10-12 oylik bola rivojlanishi haqida to’liq ma’lumot oling

10-12 oylik bola rivojlanishi haqida to’liq ma’lumot oling

Mundarija скрыть
10-12 oylik bola rivojlanishi haqida to’liq ma’lumot oling
10-12 oylik bola rivojlanishi
O’n- o’n ikki oylik bola kun sayin o’sib bormoqda. Uning vazni o’rtacha 8-11.8 kg (o’g’il bola bo’lsa) yoki 7.7-11.3 kg (qiz bola bo’lsa) bo’ladi. Bo’yi o’rtacha 68.8 sm dan 77.1 sm gacha bo’ladi.
Bu davrga kelib ko’pchilik bolalarda hali ham tishi chiqishi davom etayotgan bo’ladi.
Ko’pchilik bolalar bu davrga kelib birinchi qadamini bosgan bo’ladi.
✅10-12 oylik bola:
— buyumlar ustidan dumalab o’tishni yaxshi ko’radi;
— emaklab turib, o’tirib oladi;
— zinadan tepaga emaklay oladi, lekin pastga tusha olmaydi;
— mebelni ushlab yuradi;
— ayrim bolalar o’zi yura oladi;
— yurganida ko’p yiqiladi;
— buyumlarni bemalol bosh va ikkinchi barmoqlari bilan ushlaydi;
— barmog’i bilan narsani ko’rsatadi;
— kubiklarni ustma-ust yig’adi;
— kelajakda bola o’n yoki chapaqay bo’lishi ko’rinadi;
— «o-yi»,» da-da» kabi tovishlarni aytay oladi;
— «mumkin emas» deganini tushunadi;
— «xayr» qiladi;
— «ko’chaga» desa eshikka qaraydi;
— o’yinchoqni berkitsangiz esida bo’ladi;
— ona bilan uzoqlashishni istamaydi;
— buyumlarni bir birini ichiga solib, ichini to’ldirib, to’kishni yaxshi ko’radi;
— oynaga karashni yaxshi ko’radi;
— tog’arani taraqlatishni yaxshi ko’radi.
Bu davrga kelib bola uy bo’ylab harakat qilib, dunyoni o’rganadi.
Engi u siz bilan ko’p muomila qiladi, o’z hissiyotlarini aniqroq ko’rsatadi. Uydagi barcha ishkoplarni ko’vlay boshlaydi.
✅Bir yosh atrofidagi bolalarni qiziqtirish uchun eng yaxshi o’yinchoqlar:
1⃣. Itariladigan o’yinchoqlar. Bu yoshda bola yurishni istaydi. Shuning uchun unga itarib yura oladigan o’yinchoqlar yoqadi.
2⃣.Shaklga ega o’yinchoqlar. Bir shaklga ega buyumni o’shanga mos teshikka tiqish bolaning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
3⃣. Qiziqarli ko’ptoklar. Sakraydigan, tovush chiqaradigan va har xil qoplamga ega ko’ptoklarni endi bola o’zi o’ynashni xush ko’radi.
4⃣. O’yinchoq telefon. Onasining har kuni telefonda gaplashishini ko’rgan bola bu davrga kelib shunga taqlid qiladi. Unga qo’liga mos o’yinchoq telefon olib bering, zavqlansin.
5⃣ Kitob. Bolaga kichikligidan kitob o’qish berish foyda ekanligini yana takrorlaymiz.
6⃣ Kubiklar. Chaqaloqlar uchun maxsus yirik lego, konstruktor kabi o’yinchoqlar uning hozirgi yoshi uchun juda foydali bo’ladi.

✅Bu davrda bola sutdan tashqari yana bir qator mahsulotlardan ta’tib ko’rgan bo’ladi. Endi asta-sekinlik bilan uning menu tarkibini kengaytirishimiz mumkin.

— Yosh qo’yning go’shti;
— Buzoq go’shti;
— Tovuq go’shti;
— Tayyor bug’doyli taomlar;
— Guruchli kotletlar;
— Tuxum sarig’i;
— Pishloq;
— Yogurt;
— Soya pishlog’i (tofu);
— Lapsha;
— Dukkakli sabzavotlar.
Berilayotgan taom 6 oyliknikiga o’xshagan juda ezilgan (pyure) shaklida bo’lishi shart emas, balki juda mayda to’g’ralgan bo’lsa bo’ladi.
✅Bu yoshda bola qo’lidagi ovqatni og’ziga keltirib yeya oladi. Uning qo’liga mos kelgan holda qaynatilgan sabzavotlardan bersangiz, o’zi qo’li bilan yeya olganidan xursand bo’ladi. Shu yoshdan boshlab bolaga o’z qo’liga choy ichadigan maxsus (to’kilmaydigan) krujkani berib quysangiz mustaqil icha oladi.
Manba©
@yosh_onalarga_maslahatlar

Malumotlar
10-12 oylik bola rivojlanishi