1. Python dasturi va uni o’rnatish

1. Python dasturi va uni o’rnatish

Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o’xshash yozuv xosil bo’lsa unda xammasi joyida.

Kirish | Python

P ython 1980-yil Guido van Rossum tomonidan yaratilgan, keng ko’lamda foydalanilayotgan, yuqori darajali dasturlash tili hisoblanadi. Python dasturlash tilida asosiy e’tibor dasturni soddaligi, o’quvchanligiga qaratilgan va bu esa dasturchiga dasturlarni tez fursatlarda yaratish imkoniyatini beradi.

Barcha yuqori darajali dasturlash tillari kabi, Python dasturlash tili sintaksisi ham ingliz tiliga o’xshab ketadi. Lekin buni kompyuter to’g’ridan to’g’ri tushina olmaydi. Biz yozayotgan barcha dasturlarimiz kompyuter tiliga o’girib beriladi, bu ishni Python interpreter amalga oshiradi. Dastur yozish, ishlatish va uni test qilishdan avval biz Python interpreterni o’rnatishimiz kerak bo’ladi.

Bir nechta qo’shimcha dasturiy vositalar mavjudki, biz ular orqali Pythonda yozgan dasturlarimizni .exe formatga o’tkazishimiz va turli operatsion tizimlarda foydalanishimiz mumkin. Bu esa bizga dasturlarimizni boshqa kompyuterlarda bemalol, Python interpreterni o’rnatmasdan turib ham ishlatish imkonini beradi.

Nega Python dasturlash tilini o`rganishimiz kerak?

Y uqori darajali dasturlash tillari juda ham ko’p, shulardan C, C++ va Java dasturlash tillarini keltirishimiz mumkin. Yaxshi jihati shundaki, barcha dasturlash tillari bir-biriga juda ham o’xshash. Asosiy farqi ularning sintaksisi, kutubxonalarining mavjudligi va bu kutubxonlarga murojat qilish yo’llarida ko’rishimiz mumkin. Kubxona deganda biz avvaldan yozib qo’yilgan va dastur yozish jarayonida biz ulardan foydalanadigan kodlar jamlanmasi deyishmiz mumkin. Agarda siz biror dasturlash tilini yaxshi o’rgangan bo’lsangiz, yangisini o’rganish siz uchun ham oson va nisbatan ancha qisqa vaqt talab qiladi.

Agar siz dasturlashni o’rganishni endi boshlagan bo’lsangiz, Python dasturlash tili siz uchun juda ham yaxshi tanlovdir. Python dasturlash tilining asosiy xususiyatlaridan biri bu uning soddaligidir, bu esa o’z navbatida dasturlash sohasini endi o’rganayotganlar uchun juda ham yaxshi imkoniyat tug’diradi. Python dasturlash tilida yozilgan aksariyat dasturlar boshqa dasturlash tillariga solishtirilganda juda ham qisqa bo’ladi, masalan C yoki C++. Bu qisqalik dasturda kam xatolar bo’lishiga va biror loyihani tayyorlashda ketadigan vaqtni qisqartirishga imkon beradi. Yana bir yaxshi jihati bu dasturlash tilidagi kutubxonalarning ko’pligi va ularning imkoniyatlaridir. Bu dasturlash tilidan deyarli dasturlashning barcha jabhalarida ko’rishimiz mumkin. Biz bu dasturlash tilini kompyuter dasturlari yaratishda, ma’lumotlar bazalari bilan ishlovchi ilovalar yaratishda, tarmoqlar uchun dasturlash yozishda va o’yinlar yozishda ham foydalanishimiz mumkin. Python biror platforma tanlamaydigan dasturlash tilidir (cross-platform), bu esa Windows, MacOS va Linuxda ham bemalol kod yozish imkonini beradi.

Python interpreterini o`rnatish

Birinchi dasturimizni yozishdan avval kerakli python interpreterni kompyuterimizga yuklashimiz kerak bo’ladi. Pythonni 2 xil ko’rinishi mavjud, bular Python 2.x va Python 3.x. Biz sizlar bilan ko’pchilik dasturchilar tomonidan foydalaniladigan Python 3ni o’rganamiz. Dastlab Python 3.8.6 interpreterini ://www.python/downloads/ sahifasidan yuklab olamiz.

Agarda siz boshqa versiyalarini yuklamoqchi bo’lsangiz, yuqorida keltirilgan veb sahifani pastki qismidan turli versiyalarini topishingiz mumkin. Shuningdek, agar sizning kompyuteringiz operatsiyon tizini MacOS yoki Linux bo’lsa, siz o’zingizga mos keladigan interpreterni yuklashingiz kerak bo’ladi. Shuningdek, agarda kompyuteringiz protsessori x86 yoki x64 ekanini ham hamiyati bor. Dasturni o’rnatayotganingizda kompyuteringizni protsessoriga qarab o’zi x86 yoki x64ligi o’rnatiladi. Agarda sizda interpreterni o’rnatish muvaffaqiyatli yakunlangan bo’lsa, Python dasturlash tilida dastur yozishga tayyorsiz.

Python shell va idle. Birinchi dasturni yozish

Dasturimizni Python interpreteri bilan birga keladigan, IDLEdan foydalanib yozamiz. Dastlab, IDLEni ishga tushiramiz. Buning uchun kompyuterimizdagi dasturlarni qidiruv qismiga IDLE deb yozamiz va dasturni ishga tushiramiz. Ishga tushirganimizdan so’ng bizga quyidagi oyna ochiladi va bu oyna Python shell deb yuritiladi.

Python shell bizga Pythonni interaktiv ko’rinishda foydalanish imkonini beradi. Bu bir vaqtda bir buyruqni kiritish deganidir. Ya’ni shell bizni buyrug’imizni kutadi va buyrug’imiz natijasini qaytaradi. Quyidagilarni Python shellga yozib ko’rishingiz mumkin. >>> bilan boshlanuvchi qatorlarga buyruqlarni yozamiz va ularni ostidan esa bizga natijalar qaytarib ko’rsatiladi.

>>> 2+35>>> 3>2True>>> print(‘Salom, Dunyo’)Salom, Dunyo

Siz 2+3 deb yozganiz bu Python shellga buyruq berish holatingizdir, ya’ni siz 2+3 ning qanday qiymat qaytarishini so’rayotgan bo’lasiz. Shell sizga natija sifatida 5 qiymatni qaytaradi. Siz 3>2 deb yozganingizda ham undan buni qiymatini so’rayotgan bo’lasiz. Ya’ni siz uch ikkidan kattami deb so’rayabsiz, Python shell esa True — to’gri deb sizga qiymat qaytaradi. Oxirgisida esa, siz print buyrug’i orqali Python shelldan ‘Salom, Dunyo’ degan yozuvni chiqarishni buyuryabsiz.

Bu bizning kirish maqolamiz edi. Kelgusi maqolalarimizda python dasturlash tilini sintaksi bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

1. Python dasturi va uni o’rnatish

Python haqida (ba’zi birlar “piton” deyishsa-da, “piton” deyish yaxshidir) – ushbu tadqiqot mavzusi ushbu dasturlash tilining yaratuvchisi, gollandiyalik Gido van Rossum tomonidan eng yaxshi aytilgan:

“Python – bu izohlangan, ob’ektga yo’naltirilgan, dinamik – semantikaga ega yuqori darajadagi dasturlash tilidir. Dinamik yozish dasturni tezkor rivojlanishi uchun tilni jozibador qiladi. Ungan qo’shimcha ravishda, dasturiy ta’minot tarkibiy qismlari bilan aloqa qilish uchun skript tili sifatida foydalanish mumkin. Python sintaksisini o’rganish oson, u kodlarning o’qilishini ta’kidlaydi va bu dasturiy mahsulotlarni saqlash xarajatlarini kamaytiradi. Python modullar va kodlardan qayta foydalanishni rag’batlantiradigan modul va paketlarni qo’llab-quvvatlaydi. Python interperatarori va katta standart kutubxonasi barcha asosiy platformalar uchun manba hamda bajariladigan kod sifatida bepul mavjud va tarqatish uchun bepuldir.”

Ushbu ta’rifni o’qish jarayonida pythonning ma’nosi oshkor bo’ladi va Python universal dasturlash tili ekanligini bilish kifoyadir. Uning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek qamrov doirasi bor. Python keng ko’lamli vazifalarni bajarish uchun standart kutubxona bilan ta’minlangan. Python uchun sifatli kutubxonalar Internetda turli xil mavzularda mavjud, bular quyidagilardan iborat: matnni qayta ishlash vositalari va Internet texnologiyalari, rasmlarni qayta ishlash, dasturlarni yaratish vositalari, ma’lumotlar bazasiga kirish mexanizmlari, ilmiy hisoblash uchun to’plamlar, grafik interfeysni yaratish kutubxonalari va boshqalar. Bundan tashqari, Python C, C ++ va Java tillari bilan integratsiyalashuv uchun juda oddiy vositalarga ega. Python dasturlarida ushbu tillarda yozilgan kutubxonalardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Biz Python dasturiy mahsulotlarni (va ularning prototiplarini) yaratish uchun butun texnologiya deb taxmin qilishimiz mumkin. Bu deyarli barcha zamonaviy platformalarda (ikkala 32-bitli va 64-bitli) C kompilyatori va Java platformasida mavjud.

Ko’rinishidan, dasturiy ta’minot sanoatida C / C ++, Java, Visual Basic, C # dan boshqa narsalarga o’rin yo’q. Biroq, unday emas. Ehtimol, ushbu boblar kursi va amaliy mashg’ulotlar tufayli Python yangi izdoshlariga ega bo’ladi, ular uchun ular ajralmas vositaga aylanadi.

Tilni qanday tasvirlash kerak?

Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmada Pythonni muntazam ravishda tasvirlab berishni mo’ljallamaydi, buning uchun asl qo’llanma mavjud. Bu erda tilni bir vaqtning o’zida bir necha jihatlar bo’yicha ko’rib chiqish taklif etiladi, bunga qat’iy akademik yondoshuvdan ko’ra haqiqiy dasturga tezroq kirishga imkon beradigan misollar to’plami orqali erishiladi.

Biroq, siz tilning tavsifiga to’g’ri yondashishga e’tibor berishingiz kerak. Dasturni yaratish har doim kompyter bilan aloqa bo’lib, unda dasturchi kompyuterga oxirgi amallarni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni uzatadi. Dasturchining ushbu harakatlarini semantika deb atash mumkin. Ushbu ma’noni etkazish vositasi dasturlash tilining sintaksisidir. Xo’sh, interperatarorga uzatiladigan dastur kodlari odatda pragmatizm deb ataladi. Dastur yozayotganda, bu zanjirda hech qanday nosozliklar bo’lmasligi juda muhimdir.

Sintaksis dasturlash tilining to’liq rasmiylashtirilgan qism hisoblanadi, ifoda Pragmatistlari til interperatarorining o’zidir. Aynan u sintaksisga muvofiq yozilgan “xabar” ni o’qiydi va unga kiritilgan algoritmga muvofiq harakatga keltiradi. Norasmiy komponent faqat semantikadir. Bu dasturni tuzishda eng murakkab bo’lgan yolg’on mazmunni rasmiy tavsifga o’tkazishdir. Python tilining sintaksisi interperataror tomonidan dasturchini muammosini tushunishi uchun asosiy vositasi hisoblandi.

Python tarixi

Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil boshlaridan boshlangan. O`sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI instituti xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABC tili Basic tili o`rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o`rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o`zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g`oyalarini o`zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko`plab xususiyatlarini o`ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o`zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O`sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o`zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas).

Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko`paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo`naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo`ldi.

Bir qancha vaqt o`tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko`chib o`tdi. Uni CNRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o`sha yerda ishladi va korparatsiya shug`ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo`sh ish vaqtlarida tilni interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo bo`lguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini yaratishga ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini rivojlantirishga vaqti qolmayotgandi. Shunda u o`ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bera oladigan homiy izladi va uni o`sha paytlarda endi tashkil etilgan BeOpen firmasi qo`llab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga majbur edi. BeOpen da esa u Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga qo`yilgan katta qadamlardan edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq ravishda bo`ldi.

Shunday qilib 1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo`lsa, 2.0 versiyasi 2000-yil, 3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi keng qo`llaniladi.

Python – bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo’lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo’naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.

Pythonning o’ziga xosligi

  • Oddiy, o’rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot.
  • Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olish shart emas.
  • Ko’plab platformalarda hech qanday o’zgartirishlarsiz ishlay oladi.
  • Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
  • Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo’ladi.
  • Juda ham ko’p xilma-xil kutubxonalarga ega.
  • xml/html fayllar bilan ishlash
  • http so`rovlari bilan ishlash
  • GUI(grafik interfeys)
  • Web ssenariy tuzish
  • FTP bilan ishlash
  • Rasmli audio video fayllar bilan ishlash
  • Robot texnikada
  • Matematik va ilmiy hisoblashlarni programmalash

Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo`q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan programmalash tillari orasida eng yaxshisidir.

Python’ni o’rnatish.

Python – bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo’lgan oz sonlik dasturlash tillari qatoriga kiradi. Va shu bilan birga unda dastur tuzish juda ham oson.

Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo’lsangiz ko’p hollarda sizning tizimingizda python o’rnatilgan bo’ladi. Buni tekshirib ko’rish uchun terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko’ring.

python -v

Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o’xshash yozuv xosil bo’lsa unda xammasi joyida.

Windows operatsiyalar tizimiga o’rnatish uchun www.python/downloads web saxifasiga o’tamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab olamiz. Pythonni o’rnatish odatiy dasturlarni o’rnatish kabi kechadi. Xech qanday qiyin joyi yo’q.

Rasmda ko’rsatilgandek ikki bayroqchani ham faollashtirib Install Now ishga tushiriladi.

Keyingi bosqichda python interpretatorini buyruqlar qatoridan (командной строки) ishga tushira olishimiz uchun biz python o’rnatilgan joy manzilini PATH deb nomlanuvchi o’zgaruvchiga qo’shib qo’yishimiz kerak bo’ladi.

Misol uchun python C:Python34 manzilida o’rnatilgan bo’lsin.

Quyidagi rasmlarda bu amallar batafsil ko’rsatilgan.

Shu bilan pythonni o’rnatish tugallandi. Endi tekshirib ko’ramiz. Buning uchun windows + R tugmalarini bosamiz va cmd buyrug’ini yozib enter tugmasini bosamiz.

Xosil bo’lgan qora oynada python –version buyrug’ini ishga tushiramiz.

Agar sizda xam rasmdagidek yozuv xosil bo’lgan bo’lsa demak amallar to’g’ri bajarilgan.

Python haqida umumiy ma’lumot

Python dasturlash tili sodda va o’qilishi oddiy bo’lgan dasturlash tili bo’lib u inglizcha so’zlarni qo’llab quvvatlaydi kalit so’zlar o’rnida shuning uchun bu boshqacha ko’rinishga ega.

  • Python Interpretori: Bu tarjimon tomonidan ish vaqtida qayta ishlanganligini va uni bajarishdan oldin dasturni kompilyatsiya qilishning hojati yo’qligini bildiradi. Bu PERL va PHP ga o’xshaydi.
  • Python Interaktiv: Bu siz aslida Python buyrug’ida o’tirib, dasturlarni yozish uchun to’g’ridan-to’g’ri tarjimon bilan aloqa o’rnatishingiz mumkin degan ma’noni anglatadi.
  • Python Ob’ektga Yo’naltirilgan: Python Ob’ektga yo’naltirish uslubini yoki dasturiy texnikasini qo’llab-quvvatlaydi.
  • Python Boshlovchilar tili: Python – boshlang’ich dasturchilar uchun ajoyib til bo’lib, oddiy matnni ishlashdan WWW brauzerlariga o’yinlarga keng ko’lamdagi ilovalarni ishlab chiqishni qo’llab-quvvatlaydi.

Pythonni tarixi

Python Guido van Rossum tomonidan sakson va sakkizinchi yillarda Niderlandiyadagi Matematika va informatika ilmiy tadqiqot institutida ishlab chiqildi.

Python ABC, Modula-3, C, C ++, Algol-68, SmallTalk va Unix shell kabi boshqa ko’plab tillardan va boshqa skript tillaridan olingan.

Python mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Perl kabi, Python manba kodi endi GNU General Public License (GPL) ostida mavjud.

Python hozirda institutning asosiy rivojlanish jamoasi tomonidan faoliyat yuritmoqda, garchi Guido van Rossum hali ham o’z taraqqiyotini boshqarishda muhim rol o’ynaydi.

Python xususiyatlari:

Pythonning xususiyati quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • O’qish oson: Python nisbatan kam kalit so’zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega. Bu o’rganuvchini qisqa vaqt ichida yodlab olish imkonini beradi.
  • O’qish oson: Python kodi juda aniq va ko’zga ko’rinadigan bo’ladi.
  • Oson ishlash: Pythonning muvaffaqiyati – manba kodi juda oson.
  • Keng standart kutubxona: Pythonning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portativ va UNIX, Windows va Macintosh-da o’zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi.
  • Interaktiv usul: Pythonda ishlashda terminalda ishlash uchun juda qulay terminalda test qilib ko’rsa bo’ladi.
  • Portativ: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega.
  • Kengaytirilgan: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo’shishingiz mumkin. Ushbu modullar dasturchilarni o’zlarining vositalarini samaraliroq bo’lishiga qo’shish yoki sozlash imkonini beradi.
  • Ma’lumotlar bazasi: Python barcha ma’lumotlar bazasini qo’llab quvvatlaydi.
  • GUI dasturlash: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi.
  • Moslashuvchan: Python, qobiq buyruq fayliga qaraganda katta dasturlarga yanada yaxshi tuzilish va qo’llab-quvvatlash imkonini beradi.

Yuqorida aytib o’tilgan xususiyatlardan tashqari, Pythonda yaxshi xususiyatlarining katta ro’yxati bor, ularning ko’pi quyida keltirilgan:

  • Funktsional va tuzilgan dasturiy usullarni va OOP ni qo’llab-quvvatlash.
  • Ushbu buyruq fayli sifatida ishlatilishi mumkin yoki katta ilovalar yaratish uchun byte-kodga to’planishi mumkin.
  • Juda yuqori darajadagi dinamik ma’lumotlar turlari va dinamik turdagi tekshiruvlarni qo’llab-quvvatlaydi.
  • Avtomatik chiqindilarni to’plashni qo’llab-quvvatlaydi.
  • C, C ++, MAQOMOTI, ActiveX, CORBA va Java bilan osonlik bilan bog’lanishi mumkin.

Python Muhitini o’rnatish.

Python dasturlash tilini o’rnatish bo’yicha maqolamda siz qisqa mazmunda ma’lumot berishga harakat qilaman. Horizgi kunda biz uchun INTERNET muammo emas biz o’zimizga kerak narsalarni internet orqali topish imkoniyati yaratilgan. Jumladan Python muhitini o’rnatish jarayonida bevosita internet tarmog’idan foydalanamiz. O’rnatish jarayonini qadam va qadam ta’riflab o’taman. sizga muammo yoki shunga o’xshash tushunmovchiliklar yuzaga kelsa MasterSherkulovBot ga yozing va online kursga yoziling. Demak o’rnatish jarayonini boshlaymiz.

ESDAN CHIQARMANG.

Python dasturlash tili o’zgaruvchan til hisoblanadi. Oxirgi versiyasi Python 3.7.4 chiqdi (3.09.2019). Boshda sizga aynan qanday versiyasi kerakligini anglab oling. har bir versiya uchun o’zgarishlar mavjud siz python2.7 tuzgan kodingizni ayrim joylari yoki foydalangan kutubxonalari yangi o’rnatgan versiyangiz uchun boshqa tusda yoki bo’lmasam u kutubxona o’rniga aynan yangi texnologiya sifatida boshqa bir kutubxonadan foydalangan bo’lishi mumkin.

1 – qadam. Python ni yuklab olish.

Python dasturlash tiling rasmiy sayti pythonga kiring va Downloads ni bosing. Bunda sizga Operatsion sistemalar uchun kutubxonalar taklif qiladi. hozir biz WINDOWS uchun python dasturlash tilini o’rnatamiz. hozir python-3.6.1-amd64.exe yuklab olamiz.

2 – qadam. Python-3.6.1-amd64.exe fayl.

Yuklagan Python fayli Kompyuteringizda Downloads papkasida tushadi. Uni o’rnatish uchun ustiga ikki marta bosing.

3-qadam. python-3.6.1-amd64.exe o’rnatish.

Install Now buyrug’ini bosing va unutmang Add Python 3.6 to PATH buyrug’ini tanlash esingizdan chiqmasin. Shunday qilib keyingi oynalar quyidagicha ko’rinishda bo’ladi.

Muaffiqiyatli o’rnatib bo’ldik endi siz bilan python muhitini to’g’ri ishlayotganiga ishonch hosil qilamiz. buning uchun START+R ni bosin CMD yozamiz. Hosil bo’lgan oynaga

ni yozamiz. siz to’g’ri o’rnatgan bo’lsangiz quyidagicha oyna hosil bo’ladi.

Python dasturlash tili muhiti muaffiqiyatli o’rnatildi.

://youtu.be/bD-EkEcrgM0

  • Python Kirish.
  • Python Muhitini o’rnatish.
  • Python Izoh qoldirish.
  • Python O’zgaruvchi.
  • Python Ma’lumot turlari.
  • Python Sonlar.
  • Python Satrlar.
  • Python Boolean (Mantiqiy)
  • Python Operator.
  • Python Ma’lumot to’plami. List.
  • Python Ma’lumot to’plami. Tuple.
  • Python Ma’lumot to’plami. Set
  • Python If … Else (shart amali)

Python dasturlash tili o’rnatish

Python – bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo’lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo’naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Python quyidagi sohalarda ishlatiladi:

Web dasturlash (serverlar bilan)

Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil boshlaridan boshlangan. O`sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI instituti xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABC tili Basic tili o`rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o`rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o`zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g`oyalarini o`zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko`plab xususiyatlarini o`ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o`zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O`sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o`zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas).

Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olish shart emas. Ko’plab platformalarda hech qanday o’zgartirishlarsiz ishlay oladi. Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.

Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo’ladi. Juda ham ko’p xilma-xil kutubxonalarga ega.

xml/html fayllar bilan ishlash

http so`rovlari bilan ishlash

Web ssenariy tuzish

FTP bilan ishlash

Rasmli audio video fayllar bilan ishlash

Matematik va ilmiy hisoblashlarni programmalash

Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo`q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan programmalash tillari orasida eng yaxshisidir.

Agar sizda python fayli yo’q bo’lsa, yoki yangisini yuklamoqchi bo’lsangiz, ://www.python/downloads/ shu havola orqali yuklab olishingiz mumkin

Fayl yuklab olingandan so’ng quyidagi ketma-ketlikda ustanovkani davom ettiring: Add Python degan joyidagi katakchaga bosing (ptichka bo’lsin): Keyin ikkinchi ko’k yozuvni (customize) tanlang:

Quyidagilarni hammasiga ptichka qo’yiladi va next bosiladi.

Oxiridagi 2 ta kvadratdan boshqa hammasiga ptichka qo’yiladi. Tavsiya: C diskka Python degan papka yaratib, uni ichiga (pythonning hozirgi versiyasi 3.8.5 bo’lgani uchun) Python385 nomli papka yaratib, shu papkaga ustanovka qilish yaxshi. Keyinchalik sizda pythonning qaysi versiyasi ekanini papkaning nomidan ham ko’rib turaverasiz. Oxirida install tugmasini bosing.

Keyin ustanovka boshlanadi:

Endi pusk tugmasidagi qidiruv oynasidan idle deb qidiring, va IDLE ni oching:

Quyidagi oyna ochiladi:

Ctrl+N ni bosish orqali yangi fayl yarating. Yangi ochilgan faylni saqlang (Ctrl+s ). Faylga nom bering va saqlang. Saqlaganingizdan so’ng faylingizda .py kengaytma paydo bo’lib qoladi:

Endi pythonda istalgan kodni yozishingiz mumkin. Kodni ishga tushurish uchun avval saqlab(Ctrl+S) keyin F5 tugmasini yoki Run -> Run Module bosiladi:

Mirzojon Fatxiloyev va yana 6 kishi layk bosishdi.

Qiziqarli malumotlar
1. Python dasturi va uni o’rnatish