10-iyul — Angliyada ilk bor futbol hakami hushtakni ishlatgan kun

10-iyul — Angliyada ilk bor futbol hakami hushtakni ishlatgan kun
10 iyul angliyada ilk bor futbol hakami hushtakni ishlatgan kun 65ca79a05cf99

10525863 811071815578403 5238309875700774344 n 468x345 1

10-iyul — Angliyada ilk bor futbol hakami hushtakni ishlatgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 10-iyul — Angliyada ilk bor futbol hakami hushtakni ishlatgan kun

Futbol maydonida hakamlar 1873-yildan paydo bo’lgan.  U paytlarda hakamlarning  o’zidan o’zi  o’yinga aralashish huquqi bo’lmagan. Hakamlarning majburiyatlari  vaqtni kuzatish,  o’yinchilarni olib tanlash  va qo’yish, shu bilan birga guruhdagi o’yinchilar  bir-biri bilan chiqisha olmaganlarida ularni murosaga keltirish hisoblanadi.
1878-yilga qadar Futbol hakamlarida hushtak bo’lmagan va ulardan foydalanishni ham bilishmagan, o’yinni boshqarish davomida esa o’zlarining ovozlari, har xil belgilar yoki qo’ng’iroq orqali qarorni aytish, o’zlariga e’tibor qaratishga uringanlar.
1878-yil 10-iyulda Londondagi futbol musobaqasida  hakamlikni politsiya hodimiga ishonishgan, o’yin davomida  tushunmovchilik paydo bo’lgan va politsiya xodimi o’ylanib o’tirmasdan hushtak chalgan. Hushtakning  chalinganidan o’yinchilar shu zahotiyoq  larzaga tushishgan. Shu kundan boshlab futbol musobaqalari hushtaksiz o’tmaydi.
@Kun_tarixi_TV24

10-iyul — Angliyada ilk bor futbol hakami hushtakni ishlatgan kun