1 sinf o’qish dars ishlanma
TK5: badiiy asarlarda aks etgan voqealar mohiyatini to`g`ri tushunish va talqin qila olish.
Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Rasulova Baxtinisa
Ushbu dars ishlanma Toshkent viloyati Parkent tumani xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi 10umumiy o`rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Rasulova Baxtinisa tomonidan tayyorlangan. Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan dars berayotgan o`qituvchilar uchun foydalanishga mo`ljallangan
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — Rasulova Baxtinisa
ONA TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA QO’SHIMCHA MASHQLARDAN FOYDALANISH USLUBLARI
BOSHLANG`ICH TA`LIMDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING IMLOVIY BILIMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING AN’ANAVIY USLUBLARI.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QISH FANIDAN UMUMLASHTIRUVCHI DARSLARNI TASHKIL ETISH
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 10-umumta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi RASULOVA BAXTINISAning 1-sinf uchun
Ona tili va oqish savodxonligi
fanidan 1-soatlik noan’anaviy ochiq
Ushbu dars ishlanma Toshkent viloyati Parkent tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 10- umumiy o>ta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Rasulova Baxtinisa tomonidan tayyorlangan.
Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan dars berayotgan o’qituvchilar uchun foydalanishga mo’ljallangan
Rasulova Baxtinisa – Toshkent viloyati Parkent tumani xalq talimi bolimi tasarrufidagi 10- umumiy o>ta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi
_ – Parkent tumani XT bo’limi
boshlang’ich sinflar metodisti
– Parkent tumani 10-sonli
maktabning boshlang’ich sinflar O’IBDO’
Rasulova Baxtinisa – Toshkent viloyati Parkent tumani xalq talimi bcf l¡m¡ tasarrufidagi 10- umumiy o>ta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf cfqituvchisi
Ushbu dars ishlanma 10-maktab Metodik Kengashining _2022_-yildagi “_” sonli qarori
bilan foydalanishga tavsiya etildi.
Toshkent viloyati Parkent tumani xalq ta’limi bo1¡m¡ tasarrufidagi 10-umumiy o>ta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Rasulova Baxtinisaning 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan “Foydali satoavotlar” mavzusidagi ochiq darsiga
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Rasulova Baxtinisaning 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan “Foydali sabzavotlar” mavzusidagi ochiq darsini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida interfaol metodlarni qo’llab, AKT dan foydalangan holda darsni olto bordi.
Dars tashkiliy qism, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yangi mavzu Ьayoni, yangi mavzuni mustahkamlash, o’quvchilarni baolash va uyga vazifa qismlarga bo’lingan bo’lib, mazmunli, tushunarli, aniq va ravon tushuntirib, yoritib berildi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Hasanova O’g’iloy “Kasblar” mavzusi orqali dars oldiga qo’ygan maqsadlariga erishdi. O’quvchilarda eng avvalo, hunar va kasblar orasidagi farqni bilish, kabsga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish va o’sitish uchun o’tkazgan metodlari o’quvchilar dunyoqarashlarini kengaytirdi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Rasulova Baxtinisaning 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan “Foydali sabzavotlar” mavzusidagi ochiq darsi ona tili va o’qish savodxonligi fanidan berayotgan o’qituvchilari foydalanishi mumkin va ommalashtirishga tavsiya etaman.
Parkent tumani 10-sonli maktabning boshlang’ich sinflar O’IBDO’:
Ona tili va o’qish savodxonligi 2-sinf
Mavzu: FOYDALI SABZAVOTLAR
Ta limiy maqsad:
O’quvchilarni mavzu bilan tanishtirish, uning mazmunini qayta hikoya qilish, matndagi voqea va hodisalarga o’z munosabatlarini bildirishga o’rgatish.
TK1: so’z va gaplarni bog’lagan holda o’z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
FK1: o’qilgan asar mazmunini tushuna oladi;
o’quvchilarni aqlli, dono va qo’rqmas bo’lishga, hamkorlikda ishlashga o’rgatish TK4: odob- axloq qoidalariga rioya qilish;
Rivojlantiruvchi: o’quvchilar lug’atini boyitish, nutqini o’stirish, o’qish malakalarini shakllantirish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi, noan’anaviy, ko’nikma, malakalarini shakllantiruvchi dars.
Darsning uslubi: Tushuntirish,savol-javob, metodlar, suhbat, bellashuv. Darsning jihozi: Tarqatma materiallar, rasmli, mavzuga oid taqdimot, ko>gazmalar, kompyuter.
Darsning borishi Vaqti
Tashkiliy qism 6 daqiqa
O’tgan mavzuni so>ash va mustahkamlash 10 daqiqa
Yangi mavzu bayoni 10daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
O’quvchilarni baholash 2 daqiqa
Uyga vazifa berish 2 daqiqa
I. Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash.
O’quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
O’qituvchi: Salom aziz bolalarim,
Guli rayhon lolalarim. Qani tinglang so’zlarim, Jajji o’g’il qizlarim.
Ona yutr egasi- siz, Istiqlol ertasi- siz. Bo’ling aql-u rasolar, O’quvchilar: Bizlar yaxshi bolamiz, Ochilgan gul lolamiz, Ota-ona izmidan Ustozlarning so’zidan Bizlar also chiqmaymiz
Darsga shay gul – g’unchamiz
O’qituvchi: Bolajonlar omonmisiz?
Bugun darsga tayyormisiz? Oquvchilar: Ustoz bizlar omonmiz.
Bugun darsga tayyormiz. Darsimiz: O’quvchilar: Ona tili va o’qish savodxonli Savodxonlik bu odob ilmi, Berar bizga hayotdan saboq. U bordurki, hayot sururli, U bordurki, kelajak porloq Sinfimizning shiori: Kamol topib,halol o’sib zo’r bo’lamiz, Bilim olib xalq yo’liga nur bo’lamiz. Maqsad sari intilamiz,adashmaymiz, Yurt deganning yuragiga qo’r bo’lamiz. Bizlar-yaxshi bolamiz, Ochilgan gul, lolamiz. Ota-ona izmidan, Ustozlarning so’zidan, Bizlar also chiqmaymiz. Sinfdagi barchamiz, Darsga shay gul-g’unchamiz. Darsimiz shiori: “Biz barkamol avlodmiz,
TA’LT M FIDOYILARI
Kelajagi porloq farzandmiz!” Sinfda bugun kim navbatchi: Menman bugun navbatchi Sinfni tozalovchi O’quvchilar haqida Ma’lumotlar beruvchi.
Qiz bolalar -_ta
Barchalari kelishgan Darsga tayyor bo’lishgan O’qituvchi: Raxmat bolajonlarim. O’tiringlar marxamat Savollarimga faqat. Javob beringiz o’ylab.
O’quvchilar: O’ylab javob berishga qilamiz biz harakat. O’qituvchi:
O’quvchilarning tashabbus haqidagi fikrlarini savol-javob orqali aniqlanadi. O’qituvchi:
Hozir darsimiz ona tili va o’qish savodxonligi. Bu fanni o’rganishdan asosiy maqsadimiz nima ekan?
O’qish fanini o’rganishdan maqsadimiz:
– tarbiya olish. Slyosly daqlqa bekatl:
O’qituvchi: Vatanimiz nima? O’quvchi : Vatan – so’zi naqadar aziz,
Vatan- qadami bunchalar qutlug’ Tillar ham ojiz uni aytganda,
Sevinchga tulaman she’rlar bitganda.
Vatan ostonang erur tillodan,
Chunki zaminingda jasurlar yotur Vatan sen uchun Navoiylaring
Jannat bog’larida g’azallar bitur.
Vatan-madhingni kuylayman men ham,
Shamolda tebrangan tetik gul kabi. Vatan -ertangni o’ylayman men ham,
Intilgan bolaning orzusi kabi.
O’quvchilarning tashabbus haqidagi fikrlarini savol-javob orqali aniqlanadi.
O’qituvchi: 2022- yil qanday nomlandi?
Osmoning tinch xalqing farovon. Hurlik sabab yo llaring ravon. Karvonlaring oshmoqda davon Chindan bugun buyuk bo’libsan. O’quvchl:
Odimlaysan shaxdam mustaqil. Qaro kunlar chekinar nari. Yetaklaydi yurtboshing oqil
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Seni buyuk kelajak sari.
Yangi O’ZBEKISTON sari qadamlar
v kurslari o’paydi
Bugun yurtimizda qanday o’zgarishlar va yangilanishlar bo’lmoqda?
Guruhlarning taqdimotlari tinglanadi.
O’tgan mavzuni mustahkamlash.
O’tgan darsda o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun kitoblarimizni ochamiz. She’rni ifodali o’qiymiz.
Quyonim bor “vov-vov”der, Kuchigin bor-beda yer. Xo’rozim suvda suzar, Mushugim arqon uzar. Tongda qichqirar “quq-qu-u” Balig’im bermas uyqu. Eshagim poylar sichqon, Toshbaqam uchqur, chaqqon. Toychog’im ko’p sustqadam, Yura olmas hech ildam. Tuxum bosar buzog’im, O’rdakkinam – suzog’im. Kun-u tun hangrar echkim.
6. Aslida bu hayvonlar nima qilishi kerak?
O’quvchilar she’rni birin-ketin o’qib chiqadilar. Mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
1. Suv qanday yasharkan.? Bu hikoyadan nimalarni bilib oldingiz?
2. Asalarilarning qanday g’aroyib qobiliyatlari bor?
3. Sariq tovuqning qaysi harakatlarini eslaysiz? U qanday ona ekan?
Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi: Bugungi mavzuyimiz “Foydali sabzavodlar”. Siz uchun qiziqarli ma’lumotlar juda ko’p. ularni tanishtirsam:
Rasmga qarang. Tasvirlangan narsalarni muhokama qiling.
l.Ekin ekish uchun yer qanday tayyorlanadi?
2.Tomorqaga qanday ekinl ekish mumkin?
3.Qaysi ekinlar ertapishar hisoblanadi?
4.Qaysi sabzavotlarni qishga g’amlab qo’yish mumkin?
Berilgan so’zlarning ma’nosini rasmga qarab tushuntiring.
shudgor sabzi palak
; . . e9at ildiz sug orish
tomorqa poya urug’ sepish
Tarkibimda qilaman. Ko kuni iste’mol
SABZAVOTLAR NIMA DEYDI?
>,E vitaminlari bor. Men immunitetni kuchli axshilayman. Betob bo’lmay desangiz, meni har
Xotiram a’lo bo’lsin desangiz, meni ko’proq yeng. Uyqusizlik va kamqonlikda
menga murojaat qilavering!
o Foydali xususiyatlarim haqida insonlar qadimdan bilishadi. Menda siz uchun zarur bo’lgan moddalar serob. Kaliy, kalsiy, temir va natriy moddalariga boyman.
-Oftob nurida qizarib pishaman. Men yurak va oshqozon uchun eng yaxsh doriman. Qondagi qand miqdorini nazorat qilaman. Taomlarga o’zgacha ta’m beraman.
Bejizga odamlar birorta ham taomni mensiz tayyorlay i bakteriya va mikroblar mendan qo’rqib
Biroz yoq msiz hidimni aytmasa, foyda keltirishda menga teng keladigani yo’q. yaxshi yetishtirsangiz,
ko’p daromad olib kelaman.
1. Qaysi sabzavot uyqusizlik va kamqonlikda foyda beradi?
2. Sabzida qanday vitaminlar bor?
3. Piyozning eng muhim hususiyati nimada?
4. Pomidorda qanday foydali xususiyatlar bor?
5. Sarimsoqning qanday xususiyatlari bor?
Qiziqarli musobaqa uyushtiring. Sabzavotlarga ta’rif bering.
Nomi, shakli, ko’rinishi
Ta’mi, foydali xuxusiyatlari
Qanday taomlar tayyorlanishi
Sinf uch guruhga bo’linadi:
1-guruh biror sabzavotning nomi, shakli ko’rinishi haqida so’zlab beradi.
2-guruh o’sha sabzavotning ta’mi, foydali xususiyatlari haqida so’zlab beradi.
3-guruh undan qanday taomlar tayyorlanishi haqida so’zlab beradi.
She’rni ifodali o’qing.
Yupqaning po’stim bor, Dalada ko’p do’stim bor. Maqolda ham yoziqsan, O’sha oltin qoziqsan.
Yotsam yerga yopishib, Dumginamdan tortishib, Tashladilar o’raga, Salom palov to’raga.
1. She’rdagi voqealar qaysi sabzavot tilidan aytilyapti?
2. Sabzavot o’ziga qanday ta’rif beryapti?
3. “O’sha oltin qoziqman” deganda nimaga ishora qilyapti?
4. Bu sabzavotsiz qaysi milliy taomni tayyorlash mumkin emas?
“Sabzavotlar nima deydi?” audio matni tinglandi.
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Sabzavotlar nomini ayting?
Dam olish daqiqasi.
Barcha o’quvchilar o’rnilaridan turgan holda, qo’l va oyoq harakatlari bilan bajaradilar.
Biz yugurdik, yugurdik, O’rmonga yetib keldik.
Baholash va rag’batlantirish.
Guruhlardagi “rag’bat” kartochkalari hisoblab chiqilib, baholanadi.
Uyga vazifa: she’rni yod olish.
Dars ishlanma (1-sinf) Mavzu: Shamol va quyosh (masal) Ezop Darsning maqsadi: Ta`limiy
FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: Suhbat, tushuntirish, “Zanjir” usuli.
Darsning jihozi: Darslik, multimedia vositalari, ko`rgazma va tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, tozalikka qarash, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
Uyga vazifa – Oy allasi (Odil Abdurahmon) she`rini ifodali o`qib kelish edi.
- Oy – ona bolasi yulduzga nimalar haqida so`zladi?
- Quyosh, oy, yulduzlar kimlarga o`xshatilgan?
Qadrli bolajonlar, bugun sizlar bilan Ezopning “Shamol va quyosh” masali bilan tanishamiz. (O`qituvchi muallif haqida qisqacha ma`lumot beradi.)
Monitorga darslikdagi shamol hamda quyosh tasviri chiqariladi. Masalni o`qituvchi ifodali qilib o`qib beradi, o`quvchilar diqqat bilan tinglashadi.
O`quvchilar “Zanjir” usulida matnni qismlarga ajratib, birma-bir o`qiydilar. Matnda uchragan notanish so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.
- Po`stin – hayvon terisidan tikilgan qalin kiyim
- Taft – harorat, issiqlik
Yangi mavzuni mustahkamlash
O`quvchilar bilan masal mazmuni haqida savol-javob o`tkaziladi.
- Shamol va quyosh nima uchunn bahslashib qolishdi?
- Shamol bahsda nima uchun quyoshdan yengildi?
- Oliyjanoblik qanday xislat?
Qo`ng`iroq qo`g`irchoqnikimi, qo`zichoqnikimi?
Darsni yakunlash va baholash
Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa
“Shamol va quyosh” masalini ifodali o`qib kelish.
Dars ishlanma (1-sinf)
Mavzu: Non isi (rivoyat)
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o‘quvchilarni «Non isi» rivoyati bilan tanishtirish, ularda to‘g‘ri, va ravon o‘qish malakalarini shakllantirish;
FK1: o`qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi;
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda aziz ne`mat bo`lgan nonni qadrlashga, uni asrab-avaylashga, nonni uvol`qilmaslikka o‘rgatish;
TK5: badiiy asarlarda aks etgan ma`naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to`g`ri tushunish hamda tushuntirib bera olish;
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil ishlash, matnni qayta hikoya qilish, lug‘at ustida ishlash, erkin fikrlash malakalarini rivojlantirish;
FK2: o`rganilgan asarlarning nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida ularga baho bera oladi.
Darsning turi: yangi bilimlar beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, ifodali o`qish, hikoya qilish, ko`rgazmalilik,
Darsning jihozi: darslik, multimediya ilovalari, rangli rasmlar, Alisher Navoiy va Husayn Bayqaro rasmlari
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axboroti, tozalik, darsga tayyorlanish.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
O`tgan mavzu “Alisherning yoshligi” mavzusi edi. Uyga vazifa shu matnni ifodali o`qib kelish edi.
- Kiyikni Alisherga kim olib kelgan edi?
- Alisherning do`sti kim bo`lishni orzu qildi?
- Alisher hayotda nimani zaruriyat deb bildi?
- Nima uchun maktab zaruriyat ekan?
Yangi mavzu bayoni
Bolajonlar sizlar bilan bugun “Non isi” nomli rivoyat haqida suhbatlashamiz.
Allomalar rasmlari doska o`rtasiga qo`yilib, rivoyat matni o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga ifodali qilib o`qib beriladi. O`quvchilardan diqqat bilan eshitishlari so`raladi. So`ng o`quvchilardan rivoyat voqealari haqida fikrlari so`raladi. Oxirida o`qituvchining fikri bilan to`ldiriladi.
O`quvchilarning o`zlari ham rivoyatni navbatma-navbat o`qishadi. Rivoyat matnida uchragan tushunarsiz so`zlar yuzasidan lug`at ishi olib boriladi.
- Vazir – qadimda davlat boshlig`ining o`rinbosari
- Sulton – qadimda davlat boshlig`i shunday deb ham atalgan
Quvnoq daqiqa o`tkaziladi
Yangi mavzuni mustahkamlash
Mavzu yuzasidan o`quvchilar bilan suhbat o`tkaziladi? Non qadri, chin do`stlik kabi atamalar haqida suhbat olib boriladi. Savollar beriladi:
- Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi?
- Navoiy vazirlarga qanday maslahat berdi?
O`quvchilar tez aytish va topishmoqlar aytishib bellashadilar.
Darsni yakunlash va baholash
Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa
“Non isi” rivoyatini ifodali o`qib kelish.
Dars ishlanma (1-sinf)
Mavzu: Aqlli qarg`a (hikoya) Abdulla Avloniy
Darsning maqsadi:
Ta`lmiy: o`quvchilarni “Aqlli qarg`a” hikoyasi mazmuni bilan tanishtirish, ifodali va ongli o`qishga o`rgatish;
FK1: matn ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o`qiy oladi;
Tarbiyaviy: o`quvchilarda vatanga muhabbat, atrofdagilarga hurmat tuyg`usini shakllantirish hamda aqlli, uddaburon bo`lishga undash;
TK5: vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli, milliy qadriyatlarga e`tiqodli bo`lish:
Rivojlantirish: o`quvchilarning to`g`ri va ravon o`qish malakalarini rivojlantirish;
TK4: turli yo`nalishdagi (ertak, hikoya, masal, rivoyat,doston) kitoblarni muntazam o`qish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: Suhbat, tushuntirish metodlari, “Zanjir”, “O`rmonda va hovlida” o`yinlari.
Darsning jihozi: darslik ,multimediya ilovalari, topshiriqli vodeolavhalar, rasmli tarqatmalar.
Darsning borishi
Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, tozalikka qarash, darsga tayyorlanish.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
O`tilgan mavzu Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat” she`ri haqida edi. Uyga vazifa shu she`rni yod olib kelish berilgan.
- Avaz nimani xayol qilgan ekan?
- U niyatiga yetish uchun nim,a qilish kerak?
- Sizning ham orzungiz bormi?
Bolajonlar sizlar bilan bugun “Aqlli qarg`a” nomli hikoya haqida suhbatlashamiz.
O`qituvchi Abdulla Avlonoy haqida qisqacha ma`lumot beradi va hikoyani ifodali qilib o`qib, mazmunini o`quvchilar bilan muhokama qilishadi.
Ekranga qarg`a va ko`za rasmi chiqariladi. O`quvchilar ketma-kelikda hikoyani ifadali o`qishni boshlaydi. Matnda uchragan notanish, tushunarsiz so`zlar yuzasidan lug`at ishi olib boriladi.
- Jazirama – juda issiq havo
- Tashnalik – suvsizlik
Yangi mavzuni mustahkamlash
O`quvchilar bilan “O`rmonda va hovlida” o`yini o`tkaziladi: O`quvchilar ikki guruhga bo`linadilar. Ular ikki ustunga o`rmonda va hovlida o`sadigan daraxtlarning nomini yozadilar:
- Qarg`a jaziramada nega qiynalibdi?
- Ko`zadagi suvni ichish uchun qarg`a qanday yo`l tutdi?
Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa
“Aqlli qarg`a” hikoyasini ifodali o`qib kelish.
Dars ishlanma (1-sinf)
Mavzu: Rostgo`y bola. (ertak)
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o‘quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish, to`g`ri va ravon o`qishga o`rgatish;
FK1: o`qish uchun kitoblar(badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi;
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda rostgo`ylik, kattalarni hurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash;
TK5: badiiy asarlarda aks etgan voqealar mohiyatini to`g`ri tushunish va talqin qila olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning matnni ifodali o`qish, og`zaki hikoya qilish malakalarini rivojlantirish;
FK2: o`rganilgan asarlarning nomi va qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida ularga baho bera oladi.
Darsning turi: yangi bilimlar beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, tushuntirish, ko`rgazmalilik, “Chala xat”, “Qarsak” mashqlari Darsning jihozi: darslik, “Rostgo`y bola” ertagiga mos rangli rasmlar, multimedia ilovalari. )
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axboroti, tozalik, darsga tayyorlanish.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
O`tilgan mavzu “Maymun va duradgor” ertagi edi. Uyga vazifa ertakni ifodali o`qib kelib, mazmunini so`zlab berish topshirilgan. O`quvchilar doskaga chiqib birma-bir ertakni so`zlab beradilar.
- Duradgor nima ish qilayotgan edi?
- Maymun nima qildi?
- O`ziga aloqador bo`lmagan ishga aralashishning oqibati nima bilan tugaydi?
Yangi mavzu bayoni
Aziz o`quvchilar bugun biz sizlar bilan “Rostgo`y bola” ertagi haqida suhbat olib boramiz.
O`qituvchi ertakni ifodali qilib o`qiydi va o`quvchilar bilan ertakni muhokama qiladi.
“Chala xat” o`yini o`tkaziladi. Uning shartiga ko`ra biror o`tilgan matn tanlanadi va matnning ayrim so`zlari tushirib qoldiriladi. O`quvchilar esa bu tushirib qoldirilgan so`zlarni topadilar.
Ertak matnini o`quvchilar birma-bir ifodali o`qiydilar va tushunarsiz so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.
- Podshoh – qadimda davlat boshlig`i shunday atalagan.
- Vazir – podshohning eng yaqin yordamchisi.
Yangi mavzuni mustahkamlash
“Qarsak” mashqi (Noto`g`ri jumla o`yini)
Bu mashqni bajarayotganda o`quvchilar mavzuni o`zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida o`qituvchi matnni o`qiydi. Har bir gap yakunida agar u bugungi o`rganilgan matnga mos kelsa, qarsak chaladilar. Matn tarkibida noto`g`ri ma`lumotlarbo`lsa, bu ishni bajarmaydilar.
Mashq yakunlangach, o`quvchilar fikri tinglanib, bilimlar umumlashtiriladi.
- Podshoh o`ziga farzand tanlash uchun nima qilibdi?
- Bola gulni nega o`sitira olmabdi?
- Podshoh nima uchun bolakayni o`ziga farzandlikka tanlabdi?
Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa
“Rostgo`y bola” ertagini ifodali o`qib kelish.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Qiziqarli malumotlar
1 sinf o’qish dars ishlanma