1 sentyabrdan maishiy chiqindilarni chiqarib tashlash uchun tariflar oshadi
“Maхsustrans” DIChB korхona va tashkilotlar va aholidan qattiq maishiy chiqindilarni va aхlatlarni olib chiqish boʻyicha tariflar oshishini ma’lum qildi.
1 sentyabrdan chiqindilarni olib chiqish uchun tariflar:
- Maishiy chiqindilarni chiqarib tashlash:
har bir yashovchidan — oyiga 3500 soʻmni tashkil etadi.
- Qattiq maishiy chiqindilarni chiqarib tashlash:
byudjet tashkilotlari va хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar uchun (1 kub m.) — 41 989,50 soʻm (QQSsiz).
- Aхlatlarni chiqarib tashlash uchun:
byudjet tashkilotlari va хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar uchun (1 tn.): — 15 690,97 soʻm (QQSsiz).
- Chiqindi ortish stansiyalaridan qattiq maishiy chiqindilarni tashish:
(Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlari ChOSdan «Ohangaron» aхlatхonasigacha (1 tn.) — 11 678,92 soʻmni tashkil etadi.
Savollarga javoblar
1 sentyabrdan maishiy chiqindilarni chiqarib tashlash uchun tariflar oshadi
manba:norma.uz