1 sinf maktab darsliklari
“Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunga asosan bolalar 1-sinfga yetti yoshga to‘ladigan yilda (2014 yil 1 yanvaridan 31 dekabrigacha tug‘ilgan bolalar) qabul qilinadi.
Bolalarni 1-sinfga qabul qilish tartibi ma’lum qilindi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunga asosan bolalar 1-sinfga yetti yoshga to‘ladigan yilda (2014 yil 1 yanvaridan 31 dekabrigacha tug‘ilgan bolalar) qabul qilinadi.
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston va viloyatlarning markazidagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi.
Qabul jarayonlari 2 bosqichda bo‘ladi:
1-bosqichda ota-onalar 2021 yilning 15 iyunidan 5 iyuliga qadar my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydilar. Bunda 3 ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi.
– Birinchi maktab – ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan mikrohududdagi maktab;
– Ikkinchi va uchinchi maktablar – ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnashi uchun qulay bo‘lgan maktablar.
2-bosqichda 2021 yilning 6 iyulidan 31 iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinchi maktabga, ya’ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradilar, bunda hujjatlarni topshirish to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi.
Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan bo‘lsa, ya’ni elektron ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Qolgan hududlarda 1-sinfga qabul an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktabda amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 15 iyundan -15 iyulga qadar doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarini 1-sinfga joylashtrish uchun hujjatlarini bevosita topshirishlari mumkin.
Shuningdek, 16 iyuldan 15 avgustga qadar ota-onalarga ixtiyoriy tanlov asosida boshqa maktablarga, ya’ni mikrohududiga kirmasa ham bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, farzandlarini 1-sinfga qabul qilish uchun boshqa maktabga hujjatlarini topshirish imkoniyati beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunga asosan bolalar 1-sinfga yetti yoshga to‘ladigan yilda (2014 yil 1 yanvaridan 31 dekabrigacha tug‘ilgan bolalar) qabul qilinadi.
Mazkur qonun talablari mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
1 sinf maktab darsliklari
Joriy yilda umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qadam qo‘yadigan bolalar uchun o‘quv darsliklari 7 tilda tayyorlanib, ta’lim muassasalariga yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov KUN.UZ’ga ma’lum qildi.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, birinchi sinfda o‘qishni boshlaydigan o‘quvchilarning har biriga 12 turdagi o‘quv qurollari va o‘quvchilik portfeli tayyorlab qo‘yilgan. 1-sinfga kelayotgan o‘quvchilar har yili yangidan nashr etiladigan 12 nomdagi darsliklar bilan ham ta’minlanadi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar 10 sinflarda o‘qishni davom ettirishadi. Ularning ta’lim olishi uchun 10 sinfning 12 fani bo‘yicha tuzilgan yangi o‘quv reja va dasturlar asosida darsliklar tayyorlangan.
Qolaversa, farzandi maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan ota-onalarga davlat byudjyeti hisobidan 7 turdagi kitoblar beriladi. Ota-onalar bu kitoblar orqali farzandlarini maktabga mustaqil o‘zlari tayyorlashadi.
Qiziqarli malumotlar
1 sinf maktab darsliklari