1-sinf jismoniy tarbiya fanidan yillik dars ishlanma
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
1-sinf jismoniy tarbiya fanidan yillik dars ishlanma
Mavzu: Haraktli o’yinlar. a) Jismoniy tarbiya darslarida o’zini tutish va xavfsizlik qoidalarini o’rgatish; b) Saflanish va saf mashqlari (bir kishilik qatorga, safda turish, sanoqqa sanash); v) Qomatni tik tutib yurish mashqlari; d) “Bir qatorga saflaning”, “Hamma tеzda o’z joyiga”, “Charxpalak”, “Danak” harakatli o’yinlari.
Maqsad: O’quvchilarni jismoniy sifatlarini, chidamlilik va tezkorlikni rivojlantirish.
chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni mustaqil bajarish qoidalarini bilish va ularga amal qilishni o’rgatish.
Dars jihozi: Sekundamer, bayroqcha, xushtak va to’plar.
O’tish joyi: Sport zali, maydon.
- Baham ko’ring Facebook
- Baham ko’ring Twitter
- Baham ko’ring Google+
- Baham ko’ring Pinterest
Jismoniy tarbiya fani o‘quv dasturi (1-,2-,4-,6-,7-sinflar) uqtirish xati
UQTIRISH XATI
Jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishdan maqsad – o‘quvchilarning salomatligini saqlash, ularning jismonan yetuk bo‘lib yetishishlari uchun
shart-sharoitlar yaratish va mashg‘ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi:
Ta’limiy – jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha asosiy tushunchalarni, ularning mohiyatini hamda dasturda mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni o‘quvchilarga o‘rgatish tushuniladi. Ta’limiy vazifani amalga oshirishda o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, ya’ni sport turlari, sport anjomlari va ulardan foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda yosh-fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lgan jismoniy yuklamalarni mustaqil ravishda belgilay olish kabi ma’lumotlar beriladi.
Tarbiyaviy – jismoniy tarbiya va sport faoliyatining kerakligicha ta’minlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aqliy, estetik tarbiyalar bilan shakllantirib boriladi.
Sog‘lomlashtiruvchi – o‘quvchilarning organizmlari, sog‘lig‘ini mustahkamlash, har tomonlama jismonan tarbiyalashga qaratiladi. O‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab quyidagi vazifalar amalga oshirib boriladi:
a) organizmni chiniqtirish;
b) jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sog‘lom qilib tarbiyalash, inson salomatligi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishdan iborat. Jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari esa sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish;
jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
sport asbob-anjomlaridan foydalanishning xavfsiz usullarini o‘rgatish;
sog‘lom turmush tarzini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishda tayanch va jismoniy tarbiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi, jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
kompetensiyasi hamda sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi.
Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirishni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish salomatlikni mustahkamlash, jismoniy sifatlar (kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamiylik, egiluvchanlik va koordinatsiya)ni rivojlantirish, o‘yinli vaziyatlarda oqilona va murakkab hayotiy-amaliy, shuningdek, sportning harakatli turlarini o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.
Yuqori sinflarda ushbu fanni o‘qitish me’yoriy jismoniy rivojlanishga ko‘maklashish, harakatlanish vaqtida va statik holatlarda gavdani to‘g‘ri tutish malakasini mustahkamlash, gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, gandbol, futbol va boshqalar) mashqlarini bajarishda texnika va taktika asoslarini o‘rgatish ko‘nikma va malakalarni mustahkamlaydi.
Shunindek, jismoniy tarbiya darslari hududning imkoniyatlari va yil mavsumining o`zgarishiga qarab o`zgartirishda albatta davlat ta`lim standart talablarini to`liq bajarilishi nazarda tutiladi.
Jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda yuqori sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari” hamda “Hayot xavfsizligi asoslari” o‘quv kurslarining “Suvdagi xavfsizlik qoidalari”, “Cho‘milish himoya vositalari haqida tushuncha”, “Burundan qon ketish sabablari va birinchi yordam ko‘rsatish”, “Ko‘zga chang tushganda muhofazalanish qoidalari”, “Nafas olish a’zolari va teri yuzasini muhofaza qilish vositalari haqida tushuncha”, “Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida xavfsizlik choralari” mavzulari orqali singdiriladi.
Kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari o‘quvchilarning yoshi, psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda A1, A2 darajalar bo‘yicha elementlarga ajratib berildi.
Jumladan, Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi:
ertalabki badantarbiya va dars jarayonida chiniqtirish mashqlarini bajara olish;
saflanish va yurish qoidalarini bajara olish;
harakatli o‘yin turlari va ularning qoidalarini bilish;
jismoniy mashqlarning inson salomatligiga ta’sirini bilish;
shaxmatning boshlang‘ich o‘yin qoidalarini bilish.
jismoniy mashqlarni bajarishda gigienik qoidalarni bilish;
gimnastika anjomlaridan xavfsiz foydalana olish;
yengil atletikaning inson salomatligida tutgan o‘rnini bilish;
basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol sport o‘yinlarining himoya va hujum usullarini bilish;
kurash elementlari hamda usullarini bajara olish;
qomatni to‘g‘ri shakllantirish mashqlarini bajara olish;
shaxmat donalarining yurish hamda shoxni mot qilish qoidalarini bilish.
o‘yin mashqlarni bajarish paytida xavfsizlik qoidalarini bilish.
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi:
jismoniy mashqlarni (saf, akrobatika, tayanib sakrash, muvozanat saqlash, tayanish va osilish, tirmashib chiqish) bajarishda mashqlar ketma-ketligini bir-biri bilan bog‘lay olish;
mashqlarni bajarishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiyaga) ega bo‘lish;
mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay olish.
saf, umumrivojlantiruvchi (buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan) mashqlar majmuasi, gimnastika (tayanib sakrash, tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar, umbaloq oshish, muvozanat saqlash), yengil atletika (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish), sport va harakatli o‘yin mashqlarini bajarish qoidalariga rioya qila olish;
hayotiy zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiya) ega bo‘lish;
fikrlash asosida mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay olish.
Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi:
jismoniy mashqlarni bajarishda shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal qila olish;
jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin va keyin yurak urish me’yorini aniqlay olish;
jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qila olish.
gimnastika sport turlari bo‘yicha turli jihoz va anjomlarning nomlarini biladi, tuzilishini tushuntira oladi hamda amaliy mashg‘ulotlarda belgilangan qoidalar asosida foydalana olish;
o‘zi yoki boshqalar shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish haqida boshlang‘ich bilimga ega bo‘lish.
Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha tayanch va fanga oid kompetensiyalarni o‘quvchilarda shakllantirish o‘quv dasturining mazmuni hamda umumta’lim muassasasining sharoiti (sport zali, sport maydonining mavjudligi hajmi)dan kelib chiqqan holda taqvim-mavzu rejalarni ishlab chiqish tavsiya etiladi.
Mazkur dastur asosida umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi maktab sharoitini inobatga olgan holda taqvim-mavzu rejasini ishlab chiqadi. O‘quv dasturi bo‘limlari uchun ajratilgan soatlarga o‘zgartirish kiritish yoki boshqa bo‘lim hisobidan o‘quv-mashg‘ulotlarni amalga oshirish mumkin emas.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturiga quyidagi o‘zgartirish kiritildi. Jumladan, 3-sinflarda “Harakatli o‘yinlar” bo‘limi soatlari (8 soat) hisobidan “Futbol” bo‘limi kiritildi va 8 soat ajratildi.
Shaxmat 1-4-sinf “Harakatli o‘yin”lar bo‘limidan, 5-9-sinflar uchun “Kurash” bo‘limi hisobidan 2 soatdan ajratildi.
Shuningdek, 5-7- sinflarda o‘qitilishi belgilangan “Harakatli o‘yinlar” bo‘limi soatlari. (2 soat) “Gimnastika” bo‘limiga o‘tkazildi.
Ushbu o‘quv dasturidagi 1-9-sinflar uchun berilgan “Suzish” bo‘limini o‘qitish o‘quv yilining aprel-may oylarida dars jarayonlarida nazariy va amaliy (suzish harakatlariga oid bo‘lgan) mashqlarni bajarish tavsiya etiladi.
O‘quv dasturida berilgan mavzular va ular uchun ajratilgan soatlarni o‘qitishda bajarilayotgan mashqlarni keyingi darslarda takrorlash, takomillashtirish orqali maktab o‘quvchilarining yosh-fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda jismoniy yuklamalar belgilanadi va bajariladi.
1-9 sinflarda jismoniy tarbiya fanini o‘qitish
quyidagi dastur asosida amalga oshiriladi
– basketbol, voleybol, gandbol
JISMONIY TARBIYA
68 soat (haftasiga 2 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
Egallangan bilimlar asosida mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda va yakka tartibda ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
jismoniy tarbiya faniga oid adabiyotlardan foydalana olish, ommaviy axborot vositalarida jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan ma’lumotlarni kuzatib, tushuna olish va jismoniy tarbiya va sportga oid internet tarmoqlaridan foydalana olish;
darslik va boshqa manbalardan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
muntazam ravishda o‘zi ustida ishlash, jismoniy sifatlarni bilish, har bir sport turidan uning texnikasi va taktikasini bilish, kun tartibi hamda gigienik qoidalarga amal qila olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilishni o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
atrofida bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarini tushunish va his etish, muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya :
ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan milliy urf-odatlarni bilish, tengdoshlari bilan do‘stona munosabatda bo‘la olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
jismoniy tarbiya faniga oid sanoq sonlarining mohiyatini anglash, vaqt me’yorlarini va maydon o‘lchamlarini anglash.
NAZARIY BILIM ASOSLARI
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning gigienik qoidalari. Mashg‘ulotda kiyiladigan sport kiyimlarining gigienik talablari. Jismoniy mashqlarning insonga bo‘lgan ahamiyati. Jismoniy mashqlarni bajarish inson organizmining ish qobiliyati yaxshilanishiga ta’siri va foydasi. Gimnastika darslaridagi tartib-qoidalar. Jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul vaqtida xavfsizlik qoidalari, o‘zini-o‘zi mudofaa qilish qoidalari. Shikastlanganda o‘ziga va boshqalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsata olish.
Jismoniy mashqlar mashg‘ulotining gigiyenik qoidalari. Uyga berilgan mashqlarni mustaqil ravishda bajarish qoidalari. Yugurish vaqtida to‘g‘ri nafas olish, o‘quvchilarning harakat va ovqatlanish tartibi. Mashg‘ulot paytida xavfsizlik qoidalari. Yugurib kelib uzunlikka sakrash mashqining fazalarini bajarish tartibini bilish. Ish qobiliyatini birday saqlab turishda jismoniy mashqlarning ahamiyati. Sport zalida, maydonchasida yengil atletika mashqlarini bajarishda xavfsizlik qoidalari.
Organizmga jismoniy mashqlarning qanday ta’sir etishi haqida bilish, umumrivojlantiruvchi mashqlar bo‘yicha uyga berilgan vazifani bajarishni bilish, yengil atletika bo‘yicha o‘quv mezonlarini egallash.
O‘quvchilarning jismoniy kamol topishida basketbol o‘yinining ahamiyati. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning salomatligini aniqlashda o‘zini-o‘zi nazorat qilish asoslari. Basketbol sport turi bilan shug‘ullanish inson organizmiga bo‘lgan ta’siri. Basketbol o‘yinining qoidalari. Voleybol o‘yini qoidalari, hakamlik qilishish, voleybol o‘yinining organizmga ijobiy ta’siri.
Jismoniy tayyorgarlik – ishchanlik unumdorligi mezoni. Dars paytida belgilangan mashg‘ulot – mashq o‘tkazishning xavfsizligini ta’minlash qoidalari. O‘quvchilarning harakat sifatlari haqida tushuncha berish (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik). Yurakning qisqarish tezligini mustaqil o‘lchash. Musobaqa qoidalarini bilish. Futbol texnikasi va taktikasi.
Kurash qoidalari haqida ma’lumot. Kurashchilarning halqaro musobaqalarda Osiyo va Jahon birinchiliklaridagi muvaffaqiyatlari. Kurashchilar kun tartibi, ovqatlanishi va gigienasi.
Harakatli o‘yinlarni bolalarning turmush faoliyatiga yordam beradigan aqliy va irodaviy xislatlarini tarbiyalashda qo‘llash, ularda turli o‘yinlarga, jismoniy mashqlarga, kun tartibiga rioya qilishga qiziqishni uyg‘otish.
Harakatli o‘yinlarni mustaqil ravishda tashkil qilish va o‘tkazish uchun zarur bilim va malakalar hosil qilish.
Brass suzish usulini o‘rganish uchun bajariladigan maxsus mashqlar. Elementlari bo‘yicha brass usulida suzish. Ko‘krakda chalqancha yotib krol usulida suzish vaqtida burilishlar.
GIMNASTIKA (13 soat)
Umumrivojlantiruvchi mashqlar. (1 soat)
Buyumlarsiz va buyumlar bilan quyi sinflarda o‘zlashtirilgan mashqlarni takrorlash hamda takomillashtirish. Juft-juft bo‘lib buyumlarsiz va buyumlar bilan mashqlar bajarish. Gimnastika devori yordamida mashqlar bajarish. Mustaqil ravishda 6-8 ta umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish. Jismoniy sifatlardan tezkorlik va kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish, mashqdan so‘ng nafasni to‘g‘ri olish va chiqarish. Belda gardishni 1 daqiqa davomida aylantirish, arg‘amchida 30 soniya davomida sakrash.
Tayanib sakrash. (2 soat)
Qiz bolalar – dastlabki holat, uzunasiga o‘rnatilgan (balandligi 90 sm) gimnastika “kozyoli”ga yugurib kelib sakrab, ustiga tayanib tizzalarda turish va cho‘qqaygan holda qo‘llar bilan siltanib kerishib yumshoq sakrab tushish; eniga o‘rnatilgan gimnastika “kozyoli”dan oyoqlarni bukib sakrab o‘tish.
O‘g‘il bolalar – balandligi 110 sm uzunasiga qo‘yilgan gimnastika “kozyoli”dan oyoqlarni kerib va bukib sakrash; gimnastika “kozyoli”dan oyoqlarni kerib sakrab 90 0 ga burilib tushish.
Tirmashib chiqish. (2 soat)
1. Gimnastika narvoniga navbatma-navbat har xil usullar bilan tirmashib chiqish; gimnastika narvoniga chiqishda bir qo‘lda buyumlar (to‘p, tayoqcha) bilan tirmashib chiqish va tushish mashqlari; gimnastika narvonida yonbosh va orqa bilan bilan aralash ushlash usuli bilan osilib turish.
2. O‘g‘il bolalar – 3 m, qiz bolalar – 2 m arqonga uch harakat usulda tirmashib chiqish va tushish.
Nazorat ishi. (1 soat)
Osilish va tayanishlar. (2 soat)
Osilishlar: gimnastika narvonida oyoqlar bilan osilib turishdan, oyoqlar bilan depsinib, kerishishdan osilishga o‘tish; qo‘shpoya poyalaridan oyoqlarni kerib oshirgan holda qo‘llarga tayanib tik turish; o‘g‘il bolalar – baland turnikka osilish, bir oyoq bilan siltanib va ikkinchisi bilan depsinib aylanib ko‘tarilish, qiz bolalar – past turnikka osilish, cho‘qqayib osilish.
Tayanishlar: polda, gimnastika o‘rindig‘iga qo‘llar bilan tayangan holda bukish va yozish.
Akrobatika. (2 soat)
Cho‘qqayib tayanib o‘tirgan holda, oyoqlarda depsinib oldinga umbaloq oshish; 30-40 sm balandlikdagi to‘siq ustidan umbaloq oshib o‘tish; orqaga umbaloq oshib, yarim shpagatga tushish.
Muvozanat saqlash mashqlari. (2 soat)
Yakka cho‘p ustida oyoq uchlarida yurish va yugurishlar, “polka” qadamlar bilan oldinga siljishlar; gimnastika ko‘prikchasida turib, qo‘llar yakkacho‘p ustida, sakrab, yakkacho‘p ustida tayanib cho‘qqayishga chiqib olish (o‘qituvchi yordamida); yakkacho‘p ustida qo‘llarni har xil holatda tutib, “qaldirg‘och” hosil qilish;
70-80 sm balandlikdagi yakkacho‘p ustida o‘ng yoki chap oyoqda muvozanat saqlash; yakkacho‘p ustida 30-35° burchak yo‘nalishda yugurib kelib, sakrab tayanib cho‘qqayishga chiqish, turib oldinga “polka” qadamlar bilan siljish, chap oyoqda “qaldirg‘och” hosil qilish, o‘ng oyoq bilan oldinga siltanib, chapga burilish va oyoqlarni juftlab, yuqoriga sakrab, kerishib tushish mashqlari; yakkacho‘pdan yumshoq sakrab tushish va muvozanat saqlab qolish.
Estafetali quvnoq o‘yinlar. (2 soat)
O‘rgatilgan akrobatika mashqlari, sakrash, yurish, to‘siqlardan o‘tish, arg‘amchi, gardishlarda, gimnastik o‘rindiqlari, to‘plar bilan iborat estafetali quvnoq o‘yinlar o‘ynash.
Nazorat ishi. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiyalar:
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi: gimnastikaga oid bo‘lgan mashqlarini biladi.
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi: gimnastika mashqlarini bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantiradi.
Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi: gimnastika mashqlarini bajarishda me’yorlarini bajarishda qomat buzilishi va shikastlanishining oldini olish choralarini biladi va ularga amal qiladi.
YENGIL ATLETIKA (14 soat)
Yurish. (1 soat)
O‘qituvchi ko‘rsatmasiga asosan yo‘nalishni o‘zgartirib yurish; to‘siqlar ustidan oshib yurish; sportcha yurishning harakat elementlarini o‘rgatish.
Yugurish. (3 soat)
Past startdan maksimal tezlikdan 30, 60 m masofalarga yugurish; 30-60 m masofalarga estafetali yugurish; balandligi 30-40 sm bo‘lgan to‘siqlardan oshib yugurish; bir me’yorda 6 daqiqa davomida yengil yugurish; 4×10 mokisimon yugurish; yuqori startdan 800-1000 m ga yugurish; yuqori startdan tepalikka va tepalikdan pastga yugurib tushish.
Kross tayyorgarlik. (2 soat)
Joydagi tabiiy to‘siqlarni hatlab, sakrab, bosib qadamlab oshib o‘tish; to‘siq ustidan sakrab tushish; 1500 m masofaga kross yugurish.
Nazorat ishi. (1 soat)
Sakrash. (6 soat)
Bir va ikki oyoqlab chapga, o‘nga, orqaga burilib sakrash; yugurib kelib uzunlikka “oyoq bukish usuli”da sakrash; yugurib kelib balandlikka “hatlab o‘tish usuli”da sakrash.
Uloqtirish. (4 soat)
Tennis koptogini turgan joydan uloqtirish; tennis koptogini yugurib kelib bosh ortidan yelkadan 4-6 qadam tashlab uloqtirish; tennis koptogini mo‘ljalga uloqtirish; to‘ldirma to‘p (2 kg) ikki qo‘llab yon tomon bilan turib irg‘itish.
Nazorat ishi. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiyalar:
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi: sakrashning “oyoqni bukib”, “xatlab sakrash” usullari haqida biladi.
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi: sakrashning “oyoqni bukib”, “xatlab sakrash” usullarini bajaradi.
Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi: sakrash usullarini bajarishda me’yorlarni biladi va ularga amal qiladi.
SPORT O‘YINLARI
(basketbol, voleybol, gandbol)
Basketbol. (5 soat)
To‘pni yerga urib yo‘nalish va tezlikni o‘zgartirib yugurish; to‘pni bir qo‘l bilan yelkadan, joyida turib qadam tashlab va joyni o‘zgartirib uloqtirish; to‘pni o‘rganilgan usul bilan harakatda halqaga tashlash; to‘pni shitga tekkizib halqaga tashlash (o‘ng va chap tomonlardan); o‘rganilgan basketbol elementlarini qo‘llab, ikki tomonlama mini-basketbol o‘ynash; to‘p bilan harakatlangan holda tezlikni oshirib (10 m masofaga ) yugurish.
Voleybol. (4 soat)
Voleybol o‘yinida turish holatini va joylarni o‘zgartirish qoidalarini o‘rgatish; katta qadamlab chapga, o‘ngga, orqaga, oldinga tezlik bilan yurish qoidalarini o‘rgatish; to‘pni yuqoridan uzatish malakasini mustahkamlash; pastdan kelgan to‘pni ikki qo‘lda qaytarishni o‘rgatish; voleybol setkasi ustidan, 4-6 m masofada turib, pastdan to‘g‘riga to‘pni bir qo‘lda ushlab, ikkinchi qo‘l bilan urib o‘tkazishni o‘rgatish; ikki tomonlama o‘yin vaqtida to‘pni yuqoridan, pastdan qabul qilish va qaytarish qoidalari.
Gandbol. (4 soat)
Himoyada yakkama-yakka harakat qilish; to‘pni darvozaga pastdan, yuqoridan uloqtirishda to‘siq hosil qilish; kuchni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarish.
Nazorat ishi. (2 soat)
O‘quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiyalar:
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi: sport o‘yinlarining texnika va taktika qoidalarini biladi.
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi: sport o‘yinlarida hujum va himoya taktikalariga oid mashqlarni bajaradi.
Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi: hujum va himoya taktikalarini bajarish jarayonida xavfsizlik qoidalariga amal qiladi.
FUTBOL (12 soat)
Futbol o‘yinida texnik va taktik harakatlarni o‘rgatish. (12 soat)
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish (futbol) jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish asoslarini bilish; to‘pni olib yurish va to‘pni oyoq yuzasining ichki tomoni bilan tepish; to‘pni tepish texnikasini bajarish; darvozabon o‘yini; o‘yin jarayonida “bo‘sh o‘rinni tanlash” taktik harakati.
Nazorat ishi. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiyalar:
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi: to‘pga beriladigan zarbalarni bilib oladi.
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi: darvoza burchaklari, darvozaga beriladigan zarbalarni bajaradi.
Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi: to‘pni oyoq yuzi va tashqi yoni bilan olib yurishni bajaradi.
KURASH (6 soat)
Kurash elementlarini bajarish. (6 soat)
Kurashda qulay holatni egallash, kurash bo‘lgan harakatli o‘yinlar; kurash usullari: “Orqadan chalish”, “Oldindan chalish”, “Oyoqlarni yonidan qoqib yiqitish”.
Nazorat ishi. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiyalar:
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi: kurash turlari haqida biladi.
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi: kurash usullarini bajarishdan avval tana a’zolarining chigalyozdi mashqlarini bajaradi.
Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi: kurash mashqlarini bajarishda xavfsizlik qoidalariga amal qiladi.
SHAXMAT (2 soat)
Shaxmat o‘yini. (2 soat)
Sipohlar (farzin, rux, ikki fil bilan) mot qilish. Amaliy o‘yin.
Brass usulini o‘rganish uchun maxsus suzish mashqlari; o‘rganilgan usulda 50-100 metrga suzish; krol usulida suzishni o‘rgatish uchun maxsus mashqlar; ko‘krakda va chalqancha yotib krol usulida turli tezlikda masofalarga suzish; yengil narsalarni suv sathida ushlay bilish; 2 m chuqurlikda, suv ostidagi narsalarni olish; qutidan va suvning o‘zidan startlar; suvdagi o‘yinlar: “Qutqaruvchilar”, “Sho‘ng‘ib quvlashmachoq”.
Vaqtni hisobga olmagan holda 25-50 metrga suzish; suvda va sport inshootlarida munosabat qoidalari; vaqtni hisobga olmagan holda 25 mga suzish; suvda burilish va qutidan sakrashlarni bilish.
Mavzularni o‘rganish uchun – 60 soat
Nazorat ishlari uchun – 8 soat
Jami – 68 soat
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Qiziqarli malumotlar
1-sinf jismoniy tarbiya fanidan yillik dars ishlanma