1-sentyabr Ezgulik arkasi qurib bitkazilgan kun to’liq malumot oling

O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan buyuk tarixiy sana 1991-yil 1-sentyabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o’rin egallagan, har yili eng ulug’, eng aziz bayram sifatida katta shodu-xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug’ ayyomdir. Bu yil Vatanimiz, mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasi – milliy mustaqilligimizning 257 yilligi nishonlanadi. Har yili 1-sentyabr yurtimizning barcha viloyatlarida, xiyobonlaru – bog’larda katta tantana bilan nishonlanadi. «O’zing mening ulug’lardan ulug’imsan, Vatanim!”-deganda shoir haq so’zni aytgan: odam farzandi uchun vatan bamisoli onaday, bamisoli otaday, bu yorug’ olamda bitta, yagona. Vatan borki, biz bormiz. Ona bor mehrini farzandiga ataganiday, Vatan boshida kulgan quyosh kabi bizni o’z harorati og’ushida erkalaydi. Uning bag’rida kulgan bahor — bizning bahorimiz, Vatan erishgan zafar — bizning ko’chamizda bayramlarni boshlaydi. Uning olamda qozongan obro’-e’tibori, mavqedan har birimizning chehramizda nur, ko’zimizda chaqmoq. U bor ekan, boshimiz tog’larday sarbaland, qaddimiz qoyalarday tik. Ona-O’zbekistonimiz biz uchun shunday tengsiz, yagona, e’zozli ma’vo, tanho Vatan, bebaho qadriyat. Vatanga sadoqat, ona-yurtga muhabbat hissi kishi qalbidagi eng bebaho tuyg’udir. Shoirlar ona-Vatanga sadoqat mavzusini otashin misralarda madh etsa, iste’dodli hofizlar buni dilbar navo, soxir ovoz ila kuylaydi. Shunisi ham borki, Vatan haqida so’z aytmoq, ona-yurtga muhabbatni tarannum etmoq oson yumush emas. Buning o’ziga yarasha mas’uliyati, yuki bor. Betakror san’at asarlari, yosh avlod qalbida o’zi tug’ilib-o’sgan makonini ulug’lash va uni ko’z qorachig’idek asrashga intilish, his-tuyg’usini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mundarija скрыть

Vatan! Bu muqaddas so’z zamirida qanchalik ilohiy kuch-qudrat, ma’no, beqiyos da’vat mujassam ekanligini hech kim, hech qachon to’la ifoda etolmasa kerak. Biz kindik qonimiz to’kilgan Vatan, ona tuproq bilan faxrlanamiz, e’zozlaymiz. Uning nomini eshitgan zahoti qalbimiz to’lqinlanadi, bir olam g’ururga to’ladi. Vatan yagonadir, vatan bittadir. Dunyoda o’zbekman degan har bir insonning asl vatani shu aziz tuproqdir. Bu muqaddas zaminda ulug’ bobokalonlarimiz hoki yotibdi. Dinimizda iymon, qalblarda «Vatanni sevmoqlik — iymondandir» degan hikmat muhrlanib qolgan. Vatanni quruq madh etish boshqa-yu, vatan tuyg’usini qalbdan his etish boshqa. Uning muqaddasligi ana shu holda namoyon bo’ladi. Vatan yurakdadir. Inson uchun yurak nechog’li zarur va aziz bo’lsa, vatan undan-da zarur va azizroqdir. Azizlar aytmishlarki, «Tuprog’iga keldik, tuprog’iga keturmiz”. Binobarin, ozod va obod vatanda pok odamlar yashashi kishilik jamiyatining azaliy orzusi, aql va idrokning, qalbning eng totli, mo’’jizaviy tantanasidir. Bu tantana yuz bersa, shaksiz, vatanga oliy maqom va benazir xoslik bag’ishlaydi. Uni yer yuzidagi mayoqda aylantiradi. Illo, yurtboshimiz bizdan ana shu yo’ldan yurishimizni, sobit va qat’iy qadam tashlashimizni istaydi. Bu yo’l baxtli istiqbol, komil insonlar qo’nim topadigan, hech kimdan kam qilmaydigan, vatanimiz mazmunini yuksaltiradigan fikratdir. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida O’zbekiston fuqarolari o’zlarining nasl-nasabi, irqi, millati va boshqa holatlaridan qat’iy nazar teng huquqga egadirlar deb yozib qo’yilgan. Azizlar, ozod va obod O’zbekistonni sevmaslik, sog’inmaslik, qadrlamaslik, unga mehr qo’ymaslik, u bilan faxrlanmaslik, zarur bo’lsa, uning sha’nini himoya qilmaslik mumkin emas. Vatan hamisha bizga kuch va harorat bag’ishlab turadi. U ona kabi muqaddasdir. O’zbekiston zamini, ona tuprog’imiz har birimiz uchun aziz va muqaddas! Mustaqillik hayotimizga ko’plab yangiliklar olib kelmoqda. G’olibona bosib o’tilgan 25 yillik yo’lga nazar solsak, bu o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Milliy istiqlol sharofati tufayli o’zligini tanib, qadr-qimmatini topib, qad rostlayotgan, o’ziga xos taraqqiyot va yuksalish yo’llarini belgilab, istiqbolning ko’z ilg’amas yorqin ufqlari sari muzaffar odimlar tashlab borayotgan O’zbekistonimizning jahon uzra e’zozu e’tibor, shonu shuhratga sazovor bo’lib, qanchalab xorijiy ellar, davlatlar bilan turli-tuman aloqalarda, hamkoru hamjihatliklarda bo’lib kelayotganligi, teran, baquvvat ildizlari asrlar qa’riga borib tutashuvchi asl milliy qadriyatlarimiz, sharqona urf-odatlarimiz, ajoyib-g’aroyib an’analarimiz, go’zal udumlarimiz, dinu iymonimiz, e’tiqodu e’timodimiz, qayta tiklanganligi, hayotda o’z o’rnini topayotganligi hamda xalqimizning bebaho ma’naviy mulkiga aylanib borayotganligi – bular bugun kechayotgan dorilamon davrimizning betakror, beqiyos xarakterli belgilaridandir. Istiqlol-o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolarining o’zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, ana shu umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mana 28 yildirki, ona yurtimiz bag’rida mazmuni va ko’lami asrlarga qiyos qilgulik ulug’vor, hayratomuz o’zgarishlar, salmoqli ijtimoiy siljishlar yuz bermoqda, xalqimizning turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi boyib, sifat jihatidan o’zgarib, kamalak ranglaridek yangi jilolar kashf etib bormoqda. Bu esa, shubhasiz, baxtiyor zamondoshlarimizning olg’a tomon harakatlarida, intilishlarida, ularning yuksak ezgu maqsadlar sari xayrli izlanishlarida o’z ijobiy samarasini namoyon etmoqda.Milliy istiqlol bamisoli sehrli mo’jiza yanglig’ berkilib qolgan buloqlar ko’zini ochib, ming-minglab tashna lablarga obi hayot ato etganidek, yurtimiz odamlarining ham yuzlariga quvonch, ko’zlariga ziyo bag’ishlab, emin-erkin qilib, ularning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida javlon urishlari, o’z iste’dodu iqtidorlarini, ijodkorliklarini to’la-to’kis namoyon etishlari uchun keng ufqlar ochib berdi. Mustaqillik yillarida Respublikamizning barcha joylarida shahar va qishloqlarida, turli sohalarda ancha ishlar qilindi. Har jihatdan o’zini anglayotgan millat ulug’ bunyodkorliklar qilishga kirishib ketdi. O’tgan 28 yil ichida O’zbekiston tanib bo’lmas darajada o’zgardi. Nafaqat ko’chalar va xiyobonlar, bu davrda jamiyat va odamlar ham o’zgarib, yurtdoshdarimiz erkin fikrlay boshladilar. Har kimning o’z vazifasiga nisbatan mas’uliyati ham ortdi. Shu bilan birga yoshlarda Vatanga sadoqat hissi kuchaydi. Inson uchun ozodlikdan qadrli ne’mat yo’q. Dunyodagi jamiki bunyodkorlik va yaratuvchanlikning asosi – ozodlikdir. Tarixan qisqa bir davrda, avvalo el-yurtimizning xohish-irodasi, kuch-qudrati, mashaqqatli va bunyodkorona mehnati evaziga jahon xaritasida yangi, o’z kuchi va salohiyatiga tayangan, bugun taraqqiyot yo’lidan barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan mustaqil, suveren O’zbekiston davlatining paydo bo’lishi, hech shubhasiz, xalqimizning tarixiy g’alabasidir.

Muhim sanalar
1-sentyabr Ezgulik arkasi qurib bitkazilgan kun