3

2-LABORATORIYA MASHG`ULOTI

Mavzu: Turning morfologik mezonini aniqlash.
Mаqsаd:Tabiatdakengtarqalganikkixilturyokiuninggerbariysiyokikollekstiyasidanfoydalanibturningmorfologikmezonibilantanishish, turgaxosmorfologikbelgilarnianiqlayolish, morfologikmezongako`raindividlarningbirturgayokiharxilturgamansubliginianiqlash.

Jihоzlаr: 2 taturgamansubo`simliklarning 3 – 5tadangerbariysiyokitiriknamunalari.

Ishni bajarish tartibi::

1. O`simlik namunalarini diqqat bilan o`rganing.

2. O`simliklarni morfologik mezon asosida turlarga ajrating.

3. Har bir turga morfologik tavsif bering.

4. Hаr bir turgа mansub o`simliklаrning ildizi, pоyasi, bаrgi, gulkоsа, gultоjbаrgi, mevasining shаkli vа rаngigа e’tibоr bеring.

5. O`simlik tupidаgi gul va mevalar sоni, ulаrning rаngi vа shаkligа аhаmiyat bеring.

Bir urug`pallalilar sinfi

8. Morfologik mezonning nisbiy ekanligiga misollar keltiring.

9. Kuzatganlaringiz asosida xulosa chiqaring.

Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa.

XULOSA: Biz bugungi laboratoriya mashg`ulotida turlarning morfologik mezonini aniqlash uchun, ikki turga mansub turni tanlab oldik.Olingan ikki turni berilgan xususiyatlar asosida jadvalni to`ldirdik. Har bir turning morfologik belgilari: ildizi, bargi, guli, mevasi, poyasiga ta`rif berib, jadvalni to`ldirdik.Demak, morfologik mezon bilan bir oila va bir turga mnsub (o`xshash) o`simliklarni aniqlab bo`lmaydi. Shuning uchun biz ikkita sinf yoki ikkita oilaga mansub turlarni morfologik mezon bo`yicha taqqosladik.Demak, o`xshash turlarni aniqlash uchun barcha tur mezonlaridan foydalanish kerak.

Rasm: Mofologik mezon uchun turlar rasmi chiziladi.

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
43- Mavzu: Evolyutsion g‘oyalarning paydo bo‘lishi.37

Qiziqarli malumotlar
10 MAVZU TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI TARBIYA QONUNIYATLARI VA