1-sinf “Tehnologiya” fanidan taqvim mavzuiy reja

1-sinf “Tehnologiya” fanidan taqvim mavzuiy reja

Dars jihozi: ko‘rgazma,mehnat qurollari,slaydlar

1-синф ва 2-синф. Технология дарси. 04.04.2020 й.

#1sinf #1sinftexnologiya #ozbeksinflari #2sinf #2sinftexnologiya #ozbeksinflari Видеодарслар. 1-синф ва 2-синф. Технология дарси. й.

Сейчас смотрят

00:08:39 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

2 года назад 890 просмотров

1-синф ва 2-синф. Технология дарси. 04.04.2020 й.

00:11:55 Печь для гаража

4 года назад 19 904 просмотров

1-синф ва 2-синф. Технология дарси. 04.04.2020 й.

00:04:53 ragnos28

1 год назад 1 168 просмотров

1-синф ва 2-синф. Технология дарси. 04.04.2020 й.

01:30:54 RizaNovaUZ

5 лет назад 4 673 889 просмотров

1-синф ва 2-синф. Технология дарси. 04.04.2020 й.

00:04:12 ragnos28

1 год назад 2 055 просмотров

1-синф ва 2-синф. Технология дарси. 04.04.2020 й.

00:40:22 ТАРО ПОДСКАЗКИ

2 недели назад 2 218 просмотров

1-синф ва 2-синф. Технология дарси. 04.04.2020 й.

Смотрите далее

Видеопортал My-youtube – это самые свежие и горячие ролики за 2022 год. Каждый день в любое время суток вы можете смотреть онлайн новые отборные ютуб видео в хорошем качестве!

1-sinf “Tehnologiya” fanidan taqvim mavzuiy reja

Ta’limiy:O‘quvchilarga mehnat ta’limi fani haqida ma`lumot berish.

Tarbiyaviy: O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash

Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.

O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;

Dars turi:yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: ko‘rgazma,mehnat qurollari,slaydlar

Dars tipi: aralash,savol-javob

Darsning borishi

Dars bosqichlari I II III IV V VI
Ajratilgan vaqt 2 7 20 10 3 3

I.Darsni tashkil qilish. 1.Salomlashish.

3.Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Yangi mavzu bayoni.

O‘quvchilar bilan ta’tilni qanday o‘tkazganliklari haqida suhbatlashildi.

Har bir darsda qilinadigan ishlar mavjud.Masalan,Matematika darsida-sonlar,ular ustida amallar,figuralar haqida bilim olamiz.Ona tili darsida harflar ularni yozilish haqida bilim olamiz.Mehnat darsida esa,mehnat qurollari,ulardan foydalanish qoidalarini o‘rganamiz.,Undan tashqari.rangli qog‘oz,plastelin,tabiiy materiallardan biror narsa yasash,yaratishni o‘rganamiz.O‘quvchilar bilan birga klaster usulida mehnat qurollarini tarmoqlaymiz.

Siz ushbu darslik yordamida turli amaliy topshiriqlarni bajarishni o‘rganasiz.
Darslikda rangli qog‘ozdan har xil gullar, maketlar, tabriknomalar, turli ko‘rinishdagi
o‘yinchoqlar, parranda va jonivorlar shaklini yasash, gazlamalardan ajoyib buyumlar tayyorlash usullari o‘rgatiladi. Ayni paytda applikatsiya va mozaika usulida ishlash jarayoni ham ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, kasb-hunarga oid ma’lumotlar
bilan ham tanishasiz. Mehnat ta’limi darslarida berilgan amaliy ishlarni bosqichli bajarish bilan birga mavzudagi savol va topshiriqlarga to‘liq javob berishingiz, ishni sifatli bajarishingiz hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingiz lozim. Aziz o‘quvchilar, atrofingizdagi sizni hayratga solayotgan barcha ezgu ishlar inson mehnati mahsulidir.
Unutmang, kelajakda o‘zingiz tanlagan kasb-hunarning mohir ustasi bo‘lishingizda
ushbu darslik sizga yaqin ko‘makdosh bo‘ladi.

O‘qituvchi o‘quvchilarga birinchi sinfda qo‘l mehnati fanidan o‘rgangan mashgu`lotlarni esga soladi . Tabiiy materiallardan , qog‘ozdan applikasiya usulida yasalgan narsalar, loy va plastilindan yasalgan narsalarni ko‘rsatdi. Bugungi dars mavzusi tushuntiriladi.

Qo’l mehnati darslarida ishlashning umumiy qoidalari

  • Ish joyida ozodalikka va tartibga rioya qil.
  • Ishni faqat o’qituvchi ruxsati bilan boshla.
  • Ish vaqtida boshqa narsalarga chalg’ima.
  • Asboblarni o’z o’rnida ishlat.
  • O’tmas va buzuq asboblarni ishlatma.
  • Asboblarni o’z joyida saqla.
  • Ish tugagach asboblarni joy-joyiga qo’y.

Sinf: 1-sinf Fan: Texnologiya. Mavzu

Mavzu: Sabzavot va mevalarning urug‘idan applikatsiya usulida naqsh yasash.

Darsning maqsadi:

O’tilayotgan mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalar hosil qilish

O’quvchilarni o’zaro hurmat,mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

Sabzavot va mevalar urug’idan applikatsiyalar yasashni puxta o’rganish va orttirilgan tajribadan ko’nikma hosil qilib,hayot davomida amalda qo’llash.

Fanga oid kompetensiyalar:

O’rganilgan texnologik tushunchalar,ko’nikmalar va tajriba vositalari, urug’larni o’quv jarayonlarida qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish.

Metodi: tushuntirish,ko’rgazmali

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, darslik,rangli karton,qaychi,qalam,yelim yoki plastilin,urug’liklar

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomotni aniqlash, o`quvchilarni o`quv

qurollarini nazoratdan o`tkazish,.

II.Otgan mavzuni so’rash va mustahkamlash,yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rish

III.Yangi mavzu bayoni

Rangli kartondan eni 3 sm, bo‘yi 9 sm bo‘lgan uzunchoq shaklni qirqib oling va qalam bilan teng bo‘laklarga bo‘lib chiqing. Uning ichiga naqsh chizib oling, so‘ngra yelim yoki plastilin bilan urug‘larni naqsh ustiga yopishtirib chiqing.

IV Mustahkamlash . O’quvchilar applikatsiya yasashni mustaqil tarzda

Uyga vazifa. Uyga vazifa qisqacha tushuntiriladi

Tabiiy va turli materiallardan hayvonlar yasash.

Plastmassa idishlar juda ko‘p. Bu idishlardan har xil ertak qahramonlarini yasashingiz mumkin. Rasmga qarab, plastmassa idishdan qanday narsalar tayyorlanganligini ko‘rib chiqing. O‘zingizda bor idishlardan qanday ertak qah ramonlarini yasay olasiz?

VI: Darsni yakunlash.

Darsda faol qatnashgan,applikatsiya yasashni nihoyasiga yetkazgan, birinchi bo`lib bajargan o`quvchilarni baholayman.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Qiziqarli malumotlar
1-sinf “Tehnologiya” fanidan taqvim mavzuiy reja