1 sinf o’qish kitobi sherlari
Orif To‘xtash
1 sinf o’qish kitobi sherlari
Ustozlar
Orif To‘xtash
Siz bergan odob yashar,
Ruhiyatda, tanda ham.
Barchamizga o‘rnaksiz,
Hayot degan fanda ham.
Siz shu qadar fidoyi,
Siz bunchalar jonkuyar.
Shu tufayli Ustoz deb –
El ardoqlar, el suyar.
Shapaloq
Orif To‘xtash
Kundalikni kuzatib,
Ona dedi xafaroq:
-Yana ham “ikki” olsang,
Yeysan ikki shapaloq! –
Qo’shnilar
Orif To‘xtash
-Farhodlarning uyini,
Ko‘rsatvor-chi, Xolida.
O‘zingiz boravering,
Uyimizning oldida.
“Hissa”
Orif To‘xtash
– Men kichkina bo‘lsam ham,
Oyimga yordamchiman, –
Deydi ovqatdan keyin,
Maqtanib jajji Juman. –
Kuz
Dilshod Rajab
Kuzak yurish
Boshlandi.
Ya’ni urish
Boshlandi.
Sarg‘ayib so‘ldi
Ko‘plab
Yam-yashil barg-u
O‘tlar.
Panshaxa
Dilshod RAJAB
O‘roq o‘rar bukchayib,
Qaytgunicha to dami.
Xaskash ishlar yer tirnab –
To‘plab qo‘yar pichanni.
Belkurak
Dilshod RAJAB
Dеhqon bobo, doim tik-ku bеlkuraging,
Lеkin nеchuk hol-ahvoling, bеl, kuraging?
Kеng maydonga tushgan chayir polvon o‘zing,
Tolmagaysan, sira ko‘rmas yеr kuraging.
1 sinf o’qish kitobi sherlari
Qalam tutib qólimga ilk bor,
Yozuv chizuv òrgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni kóp bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Qani endi qaytsam edi maktab davriga
Har kun uzib berar edim gul uning qo’liga
Maktab davrida sevmoq na qadar go’zal
Qizlarni labidan tomar bol oqar asal
Bugun maktab ostonasin hatlab
so’nggi bor
To’qqiz yillik bolalikka yasaysiz
yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo’lar
maktabda,
Chalinadi eng oxirgi
qo’ng’iroq bu kun.
MAKTABIM BAG’RINGDA O’YNAB
YURGANDIM,
ILK SEVGI HAYOLIN O’ZINGDA
SURDIM.
KATTA BO’LISHGA HAM QACHON
ULGURDIM,
BU SAVOL JAVOBIN TOPIB BER
MAKTAB.
Maktab dargohini tark etib ketish,
Men uchun azobdir bu axir azob.
Yuragimni ezar og’ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda
so’ngi qo’ng’iroq.
Ko’zimdan qalqiydi
quvonch yoshlarim,
Maktab dargohini tark
etar bu kun.
Yangi hayotga ham
qo’yishar qadam,
Chunki chalinmoqda
so’ngi qo’ng’iroq.
Dillarni titratib so’ngi
qo’ng’roq,
Maktab dargohidan
qiladi yiroq.
Ustozlarim ko’zidan
tirqiraydi yosh,
Chunki chalinmoqda
so’ngi qo’ng’iroq
Qiziqarli malumotlar
1 sinf o’qish kitobi sherlari