1-dars — MySQL turlari va talqinlar tushunchasi

1-dars — MySQL turlari va talqinlar tushunchasi

1-dars - MySQL turlari va talqinlar tushunchasi

Oldingi maqolada mysql haqida boshlang’ich tushunchalar bilan tanishib chiqdik(nima ekanligini). Bu maqolada mysql turlari, qaysilari tekin, qaysilari pullik ekanligini, talqin tushunchasi va ko’chirib olish uchun qanday fayllar taklif qilinishini ko’rib chiqamiz.

MySQL bu — krossplatformali dastur hisoblanadi, ya’ni bir xil tipga ega bo’lgan(ishlash texnologiyasi bir xil), lekin o’rnatiluvchi fayllari biroz boshqachadir. Hozirda mysql Oracle firmasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda, oldin Sun firmasiga tegishli bo’lgan. Shuning uchun MySQL 4 talqini MySQL 5 talqinidan farq qiladi. Hozirda(maqola yozilishida) eng so’ngi talqini 5.6.14 dir.

Keling enda,talqinlar nimani anglatishini bilib olamiz. Har bir dastur, ma’lum bir sonlar asosida talqinlarga ajratiladi. Dastur ismi o’zgarmaydi, faqat sonlar o’zgarib, dasturning yangi yoki eskiligini ajratib turadi. Yangi yoki eskiligi, dasturning darajasini belgilaydi, ya’ni yangi dastur eskisiga qaraganda yangi qirralari mavjudligini anglatadi. MySQL dasturi ham hamma dasturlar kabi o’z talqiniga ega(5.6.14). Demak birinchi raqam asosiy raqam deyiladi. Bizning holatda bu 5 raqami. Bu raqam kamdan kam o’zgaradi, faqatgina dasturning asosi o’zgarsa o’zgaradi. Keyingi raqam 6, bu raqam asosiy raqamga yordamchi raqam hisoblanadi va asosiy raqamga qaraganda tezroq o’zgaradi. Buning o’zgarishi, dasturning ishlash texnologiyasi biroz o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi. Keyingi raqam build deyiladi. Bizning holatda bu 14 raqam. Dastur ishlashida biror nuqson(bug) paydo bo’lsa, dasturchilar darrov shu nuqson(bug)ni yo’qotishadi va raqamni keyingisiga o’zgartirib qo’yishadi. Bundan ko’rinib turibdiki bu raqam tez o’zgaradi. Bu o’zgartirish dasturchilar tilida Patch deyiladi. O’z tajribamdan kelib chiqib fikr bildirsam, har bir yangi chiqgan Patch, eski nuqsonlarni bartaraf etib, yangisini paydo qiladi :).

MySQL asosan 2 turga bo’linadi. Birinchisi, pullik talqin bo’lib, MySQL Enterprise Server deyiladi. Bu turidan foydalanganda, har yil ma’lum bir mablag’ to’lash talab etiladi.

Ikkinchisi, MySQL Community Server deb nomlanib, bepul hisoblanadi.

MySQL Enterprise Serverni MySQL Community Serverdan farqi, Enterprise tipi o’zida barcha utilitlarni qamrab oladi va chiqayotgan barcha yangi patch va o’zgarishlar dastlab shu tipiga chiqariladi va ancha vaqtdan so’ng Community tipiga chiqadi. Undan tashqari Enterprise tipida klaster texnologiyasi ham mavjud. Biz uchun Community tipi ham yetarli hisoblanadi va shu tipini o’rganib boramiz.

MySQL Community tipining ham 2 turi mavjud bo’lib, biri Essentials(boshlang’ich) talqini, ikkinchisi Installer deyiladi. Essential turida faqat server mavjud bo’lib, hech qanday qo’shimcha komponenlar yo’q, Installerda esa bir necha qo’shimcha komponentlar mavjud bo’lib, hajmi ham kattaroq. Essential talqini zip arxivda beriladi, Installer esa msi fayli ko’rinishida bo’ladi.

Undan tashqari mysql ni ko’chirib olishda, operatsion tizimning qaysi bitligini ham inobatga olish lozim. Saytda ham, 64 va 32 uchun alohida mysql dasturini fayllari taklif qilinadi.

MySQL ishlashi uchun, hech qanday Apache serveri, hech qanday PHP kerak emas. Faqatgina bazani o’zini o’rganmoqchi bo’lsangiz, Apache PHP larni o’rnatmang. Bular faqat to’liq sayt yaratish uchun kerak. To’g’ri bularni o’rnatish ham qiyin emas, lekin ortiqcha narsalar. Bazani mukammal o’rganganingizdan so’ng qolgan narsalarni o’rnatib, sozlovchi fayllar orqali bir birlarini bog’lab olasiz.

Ya’na bir narsa, ko’pchilik saytlarda oldin Apache qo’ying, keyin mysql va oxirida PHP ni o’rnating degan maqolalarni uchratish mumkin. Umuman olganda ketma-ketlikning umuman farqi yo’q, birgalikda ishlashsa ham, bular hammasi alohida — alohida dasturlar.

Agar hali ham mysql nimaligini anglay olmagan bo’lsangiz, oxirgi tushuntirish gaplarini yozaman, bu — ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bo’lib, bu tizimga sinonim tizim qilib, Oracle, MS SQL SERVER larni misol qilish mumkin.

Manba:

Ma‘lumotlar Ombori
1-dars — MySQL turlari va talqinlar tushunchasi