1 gektardan ortiq uchastkaga ega YaST toʻlovchilar yer soligʻi hisob-kitobini qachon taqdim etadi

1 gektardan ortiq uchastkaga ega YaST toʻlovchilar yer soligʻi hisob-kitobini qachon taqdim etadi


1 gektardan ortiq uchastkaga ega yast tocabblovchilar yer soligcabbi hisob kitobini qachon taqdim etadi 660bcb0ddb1381 gektardan ortiq yer uchastkalariga ega boʻlgan yagona soliq toʻlovini (YaST) toʻlovchilar tomonidan yer soligʻi hisob-kitobini taqdim etish muddatlari aniqlashtirildi.

 

Umumiy maydoni 1 gektardan ortiq boʻlgan yer uchastkalariga ega boʻlgan YaST toʻlovchilar 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yer soligʻi toʻlashlari shart (29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorning 7-bandi). 10 yanvaracha ular yer uchastkasi joylashgan joy boʻyicha soliq хizmati organlariga yer soligʻi hisob-kitobini taqdim etishlari lozim edi (SKning 285-moddasi).

 

2018 yil 6 fevraldagi Aхborot bilan Moliya vazirligi va DSQ 1 gektardan ortiq yer uchastkasiga ega boʻlgan YaST toʻlovchilarni yer soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni YaST toʻlovchilar tomonidan yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangandan keyin topshirishlari haqida хabardor qiladi.

 

Binobarin, 10 yanvargacha yer soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etmaganlik uchun umumiy maydoni 1 gektardan ortiq yer uchastkalariga ega YaST toʻlovchilarga nisbatan hech qanday sanksiyalar qoʻllanilmaydi.

 

 

Tatyana Belousova.

 

Savollarga javoblar
1 gektardan ortiq uchastkaga ega YaST toʻlovchilar yer soligʻi hisob-kitobini qachon taqdim etadi

manba:norma.uz